147
Buxgalteriya hisobining boshlang‘ich bosqichi bo‘lib barcha xo‘jalik
operatsiyalarini boshlang‘ich hisob axboroti ma’lum bir moddiy tashuvchilarining
to‘liq hujjatlashtirilishi hisoblanadi.
Hisobga olishning kelgusi bosqichlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
- buxgalteriya hisobi registrlarida qo‘llaniladigan boshlang‘ich hisob
hujjatlarida keltirilgan ma’lumotlarini qayd etish;
- moliyaviy hisobotlarni tuzish;
- buxgalteriya registrlari ma’lumotlaridan boshqa xo‘jalik yurituvchi subyekt
uchun zarur bo‘lgan axborotni olish uchun foydalanish.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan mustaqil ravishda ishlab
chiqiladigan boshlang‘ich hujjatlar shakllari mazkur subyekt mohiyatini aks
ettiruvchi timsollar qo‘shilgan holdagi tegishli namunaviy shakllarida ko‘zda
tutilgan majburiy rekvizitlarni o‘z ichiga olishi kerak.
Shu tariqa, buxgalteriya hisobining soddalashtirilgan shakli chog‘ida
registrlarning ikkita turidan foydalanilishi mumkin:
- xo‘jalik operatsiyalarini hisobga olish daftari;
- tegishli hisobga olish obyektlarining hisobga olish qaydnomalari (C-1-dan
C-11-songacha ilovalarga binoan).
Dostları ilə paylaş: