O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi Samarqand qishloq xo’jalik instituti



Yüklə 218,21 Kb.
səhifə35/80
tarix26.10.2023
ölçüsü218,21 Kb.
#161491
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   80
O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi Sama-fayllar.org

Tavsiya etiladigan adabiyotlar
1.Abdullayev Yo.,Qudratova O. – Statstika.Darslik . T.: 2011.
2.Qudratov T. –Qishloq xo’jalik statistikasi. Maruzalar matni. Samarqand -2002.
3. Qudratov T.,Dehqanov S. Qishloq xo’jalik statistikasi. O’quv qo’llanma. T. : 2004.

9-mavzu. Ekin maydonkari, mevali daraxtzorlar va agrotexnik chora-tadbirlar statistikasi




Dars o’quv maqsadi. Ushbu mavzu bo’yicha darsning o’quv maqsadi bo’lib, Ekin maydonlari , Mevali daraxtzorlar va agrotexnik chora-tadbirlar bilan bog’liq bo’lgan statistik ko’rsatkichlarni hisoblash va ulardan foydalanish ahvolini iqtisodiy-statistik tahlil etish usullarini talabalarga o’rgatish hisoblanadi.

Tushunchalar va tayanch iboralar. Yer fondi.Qishloq xo’jalik yerlari. Ekin maydoni kategoriyalari. Mevali dov-daraxtlar.Agrotexnik tadbirlar.Urug’langan maydon.Bahorgi mahsuldor maydon. Mevali dov-daraxtlar zichlik koeffisiyenti.

Maruzani o’tish metodi.Maruzani “Bilaman,bilishni xohlayman,bilib oldim”, blis –so’rov va aqliy hujum” metodlarini qo’llagan holda o’tish ko’zda tutiladi

Asosiy savollar:
1.Ekin maydonlari statistikasi
2.Mevali daraxtzorlar statistikasi
3. agrotexnik chora-tadbirlar statistikasi

9. 1.Ekin maydonlari statistikasi


Ekin maydoni – Qishloq xo’jalik ekinlari bilan band bo’lgan maydondir. Ekin maydoni haydaladigan yerning asosiy qismidir.
Statistika ekin maydonlarini quyidagi kategoriyalarga bo’lib o’rganadi:
1.Urug’ sepilgan maydon;
2.Bahorgi mahsuldor maydon;
3.Hosili o’rib-yig’ib olinadigan maydon;
4.Hosili yig’ib olingan haqiqiy maydon.

Urug’ sepilgan maydon kategoriyasiga barcha urug’ sepilgan yer maydonlari kiradi, ya’ni asosiy ekin maydonlari bilan bir qatorda takroriy ekinlar, oraliq ekinlar, aralashtirib ekilgan ko’p yillik o’tlar, bog’larning qatorlari orasidagi ekinlar, haydalgan yaylovlardagi dastlabki ekinlar, nobud bo’lgan ekinlar o’rniga qaytadan ekilgan ekinlar maydonlari kiradi.
Ekish va yig’ib-terib olish davri bir kalendar yili ichida bir-biriga to’g’ri kelmasligi tufayli urug’sepilgan maydon ikkiga bo’linadi:
1.Joriy yil hosili uchun urug’ sepilgan maydon;
2.Joriy yilda urug’ sepilgan maydon.
Joriy yil ќosili uchun urug’ sepilgan maydonga o’tgan yil kuzida ekilgan ekin va joriy yil bahorida ekilgan ekin maydonlari kiradi.
Joriy yilda urug’langan maydonga joriy yilning baќorida joriy yil ќosili uchun ekilgan va joriy yilning kuzida kelgusi yil hosili uchun ekilgan maydonlar kiradi.



Yüklə 218,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin