106
Farmoyish hujjatlari xo‘jalik muomalalari sodir bo‘lganligini
tasdiqlovchi
faktorlarga ega emas, shuning uchun ular o‘zlaricha muomalalarni hisobda aks etti-
rish uchun asos bo‘la olmaydi. Shuni ta’kidlash lozimki, faqatgina muomalalarni
bajarish to‘g‘risidagi farmoyishlar unsuriga ega bo‘lgan hujjatlar uncha ko‘p emas.
Ko‘pincha farmoyish ma’lum hujjatda berilib, shu hujjatning o‘zida keyinchalik
ushbu muomala rasmiylashtiriladi.
Bir nechta funksiyaning bitta hujjatda bunday birlashtirish aralash
(kobinatsiyalashgan) hujjatlarni vujudga keltiradi.
Isbotlovchi (yoki tasdiqlovchi) hujjatlar deb amalga oshirilgan muomalalarni
rasmiylashtiruvchi hujjatlarga aytiladi. Ular muomalalar sodir bo‘lish daqiqasida
tuziladi va ushbu muomalalarni hisobda qayd qilishning
birinchi bosqichini
anglatadi.
Isbotlovchi hujjatlarga misol bo‘lib kirim orderlari hisoblanadi.
Kirim orderlari korxona omboriga kelib tushayotgan moddiy boyliklarni
rasmiylashtirish uchun ishlatiladi. Uning shakli kelib tushgan boyliklar
to‘g‘risidagi ma’lumotlar buxgalteriyada keyinchalik qanday ishlashi (qo‘l bilanmi
yoki hisoblash mashinalaridami)ga bog‘liq.
Shuni nazarda tutish kerakki, hozirgi paytda hujjatlarning isbotlovchi
funksiyalarini faqat muomalalarni bajarish haqidagi farmoyishlar unsurlari
bilangina emas, balki ularning buxgalteriya rasmiylashtiruv
unsurlari bilan ham
birlashtirib yuritishga harakat qilmoqdalar. Shuning uchun ko‘pchilik xo‘jalik
muomalalari alohida isbotlovchi hujjat bilan rasmiylashtirilmoqda.
Buxgateriya rasmiylashtiruvchi hujjatlari deb buxgalteriya xodimlari
tomonidan hisob yozuvlarini tayyorlash hamda ularni yengillashtirish, qisqartirish
va soddalashtirish uchun yaratilgan hujjatlarga aytiladi. Bularga taqsimlovchi,
hisob - kitoblar (masalan, kalkulyatsiya), turli tuman buxgalteriya ma’lumotlari va
shu kabilar kiradi.
Buxgalteriya rasmiylashtiruv hujjatlariga misol sifatida asbob - uskunalarni
saqlash
va ishlatish xarajatlari, umumishlab chiqarish xarajatlarini taqsimlash
vedomostini keltirish mumkin. Bu vedomostlarni tuzish uchun kerak bo‘lgan
ma’lumotlar tegishli hujjatlar bilan tasdiqlangan xarajatlarni aks ettiruvchi
“Umumishlab chiqarish xarajatlari” schyotidan olinadi.
Buxgalteriya ma’lumotnomalari ma’lum summani bir schyotdan boshqa
schyotga o‘tkazish kerak bo‘lganda schyotni yopishni rasmiylashtirish, hisob
yozuvlarida, yo‘l qo‘yilgan xatoni to‘g‘irlash hollarida va hokazolarda tuziladi.
Bunga bo‘lgan ehtiyoj juda ko‘p
uchraydi, shuning uchun shunga o‘xshash
ma’lumotlarni tuzish buxgalteriya amaliyotida juda keng tarqalgan.
Buxgalteriya rasmiylashtiruvchi hujjatlarining turlaridan biri amalga
oshirilgan muomalalar bo‘yicha schyotlar korrespondensiyasi mazkur muomalani
107
rasmiylashtirilgan asosiy hujjatning bosma ish qog‘ozi (blanki)ning shu maqsad
uchun maxsus ajratilgan joyida yoki boshqa usuli bilan ko‘rsatiladi.
Buxgalteriya rasmiylashtiruv hujjatlari mustaqil ahamiyatga ega bo‘lmaydi.
Ulardan faqat tegishli boshqa isbotlovchi hujjatlar bilan birgalikdagina foydalanish
mumkin. Ular hisobda hisob yozuvlarini osonlashtiruvchi va tayyorlovchi
texnikaviy vosita hisoblanib, ko‘makchi ahamiyatga egadir.
Aralash (kombinatsiyalashtirilgan) hujjatlar deb bir nechta hujjatlar turining,
ya’ni farmoyish va isbotlovchi, isbotlovchi va buxgalteriya rasmiylashtiruv
hujjatlarining belgilarini birga qo‘shib olib boradigan hujjatlarga aytiladi.
Ular bir vaqtning o‘zida ham mazkur muomalani bajarish to‘g‘risida
farmoyish, ham uning bajarilganligi haqida dalolat beruvchi (isbotlovchi)
hujjat
sifatida xizmat qilib, ushbu muomalaning bajarilganligini qayd qiladi va shu bilan
birga ularni schyotlarda aks ettirish tartibi haqida ko‘rsatmalar beradi.
Aralash hujjatlarga misol sifatida bo‘nak (avans) hisobotini keltirish
mumkin. U hisobdor shaxs tomonidan olingan bo‘nakdan qilingan xarajatlarni
ko‘rsatish uchun tuziladi. Bu xarajatlarning ro‘yxati ularni tasdiqlovchi hujjatlar
ko‘rsatilgan holda hisobdor shaxs tomonidan bo‘nak hisobotining orqa tomonida
keltiriladi. Hisobotning yuz tomonida har xil ma’lumotlar
- hisobdor shaxsning
ismi, sharifi, unga berilgan summa va hokazolar keltiriladi. Zarur bo‘lgan hollarda
shu betning o‘zida buxgalteriya xodimi tomonidan alohida ajratilgan joyda
xarajatlar qanday schyotlarda aks ettirilishi kerakligi ham ko‘srsatiladi.
Bo‘nak hisobotida muomalaning mazmuni va buxgalteriya yozuvi haqidagi
ma’lumotlarning mavjudligi uni aralash hujjati sifatida tafsiyalaydi. Chunki unda
isbotlovchi hujjat va buxgalteriya rasmiylashtiruv hujjatlarining belgilari
birlashtirilgandir.
Aralash hujjatlar tarkibiga shuningdek materiallarni schyotga yoki qayta
ishlovga berib yuborish
haqidagi nakladnayalar, materiallarni ombordan berish
uchun talabnomalar, kassa kirim va chiqim orderlari va boshqalar ham kiritiladi.
Bir hujjatda bir nechta hujjatlar turining belgilarini birga olib borish katta
ahamiyatga egadir. U hisobdagi hujjatlashtirishni yaqqollashtiradi, hujjatlarni
ishlashda ulardan foydalanish soddalashtiradi va yengillashtiriladi va provardida
hisob bosma ish qog‘ozlaridagi sarflarni qisqartiradi.
Zamonaviy buxgalteriya
amaliyotida aralash hujjatlardan foydalanish ayniqsa keng tarqalgan.
Tuzilish navbatiga qarab hujjatlar dastlabki (birlamchi) va yig‘ma
hujjatlarga bo‘linadi. Dastlabki hujjat deb sodir bo‘lgan muomalalarni dastlab aks
ettiradigan
hujjatlarga
aytiladi.
Ular
mazkur
muomalalar
haqiqatda
bajarilganligining hisoboti bo‘lib hisoblanadi.
Dastlabki hujjatga misol sifatida materiallar talabnomalarini keltirish xizmat
qilishi mumkin. Ular materiallarni ombordan berilishida tuziladi va omborchi
108
tomonidan unga materiallarni berish to‘g‘risidagi farmoyishni bajarilganligi haqida
guvohlik beradi. Dastlabki hujjatlar tarkibiga shuningdek qabul qilish - topshirish
dalolatnomalari, nakladnayalar, tilxat, kvitansiyalar va boshqalarni kiritish
mumkin. Shuningdek kassa kirim orderi – subyekt kassasiga
naqd pullarni kirim
qilishda qo‘llaniladi.
Dostları ilə paylaş: