O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi Samarqand qishloq xo’jalik instituti



Yüklə 218,21 Kb.
səhifə61/80
tarix26.10.2023
ölçüsü218,21 Kb.
#161491
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   80
O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi Sama-fayllar.org

Tushunchalar va tayanch iboralar Ishlab chiqarish xarajatlari. Doimiy xarajatlar.O’zgaruvchan xarajatlar.Shartli doimiy xarajatlar.Tannarx. Mahsulot birligi tannarxi. 1 ga xarajati. 1 bosh mol xarajati.Hosil dorlik. Maxsuldorlik . Yalpi sut.Sut mahsuldorligi.

Maruzani o’tish metodi.Maruzani “Bilaman,bilishni xohlayman,bilib oldim”, blis –so’rov va aqliy hujum” metodlarini qo’llagan holda o’tish ko’zda tutiladi

Asosiy savollar:
1.Qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish xarajatlari va tannarxini tahlilining ahamiyati va vazifalari
2. Qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish xarajatlari hajmining tahlili
3. Qishloq xo’jalik mahsulotlari tannarxining tahlili.

17.1. Qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish xarajatlari va tannarxini tahlilining ahamiyati va vazifalari


Ishlab chiqarish xarajatlari mahsulot ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan sarf-xarajatlardir, yani Ishlab chiqarish xarajatlari deganda mahsulotlarni yetishtirish uchun sarf bo’lgan barcha moddiy va mehnat xarajatlari yig’indisi tushuniladi.Bular – xom ashyo,materialar,urug’,o’g’it,yem-xashak,ish haqi va boshqalardir. Ishlab chiqarish xarajatlarining pul shaklida ifodalanishi tayyor mahsulot tannarxini tashkil qiladi. Ishlab chiqarish xarajatlari hajmini kamaytirish va mahsulot tannarxi darajasini pasaytirish, samaradorlikni oshirishning asosiy imkoniyatlaridan bo’lib hisoblanadi. Tannarxning pasayishi foydaning ko’payishi va rentabellikning oshishiga olib keladi. Shuning uchun ham ishlab chiqarish xarajatlari hajmi dinamikasini hamda o’simlikchilik va chorvachilik mahsulotlari tannarxi darajasi dinamikasini uzluksiz ravishda tahlil qilish muhim ahamiyatga egadir, chunki tahlil tufayli xarajatlarni kamaytirish va tannarxni pasaytirish imkoniyatlari aniqlanadi, natijada ulardan foydalanish bo’yicha chora-tadbirlar ishlab chiqiladi.

17.2. Qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish xarajatlari hajmining tahlili


Hisobot yilidagi xarajatlar summasini bazis yilidagi xarajatlar summasiga solishtirib, uning umumiy o’zgarishi mutlaq va nisbiy ko’rsatkichlar bo’yicha aniqlanadi. Buning uchun ishlab chiqarish xarajatlari indeksi formulasidan foydalanish kerak:

Bunda, q1- hisobot yilida ishlab chiqarilgan mahsulot har bir turining miqdori;


 q0 - bazis yilida ishlab chiqarilgan mahsulot har bir turining miqdori;
 z1- hisobot yilida ishlab chiqarilgan bir birlik mahsulot tannarxi;
 z - bazis yilida ishlab chiqarilgan bir birlik mahsulot tannarxi;

- hisobot yilida ishlab chiqarilgan tayyor mahsulot uchun sarf bo’lgan ishlab chiqarish xarajatlari summasi;

- bazis yilida ishlab chiqarilgan mahsulot uchun sarf bo’lgan ishlab chiqarish xarajatlari summasi.
Ishlab chiqarish xarajatlari hajmining o’zgarishi bevosita:mahsulot miqdori bilan tannarxning o’zgarishi hisobigi yuzaga keladi.Omillar ta’sirini quyidagi indekslar orqali aniqlanadi.:



Yüklə 218,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin