O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi Samarqand qishloq xo’jalik instituti



Yüklə 218,21 Kb.
səhifə32/80
tarix26.10.2023
ölçüsü218,21 Kb.
#161491
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   80
O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi Sama-fayllar.org

Tavsiya etiladigan adabiyotlar
1.Abdullayev Yo. – Statistika nazariyasi.Darslik. T.: 2002.
2.Abdullayev Yo.,Qudratova O. – Statstika.Darslik . T.: 2011.
3.Statistika.X.A.Shodiyev tahriri ostida. T.: Ibn Sino,2004.
4.Qudratov T. –Qishloq xo’jalik statistikasi. Maruzalar matni. Samarqand -2002.
.

8-mavzu. Erdan foydalanuvchilar va er turlari statistikasi




Dars o’quv maqsadi. Ushbu mavzu bo’yicha darsning o’quv maqsadi bo’lib, yer fondi va yerdan foydalanuvchilani,Yer kodeksining mazmunini,qishloq xo’jalik yerlari tarkibi va ulardan foydalanish samaradorlik ko’rsatkichlarini hisoblash qoidalarini,usullarini talabalarga o’rgatish hisoblanadi.

Tushunchalar va tayanch iboralar. Yer fondi.Qishloq xo’jalik yerlari.Yer kodeksi.Urdan foydalanuvchilar. Kadastr maydon.Yerdan foydalanish samaradorligi. Samaradorlik ko’rsatkichlari .

Maruzani o’tish metodi.Maruzani “Bilaman,bilishni xohlayman,bilib oldim”, blis –so’rov va aqliy hujum” metodlarini qo’llagan holda o’tish ko’zda tutiladi

Asosiy savollar:
1.Erdan foydalanuvchilar va er statistikasining vazifalari
2.O,zbekiston Respublikasi Er Kodeksi
3.Erdan foydalanish samaradorlik ko,rsatkichlari

8.1.Erdan foydalanuvchilar va er statistikasining vazifalari


Qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan yerlardan foydalanuvchilar bo’lib quiydagi yuridik va jismoniy shaxslar hisoblanadi:
1. Qishloq xo’jalik kooperativlari (shirkat xo’jaliklari), fermer xo’jaliklari va dehqon xo’jaliklari. Bular qishloq xo’jalik tovar ishlab chiqarishini yuritish uchun qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan yerlardan foydalanadilar.
2. Tajriba – ishlab chiqarish, o’quv, o’quv-tajriba, o’quv-ishlab chiqarish xo’jaliklari, ilmiy-tadqiqot va boshqa qishloq xo’jalik muassasalari va tashkilotlari. Bu xo’jaliklar ilmiy-tadqiqot va ta’lim maqsadlari, tovar qishloq xo’jaligini yuritish va ilg’or tajribani targ’ib qilish uchun qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan yerlardan foydalanadilar.
3. O’zbekiston Respublikasi Fuqarolari - qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan yerlardan fuqarolar fermer xo’jaliklarini, dehqon xo’jaliklarini, yakka tartibda bog’dorchilik, polizchilik va chorvachilikni, hamda jamoa bog’dorchiligi, polizchiligi va uzumchiligini yuritish uchun foydalanadilar.
4. Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi bilan shug’ullanmaydigan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar. Bu korxona va tashkilotlar yordamchi qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini yuritish uchun qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan yerlardan foydalanadilar.
Yer statistikasining asosiy vazifalari bo’lib quyidagilar hisoblanadi:
1.Yer fondini mamlakat, viloyatlar, tumanlar bo’yicha maydonini, turli mulk shakllaridagi qishloq xo’jalik korxonalariga, noqishloq xo’jalik korxonalari va tashkilotlariga, hamda aholiga foydalanish uchun berilgan yerlar maydonini hisobga olish;
2.Yer fondi tarkibida sodir bo’layotgan o’zgarishlarni, sug’oriladigan, shartli sug’oriladigan va lalmikor yerlarni hisobga olish;
3.Yerlar sifatini baholaydigan ko’rsatkichlar tizimini ishlab chiqish va ularga baho berish;
4.Qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan yerlar tarkibi va ulardan foydalanuvchilarni aniqlash, har birining tutgan o’rniga baho berish;
Qishloq xo’jalik yerlaridan foydalanish samaradorligi darajasini ifodalovchi ko’rsatkichlarni hisoblash usullarini ishlab chiqish va ular asosida statistik
Tahlil qilish hamda xulosalar chiqarish

Yüklə 218,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin