O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 017 yil fevraldagi 4947-sonli



Yüklə 3,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/102
tarix07.07.2023
ölçüsü3,05 Mb.
#136078
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   102
Buxgalteriya hisobi nazariyasi

Kontokorrekt shakl 
«Hisobdor shaxslar bilan hisoblashish» - Usmonov A.R 
Sana № 
Operatsiyalarning mazmuni 
Debet 
Kredit Summa 
1 Dekabrga qoldiq 
 
 
 - 
08.12 1 
Tovarlar olib kelish uchun naqd pul berildi. 
4430 
5010 
100000 
11.12 2 Olib kelingan tovarlar chakana savdoga qabul 
qilindi. 
2910 
4430 
80000 
13.12 3 
Ishlatilmay qolgan pul mablag‘lari qaytarildi. 
5010 
4430 
20000 
Dekabr oyi bo‘yicha jami 
100000 100000
1 Yanvarga qoldiq 
 - 
 -
 - 
Yuqorida «Hisobdor shaxslar bilan hisob kitob» analitik hisobi uchun 
qo‘llaniladigan kartochkani ko‘rib chiqdik. Ushbu kartochka ma’lumoti analitik 
hisob haqidagi ma’lumotlarda keng yoritilgan. 
Ko‘p ustunli kartochkalarning yana biri sifatida «Asosiy ishlab chiqarish» 
xarajatlari hisobi uchun yuritiladigan kartochkani misol sifatida keltirish mumkin. 
Kartochkalar maxsus kartotekalarda saqlanadi. Kartotekaga kartochkalar 
joylashtirilayotganda 
moddiy 
javobgarligi 
joylangan 
o‘rni va boshqa 
xususiyatlariga ahamiyat berib, guruhlarga ajratilgan holda qo‘yiladi. 
Buxgalteriya hisobi registrlari yozuv turlariga ko‘ra 3 xil bo‘ladi: 
1. Xronologik hisob registrlari. 
2. Tizimli hisob registrlari. 
3. Kombinatsiyalashgan registrlar. 
Xronologik hisob registrlarini o‘ziga xos xususiyati shundaki, undagi 
yozuvlar xronologik tartibda aks ettirilib boriladi. Bu yozuvlar orqali jarayonning 
qisqacha mazmuni, sodir bo‘lgan muddati va summasini xronologik tartibda aks 
ettirib boriladi. Masalan, «Jarayonlarni ro‘yxat qilish jurnali» xronologik hisob 
registriga misol bo‘lib, u hisobning memorial-order shaklida qo‘llaniladi. 


130 
Tizimli hisob registrlari jarayonlarni ma’lum bir belgilari bo‘yicha 
tizimlashgan (guruhlashgan) holda aks ettirilishi bilan xususiyatlidir. «Bosh 
daftar» tizimli hisob registrlariga misol bo‘ladi. 
Ushbu registrdan XV asr oxirlarida ikkiyoqlamayozuv usuli vujudga 
kelganidan boshlab foydalanish yo‘lga qo‘yilgan. 
Buxgalteriya daftarlari bir yilga mo‘ljallangan bo‘lib, hamma betlari 
raqamlanadi, bosh buxgalter imzosi bilan tasdiqlanadi. 
Oxirgi varaqning orqasida bosh buxgalterning imzosi bilan tasdiqlangan 
holda quyidagi yozuv aks ettirilgan bo‘lishi zarur. 
Buxgalteriya daftarida korxona xo‘jalik mulklarini aks ettiradigan schyotlar 
uchun betlar ajratiladi. Sintetik schyotlar uchun tegishli analitik schyotlar ochilgan 
bo‘lsa, bosh daftarda betlar ajratilayotganda e’tiborga olmoq zarur. 
Masalan, savdo korxonasini chakana savdodagi tovarlari 2920 sintetik 
schyotida yuritiladi. Aytaylik, shu savdo korxonasiga qarashli 3 ta magazin 
mavjud. Bunday holatda bosh daftarda har bir moddiy javobgar shaxs uchun 
alohida varaqlar qoldirilishi va umumiy tovarlar hisobi aks ettirilishi uchun ham 
varaqlar ajratilgan bo‘lishi zarur. 
Buxgalteriya daftarida mundarija ham bo‘lib, unda hisobi yuritiladigan 
schyotlarning aks ettiriladigan varaqlari tartib raqami ko‘rsatilgan bo‘ladi. 
Buxgalteriya hisob registri daftarining boshqa registrlardan afzalligi 
quyidagilardan iborat: 

Hisob ma’lumotlarining bir registrda mujassamlashganligi; 

Hisob ma’lumotlari saqlanishi mustahkam ta’minlanganligi. 
Buxgalteriya daftarining kamchiliklari ham bo‘lib, ular quyidagilardan 
iborat: 

Buxgalteriya xodimlari o‘rtasida mehnat taqsimotini to‘g‘ri yo‘lga 
qo‘yishga xalaqit beradi, sababi, daftarda korxonada hisobi yuritiladigan hamma 
schyotlar joylashgan. Buxgalteriya xodimlari o‘zlariga biriktirilgan schyotga 
tegishli ma’lumotlarni aks ettirish uchun daftar bo‘shashini kutishi kerak bo‘ladi. 

Buxgalteriya daftaridan hisob registri sifatida foydalanganda, hisob 
ishlarini mexanizatsiyalashtirish imkoniyatlari kamayadi. 

Buxgalteriya xodimlari mehnat unumdorligini oshishiga xalaqit beradi. 
Birinchidan, daftardan galma-galdan foydalanish natijasida vaqt yo‘qotiladi: 
ikkinchidan, buxgalteriya daftarining hajmi katta bo‘lib, tegishli varaqni topib, 
undan foydalanishni sekinlashtiradi. 
Buxgalteriya 
daftarlarining 
hamma 
varaqlari 
ham 
hamma 
vaqt 
foydalanilaverilmaydi. To‘ldirilmagan varaqlar esa kelgusi hisobot davri uchun 
foydalanilmaydi va hisob registrlari bilan bog‘liq xarajatlarni oshishiga olib keladi. 


131 
Buxgalteriya daftarlari bir hisobot yili uchun mo‘ljallangan. 
Buxgalteriya registrlari ulardagi yozuv turiga ko‘ra, kombinatsiyalashgan 
shaklda ham bo‘ladi. 
Kombinatsiyalashgan buxgalteriya registrlarining o‘ziga xos xususiyati 
shundaki, ularda xronologik va tizimli yozuvlar birgalikda aks ettiriladi. Bunday 
registrlarning afzalligi quyidagilardan iborat: 

Hisob ishlari ixchamlanadi. 

Buxgalteriya yozuvlari aks ettiriladigan registrlar miqdorini qisqartiradi. 
Xronologik 
va 
tizimli 
yozuvlar 
umumlashtirilgan 
hamda 
kombinatsiyalashgan hisob registrlariga jurnal-order misol bo‘ladi. 
Buxgalteriya hisobi registrlari ularda aks ettiriladigan ma’lumotlar hajmiga 
ko‘ra ikki turga ajratiladi. 
1.Sintetik registrlar. 
2. Analitik registrlar. 
Sintetik registrlar sintetik hisob ma’lumotlarini aks ettirishga mo‘ljallangan 
bo‘lib, ularga bosh daftar, jarayonlarni ro‘yxat qilish jurnali, jurnal-orderlar va 
boshqalar misol bo‘ladi. 
Analitik registrlar analitik hisob ma’lumotlarini rasmiylashtirishda 
qo‘llanilib, ularga «Materiallar», «Asosiy vositalar», «Hisobdor shaxslar bilan 
hisob-kitoblar, mashinalar va boshqa mulklar hisobi bo‘yicha yuritiladigan 
kartochkalar misol bo‘ladi. 
Xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyati bilan bog‘liq jarayonlar dastlabki 
hujjatlarda rasmiylashtiriladi. Ushbu boshlang‘ich hujjat ham shaklan, ham 
mazmunan har tomonlama tekshirilgandan so‘ng, qayta ishlanadi. Dastlabki hujjat 
ma’lumotlari asosida, buxgalteriya registrlari to‘ldiriladi. 
Ba’zi vaqtlarda buxgalteriya registrlari ijroiya varaqlari asosida ham 
rasmiylashtiriladi. Bunday holatlarga da’vogar yuzasidan hisoblashish, xodimdan 
aliment summasini ushlab qolishlar, xodimni bankdan olgan kreditlari yuzasidan 
ushlovlar uchun asos bo‘ladigan qonuniy kuchga ega bo‘lgan sud qarorlari, bank 
bilan xodim o‘rtasida tuzilgan shartnomalar misol bo‘ladi. 
Buxgalteriya 
registrlari 
qanday 
dastlabki 
hujjatlar 
asosida 
rasmiylashtirilmasin quyidagi talablarga rioya etish zarurdir: 

dastlabki hujjatlarni tegishli blankaga rasmiylashtirilganligi: 

dastlabki hujjat hamma rekvizitlari andozaga javob berishi: 

ko‘rsatkichlar arifmetik to‘g‘ri hisoblangani: 

dastlabki hujjatlarda rasmiylashtirilgan xo‘jalik jarayonlari iqtisodiy 
mazmunligi va qonuniyligi: 

tekshirib, qayta ishlangan dastlabki hujjatlar asosida buxgalteriya 
registrlarini o‘z vaqtida va to‘g‘ri rasmiylashtirish: 


132 

buxgalteriya registrlari ma’lumotlari asosida buxgalteriya balansi va 
hisobotni tegishli ko‘rsatmalarga asosan to‘g‘ri va o‘z vaqtida tuzish: 

hamma talabga javob beradigan balans va hisobot boshqa shakllarini 
o‘rnatilgan muddatda tegishli joylarga topshirish. 
Yuqorida keltirilgan talablardan ko‘rinib turibdiki, buxgalteriya hisobi hisob 
ishlarini hamma bosqichlari bir-biriga uzviy bog‘liqdir. 
Dastlabki hujjatlarni naqadar to‘g‘ri rasmiylashtirilishi, buxgalteriya 
registrlari ma’lumotlarini ham to‘g‘ri rasmiylashtirilishiga asos bo‘ladi. O‘z 
navbatida buxgalteriya registrlari moliyaviy hisobotlarni o‘z vaqtida va to‘g‘ri 
ma’lumotlar asosida rasmiylashtirilishiga xizmat qiladi. Bizga ma’lumki, 
moliyaviy hisobot shakllari quyidagilardan iborat: 
1. Buxgalteriya balansi - 1 shakl 
2. Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot - 2 shakl 
3. 
Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot - 4 shakl 
4. 
Xususiy kapital to‘g‘risida hisobot - 5 shakl 
Yuqorida keltirib o‘tilgan moliyaviy hisobot hamma shakllari ham 
korxonalar faoliyatini har tomonlama o‘rganish, tahlil qilish, nazorat etish, hamda 
boshqarish uchun xizmat qiladi. 
Demak, korxona faoliyati haqida to‘g‘ri xulosaga kelish uchun moliyaviy 
hisobot ma’lumotlari haqqoniy aks ettirilgan bo‘lmog‘i zarur ekan. 
Buxgalteriya registrlarini ulardagi ma’lumotlarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida aks 
ettirishini ahamiyati ham shundadir. 
Buxgalteriya registrlariga tegishli ma’lumotlarni aks ettirishni oldiga 
qo‘yilgan talablarni sanab o‘tdik. Shu talablarga javob berish uchun esa quyidagi 
vazifalar bajarilmog‘i kerak. 
1. Dastlabki hujjatlarni har tomonlama tekshirish. 
2. Buxgalteriya registrlari bilan to‘liq ta’minlanish. 
3. Buxgalteriya registrlariga hisobot davri boshlang‘ich qoldiqlarini to‘g‘ri 
aks ettirib chiqish. 
4. Buxgalteriya provodkalarini hisob registrlariga tegishli tartibda o‘z 
vaqtida yozish. 
Buxgalteriya registrlariga hisobot davri boshida boshlang‘ich qoldiqlar aks 
ettirilganda, oldingi hisobot davri uchun ohirgi qoldiq ko‘rsatkichlari olinadi. 
Ushbu boshlang‘ich qoldiq summalari tegishli buxgalteriya hisobi registrlarida aks 
ettirilayotganda, ularning tagiga chiziq chiziladi. Bunday chiziq tortilishiga sabab, 
hisobot davri davomida aks ettirilgan oborot summalari bilan boshlang‘ich qoldiq 
summasini xatolik bilan qo‘shib yuborilmaslik. 
Buxgalteriya registrlarida yozuvlar aks ettirilayotganda, xuddi dastlabki 
hujjatlarga qo‘yilgan talablarga rioya etish zarur. Yozuvlarni aks ettirish talablari 


133 
shundaki, siyohli ruchkalardan, kimyoviy qalamlardan, yozuv mashinkalaridan 
foydalanish zarur. 
Oddiy rangli qalamlardan foydalanish esa, ta’qiqlanadi bu bilan yozuvlarni 
o‘zgartirishni oldi olinadi, yozuvlarni uzoq vaqt saqlanishi ta’minlanadi. 
Yozuvlarni buxgalteriya registrlarida qanday usulda aks ettirishga ko‘ra, 
mashinada yozish va qo‘lda yozishga bo‘lish mumkin. 
Mashinada yozish deganda, yozuv mashinalari, elektron hisoblash 
mashinalari yordamida buxgalteriya registrlarini rasmiylashtirish tushuniladi. 
Buxgalteriya 
registrlaridagi 
yozuvlar 
ulardan 
necha 
nusxadan 
rasmiylashtirilishiga ko‘ra, bir va bir necha nusxali bo‘ladi. 
Bir necha nusxada buxgalteriya hisobi registrlari rasmiylashtirilishida, ularni 
har bir nusxasi alohida-alohida rasmiylashtirilishi yoki ko‘chirish qog‘ozlaridan 
(kopirovka) foydalangan holda rasmiylashtirilishi mumkin. 
Bir necha nusxada yoziladigan hujjatlar, asosan, dastlabki hujjatlar bo‘lib, 
ularga dalolatnomalar, TTN (tovar-transport nakladnoy)larni, schyot-fakturalarni, 
nakladnoylarni, to‘lov talabnomasi, to‘lov topshiriqnomalarini, shartnomalarni 
misol tariqasida keltirish mumkin. 
Ko‘chirish qog‘ozlari yordamida yozuvlarni aks ettirish orqali xato yozuvlar 
kamayishiga, hisob ishlarini tezlashishiga va oqibat natijasida buxgalteriya 
xodimlari mehnat unumdorligi oshishiga erishiladi. 

Yüklə 3,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin