O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi Samarqand qishloq xo’jalik instituti



Yüklə 218,21 Kb.
səhifə36/80
tarix26.10.2023
ölçüsü218,21 Kb.
#161491
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   80
O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi Sama-fayllar.org

Bahorgi mahsuldor maydon deb bahorgi ekish davrining oxirgi muddatiga kelib, ekinlar bilan band bo’lgan maydonga aytiladi. Bu maydonga o’tgan yilning kuzida ekilgan ekin va o’tgan yillarda ekilgan ko’p yillik o’tlar maydoni (nobud bo’lganlari chiqarib tashlanadi), bahorda ekilgan ekin maydonlari kiradi.
Bahorgi mahsuldor maydonga haydaladigan yerlardagi ekin maydonlari bilan bir qatorda bog’lar orasidagi va yaylovlarni tubdan yaxshilash uchun ekilgan dastlabki ekin maydonlari ham kiradi. Har qanday maydon mahsuldor maydonga bir marta kiritiladi.
Bahorgi mahsuldor maydon tarkibiga quyidagilar kiritilmaydi:
1.Oraliq tig’iz va takroriy ekinlar va aralashtirib ekilgan ko’p yillik o’tlar maydoni, chunki bular mustaqil maydonni ishg’ol qilmaydi;
2.Ko’k o’g’it ekin maydoni, chunki bu maydondan olinadigan mahsulot qishloq xo’jaligi ekinlari mahsuloti bo’lmasdan, kelajakda ekinlarning hosildorligini oshirishga qaratilgan alohida agrotexnik tadbir bo’lib hisoblanadi.
Maxsus madaniylashtirilgan inshootlarni talab qiladigan yopiq joydagi ekinlarning maydonlari ham bahorgi mahsuldor maydonga kiritilmaydi.


Hosili o’rib-yig’ib olinadigan maydon deb hosilni o’rib-yig’ib olish uchun mo’ljallangan maydonga aytiladi.
Mahsuloti chorva mollariga ko’k ozuqa tariqasida berilgan maydon ham shu maydon tarkibiga kiritiladi.
Bahorgi mahsuldor maydon bilan hosili o’rib-yig’ib olinadigan maydonning bir-biridan farqi nimada?
Hosili yig’ib olinadigan maydonning miqdori yozda nobud bo’lgan ekin maydoni hisobiga kamayadi, takroriy ekinlar hamda ikki va undan yuqori o’rib olinadigan ko’p yillik o’tlar maydoni hisobiga esa ko’payadi. Shunday qilib hosili yig’ib olinadigan maydon bahorgi mahsuldor maydonga, takroriy ekinlar maydoni va birinchi marta o’rib olinadigan ko’p yillik o’tlarning maydonlarini qo’shish va ulardan nobud bo’lgan va joriy yilda o’rib olinmaydigan ekinlarning maydonlarini ayirib tashlash bilan aniqlanadi. Bu maydon to’g’risidagi ko’rsatkichlar o’rim-yig’im ishlarining rejalarini tuzish va ularning bajarilishi ustidan nazorat o’rnatishda ishlatiladi. Hosili o’rib-yig’ib olinadigan maydon asosida xo’jalik ekinlarining hosildorligi aniqlanadi.



Yüklə 218,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin