120
hamda pirovard mahsulot miqdori va sifatiga ko’ra haq to’lashning amalga oshirilishi mehnat
unumdorligi o’sishining zarur shartidir.
Kadrlar madaniy-texnika darajasi va malakasini o’stirish, xodimlar madaniy-maishiy
sharoitlarni yaxshilash, ma’naviy rag’batlantirish mehnat unumdorligi o’sishining eng muhim
omilidir.
Yuqori madaniy-texnika darajasiga ega bo’lgan muhim kadrlar yaratish ishning
muvofaqiyatini ta’minlaydi. Yuqori umumiy ma’lumot hozirligi bo’lgan ishchilar o’z
malakalarini tez oshirmoqdalar, unumli ishlamoqdalar. Bu kategoriyada mehnat intizomi
yuqori va kadrlar qo’nimsizligi pastdir.
Qishloq va suv xo’jaligidagi mehnat unumdorligiga tabiiy sharoitlar ta’sir o’tkazadi.
Joy relefidan, yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish mehnat sarflarini tejashga va
qishloq xo’jalik mahsuloti ishlab chiqarishni ko’paytirishga olib keladi.
Mehnat unumdorligini o’stirish muammosi ishlab chiqarishning ko’pgina boshqa
omillari bilan bog’liq kompleks muammodir. Bu omillarning mehnat unumdorligiga ta’siri
ko’p qirrali: ularning ayrimlari mehnat sarflarini kamaytirish va boshqalari mahsulot ishlab
chiqarishni ko’paytirishga olib keladi, uchinchilari ham jonli mehnatni tejashga, ham mahsulot
ishlab chiqarishni ko’paytirishga ayni vaqtda ta’sir o’tkazadi. Bu ko’pdan-ko’p va o’zaro
bog’liq omillardan kompleks foydalanilgandagina eng ko’p samaraga erishish mumkin.
Dostları ilə paylaş: