Oʻzbekiston respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi toshkent davlat agrar universiteti



Yüklə 339,51 Kb.
səhifə21/24
tarix26.09.2023
ölçüsü339,51 Kb.
#149103
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
12. Таянч конспект Агрологистика

11. Axborot logistikasi
Moddiy oqimlarni boshqarish jarayoni asosida, logistik tizimlardagi axborotni qayta ishlash yotadi. Shunday ekan, logistikaning asosiy tushunchalaridan biri bu axborot oqimidir.
Axborot oqimi – bu logistik tizim ichida, logistik tizim va tashqi muhit orasida harakatlanuvchi, logistik operatsiyalarning boshqaruvi va nazorati uchun zarur boʻlgan xabarlar va maʼlumotlar yigʻindisidir. Axborot oqimi qogʻoz va elektron hujjatlar koʻrinishida boʻlishi mumkin.
Logistikada axborot oqimlarining quyidagi turlarini ajratadilar.
- oqim bilan bogʻlanuvchi tizimlar turiga koʻra: gorizontal va vertikal;
- oʻtish joyiga koʻra: ichki va tashqi;
- logistik tizimga nisbatan yoʻnalishiga koʻra: kiruvchi va chiquvchi.
Axborot oqimi joriy oqimdan oldin, u bilan birga, yoki undan keyin harakatlanishi mumkin. Bunda axborot oqimi moddiy oqim bilan bir tomonga yoki qarama-qarshi tomonga yoʻnaltirilgan boʻlishi ham mumkin.
- qarama-qarshi yoʻnalishdagi, moddiy oqimdan oldin keluvchi axborot oqimi, odatda, buyurtma toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan iborat boʻlishi mumkin;
- toʻgʻri yoʻnalishdagi, moddiy oqimdan oldin keluvchi axborot oqimi, kelishi kutilayotgan tovarlar toʻgʻrisidagi birlamchi maʼlumotlardan iborat boʻlishi mumkin;
- toʻgʻri yoʻnalishda moddiy oqim bilan birgalikdagi axborot oqimida, moddiy oqimning miqdor va sifat parametrlari toʻgʻrisidagi axborotlar kelishi mumkin;
- qarama-qarshi yoʻnalishdagi moddiy oqimdan keyin kelgan axborot oqimida, tovarlarni, moliyaviy mablagʻlarni qabul qilinganligi natijalari, sifati va miqdori toʻgʻrisidagi, turli xil eʼtirozlar toʻgʻrisidagi axborotlar oʻtishi mumkin.
Umuman olganda axborot oqimining harakatlanish yoʻli, moddiy oqim harakati yoʻnalishi bilan bir xil boʻlmasligi mumkin.
Axborot oqimi quyidagi koʻrsatkichlar bilan tavsiflanadi.
-kelib chiqish manbai;
-oqim harakati yoʻnalishi;
-joʻnatish va qabul qilish tezligi;
-oqim intensivligi va boshqalar.
Axborot tizimlarining shakllanishi oqimlarining ayrim koʻrsatkichlari kesimidagi tekshirishlarsiz amalga oshmaydi. Misol uchun, biror korxonani hisoblash texnikasi bilan taʼminlash masalasini, ushbu ish joyi orqali oʻtadigan axborot hajmi va qayta ishlashining zaruriy tezligini bilmasdan hal qilib boʻlmaydi.
Moddiy oqimni quyidagi tarzda boshqarish mumkin:
-oqim yoʻnalishini oʻzgartirib;
-joʻnatish tezligini, unga muvofiq boʻlgan qabul qilish tezligigacha cheklab;
-oqim hajmini ayrim boʻlim yoki tarmoqning oʻtkazish qobiliyati kattaligigacha cheklab.
Axborot oqimi bir vaqt birligi ichida qayta ishlanadigan yoki oʻtkaziladigan axborot miqdori bilan oʻlchanadi.
Biror-bir maʼlumotdagi axborot miqdorini tashish usullari, kibernetika fanining axborot nazariyasi boʻlimida oʻrganiladi. Ushbu nazariyaga muvofiq axborot miqdori birligi sifatida, ikkilangan birlik –Bit qabul qilingan. Elektron hisoblash texnikasini qoʻlaganda axborot baytlarda oʻlchanadi. Bundan kelib chiqan xolda kilobayt, megabayt va gigabaytlardan ham foydalaniladi.
Xoʻjalik faoliyati amaliyotida axborot quyidagicha oʻlchanishi mumkin:

  • qayta ishlagan yoki uzatilgan hujjatlar miqdori bilan*

  • qayta ishlanadigan yoki uzatiladigan hujjatlardagi hujjat qatorlarining umumiy soni bilan.

Shuni ham etiborga olish lozimki, iqtisodiy tizimlarda, logistik operatsiyalardan tashqari, axborot oqimi sodir boʻlishi va uzatilishi bilan kuzatiladigan, boshqa operatsiyalar ham amalga oshiriladi. Ammo logistik axborot oqimi umumiy axborot oqimining eng ahamiyatli qismini tashkil etadi. Ayniqsa ishlab chiqarish korxonalari va ulgurji savdo korxonalarida bu xol yaqqol sezilib turadi.
Har bir logistik tizimining muhim unsuri boʻlib, ahborot oʻtishi va qayta ishlanishini taʼminlovchi tizimcha xizmat qiladi. Oʻz navbatida bu “tizimcha” ham turli xil tizimchalardan tashkil topgan murakkab axborot tizimidan iboratdir. Boshqa tizimlar singari, axborot tizimi ham tartibli oʻzaro bogʻlangan unsurlardan tashkil topishi va integrativ jihatlarning biror- bir birligiga, “yigʻindisiga” ega boʻlishi lozim. Koʻp hollarda ahborot tizimlarini ikkita tizimchaga ajratadilar: funksional va taʼminlovchi.
Funksional tizimcha, maqsadning umumiyligi belgisi boʻyicha guruhlangan, yechiladigan masalalar yigʻindisidan iborat. Taʼminlovchi tizim esa, oʻz navbatida, quyidagi unsurlarni oʻz ichiga oladi:
- texnik taʼminot, yaʼni axborot oqimlarini qayta ishlashni va uzatishni taʼminlovchi texnik vositalari yigʻindisi;
- ahborot taʼminoti, u oʻz ichiga turli maʼlumotlar, klassifikatorlar, kodifikatorlar, maʼlumotlarni rasmiy izohlash vositalarini oladi;

  • matematik taʼminot, yaʼni funksional masalalarni yechishning uslublari yigʻindisi.

Logistik axborot tizimlari, odatda logistik jarayonlarni boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimi sifatida namoyon boʻladilar. Shuning uchun ham logistik axborot tizimlaridagi matematik taʼminot – bu dasturlar majmui va moddiy oqimlar boshqaruvi masalalari yechilishini, matnlarni qayta ishlashni, soʻrov maʼlumotlarini olishni va texnik vositalar amal qilishini taʼminlovchi dasturlash vositalari yigʻindisidir.
Logistikaning axborot tizimlaridagi unsurlar orasidagi aloqalarni tashkil etilishi, anaʼnaviy ahborot tizimlarinikidan sezilarli ravishda farq qilishi mumkin. Logistikada axborot tizimlari barcha unsurlarni har tomonlama integratsiyasini, taʼminlashlari lozim. “Logistik tizimlarning axborot texnik taʼminoti, axborot jihatlari va uni qayta ishlashning texnik vositalari toʻplami bilan emas, balki ularni barpo etish uchun qoʻllaniladigan uslublar va tamoyillar bilan farq qiladi”.
Axborot tizimi taʼrifini quyidagicha ifodalash mumkin: axborot tizimi – bu u yoki bu funksional masalalar (logistikada – moddiy oqimlarni boshqarish boʻyicha masalalar) yechimini taʼminlovchi, oʻzaro bogʻlangan hisoblash texnikasi vositalarining muayyan tarzda tashkil etilgan yigʻindisi birligidir.Logistikada axborot tizimlari turlari
Logistikada axborot tizimlari ayrim korxona miqyosidagi moddiy oqimlarni boshqarish maqsadida, yoki mintaqa, mamlakat va hattoki mamlakatlar guruhlari hududidagi logistik jarayonlarni tashkil etishga yordam berish uchun tashkil etilishlari mumkin.
Ayrim korxona miqyosidagi axborot tizimlarini oʻz navbatida uch guruhga ajratadilar:

  • rejali;

  • dispozitiv (yoki dispetcherlik);

  • bajaruvchi (yoki operativ).

Har xil guruhlarga mansub boʻlgan logistik axborot tizimlari, oʻzlarining funksional va taʼminlovchi tizimchalari bilan farqlanadilar. Taʼminlovchi tizimchalar oʻzlarining barcha unsurlari, yaʼni texnik, axborot va matematik taʼminoti bilan bir-biridan farq qilishlari mumkin. Ayrim axborot tizimlarining xususiyatlariga batafsil toʻxtalib oʻtamiz.

Yüklə 339,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin