6.5. Inventarizatsiya haqida tushuncha, uning ahamiyati va turlari
Inventarlashning asosiy maqsadlari mol-mulkning haqiqatda mavjudligini
aniqlash, haqiqatda mavjud mol-mulkni buxgalteriya hisobi ma’lumotlari bilan
qiyoslash, majburiyatlar hisobda to‘g‘ri aks ettirilganligini tekshirish.
Joylashgan yeri va barcha turdagi moliyaviy majburiyatlaridan qat’i nazar,
xo‘jalik yurituvchi subyektning barcha mol-mulki inventarlanishi kerak.
Bundan tashqari, ishlab chiqarish zaxiralari va xo‘jalik yurituvchi subyektga
qarashli bo‘lmagan, lekin buxgalteriya hisobida qayd etilgan (mas’uliyatli
saqlanishda bo‘lgan, ijaraga olingan, qayta ishlash uchun olingan) boshqa turdagi
mol-mulklar, shuningdek, biror-bir sababga ko‘ra hisobga olinmagan mol-mulk
inventarlanishi kerak.
Mol-mulkni inventarlash uning joylashgan yeri va moddiy javobgar shaxs
bo‘yicha o‘tkaziladi.
Quyidagi hollarda inventarlash o‘tkazilishi shart:
- mol-mulk ijaraga berilganda, sotib olinganda, sotilganda, shuningdek,
davlat korxonasi o‘zgartirilgan (davlat tasarrufidan chiqarilgan) chog‘da
qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda;
- yillik moliyaviy hisobotni tuzish oldidan, inventarlash hisobot yilining 1
oktyabridan kechiktirmay o‘tkaziladigan mol-mulkdan tashqari. O‘zbekiston
Respublikasi Adliya vazirligida 28.08.98 yilda 486-son bilan ro‘yxatga olingan
“Tovar-moddiy zaxiralar” deb nomlangan 4-son BHMSga binoan tovar-moddiy
zaxiralar bir yilda kamida bir marta inventarlanadi. O‘zbekiston Respublikasi
Adliya vazirligida 23.09.98 yilda 491-son bilan ro‘yxatga olingan “Asosiy
vositalar” deb nomlangan 5-son BHMSga muvofiq asosiy vositalar ikki yilda
kamida bir marta, kutubxona fondlari esa besh yilda bir marta inventarlanadi.
117
Pul mablag‘lari, pul hujjatlari, boyliklar va qat’iy hisobdagi blanklar oyda
bir marta, yonilg‘i-moylash materiallari, oziq-ovqat mahsulotlari - har chorakda,
qimmatbaho metallar - tarmoq yo‘riqnomalariga muvofiq inventarlanadi.
Ayrim joylar va mavsumiy tusda ishlaydigan korxonalarda ishlab chiqarish
zaxiralari ular eng kam miqdorda qolganda quyidagi hollarda inventarlanadi:
- asosiy vositalar va tovar-moddiy boyliklar qayta baholanganda;
- moddiy javobgar shaxslar almashganda (ishlarni qabul qilish - topshirish
kunida);
- o‘g‘irlik yoki suiiste’mol, shuningdek, boyliklarni ishdan chiqarish faktlari
aniqlanganda;
- tabiiy ofatlar, yong‘inlar falokatlar yoki g‘ayritabiiy sharoitlar yuzaga
keltirgan boshqa favqulodda vaziyatlar yuz berganda;
- xo‘jalik yurituvchi subyekt tugatilganda (qayta tashkil etilganda) tugatish
(ajratish) balansini tuzish oldidan va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa
hollarda.
Umumiy (jamoaviy) moddiy javobgarlik sharoitida inventarlash jamoa
rahbari o‘zgarganda, jamoadan uning ellik foizdan ortiq a’zolari chiqib ketganda,
shuningdek jamoaning bitta yoki bir nechta a’zosi talabi bilan o‘tkaziladi.
Inventarlashni o‘tkazish uchun xo‘jalik yurituvchi subyektlarda tarkibida:
– xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari yoki uning o‘rinbosari (komissiya
raisi);
– bosh buxgalter;
– boshqa mutaxassislar (muhandislar, iqtisodchilar, texniklar va hokazolar)
bo‘lgan doimiy ishlaydigan inventarlash komissiyalari tuziladi..
Inventarlash komissiyasi tarkibiga xo‘jalik yurituvchi subyektning ichki
audit vakillari kiritilishi mumkin.
Ishlar hajmi katta bo‘lganda mol-mulk va moliyaviy majburiyatlarni
inventarlashni bir vaqtda o‘tkazish uchun uning tarkibida:
–inventarlashni tayinlagan xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbarining vakili
(komissiya raisi);
–mutaxassislar: tovarshunos, muhandis, texnolog, mexanik, ish yurituvchi,
iqtisodchi, buxgalteriya xodimi va boshqalar bo‘lgan ishchi inventarlash
komissiyalari tuziladi.
Komissiya tarkibiga inventarlanayotgan boyliklar, narxlar va birlamchi
hisobni yaxshi biladigan tajribali xodimlar kiritilishi kerak.
Birgina moddiy javobgar shaxslarda xuddi shu xodimni ketma-ket ikki
marta ishchi inventarlash komissiyasining raisi qilib tayinlash taqiqlanadi.
Doimiy ishlaydigan va ishchi inventarlash komissiyalarining shaxsiy
tarkibini xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari tasdiqlaydi (1-ilovaga binoan buyruq,
qaror, farmoyish).
118
Inventarlashni o‘tkazish chog‘ida komissiyaning aqalli bitta a’zosi yo‘q
bo‘lsa, bu hol inventarlash natijalarini haqiqiy emas, deb topish uchun asos bo‘lib
xizmat qiladi.
Doimiy ishlaydigan inventarlash komissiyalari:
- boyliklar saqlanishini ta’minlashga doir profilaktika ishlarini o‘tkazadi,
zarurat bo‘lganda o‘z majlislarida boyliklarning saqlanishi masalalari bo‘yicha
bo‘lim, bo‘lim, shu’balar rahbarlarining axborotlarini tinglaydi;
- inventarlash o‘tkazilishini tashkil etadi va ishchi inventarlash komissiyalari
a’zolariga yo‘l-yo‘riq beradi;
- inventarlash to‘g‘ri o‘tkazilganini nazorat tariqasida tekshiruvlarni amalga
oshiradi, shuningdek, inventarlashlar orasidagi davrda saqlash va qayta ishlash
joylarida tovar-moddiy boyliklarni tanlab inventarlashdan o‘tkazadi;
- inventarlash natijalari to‘g‘ri chiqarilganini, bazalar, omborlar,
omborxonalar, bo‘limlar, qurilish uchastkalari va boshqa saqlash joylarida
boyliklarni qayta navlarga ajratish bo‘yicha takliflar asosli ekanligini tekshiradi;
- zarur hollarda (inventarlashni o‘tkazish qoidalari jiddiy buzilganligi
aniqlangan va boshqa hollarda) xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbarining
topshirig‘iga binoan takroriy yalpi inventarlashlarni o‘tkazadi;
- boyliklar kamomadi yoki ularni shikastlashga, shuningdek, boshqa
buzilishlarga yo‘l qo‘ygan shaxslardan olingan tushuntirishlarni ko‘rib chiqadi va
aniqlangan kamomadlar hamda boyliklarni shikastlashdan ko‘rilgan talafotlarni bir
izga solish tartibi to‘g‘risida taklif beradilar.
Ishchi inventarlash komissiyalari:
- saqlash va ishlab chiqarish joylarida boyliklar va pul mablag‘larini
inventarlashni amalga oshiradi;
- xo‘jalik yurituvchi subyekt buxgalteriyasi bilan birgalikda inventarlash
natijalarini aniqlashda ishtirok etadi va kamomadlar hamda qayta navlarga ajratish
chog‘idagi ortiqcha chiqishlarni hisobga olish hamda tabiiy yo‘qolish me’yorlari
doirasida kamomadlarni hisobdan o‘chirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
- tovar-moddiy boyliklarni qabul qilish, saqlash va berishni tartibga solish,
hisobga olishni yaxshilash va ular saqlanishini nazorat qilishni tartibga solish
masalalari, shuningdek, me’yordan ortiqcha va ishlatilmaydigan moddiy
boyliklarni sotish bo‘yicha takliflar kiritadi;
- quyidagi hollarda:
a)
xo‘jalik
yurituvchi
subyekt
rahbarining
buyrug‘iga
muvofiq
inventarlashni o‘z vaqtida o‘tkazish va uni o‘tkazish tartibiga rioya qilish uchun;
b) hisob-kitoblarda tekshirilayotgan asosiy vositalar, tovar-moddiy boyliklar,
pul mablag‘lari va vositalarning haqiqatdagi qoldiqlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar
ro‘yxatga to‘liq va aniq qayd etilishi uchun;
119
c) tovar-moddiy boyliklarning ular narxi belgilanadigan farqlovchi belgilari
(turi, navi, rusumi, hajmi, preyskurant bo‘yicha tartib raqami, artikuli va h.k.)
ro‘yxatda to‘g‘ri ko‘rsatilishi uchun;
d) belgilangan tartibga muvofiq inventarlash materiallari to‘g‘ri va o‘z
vaqtida rasmiylashtirilishi uchun javob beradi.
Inventarlash komissiyalari a’zolari tovarlar, materiallar va boshqa boyliklar
kamomadi va ishlatib yuborgani yoki ortiqcha chiqqanini yashirish maqsadida
ro‘yxatga boyliklarning haqiqatdagi qoldiqlari to‘g‘risida ataylab noto‘g‘ri
ma’lumotlarni kiritganlik uchun belgilangan tartibga muvofiq javobgarlikka
tortiladilar. Mol-mulkning haqiqatdagi mavjudligini tekshirishni boshlashdan oldin
inventarlash komissiyasi inventarlash paytidagi eng so‘nggi kirim-chiqim
hujjatlarini yoki moddiy vositalar va pul mablag‘lari harakati to‘g‘risidagi
hisobotlarni olishi kerak.
Inventarlash komissiyasining raisi hisobotlarga ilova qilingan barcha kirim-
chiqim hujjatlariga “inventarlashgacha ...da (sana)” deb ko‘rsatgan holda viza
qo‘yadi, bu esa buxgalteriyaga hisob ma’lumotlari bo‘yicha inventarlashni
boshlash paytida mol-mulk qoldiqlarini aniqlash uchun asos bo‘lib xizmat qilishi
kerak.
Moddiy javobgar shaxslar inventarlash boshlanishiga qadar mol-mulkka doir
barcha kirim-chiqim hujjatlari buxgalteriya yoki komissiyaga topshirilgani va ular
javobgarligiga kelib tushgan barcha boyliklar kirim qilingani, chiqib ketganlari esa
chiqimga hisobdan o‘chirilgani to‘g‘risida tilxat beradilar. Mol-mulkni sotib
olishga hisobot beriladigan summalari yoki uni olish uchun ishonchnomalari
bo‘lgan shaxslar ham shunday tilxat beradilar.
Inventarlashni o‘tkazish oldidan ishchi inventarlash komissiyalari a’zolariga
buyruq, komissiya raislariga esa plombir topshiriladi (inventarlash komissiyasi
ishlaydigan butun ish vaqtida plombir komissiya raisida saqlanadi). Buyruqda
inventarlashni o‘tkazishga doir ishni boshlash va tugatish muddatlari belgilanadi.
Agar mol-mulkni inventarlash bir necha kun mobaynida o‘tkazilsa, moddiy
boyliklar saqlanayotgan xona inventarlash komissiyasi ketayotganida muhrlanishi
kerak. Inventarlash komissiyalari ishida tanaffus bo‘lganda (tushlik vaqti, tunda,
boshqa sabablarga ko‘ra) ro‘yxatlar inventarlash o‘tkazilayotgan yopiq xonadagi
yashikda (javon, seyfda) saqlanishi shart.
Tovar-moddiy
boyliklarning
haqiqatda
mavjudligini
tekshirishga
kirishishdan oldin ishchi inventarlash komissiyasi:
- yordamchi binolar, yyerto‘lalar va boyliklar saqlanadigan, alohida kirish-
chiqish eshiklari bo‘lgan boshqa joylarni plombalashi;
- og‘irlikni o‘lchaydigan barcha asboblar sozlanganini tekshirishi va ularni
tamg‘alashning belgilangan muddatlariga rioya qilishi shart.
120
To‘satdan o‘tkaziladigan inventarlashlarda barcha tovar-moddiy boyliklar
inventarlash komissiyasi hozirligida, qolgan hollarda esa - oldindan tayyorlab
qo‘yiladi. Boyliklar guruhlarga bo‘linishi, navlarga ajratilishi va ular miqdorini
sanash uchun qulay bo‘lgan ma’lum tartibda nomlari, navlari, hajmlari bo‘yicha
joylashtirilishi kerak.
Asosiy vositalar, xomashyo, materiallar, tayyor mahsulot, tovarlar, pul
mablag‘lari va boshqa boyliklarni inventarlash ularning har bir joylashgan yeri va
ana shu boyliklarni saqlayotgan javobgar shaxs bo‘yicha o‘tkaziladi.
Haqiqatdagi qoldiqlarni tekshirish moddiy javobgar shaxslarning (kassirlar,
xo‘jalik, savdo korxonasi, omborxona, tayyorlov punkti va hokazolar mudirlari)
albatta ishtirok etishi bilan amalga oshiriladi.
Inventarlash paytida boyliklarning mavjudligi albatta sanash, tarozida
tortish, o‘lchash yo‘li bilan aniqlanadi.
Yetkazib beruvchining ochilmagan o‘ramida saqlanayotgan materiallar va
tovarlar bo‘yicha ushbu boyliklar miqdori istisno tariqasida hujjatlar asosida,
ushbu boyliklar bir qismini albatta naturada (tanlab olib) tekshirish bilan
aniqlanishi mumkin. Qoplanmagan mahsulotlar og‘irligi (yoki hajmi)ni o‘lchash
va
texnik
hisob-kitoblar
asosida
aniqlashga
yo‘l
qo‘yiladi;
o‘lchash
dalolatnomalari va hisob-kitoblar ro‘yxatga ilova qilinadi. Tarozida tortiladigan
ko‘p miqdordagi tovarlar inventarlanganda tarozida tortish qaydnomalarini ishchi
inventarlash komissiyasining a’zolaridan biri va moddiy javobgar shaxs yuritadi.
Ish kuni oxirida (yoki tarozida tortish tugagach) ana shu qaydnomalar ma’lumotlari
solishtiriladi va chiqarilgan yakun inventarlash ro‘yxatiga qayd etiladi. Tarozida
tortish qaydnomalari ro‘yxatga ilova qilinadi.
Inventarlanadigan boyliklar va obyektlarning nomlari va ularning miqdori
ro‘yxatlarda nomenklatura bo‘yicha va hisobda qabul qilingan o‘lchov birliklarida
ko‘rsatiladi.
Ro‘yxatlarga ishchi inventarlash komissiyasining barcha a’zolari va moddiy
javobgar shaxslar imzo chekadilar. Ro‘yxat oxirida moddiy javobgar shaxslar
komissiya boyliklarni ularning hozirligida tekshirganini, komissiya a’zolariga
nisbatan hech qanday da’volar yo‘qligi va ro‘yxatda sanalgan boyliklar
mas’uliyatli saqlashga qabul qilinganini tasdiqlaydigan tilxatga imzo chekadilar.
Boyliklarning haqiqatda mavjudligini tekshirish paytida moddiy javobgar
shaxslar o‘zgargan taqdirda boyliklarni qabul qilgan shaxs inventarlash
ro‘yxatlariga ularni olganligi, topshirgan shaxslar esa ularni topshirganligi
xususida imzo chekadilar.
Xo‘jalikka tegishli bo‘lmagan, biroq unda joylashgan boyliklarga alohida
ro‘yxatlar tuziladi.
Inventarlash paytida inventarlash bo‘yicha birlamchi hisob hujjatlarining
tasdiqlangan namunaviy shakllari qo‘llanilishi kerak.
121
Ish hayvonlari va mahsuldor mollar, parranda va asalari oilalari, ko‘p yillik
o‘simliklar, ko‘chatzorlar inventarlanganda qishloq xo‘jalik korxonalari uchun
tasdiqlangan ro‘yxat shakllari qo‘llaniladi.
Dostları ilə paylaş: |