6.2. Hujjatlarning turlari Korxonalarda sodir bo‘ladigan muomalalar o‘zlarining mazmunlariga ko‘ra
har xildir. Hujjatlar o‘rtasidagi farqlar, shuningdek, ulardan hisob ishlarida
foydalanishning xususiyatlari bilan ham shartlanadi. Shu munosabat bilan
hujjatlarni buxgalteriya hisobida to‘g‘ri qo‘llash uchun ularni barcha turlarini
yaxshi bilib olish kerak bo‘ladi. Buning uchun hujjatlarni ma’lum bir xususiyatiga
qarab tasniflash zarur.
Buxgalteriya hujjatlari quyidagi belgilarga qarab turkumlanadi: qanday
maqsadlarda tayinlanganligi, tuzish tartibi va muomalalarni qamrab olishligi.
Hujjatlar qanday maqsadga tayinlanganligiga qarab farmoyish, isbotlovchi
(tasdiqlovchi), buxgalteriya rasmiylashtiruvchi va aralash (kombinatsiyalashgan)
turlarga bo‘linadi.
Farmoyish hujjat deb, u yoki bu xo‘jalik muomalalarini bajarish to‘g‘risidagi
buyruq (farmoyish)ga ega bo‘lgan hujjatlarga aytiladi. Ularga buyruqlar, cheklar,
ishonchnomalar va boshqalar kiradi. Ularning asosiy vazifasi rahbar xodimlarning
topshirig‘i bevosita bajaruvchilarga topshirishdan iborat. Ko‘pchilik muomalalar
faqat farmoyish hujjatlari mavjud bo‘lgandagina amalga oshiriladi. Masalan,
navbatdagi ta’til uchun ish haqi faqat mazkur xodimni ta’tilga chiqarish haqida
buyruq bo‘lsagina to‘lanadi.
105
13-chizma.
Hujjatlarning turkumlanishi Qat’iy hisobot
Bir qatorli
B u xgalt er iya h u jj at lari Tayinlanishiga ko‘ra Shakllantirish tartibiga ko‘ra Muomalalarni qamrab olish