19-chizma.
Buxgalteriya hisobini tashkil etish tizimi
Hujjatlarni saqlash nomenklaturasi va
tartibini ishlab chiqish
“Buxgalteriya apparati xodimlarining
lavozim yo‘riqnomasi”ni ishlab
chiqish
Buxgalteriya hisobini
tashkil etish tizimi
“Buxgalteriya xizmati to‘g‘risida
Nizom”ni ishlab chiqish
Hisob axborotlariga ishlov berish
texnologiyasini tuzish
Hujjatlar aylanish grafigini tuzish
Hujjatlarni qiymati va saqlash
muddati bo‘yicha ekspertiza qilish
163
Buxgalteriya hisobini tashkil qilishda hisob ma’lumotlari nafaqat ichki, balki
yuqori boshqaruv uchun zarurligini ham hisobga olish bilan birga, tashqi
foydalanuvchilar ehtiyoji ham e’tiborga olinishi kerak.
Buxgalteriya hisobi ma’lumotlaridan foydalanuvchilarni ikkiga ajratish
mumkin:
ichki foydalanuvchilar;
tashqi foydalanuvchilar.
Hisob ma’lumotlaridan ichki foydalanuvchilarga korxona, boshqaruv
apparati xodimlari kiradi.
Korxona boshqaruv apparati xodimlari korxona faoliyati boshqaruviga va
korxonani oldiga qo‘yilgan vazifalar bajarilishiga, belgilangan maqsadlarga
erishilishiga to‘liq javobgardirlar.
Moliyaviy hisob ma’lumotlaridan foydalangan holda ichki boshqaruv
apparati korxona moliyaviy rejasini tuzadi, korxona xo‘jalik faoliyatini
kengaytirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulot (ish, xizmat) yuzasidan bozor
talabini o‘rgangan holda, baho belgilash, moliyaviy qo‘yilmalarni yuritish chora-
tadbirlarini, bank va bankdan tashqari korxonalardan kredit va qarzlar olish va
boshqalar haqida qarorlar qabul qiladi.
Qarorlarni to‘g‘ri qabul qilinishi moliyaviy hisob ma’lumotlarini o‘z vaqtida
va to‘g‘ri tuzilganligiga bog‘liq bo‘ladi.
O‘z vaqtida olinmagan yoki noto‘g‘ri yuritilgan buxgalteriya hisob
ma’lumotlari, noto‘g‘ri qarorlar qabul qilinishiga, natijada korxonani zarar
ko‘rishiga, ba’zi hollarda esa bankrotlik holatiga kelishiga ham sabab bo‘lishi
mumkin.
Moliyaviy hisob ma’lumotlaridan tashqi foydalanuvchilarni ham o‘z
navbatida ikki guruhga ajratish mumkin:
A) korxona faoliyatidan bevosita manfaatdorlar;
B) bilvosita manfaatdorlar.
Korxona faoliyatidan bevosita manfaatdorlarga quyidagilarni misol
tariqasida keltirish mumkin:
aksiyadorlar;
kreditorlar;
mol yetkazib beruvchilar va xaridorlar;
soliq nazorati inspeksiyasi;
mehnat birjalari va boshqalar.
Moliyaviy hisobot ma’lumotlaridan foydalanuvchilarni korxona faoliyatidan
bilvosita manfaatdorlarga quyidagilar kiradi:
auditorlik firmalari;
164
moliyaviy savollar yuzasidan maslahatchilar;
qimmatbaho qog‘oz birjalari;
qonunchilik organlari;
huquqshunoslar (xo‘jalik sudi vakillari);
matbuot va axborot agentliklari;
savdo, ishlab chiqarish assotsiatsiyalari;
ijtimoiy sug‘urta organlari;
kasaba uyushmalari.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni yillik moliyaviy hisobotlari undan
foydalanuvchilar uchun tushunarli va oddiy holda yetkazilishi kerak.
Buxgalteriya hisobini tashkil etishda hisob ishlari hajmini aniqlab olish,
buxgalteriya xodimlari sonini, ular o‘rtasida hisob ishlari taqsimotini,
qo‘llaniladigan hisob shaklini, hisob ishlarida hisoblash texnikalaridan
foydalanishini belgilab olish kerak bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligini «Buxgalteriya hisobi va auditi
uslubiyati» boshqarmasi hisobning barcha turlari bo‘yicha rahbarlikni olib boradi.
Moliya
vazirligining
ushbu
boshqarmasi
hisob
ishlarini
mexanizatsiyalash,hisob mutaxassislarini tayyorlash, ular malakasini oshirish,
shuningdek, hisobishlari bilan bog‘liq yo‘riqnomalar, nizomlar, ko‘rsatmalar ishlab
chiqib, nashr qildiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi, Makroiqtisodiyot statistika
vazirliklari birgalikda buxgalteriya hisobi schyotlar rejasini, buxgalteriya hisobi va
moliyaviy hisobotni shakllarini ishlab chiqadi, ularni qo‘llashga doir
yo‘riqnomalar ham shu vazirliklar tomonidan tasdiqlanadi.
Hozirgi vaqtda Moliya vazirligining buxgalteriya hisobi va auditi,
uslubliyati boshqarmasi tomonidan buxgalteriya hisobining milliy standarti ishlab
chiqilib ularning 24 tasi Adliya vazirligidan ro‘yxatdan o‘tdi.
Mamlakatimiz siyosiy mustaqilligidan so‘nggi, erishilayotgan iqtisodiy
mustaqilliklar zamirida Jahon bozoriga chiqish, chet el davlatlari bilan o‘zaro
munosabatlarda bo‘lish yotadi.
Demak, tabiiyki, «iqtisodchilar tili» hisoblanuvchi buxgalteriya hisobini
jahon standartiga moslashtirish zamon talabi bilan yuzaga keladi.
Turli halqaro tashkilotlar barcha davlatlarda buxgalteriya hisobi umumiy
tizimini ta’minlashga xarakat qilmoqda. Ulardan ba’zi birlari quyidagilardir:
Buxgalteriyahisobixalqarostandartibo‘yichaqo‘mita
(BXXSK).
Ushbuqo‘mita
1973
yilda
9
davlatProfessionalbuxgalterlarituzilmasiasosidatashkiltopganedi.
9
davlatesa,
quyidagilaredi: Avstraliya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Kanada, Meksika,
165
Niderlandiya, SShA, FransiyavaYaponiya.
BuxgalterlarXalqaroFederatsiyasi
(BXF)
1997
yildatashkiltopib,
buxgalteriyahisobixalqarostandartibo‘yichaqo‘mita
(BXXSK)
bilano‘zarohamkorlikdafaoliyatyuritmoqda.
BXFxalqaroandozalarishlabchiqishbilanshug‘ullanmaydi,
balkibuxgalteriyaishlarinixalqaroumumlashuvibilanbog‘liqfaoliyatbilanshug‘ullana
di.
Aniqroqqilibaytadiganbo‘lsak,
BXFbuxgalteriyaishlarinixalqaroumumlashuvigaumumiyyondashuvlarvayo‘nalishl
arinianiqlaydi,
shuningdek,
buxgalteriyahisobibo‘yichaYevropamutaxassislarifederatsiyasikabihududiymaxsus
buxgalteriyaorganlariishlarigayordamberadi.
Shungaahamiyatbermoqkerakki,
hozirgidavrgakelib,
milliy,
hududiymanfaatdorliklar,
hamdajug‘rofiyvaiqtisodiyxosliklardankelibchiqib,
buxgalteriyahisobinivahisobotinixalqaroumumlashuvigayagonayondashuvtopilmad
i.
Bozorkuchiyordamidabuxgalteriyahisobiumumlashuvigaerishishtezlashadideganu
mumiyfikrgaegabo‘lindiki, buniquyidagichaizohlashmumkin.
Davlatlar, ayniqsa, rivojlanayotgan davlatlar chet el investitsiyalarini jalb
etish
maqsadida
buxgalteriya
hisobi
va
hisobotini
jahon
standartiga
moslashtirishga harakat qiladi va shu yo‘l bilan iqtisodiyotni rivojlanishga zamin
tayyorlaydi.
Bizning respublikamizda buxgalteriya hisobini tartibga solish huquqiga ega
manbaalar quyidagilardir:
qonunchilik organlari tomonidan qabul qilingan me’yoriy va qonuniy
dalolatnomalar;
Moliya vazirligini Davlat statistika qo‘mitasi bilan birga, hamda
vazirliklar va tarmoqlar malakali mutaxassislari, professional jamoat tashkilotlari
ishtirokida qabul qilgan me’yoriy dalolatnomalari va ko‘rsatmalari.
Professional jamoat tashkilotlariga Buxgalterlar va auditorlar assotsiatsiyasi,
tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatalari misol bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobi tizimini asosiy huquqiy
zamini «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonunda belgilangan. Ushbu qonunda
buxgalteriya xodimlarini burch va huquqlari, buxgalteriya hisobi miqyosida
korxona rahbarlari va buxgalteriya hisobi tizimidagi asosiy maqsadlar, vazifalar,
hamda prinsiplari ko‘rsatib o‘tilgan.
Xalqaro amaliyotda buxgalteriya hisobini me’yoriy tartibga solishni to‘rt
darajali tizimi ko‘zda tutilgan.
166
Birinchi daraja – qonuniy dalolatnomalar, masalan, «Buxgalteriya hisobi
to‘g‘risida»gi qonun.
Ikkinchi daraja – asosiy qoidalar yigindisi, ya’ni buxgalteriya standartlari.
Uchinchi daraja – mamlakat va turli tarmoqlar bo‘yicha buxgalteriya
hisobini yuritish yuzasidan takliflar, metodik qo‘llanmalar.
To‘rtinchi daraja – hisob siyosatini aniqlash va hujjat aylanishini tashkil
etish yuzasidagi korxonada ishlab chiqilgan hujjatlarni keltirish mumkin.
Xalqaro amalayotda buxgalteriya hisobini tartibga solish to‘rt darajali
me’yoriy tizimini, bizning davlatimizda ko‘rib o‘tamiz.
Birinchi darajaga, O‘zbekiston Respublikasini «Buxgalteriya hisobi
to‘g‘risida»gi qonunini keltirish mumkin.
Ikkinchi darajaga, hozirgi vaqtda ishlab chiqilgan 24 ta standartni misol
qilish mumkin.
Uchinchi darajadagi me’yoriy tartibga solish tizimiga Moliya vazirligi
tasdiqlangan buxgalteriya hisobi va hisoboti bilan bog‘liq Nizomlarni, shuningdek,
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Vazirlar Mahkamasining 1999, 2003
yillardagi qarorlari bilan tuzatishlar kiritilgan «Mahsulot (ish, xizmatlar)
tannarxiga kiritiladigan mahsulot (ish, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish
bo‘yicha xarajatlar tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish haqida
Nizom» misol bo‘la oladi.
To‘rtinchi darajaga esa, korxonalarda qabul qilinadigan, buxgalteriya
hisobini tartibga solish bilan bog‘liq bo‘lgan hujjatlarni keltirish mumkin.
Buxgalteriya va huquq o‘rtasidagi munosabat unchalik ham katta emas.
Buxgalteriya sistemasi berilgan sotsial – politik normalar asosida xarakterlangan
bo‘lib u iqtisodiy tizim va ochiq oydin ko‘rsatib berilgan hududiy qonunlar
o‘rtasida ishlaydi. Qonun insonning tashqi hatti – harakatlarini nazorat qiladi,
uning boshqa insonlar bilan qonuniy munosabatlarini hamda uning huquq va
majburiyatlarini aytib turadi. Yanada aniq qilib aytadigan bo‘lsak, qonunning
bajaradigan vazifalari bepoyonki, jamiyatimiz va ijtimoiy hayotimizning har bir
jabhasida tarqalgan. Insoniyat bilan bog‘liq iqtisodiy qiziqishlariga ko‘ra,
qonunning nihoyasi yo‘q va boshqa davlatlar iqtisodiyotida, to‘g‘ri va noto‘g‘ri
buxgalteriyaga olib borish zarur.
Buxgalteriyaning bir necha muhim bo‘limlari
28
:
Ixtisoslashishning bu davrida ko‘pgina ilmiy bo‘limlar o‘zining maqsadlari
bilan ajratilgan aniq intizomga ega bo‘lgan. Shunga mos holda buxgalteriyada
ham. Intilishlar bosqichining maqsadiga ko‘ra, shu tariqa, Buxgalteriyaning asosiy
28
Accounting theory. M. Com. (Final) Directorate of Distance EducationMaharshi Dayanand University
2004. ROHT AK – 124 001 (429-434 b.)
167
bo‘limlariquyidagilarga sinflashtiriladi:
Moliyaviy buxgalteriya: Buxgalteriya va Moliyaviy buxgalteriya terminlari
ko‘pincha ajratilib ishlatiladi. Bu, shu bilan birga buxgalteriyaning boshqa maxsus
bo‘limlaridagi bog‘liqliklarda oldindan mulohaza qilinganidek tafovutlar aniq
bo‘ladi. Moliyaviy Buxgalteriya, buxgalteriyaning boshqa bo‘limlaridan eng
qadimiy va yetakchilaridandir. Bu shu bilan birga boshqa bo‘limlar uchun xom –
ashyo materiallarni ta’minlovchi hamdir.
Narx buxgalteriyasi: Garchi moliyaviy buxgalteriya narx buxgalteriyasining
yetakchisi bo‘lsada, narx buxgalteriyasi va moliyaviy buxgalteriyaning raqobatli
rivojlanishi XX asrning boshida o‘z qadamini qo‘ya boshlagan. Venetsiya
savdogarlarining XIX asrning oxirgi yarmidan buyon buxgalteriya nazorati
vositalari sifatida baho buxgalteriyasidan foydalangani haqida dalillar mavjud.
Shunday qilib, Sanoat inqilobida qaysiki fabrikaviy tizim yaratilganda tizimli baho
buxgalteriyasi Angliyaga etib keldi. Baho buxgalteriyasining asosiy urg‘usi narxni
aniqlashtirish, baho analizi, baho nazorati va o‘zaro zid holda moliyaviy
buxgalteriya va bu samarali qarashdir. Baho buxgalteriyasi bir necha turdagi
baholash analiz va sintezini gavdalantiradi misol uchun: mahsulot va xizmatlar
ishlab chiqarishning umumiy bahosini aniqlash.
Boshqaruv
buxgalteriyasi.
Boshqaruv
buxgalteriyasining
maxsus
ixtisoslashtirilgan buxgalteriya bo‘limi sifatida rivojlanishi ancha yangi bosqichga
ega. Buning muhimi shunday otadiki, ichki boshqarma ya’ni kundalik qarorlarni
aniqlab beradigan ham sifat ham miqdor ma’lumotlari bilan ta’minlaydi. Bugungi
murakkab biznes tashkilotlarida boshqaruv buxgalteriyasining muhimliligiga
tayanib boshqaruv buxgalteriyasi buxgalteriyaning ko‘zi deya tasvirlanadi. Bunday
nomlanishiga bo‘lgan asosiy sabab boshqaruv menejmenti korxonaning ichki
funksiyalarining namoyon bo‘lish yo‘llarini ta’minlab beradi. AQShning NAA
tashkiloti boshqaruv buxgalteriyasini identifikatsiya jarayoni, o‘lchov, jamg‘arish,
analiz, tayyorgarlik, izohlash va moliyaviy ma’lumotlar kommunikatsiyasini
tashkilotda rejalashtirish, baholash va nazorat qilish, resurslar uchun javobgarlik va
muqobil foydalanishni kafolatlaydigan bo‘lim sifatida ta’riflaydi. Boshqaruv
buxgalteriyasi yaqinda kelib chiqishiga qaramasdan, ulkan qadamlarni bosib o‘tdi.
Ammo shuni ham alohida ta’kidlab o‘tishimiz joizki moliyaviy buxgalteriyaga
qiyoslaganda, asosiy nazariyalar va umumtasdiqlangan prinsiplarini hali
rivojlanishini davom ettirish kerak.
Sotsial buxgalteriya: Buxgalteriya uzoq vaqt davomida sotsial funksiya
sifatida tanishtirilgan. Ammo sotsial buxgalteriya texnikalarining rivojlanishi bu
hozirgi davrdan 40 yildan ko‘p bo‘lmagan ta’rixiy ma’lumotlarga ega bo‘lgan eng
yangi buxgalteriya innovatsiyalaridir. Sotsial buxgalteriya atamasi quyidagicha
ta’riflanadi: «Buxgalterlar tomonidan arizalar va o‘zgarishlar, malaka, texnika,
168
kelishilgan odob axloq qoidalari analizi va sotsial muammolarni hal qilish
echimidir». Bu g‘oyalar ko‘rsatib turibdiki, sotsial buxgalteriya asosan prinsiplar,
amaliyot, kelishilgan qoidalarning samarasini oshirishga qaratiladi.
Dostları ilə paylaş: |