O’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi samarqand qishloq xo’jalik instituti



Yüklə 3,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/6
tarix18.05.2020
ölçüsü3,99 Mb.
#31298
1   2   3   4   5   6
kuzgi bugdoy hosildorligiga uning begona otlariga qarshi kimyoviy kurash ta


 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

66 

 

4. Gerbisidlar bilan ishlashdagi xavfsizlik tadbirlari 

Gerbisidlarning  hammasi  odamlar  va  hayvonlar  uchun  zaxarli  bo‘lmasa 

ham,  ular  bilan  ishlashda  qishloq  xo‘jalik  va  sog‘likni  saqlash  vazirliklari 

tomonidan  belgilangan  zaxarli  moddalar  bilan  ishlaydiganlar  uchun  xavfsizlik 

qoidalariga qat‘iy amal qilish kerak. 

Gerbisidlar qo‘llangan ekin qator oralariga ishlov berish (traktorda), chopiq 

qilish 3 sutkadan keyin ruxsat etiladi. 

Gerbisidlar bilan ishlashga ruxsat etilgan shaxslar vaqti-vaqti bilan medisina 

ko‘rigidan  o‘tishi  va  preparatlarning  hamda  xavfsizlik  tadbirlari  haqida 

ogohlantirilishi zarur. 

Gerbisidlar bilan ishlashga kasal odamlar, xomilador va emizikli ayollar, 18 

yoshga to‘lmagan o‘spirinlar qo‘yilmaydi. Ximiyaviy preparatlar bilan ishlaydigan 

shaxslar  instruktrajdan  o‘tishlari  va  maxsus  kiyimga  (kombinezon,  suv 

o‘tkazmaydigan  materialdan  fartuk,  etik,  rezinali  qo‘lqop,  sinmaydigan  oynali 

kuzoynak va prespirator) ega bo‘lishi kerak. Ishlash joyida zaxarlanganlarni vrach 

davolashiga  qadaryordam  berish  uchun  zarur  dori-darmonli  aptechka  bo‘lishi 

kerak. 


Ishlash vaqtida  maxsus ximoya  kiyimlarini  yechish, chekish  va  ovqatlanish 

qat‘iy  man etiladi. Ish tamom bo‘lgandan keyin kiyimlar yaxshilab tozalanadi va 

har bir ishchiniki alohida-alohida joyga ilib qo‘yiladi. 

Maxsus  kiyimlarda  uyga  ketish  yoki  ularni  uyga  olib ketish  mumkin  emas. 

Ish tugagandan keyin qo‘l va yuzlarni sovunlab dushda yuvinish kerak. 

Gerbisidlar  maxsus omborlarda qulflanib, preparatning nomi,  ta‘sir  etuvchi 

moddaning  foiz  miqdori  va  tayyorlangan  vaqti  yozilgan  etiketka  yopishtirilgan 

yaxshi  berkitiladigan  mustaxkam  idishlarda  saqlanadi.  Omborlar  maxsus  qurollar 

bilan  jihozlangan  va  odamlar  yashaydigan  bino,  suv  manbalari  va  fermalardan 

kamida  300  m  uzoqlikda  bo‘lishi  kerak.  Dalada  gerbisidlarni  qarovsiz  tashlab 

ketish mumkin emas. Kimyoviy preparatlar bilan ishlash vaqti sutkasiga 6 soatdan 

oshmasligi kerak, shuningdek quyidagilarga qat‘iy rioya qilish kerak: 

1. Gerbisid eritmasini qarovchi qoldirish; 


67 

 

2. Gerbisidlarni bo‘shagan idishlardan molga yem-xashak berish



3.  Gerbisidlardan  bo‘shagan  idish  yoki  yashiklarda  ichimlik  suv,  oziq-ovqat 

saqlash; 

4.  Yuvinmasdan ovqatlanish va boshqalar qat‘iy mann etiladi. 

Gerbisidlardan  bo‘shagan  qog‘oz  idish  yashiklarni  yoqib,  kuydirib  kulini 

ko‘mib yuborish zarur. Temir idishlarni kaustik sodaning 5% li erimasi to‘ldirib, 6-

12 soat qoldiriladi, so‘ngra bir-necha marta toza suv bilan chayib yuborish kerak. 

Bu qoidalarga amal qilmaslik zaxarlanishga olib kelishi mumkin. 

Zaxarlanish  belgilari  quyidagicha:  odam  xolsizlanishi,  boshi  og‘rishi  yoki 

aylanishi  mumkin,  ko‘ngli  aynib  qusish  xollari  ro‘y  berish  mumkin.  Bunday 

paytda  birinchi  yordam  quyidagilardan  iborat,  ya‘ni  zaxarlangan  odamning 

gerbisid  ishlatilayotgan  zonadan  chiqarish,  yechintirib,  yotqizish,  agar  gerbisid 

yutilgan,  ya‘ni  oshqozonga  tushgan  bo‘lsa,  margansovkadan  (och  pushti  rangli) 

eritma  tayyorlab  0,5-1,0  l  ichirib  so‘ng  qustirish  zarur.  Keyinchalik  esa  yarim 

stakan  suvga  2-3  qoshiq  aktivlashtirilshgan  ko‘mir  yoki  20  g  tuz  solib,  ichirish 

kerak.  So‘ngra  zudlik  bilan  vrachni  chaqirish  yoki  eng  yaqin  davolash  punktiga 

jo‘natish zarur. 

Gerbisidni  ko‘zga,  labga,  badanga,  og‘izga  tushishidan  saqlanish  kerak.  U 

ko‘zga tushsa, toza suv bilan, badandagisini esa sovunlab yuvish zarur. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 


68 

 

5. Xayot faoliyati xafsizligi 



5.1.Ekin maydonlarini sug’orishda (qishda va yozda) xavfsizlik choralari 

 

Qishloq  xo‘jalik  ekinlarini  amal  davrida  sug‘orish  va  qish  davrlarida 



o‘tkaziladigan  meliorativ  suv  tadbirlarini  amalga  oshirish  jarayonida  xavfsizlik 

chora  tadbirlarini  ko‘rish  muxim  ahamiyat  kasb  etadi.  Ekin  maydonlarini 

sug‘orishda  meliorativ  sug‘orish  tadbirlarini  xavfsizligini  baholashda  xo‘jalikda, 

tumanda bo‘lgan barcha meliorativ qurilmalar va texnikalarning mavjudligi, xolati 

xisobga olinadi; bunda har bir suv inshoatini tuzilishi, ish jarayoni va uning har bir 

elementini  xolati,  ya‘ni  platinalarni  ishga  yaroqliligi,  nasos  stansiyalarini  ish 

rejimi,  ularni  xavfsizlik  moslamalari  bilan  ta‘minlanganligi,  kuchli  bosimda  suv 

o‘tkazadigan  truboprovodlar,  magistral  (xo‘jaliklararo)  va  xo‘jalik  ichidagi 

sug‘orish kanal va ariqlarini xolati, xavfsizlik bilan ta‘minlanganligi va boshqalar: 

shuningdek, 

meliorativ 

sug‘orish  tadbirlarini  xavfsizligini  ta‘minlashda 

energiyadan  foydalanishda  va  meliorativ  tadbirlarni  o‘tkazishda  elektr  hamda 

texnika xavfsizligi chora-tadbirlarini ko‘rilgan bo‘lishi kerak. 

 

Ekin maydonlarini sug‘orishda, sug‘orish tarmoqlarining suv sig‘imini, unda 



oqadigan  suvning  tezligi  va  boshqa  xususiyatlarni  xisobga  olish  kerak  bo‘ladi. 

Chunki  sug‘orish  manbalaridagi  suv  miqdorini  keskin  ortib  ketishi  atrofda 

yashovchilar uchun hamda sug‘orish ishlari bilan mashg‘ul bo‘lgan insonlar xayoti 

uchun  xavf-xatar  tug‘dirishi  mumkin.  Shunga  ko‘ra,  meliorativ  sug‘orish 

inshoatlarning  suvga  chidamlilik  ko‘rsatkichi  bo‘lib,  suv  inshoatlaridan  oqib 

o‘tadigan va to‘planadigan suvning qanday miqdorda bo‘lishi, sug‘orish va suvdan 

foydalanish  ishlarini  texnika  bilan  ta‘minlanganligi,  texnika  va  mashinalardan 

foydalanish  koeffisenti,  sug‘orish  ishlarini  olib  borishda  sug‘orish  uchun  kerak 

bo‘ladigan  suv  bilan  ta‘minlanganligi  va  sug‘orish  usullarini  xisobga  olish  kerak 

bo‘ladi. 

 

Qishloq  xo‘jalik  ekinlarini  sug‘orishda  sug‘orish  me‘yorlari  (ekin  turlariga 



qarab  5-10  kunda)  belgilanadi  va  buning  uchun  laboratoriya  sharoitida  tuproq 

69 

 

namligi  aniqlanadi.  Olingan  natijalar  asosida  o‘simlikning  asosiy  ildiz  tizimi 



tarqalgan  (0-30  sm)  qatlamdagi  suv  zaxirasi,  aynan  sug‘orishdan  oldin  qancha 

ekanligi xisoblab chiqiladi: 

M=100∙H∙A∙B 

Bunda, M-suv zahirasi, m

3

/ga; 


 

N-ildiz tarqalgan tuproq qatlami, sm 

 

A-tuproqni hajmi massasi, g/sm



3

 



V-tekshirilgan tuproq namligi,% 

Ushbu  ko‘rsatkichlar  xisoblab  topilgandan  keyin,  bir  martalik  sug‘orish  uchun 

zarur bo‘ladigan suv me‘yori qo‘ydagi formula bo‘yicha xisoblab topiladi: 

P=100∙H∙A∙(B

1

-V), 


Bunda, P-bir martalik sug‘orish me‘yori, m

3

/ga 



 

V-tuproq namligi,%; 

 

V

1



-ekin turlari bo‘yicha eng qulay tuproq namligi,% 

Ko‘rsatib  o‘tilgan  xisoblash  bo‘yicha  topilgan  sug‘orish  me‘yori  bu  ekinlarni  bir 

martalik  sug‘orish  uchun  sarflanadigan  suv  miqdoridir.  Bunda  barcha  xayot 

faoliyati xavfsizlik chora-tadbirlariga rioya etish talab etiladi. 



5.2. Kimyoviy moddalarni tashish va saqlashda shaxsiy himoya vositalaridan 

foydalanish 

Bugungi  kunda  kimyoviy  moddalarni  tashish  va  saqlashda  shaxsiy  ximoya 

vositalaridan  foydalanish  shu  ishlar  bilan  mashg‘ul  bo‘lgan  insonlarni  xayot 

faoliyati  xavfsizligini  ta‘minlashda  maxsus  axamiyatga  ega.  Chunki,  kimyo 

zavodlarida ishlab chiqarilayotgan kimyoviy moddalarning xo‘jaliklarga tuman va 

viloyatlarga  yetkazib  berish  usullari  turlichadir.  Masalan  mineral  o‘g‘itlar  ochiq 



70 

 

yoki yopiq (qoplarda) yetkazib berilsa, gerbisidlar, xasharot va zararkunandalarga 



qarshi  ishlatiladigan  pestisidlar  va  boshqalar  maxsus  idishlarda  yetkazilmoqda. 

Idishlardagi kimyoviy vositalar uning turi, ta‘siri va boshqa ko‘rsatkichlarga ko‘ra 

har  xil  me‘yorlarda  bo‘ladi.  Shuningdek,  ushbu  idishlarda  kimyoviy  vositalarni 

chiqargan  zavod  va  ushbu  moddaning  tarkibidagi  ta‘sir  etuvchi  moddasi  miqdori 

foizlarda ko‘rsatiladi. 

Kimyoviy  moddalarni uzoq  muddat davomida  to‘plash, saqlash,  yerga  yoki 

o‘simlikka  sepish  uchun  tayorlashda  ichki  xo‘jalik  va  xo‘jaliklarda  maxsus 

omborxonalardan  foydalaniladi.  Bunday  kimyoviy  moddalarni  saqlaydigan 

omborxonalrning  umumiy  hajmi  yil  davomida  ikki  barovar  oborot  qilishga 

muljallangan bo‘lishi kerak. 

Agrokimyo  xizmati  ko‘rsatish  tarmoqlari  xuzurida  kimyoviy  moddalarni 

qabul  qilish  punkti  bo‘lishi  kerak.  Bularni  ixtiyorida  kimyoviy  moddalarni  tashib 

keltirish mexanizmi, umumiy xatto 200 m

3

 dan kam bo‘lmagan bunkerlar bo‘lishi 



kerak. Kuzgi-qishki vaqtlarda kelib turadigan katta miqdordagi kimyoviy moddalar 

uchun ham maxsus omborxonalar bo‘lishi kerak. 

Omborlar  ichidagi  ishlarni  mexanizasiyalash  uchun  qo‘ydagilar  bo‘lishi 

kerak  


-traktor  yoki  elektrodvigatellar  RPK-550,  PKS-80,  KLP-500,  elektr 

yuklagichlar traktor va avtomobil; 

-tasmali konveyrlar, kranlar. 

Kimyoviy  moddalar  saqlanadigan  omborxonalarda  qat‘iy  tartib  bo‘lishi 

kerak. Bu yerlarga boshqa maxsulotlarni tushurish man etiladi. Har qaysi kimyoviy 

vosita  turi  alohida  xonalarda  yoki  bo‘lmalarda  joylashtirilib,  ular  nomerlanadi, 

shuningdek, kimyoviy modda turi, tarkibi, % xisobida yozib qo‘yiladi. 


71 

 

Shuningdek,  ko‘rinadigan  joylarga  kimyoviy  vositalarni  saqlash  va  qayta 



ishlash  texnologiyasi  osib  qo‘yiladi,  unda  kimyoviy  vositaning  narxi,  uni  qabul 

qilib olgan vaqti, texnika xavfsizligi ham qayd etilgan bo‘lishi kerak. 

Kimyoviy  moddalar  saqlanadigan  omborlar  binosi  toza,  tomi  buzilmagan, 

tomchi tushmaydigan bo‘lishi, atrofidagi ariqchalar doimo tozalanib turishi kerak. 

Kimyoviy moddalar solingan idishlar, qoplar omborxona devorlaridan 0,6-1 

metr,  elektr  tarmoqlari,  rubilniklardan  1  metr  masofada  bo‘lishi  kerak.  Bino 

shamollatish  uskunasiga,  yo‘laklar  va  oraliqlar  yaxshi  yoritilgan  bo‘lishi  kerak. 

Namlik normativ darajasida bo‘lishi kerak. 

Kimyoviy  moddalar  saqlanadigan  omborxonalar  axoli  yashaydigan  turar 

joylardan  kamida  500  metr  uzoqlikda,  suv  manbalari  atrofida  yoki  ustida 

bo‘lmasligi kerak. 

Kimyoviy  moddalar  bilan  ishlashga  18  yoshga  to‘lmagan.  Xomilador 

ayollar,  II-grux  nogironlari  hamda  maxsus  tibiiy  ko‘rikdan  o‘tmagan  kishilarni 

ishlashi qat‘iyan man etiladi. Bunday  moddalar bilan ishlovchilar maxsus ximoya 

vositalari:  protivogaz  GP-5,  GP-5m,  GU-4,  yuzni  qoplovchi  maskalar,  kuchli 

ximoyalovchi L-1, ximoyalovchi komplekt bilan ta‘minlangan bo‘lishi kerak. 

 

7.2. Biologik xavfli vaziyatlarning bug’doyni o’sishiga ta’siri va uni oldini 

olish choralari. 

  Biologik  xavfli  vaziatlarda  qo‘llaniladigan  tadbirlarni  to‘g‘ri  tanlash, 

o‘simliklarni, shu jumladjan, g‘o‘zani saqlashni va uni rivojlanishini tezlashtiradi 

va  bunday  tadbirlar  jumlasiga:  G‘o‘za  maydonlarining  kimyoviy  va  biologik, 

baktiriomoddalar  va  vositalar  bilan  zaralanganligi  ni  aniqlash  maqsadida  doimiy 

ravishda  dala  va  labaratoriya  kuzatuvlar  hamda  tekshiruvlar  olib  borish  ,  o‘z 

vaqtida  ishlov  berish  va  g‘o‘za  maydonlarini  zararsizlantirish,  zararlangan 

maydonlarda  o‘z  vaqtida  agrotexnik  va  agrokimyoviy  tadbirlarniamalga  oshirish, 



72 

 

zararlangan  maydonlardan  olingan  maxsulotlardan  foydalanish  tadbirlariniko‘rish 



va boshqa tadbirlarni qo‘llash kiradi. 

  Biologik  xavfli  vaziyatlarda  zararlangan  maydonlarni  hisobga  olish,  ularni 

zararlanish  chegarasini  aniqlash  va  g‘o‘zani  qay  darajada    zararlanganligini 

hisobga  olish  kerak  bo‘ladi.  Buning  uchun  har  bir  dala  kuzatilib,  zararlanish  turi, 

darajasi va chegarasini aniqlash kerak. 

  Beologik  xavfli  vaziyatlarda    g‘o‘zaning  kasallanish  darajasi  ko‘z  bilan 

chamalash  shkalasi    yordamida  aniqlanadi.  Bunda  har  bir  dalaning  diaganali 

bo‘yicha  10  nuqtada  10  ta  o‘simlikda  kuzatuv  o‘tkaziladi  va  shkala  bo‘yicha 

barcha yashil barglarning rangi shkala bilan taqqoslanadi . Olingan natijalar foizga 

(%) hisoblab chiqiladi va zararlanish jadalgi qayd etiladi. 

  Biologik  xavfli  vaziyatlarda  g‘o‘zaning  kasallanishi  quyidagi  formula 

yordamida hisoblab chiqildi: 

 

   


 

 

 



 

 

 



Bunda, R – G‘o‘zada kasallikning rivojlanishi, %,  

  A – kasallangan tup soni, dona,  

  V – kasallangan tupning foiz ko‘rsatkichi, %, 

  A – jami tekshirilgan tup soni. 

Shundan keyin, ularga qarshi kurashish tadbirlari ishlab chiqiladi. 

 

 



 

 

 



 

 

 



73 

 

Xulosalar va tavsiyalar 

Qishloq xo‘jaligida gerbisidlardan keng foydalanish jarayoni begona o‘tlarga 

qarshi kimyoviy kurashning samarali va iqtisod nuqtai-nazardan foydali ekanligini 

ko‘rsatadi. 

  Gerbisidlardan  foydalanish  ijtimoiy  muammolarni  ham  yechishga  yordam 

beradi: kimyoviy kurash qo‘l mehnatidan keng foydalanish zaruratidan ozod qiladi. 

  O‘tkazilgan  tajribalar  natijalari  tahliliga  asoslanib  biz  quyidagi  xulosalarga 

keldik. 

  1).  Granstar  75  DF  va  Xussar  gerbisidlari  jadval-4  da  berilgan  asosiy  bir 

yillik  ikki  pallli  begona  o‘tlarga  qarshi  samarali  vosita  ekan.  Hisobat  va  tahlilga 

olingan  begona  o‘tlarning  aksariyati  gerbisidlarga  nisbatan  barqarorligi 

xususiyatini  namayon  qilmadi.  Faqat  yulduzo‘t  (Stellaria  mtdia),  Sutlama 

(Euphorbia  helioscopia)  va  qurtena  turlari  (Sisymbrium  spp)  lar  gerbisidlarga 

nisbatan qisman barqarorligini namayon qildi. 

  2).  Granstor  75  DF  va  Xussar  gerbisidlari  O‘zbekiston  Respublekasida  

ishlatish  uchun  ruxsat  etilgan  dozalarda  (mos  ravishda  0,01-0,02  kg/ga  va  0,075-

0,1  kg/ga)  ko‘p  yillik  begona  o‘tlarga  ta‘sir  qilmaydi.  Buni  biz  otquloq  (Rumex 

srispus),  paxtatikon  (Sirsium  arvense),  qo‘ypechak  (Sonvolbulus  arvensis), 

tugmachagul  (malva  nedlesta,  kichik  otquloq  (Rumex  asetosella),  takasaqol 

(Dodartia oriyentalis), misollarida ko‘rdik. 

  3). 


Puma 

super 


graminisidi 

bug‘doy  maydonlarida  uchraydigan 

boshoqdoshlar oilasiga mansub asosiy begona o‘tlarga qarshi samarali gerbisiddir. 

Ayniqsa  bu  preparat  yovvoyi  suli  (Avena  fatua),  oq  so‘hta  (Alopecurus 

geniculatum), va itqunoq turlari (Setaria spp), ga qarshi yaxshi natija beradi. 

  Quyon  arpa  (Hordeum  leporinum),va  yaltirbosh  (Bromus  tectorum)  larga 

qarshi Puma Super samarasiz ekanligini ko‘rsatdi. 

  4).  Begona  o‘tlar  gerbisidlarga  nisbatan  barqarorlik  xususiyatlarini  ham 

namayon  qilishi  mumkin.  Ularning  barqarorligiga  ta‘sir  qiluvchi  omillar:  havo 

sharoiti, tuproq xususiyatlari, boshqa tur  begona o‘tlar yoki ma‘daniy o‘simliklar 

tomonidan  bo‘lgan  raqobat.  Ko‘pincha,  tez  o‘sadigan  (tuproq  optemal  namlikka, 


74 

 

havo  yuqori  nisbiy  namlikka,  o‘rtacha  yorug‘likka  va  barqaror  oziqlanishga  ega 



bo‘lgan)  begona  o‘tlar  gerbisid  ta‘siriga  tez  berilib  qurib  qoladi,  chuki  ularning 

barglari kutkulasi qalin bo‘lmay,o‘simlik nozik bo‘ladi. 

  Bundan  kelib  chiqdi-ki,  yosh  (15-20  sm  gacha  bo‘lgan)  begona  o‘tlar 

gerbisidlar  ta‘siriga  tez  beriladi  ;  tez  o‘sadigan  begona  o‘tlar  gerbisidlar  ta‘siriga 

bardosh beraolmaydi; ko‘pincha gerbisidlar issiq havoda yaxshi ta‘sir qiladi. 

  5).  Granstar  75  DF  va  Xussar  gerbisidlari  ruxsat  etilgan  normalarda 

ma‘daniy  o‘simliklarga  ta‘sir  qilmaydi,  ya‘ni  bug‘doyning  nav  xususiyatini 

o‘zgarishiga oli kelmaydi. 

  6).    Puma  Super  graminisidi  1,5  l/ga  normasidan  oshadigan  bo‘lsa 

bug‘doyga, javdarga hamda tritikalega qisman, arpaga esa sezilarli darajada ta‘sir 

qilishi mumkin. 

  7). Ta‘sir etish davri 60 kundan ortiq bo‘lganligi sababli Granstar 75 DF va 

Xussar gerbisidlaridan mavsumda bir marta foydalanish mumkin. 

  Ishlab chiqarishga tavsiyalar 

  Granstar  75  DF  va  Xussar  gerbisidlaridan  erta  bahorda  ,  ko‘pincha  mart 

oyining 1-2 chi dekadasida  foydalanish maqsadga muvofiq, chunki; 

  -aynan  shu  davrda  begona  o‘tlar  bug‘doyning  hosildorligiga  katta  zarar 

keltira boshlaydi; 

  -bu vaqtda begona o‘tlar balanldligi 20-25 sm dan oshmaydi va gerbisidning 

samarasi yuqori bo‘ladi. 

  -Dori  sepilgan  kuni  harorat  kundizi  18-20

o

S  dan  past  bo‘lmasligi  kerak. 



Shamol tezligi 5 m/gek dan oshmasligi kerak.  

 

 



 

 

 



 

 


75 

 

Adabiyotlar ro’yxati 

1.  Karimov.  I.A.  –  Dehqonchilik  taraqqiyoti-  farovonlik  manbai.  – 

T.,O‘zbekiston. 1994-60 b. 

2. Karimov. I.A. – Jaxon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida 

uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari.-Toshkent,‖O‘zbekiston‖, 2009.-48 b. 

3. Qishloq xo‘jaligida iqsodiy islohatlarni chuqurlashtirish asoslari. T., O‘z R 

FA., ―Fan‖, 2003.-149 b. 

4. Aliyev A.M.-Kompleksnaya borba s soryakami // j. Zemlmdineme. -2007-

N. S. 24 – 26. 

5.  Allanazarova  U.-  fenologicheskiya  noblyudeniye  nad  sornyakami  v 

posevax  ishenisi na bogari// j. Uzbekiskiy biologicheskiy j .-1967.-N3.-S. 37-41. 

6.  Andreyev  A.  S.,  Treщuk  V.  S.  Va  boshыalar  –Borba  s  sornyakami  na 

posevax zernovыx  kultur// j. zemledeliye. -1986.-N6. 55-57. 

7. Andreyev A. A., Treщuk V. S. –fenagon na posevax yachmenya// j. ximiya 

v selskom xozyaystve.- 2003.-N5.-S. 26-27. 

8.  Babich.  A.  A.,  Boronina  V.  P.-Borba  s  sornyakami  s  uchetom 

konkurentnoy sposobnosti kultur//j zemledeliye.-1998.-N2.-S. 41-42. 

9. Bozdыrev G. I-Sornyaki –vrag urojaya//j.zemmledeliye-1985-N2-S.7-9 

10.  Bazdыrev  G.  I.,Smirnov  B.A.  –Sornыye  rasteniya  i  borba  s  nimi.-M., 

moskavskiy robochiy.- 1986-138 S. 

11.  Bashkirova  T.  N.,Neygebaur  E.F.,  Samoylov  L.N.  i  dr.-Kompleksnoye 

primeneniye sredstv ximizasii// j. zemledeliye.- 2002.-N3-S. 57-59 

12. Boshoqli don ekinlaridan yuqori hosil yetishtirish bo‘yicha tavsiyalar O‘z 

RQSXV G‘alla I I B ,-T., 1998.-53 b.  

13.  Vasilgenko  I.  T.,  Pidotti  O.  A.-Opredeletel  sornыx  rasteniy  Ratonov 

oroshomogo zemledeliye.- M., Kopos.-2010.- 367 s. 

14.  Vitsenko  V.  P.  ,  Klyushnikov  V.T.-Primeneniye  pod  kukuruza  Jku  i 

gerbisidov//j Ximizasiya selskogo xozyaystvi.- 1996.-N2.-S. N-72. 


76 

 

15.    Gorbatov  V.  S.,Kotavrasov  P.  I.,  Spridonov  Yu.  Ya.-Kolichestvennыye 



zakonomernosti sorbsii xlorsulfurona posevami //j . Pochvovedeniye.-1990.-N6, S. 

117-121. 

16.    Granstar  –  gerbisid  dlya  barobы  s  shirokolistvennыmi  sornyakami  v 

posevax pshenisы i yachmenya / Prospekt., Moskva- 1997.- 3 S. 

17.  Danilov R.- Borba s zasorennostyu poley: Saronsk.-2000.-86S. 

18.  Dospexov B. A.-Metadika polevogo opыta. M., Kolos.,- 1985.-317 S. 

19    Jarkova  R.  G.-  Differinsirovat    igriyemы  borbы  s  ovsyugom  //j 

zemledeliye.-1996.-N8.-S. 28-29. 

20.    Zokirov  T.  S.-  Kultura  zemedeliya  v  oroshayemыx  usloviyax 

Uzbekistana: Toshkent: Uzbekistan.-1999.- 209-213.S. 

21.  Zaxarenko V. A.- Gerbisidы. M: «Agropromizdat».-1990.-240 S. 

22.    Zaxarenko  V.  A.-  Rekomendasii  po  sovmestnomu  primeneniyu 

gerbisidov  i  mineralnыx  udobreniy  //j.  Selskoye  xozyaystvo  za  rubejom.-1995. 

N8.-S. 3-5. 

23.  Zaxarenko V. A.-Ekonomicheski obosnovannoye primeneniye gerbisidov 

na posevax zernovыx //j. Ximiya v selskom xozyaystve -2001.-N7- S. 67-71. 

24.  Zuza V. S.- K voprosu poter urojaya ot sornyakov //j. zemledeliye.- 2004-

N9.-S. 48-49. 

25.    Ibragimov  Z.  A.-  Ыisыa  rotasiyali  –alla  almashlab  ekishda  dalalarning 

begona o‘tlari va ularga qarshi kurashish / QMII ilm. To‘p. T. 1. 1996. 5. 103. 

26.    Ibragimov  Z.  A.-  Granstor  Qashqadaryoda  //j.  O‘zbekiston  qishloq 

xo‘jaligi.- 1997.-N 11.-B. 11. 

27.  Ibragimov Z. A. –Granstar gerbisidi va g‘alla hosidorligi //j. O‘zbekiston 

qishloq xo‘jaligi -1999.- N 1.- B. 41-42. 

 

28.  Isayeva  L.  I.-  Novыye  gerbisidы  dlya  zernovыx  //j.  Zashita  rasteniy- 



1990.- N 3.- S. 62-63. 

29.  Kazanova  I.  P.,  Kazina  Ye.  I.-  Sovmestnoye  primeneniye  mineralnыx 

udobreniy s gerbisidami //j. Zemledeliya.- 1998.-N 2.-S. 46-48. 


77 

 

30.  Kiselyov  A.  N.-  Sornыye  rasteniya  i  merы  borbы  s  nimi:  M..  Kolos.-



1991.-190 S. 

31. Qishlq xo‘jalikekinlari yetishtiriladigan dalalardagi begona o‘tlarga qarshi 

gerbisidlarning Davlat sinovini o‘tkazish yuzasidan uslubiy qo‘llanma. Toshkent.- 

1994.- 52 b. 

32.  Kolupayev  M.  V.-  Urosen  fitotoksignosti  xlorsulfurona  v  zovisimosti  ot 

pogvenno – klimaticheskix usloviy. Avtirev. Kond. Diss.- 1993.-21S. 

33.  Kott  S.  A.-Sornыye  rasteniya  Selskoxozyaystvennaya  ensiklopesiya.-

1995.-261 s. 

34. Kott S. A.- Sornыye rasteniyai i borba s nimi. M.,-2001.-357 S. 

35. Kukushkin V. K., Fokin A. D., Rachinskiy V. V.-Transport i metabolizm 

xlorsulfurona v rastiniyax pri yego postupleniya cherez listya // Izv. T SXA.-1996.-

7 S. 


36. Likov A. M i dr.,-Zemledeliye s osnavami pochvovedeыiya. M., Kolos.- 

1999.-235-277 S. 

37.  Muminov  K.  M.,  Rizayev  Sh  –  Agrotexnicheskiye  i  ximicheskiye  merы 

borbы  s  sofnyakami  na  posevax  ozimoy  pщyenisы  //j.  Zernovoye  xozyaystva.- 

2002.- N6.- S. 21-22. 

38. Mo‘minov K- M., Rizayev Sh.- Granstar gerbisidi kuzgi bug‘doyzorlarda 

begona o‘tlarga qarshi qo‘llanilsa //j. O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi- 2002.- N 1.- B. 

28-29. 


39. Padinov K. P.- Novыye gerbisidы dlya propolki lyea- dolgunsa //j. Zashita 

rasteniy.- 1998.-N 13.-S. 97-99. 

40.  Pokrovseiy  N.  V.,  Solyanka  T.  N.-Kratkiy  sprovochnik  po  bobarnomu 

zemledeliyu. T., Uzbekistan.- 1996.- 89 S. 

41.  Rashidov  M.  I.  va  boshq.,  G‘allazorlarda  Granstor  gerbisidini  qo‘llash 

bo‘yicha tavsiyalar.- Toshkent.-1998.-5 b. 

42.  Rizayev  Sh.,  Mo‘minov  K-M.-Kuzgi  bug‘doy  begona  o‘tlari  va  ularni 

yo‘qotishda gerbisidlarni qo‘llash / Tosh DAU ilm. To‘p.-2002.-b. 2477-249. 



78 

 

43.  Rizayev  Sh.,  Mo‘min  K-M.-Kuzgi  bug‘doy  begona  o‘tlariga  qarshi 



kurashishning  agrotexnik  va  ekologik  usullarining  samaradorligi/  Bux  DU  ilm. 

To‘p.- 2003.-B. 201-203.  

44.  Rijov  S.  N.,  Sukach  I.  F.-  Sug‘oriladigan  yerlarda  dehqonchilik.-

Toshkent., O‘zbekiston.- 1965.-157-177 b. 

45.  Sedelnikov  M.  P.-Prekratit  bezumnuyu  ximizasiyu  zemledeliya  //j. 

Zemledeliye.- 2002.- N10.- S. 21-23. 

46.  Semenov V. D., Goncharov V. A.- Mineralnыye udobreniya i smazina na 

posevax azimoy pshenisы //j. Ximiya v selskom xozyaystve.-2006.-N7.-S. 24 

47.  Spresyanu  L.  F.,  Dvornikova  G.  P.-Mikrobnaya  dogradasiya  gerbisida 

proizvadsvo sulfonilmochevinnы/ tez dokl. Lij. Konf. Pushina.- 2008. S.164.  

48.    Soronin  V.  I.,  Sovina  L.A.-Otget  o  patentnыx  issledovaniyax  po  teme: 

gerbisidnыy preparat Xordin i sposab yego polucheniya. M. VNIIXSZR. 1998. 

49.        Taskoyeva  A.  G.,  Taskayev  V.  P.-Opredeleniye  koeffisiyenta 

vredonosnosti //j. Zemledeliye.- 2005.- N8.-S. 73-75. 

50.  Ustimenko N. V.-Povedeniye metabolizm Xlorsulfurona v rasteniyax lna-

dolgunsa. Avtoref. Kand. Diss. Minsk.-2001-22 S. 

51.  Fokin  A.  D.,  Ladonin  V.  F.-Vaiyaniye  sredstv  ximizasii  selskogo 

xozyaystvo na sorbsiyu i migrasiyu xlorsulfurona v posex //j. Agroxemiya.-1999.-

N4.-S. 111-118.  

52.    Fisyunov  A.  V.-O  biologicheskoy  klassifikasii  sornыx  rasteniy. 

Biologiya.- N3, 2000.-S. 56-59. 

53.  Hamroyev A. Sh. Va boshq.,-G‘alla va sholini zararkunanda, kasalliklar 

va  begona  o‘tlardan  himoya  qilish  /  O‘zR  Vazirlar  mahkamasi  huzuridagi  davlat 

kimyo komissiyasi. Toshkent.- 1999.-71-85 b. 

54.    Hasonov  T.  Va  boshq.,-Yo‘q  bo‘lur  begona  o‘t  yoki  Granstar 

gerbisidnning xosiyati //j. O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi.-2006.- n1. 

-B. 10-11. 

 


Yüklə 3,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin