139
3.
Hisob texnikasini oddiyligi va tushunarliligi;
4.
Buxgalteriya xodimlari malakasiga ko‘ra, hisob ishlarini taqsimlash
imkoniyatini mavjudligi.
Memorial-order shakli yuqoridagi afzalliklarga ega bo‘lishi bilan birga,
ba’zi bir kamchiliklarga egadir:
1.
Hisob ishlarini ko‘p mehnatliligi;
2.
Analitik va sintetik hisobni alohida yuritilishi, ya’ni hisobni alohida
yuritilishi natijasida sintetik hisobdan analitik hisobni orqada qolishi vujudga
keladi;
3.
Turli hisob registirlarda bitta xo‘jalik jarayonini qayta, qayta yozilishi.
Buxgalteriya hisobining Bosh daftar shakli
Buxgalteriya hisobi shakllari vujudga kelishi, qo‘llanishi, hisob ishlarini
hajmidan, hisob xodimlarini malakasidan kelib chiqadi. Buxgalteriya hisobining
Bosh daftar shaklini vujudga kelishi XIX asr boshlariga to‘g‘ri keldi va hozirgi
davrda ham kichik firma va korxonalarda qo‘llanilmoqda. Buxgalteriya hisobining
ushbu shakli sintetik schyotlar ham qo‘llaniladigan buxgalteriyalarga xosdir.
Tabiiyki, kichik firma va korxonalar faoliyati doirasi katta bo‘lmaganligi sababli,
qo‘llaniladigan sintetik schyotlar miqdori ham kam bo‘ladi.
Buxgalteriya hisobining ushbu shaklida dastlabki hujjat ma’lumotlari Bosh
daftar deb ataladigan sintetik registrda yuritiladi. Bosh daftarda xronologik va
tizimli yozuvlar birgalikda olib boriladi, shuning uchun ham kombinatsiyalashgan
registr hisoblanadi.
Buxgalteriya hisobining Bosh daftar shaklida hisob ishlarida qulaylik
yaratish maqsadida oy davomidagi xo‘jalik jarayonlari reestrini ham yuritish
mumkin. Xo‘jalik jarayonlari reestri asosida esa Bosh daftar to‘ldiriladi
22-jadval
Dostları ilə paylaş: