Rejali axborot tizimlari. Bu tizimlar boshqaruvning maʼmuriy darajasida (bosqichida) barpo etiladilar va strategik uzoq muddatli qarorlarni qabul qilishga yordam beradilar. Yechiladigan masalalar orasida quyidagilar boʻlishi mumkin:
shartli-muntazam, yaʼni kam oʻzgaradigan maʼlumotlarni boshqarish;
ishlab chiqarishni rejalashtirish;
zaxiralarni umumiy boshqaruvini amalga oshirish;
rezervlarni boshqarish va boshqa masalalar.
Dispozitiv axborot tizimlari. Bu tizimlar ombor yoki sexni boshqarish darajasida (bosqichida) barpo etiladilar va logistik tizimlarning yaxshi yoʻlga qoʻyilgan ishini taʼminlash uchun xizmat qiladilar. Bunda quyidagi masalalar oʻz yechimini topishlari mumkin:
buyurtmalar boʻyicha yuklarni tanlash, butlash, joʻnatiladiganlarini hisobga olish va boshqalar.
Boshqaruvchi axborot tizimlarimaʼmuriy yoki operativ boshqaruv darajasida (bosqichida) barpo etiladilar. Bu tizimlarda axborotlarni qayta ishlanishi, ularni EHMga kelib tushishi tezligida amalga oshiriladi. Bu ishlarning barchasi birdaniga amalga oshiriladi, hamda ishlab chiqarish va xizmatlarining hozirgi holati toʻgʻrisida maʼlumot olish, hamda boshqaruv obyektlariga nisbatan tadbirlarni oʻz vaqtida oʻtkazish imkonini beradi. Ushbu tizimlar moddiy oqimlar nazorati, ishlab chiqarishga xizmat koʻrsatishni operativ boshqaruvi, harakatlanishlar boshqarilishi va boshqalar bilan bogʻliq boʻlgan turli xildagi masalalarni yechishlari mumkin.
Yuqorida aytib oʻtilganidek, taʼminlovchi tizimchalarda ham farqlar mavjud. Rejali, dispozitiv va bajaruvchi axborot tizimchalari dasturiy taʼminotining tavsifiy xususiyatlariga batafsil toʻxtalib oʻtamiz.
Moddiy oqimlarni boshqarishning koʻp bosqichli avtomatlashgan tizimlarini yaratish, dasturiy taʼminot ishlab chiqish sohasidagi katta xarajatlar bilan bogʻliqdir. Dasturiy taʼminot bir tomondan tizimning koʻp funksionalliligini, ikkinchi tomondan esa uning yuqori darajadagi integratsiyasini taʼminlashi lozim. Shu munosabat bilan, logistika sohasida boshqaruvning avtomatlashgan tizimlarini yaratishda nisbatan arzon boʻlgan, mahalliy sharoitlarga moslashgan, standart dasturiy taʼminotni ishlatish imkoniyatlari izlanishi kerak.
Hozirgi kunda yetarlicha takomillashgan dasturlar paketlari yaratilmoqda. Ammo ular axborot tizimlarining barcha turlarida qoʻllanilavermaydi. Bu moddiy oqimlar boshqaruvida yechiladigan masalalarning standartlashish darajasiga bogʻliq.
Rejali axborot tizimlaridagi masalalarni yechishda standartlashish darajasi eng yuqori, bu esa standart dasturiy taʼminotni deyarli qiyinchiliklarsiz moslashtirish imkonini beradi. Dispozitiv axborot tizimlarida standart dasturlar paketini moslashtirish imkoniyati past. Bu bir qator sabablarga bogʻliq:
korxonalardagi ishlab chiqarish jarayoni tarixan shakllanib kelgan va biror-bir oʻzgarishlar kiritish juda qiyin kechadi;
turli foydalanuvchilardagi qayta ishlanadigan maʼlumotlar tuzilmasi keskin farqlanadi.
Bajaruvchi axborot tizimlaridagi boshqaruvning operativ darajasida, koʻp hollarda, individual dasturiy taʼminot qoʻllaniladi.
Logistik zanjirning har bir boʻgʻini orqali katta miqdordagi tovar birliklari oʻtadi. Har bir boʻgʻin ichida ham tovarlar bir necha marta saqlash va qayta ishlash joylari boʻylab harakatlanadilar. “Tovarlar harakatining butun tizimi – bu uzluksiz harakatdagi diskret oqimlardir, ularning tezligi ishlab chiqarish salohiyatiga, yetkazishlar muntazamligiga, mavjud zaxiralar oʻlchamlariga, va shuningdek realizatsiya va isteʼmol tezligiga bogʻliqdir.” Bunday dinamik logistik tizimni samarali boshqarish imkoniyatiga ega boʻlish uchun unga kiruvchi va undan chiquvchi, hamda uni ichida aylanib turuvchi moddiy oqimlarning assortimenti toʻgʻrisidagi axborotga doimiy ravishda ega boʻlish zarur.
Chet el tajribalariga qaraganda, bu muammoni yechish uchun moddiy oqim bilan boʻlgan logistik operatsiyalarda alohida yuk birligini aniqlash qobiliyatiga ega boʻlgan mikroprotsessorli texnikani ishlatish zarur. Gap, albatta, turli xildagi shtrix-kodlarni “oʻqiy oladigan” uskunalar xaqida. Ushbu uskunalar, logistik operatsiya xaqidagi axborotni, u amalga oshirilayotgan vaqtda va joyda – xoʻjaliklar, sanoat korxonalari, ulgurji bazalar, doʻkonlar omborlarida, transportda – olish imkonini beradilar. Olingan axborot vaqtning real miqyosida qayta ishlanadi, bu esa boshqaruv tizimiga optimal muddatlarda javob qaytarish imkonini beradi.
Axborotni avtomatik toʻplash turli xildagi shtrix-kodlarni ishlatishga asoslangan, ularning har biri oʻz texnologik ustunliklariga ega.
Logistikada shtrix kodlarni avtomatik aniqlash texnologiyasini qoʻllash, logistik jarayonning barcha bosqichlarida moddiy oqimlarni boshqarishni yaxshilash imkonini beradi. Uning asosiy ustunliklarini aytib oʻtamiz.
Ishlab chiqarishda:
mahsulotlar va ularni butlovchi qismlarini har bir uchastkadagi harakatini va shuningdek umuman korxonadagi logistik jarayonning holatini, hisobga olish va nazorat qilishning yagona tizimi barpo etilishi;
yordamchi personal va hisobot hujjatlar sonini kamayishi, xatolar yoʻqolishi;
Ombor xoʻjaligida:
moddiy oqimni hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilishi;
moddiy zaxiralarni inventarizatsiyalash jarayonini avtomatlashtirilishi;
moddiy va axborot oqimlari bilan boʻladigan logistik operatsiyalar vaqtini qisqarishi;
Savdoda:
moddiy oqimni hisobga olishni yagona tizimini yaratilishi;
tovarlar buyurtmasi va inventarizatsiyasini avtomat-lashtirilishi;
xaridorlarga xizmat koʻrsatish vaqtini qisqarishi.
Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan tovarlarning ichki va xorij bozorlarida raqobatbatdoshligini oshirish, tovar ishlab chiqaruvchini tovar raqami xalqaro tizimi doirasida identifikatsiyalash, isteʼmolchi huquqlarini himoya qilish, tovarlarni ishlab chiqarishni avtomatlashtirilgan tarzda hisobga olishni taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1999-yil 21-sentyabrda “Oʻzbekiston Respublikasida shtrixli kodlashni joriy qilish toʻgʻrisida” 438-sonli qaror qabul qildi.
Ushbu qarorda Oʻzbekiston Respublikasi Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi tomonidan tovarlari “ EAN” shtrixli kod bilan markalanadigan tadbirkorlik faoliyati subyektlarini roʻyxatga olish, tovarlarni xalqaro talablarga muvofiq identifikatsiyalash tizimidan foydalanuvchilar faoliyatini uslubiy boshqarish uchun tovar va xizmatlarni avtomatik tarzda identifikatsiyalash “ EAN UZBEKISTAN” markazi tashkil etilganligi qayd etilgan.
Tovar va xizmatlarni avtomatik tarzda identifikatsiyalash “ EAN UZBEKISTAN” markazi EAN International aʼzosi sifatida Oʻzbekiston Respublikasi hududida tovarlarni raqamlash boʻyicha yagona tashkilot - EAN International vakili hisoblanadi.