104
tashqari korxonada maxsuslashtirib ishlab chiqqan blanka shakllari ham
qo‘llaniladi, ushbu hollarda ishlab chiqilgan blankalar shakli moliya tashkilotlari
tomonidan tasdiqlanishi kerak.
Hozirgi davrda korxonalar o‘z buxgalteriya hisobini yuritishda zamonaviy
texnika vositalaridan keng foydalanmoqdalar. Bunda
korxonalarga birlamchi
hujjatlarni hamma standartlar talabiga rioya etgan holda, hisoblash texnikalari
orqali ishlab chiqarishga ruxsat etilgan.
Qat’iy hisobda turgan blankalar o‘rnatilgan tartibda tartib raqami bilan
belgilanadi,
albatta korxona muhri, mas’ul xodimi imzosi bilan ham tasdiqlanishi
zarur.
Blankalarda ma’lumotlar aks ettirilish ahamiyati shundaki, avvalambor
xo‘jalik jarayoni isbotini bersa, ikkinchidan mulkchilik saqlanishini ta’minlaydi va
yana korxona ichki boshqaruvi
uchun hamda yuqori boshqaruvi, audit nazorati,
tekshiruvi uchun ham xizmat qiladi. Hujjatdagi ma’lumotlardan foydalanib
korxona, muassasalar, tashkilotlar faoliyati o‘rganiladi,
tahlil qilinadi, baho
beriladi va tegishli xulosalar chiqarilib ular asosida chora-tadbirlari belgilanadi,
tegishli qonun qoidalar qabul qilinadi va hayotga tadbiq etiladi.
Dostları ilə paylaş: