148
xulosa qilish mumkinki, xo‘jalik operatsiyalarini hisobga olish daftarini yo
boshlang‘ich hujjatlar ma’lumotlari asosida, yoki bo‘lmasa qaydnomalarning
yakuniy ma’lumotlari asosida to‘ldirish mumkin.
Xo‘jalik operatsiyalarini hisobga olish daftarini qaydnomalar ko‘rinishida,
uni operatsiyalar hisobi butun hisobot yili davomida yuritiladigan oyga yoki daftar
shaklida ochilgan holda, yuritish mumkin. Bunda daftar birma-bir tiqilishi va
raqamlangan bo‘lishi kerak. Uning so‘nggi varag‘ida, rahbar va bosh
buxgalterlarning imzolari bilan, shuningdek, xo‘jalik yurituvchi subyektning muhr
izi bilan tasdiqlanuvchi, keltirilgan varaqlar soni yozib qo‘yiladi.
Xo‘jalik operatsiyalarini hisobga olish daftari har bir mablag‘lar va ular
mavjud bo‘lgan manbalar turi bo‘yicha hisobot davri boshiga bo‘lgan qoldiqlar
summalari yozuvlari bilan ochiladi. Undan so‘ng «Operatsiyalar mazmuni»
ustunida har bir boshlang‘ich hujjat asosida ushbu oyning barcha xo‘jalik
operatsiyalari xronologik ketma-ketlilik asosida pozitsion usulda yozib boriladi.
Bunda, Daftarda «Nazorat summasi» ustunida qayd etilgan har bir operatsiyaga oid
summalar ikkiyoqlama yozuv usulida mablag‘lar va ularning manbalari muvofiq
turlarini hisobga olish schyotlarining «Debet» va «Kredit» ustunlari bo‘yicha bir
vaqtning o‘zida aks ettiriladi.
Barcha schyotlar debitorlik oborotlarining umumiy yakuni kredit oborotlari
umumiy yakuni va «Nazorat summasi» yakuniga teng bo‘lishi kerak.
Xo‘jalik operatsiyalari daftarida buxgalteriya hisobini yuritish uchun barcha
zarur schyotlar keltirilishi mumkin.
Kichik korxonalar va mikrofirmalar faqat Buxgalteriya balansi 1-son shakl,
Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot 2-son shakldan iborat bo‘lgan yillik
moliyaviy hisobotni taqdim etadilar.
Dostları ilə paylaş: