O’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti


 Suv xo’jaligida ish haqi me’yorlari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/112
tarix20.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#164133
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   112
Z3iC0whyPxwdXmFOvQSyiEaXSQPrEMocXvd7XPWX

 
5.5. Suv xo’jaligida ish haqi me’yorlari 
 
Bozor iqtisodiyotiga o’tishda iqtisodiyotini rivojlantirish uchun ish haqiga eng muhim 
rol ajratiladi. Ish haqi milliy daromadning bir qismi bo’lib, xodimlar o’rtasida mehnat miqdori 
va sifatiga qarab taqsimlanadi. Ish haqi suv xo’jaligi xodimlari daromadlarining asosiy 
manbaidir. Mehnatkashlarning daromadlari ish haqi bilangina cheklanib qolmaydi. Ishchi va 
xizmatchilar ish haqidan tashqari ijtimoiy iste’mol fondlari hisobidan moddiy va madaniy 
ne’matlar bir qismini ham oladilarki, ularga sotsial straxovaniye pensiya ta’minoti, pulsiz 
o’qitish, pulsiz meditsina xizmati, bolalar muassasalarini ta’minlash va boshqa imtiyoz hamda 
to’lovlar davlat sarflarini o’z ichiga oladi. Shuning uchun mamlakatimiz mehnatkashlari 
daromadlarining umumiy hajmi ish haqi shaklidagi shaxsiy to’lovlar va ijtimoiy iste’mol 
fondlaridan olinadigan qo’shimcha daromadlar bilan belgilanadi. 


121 
Korxonadagi ish haqini shunday tashkil qilishi kerakki, toki u ishlab chiqarish har 
tomonlama yuksalishga, mehnat unumdorligi muttasil o’sib borishiga yerdam bersin.
Ish haqini oqilona tashkil etish asosini quyidagi printsiplar tashkil etadi. Mehnat 
miqdori va sifatiga qarab haq to’lash real ish haqi mutasil o’sib borishini ta’minlash, ish haqi 
o’sishi va mehnat unumdorligi o’rtasidagi to’g’ri nisbat moddiy manfaatdorlik, mehnatga haq 
to’lashni to’g’ri tashkil etish shaxsiy va ijtimoiy moddiy manfaatdorlik uyg’unlashuvini 
taminlaydi.
Ish haqi o’sishi darajasi va sur’atlari mehnat unumdorligi o’sishi suratlari bilan 
belgilanadi. Mehnat unumdorligi o’sishi suratlarining real ish haqi o’sishi sur’atlaridan ustun 
bo’lishi ishlab chiqarish rivojlanishi obektiv konuniyati hisoblanadi. Takror ishlab chiqarishni 
kengaytirish va halq turmush darajasini tinmay yuksaltirish uchun sharoitlar shu holdagina 
taminlanadi. 
Mehnatga ko’ra haq to’lash printsipi mehnatni me’yorlash, tarif tizimi, haq to’lash shakl 
va tizimlari orqali amalga oshiriladi. 
Mehnat va ish haqini tashkil etishning umumiy tizimida mehnatni me’yorlashga muhim 
ahamiyat beriladi. Me’yorlash vositasida ishlab chiqarish me’yorlari, vaqt me’yorlari, xizmat 
ko’rsatish me’yorlari belgilanadi ijtimoiy ishlab chiqarishda har bir xodim sarflagan mehnat 
miqdorini o’lchash va baholash amalga oshiriladi. Me’yorlash mehnatning zarur me’yorini 
belgilab, taqsimot me’yorini ya’ni ish haqi me’yorini ham belgilaydi. Me’yorlar darajasiga 
ularning asoslanganligiga ish haqi ham bog’liq bo’ladi. 
Me’yorlash mehnat miqdori o’lchagichi hisoblansa, mehnat sifati va uning intensivligini 
hisobga oluvchi asosiy instrument tarif tizimidir.
Mazkur tizim orqali ish haqini davlat tartibga solishi amalga oshiriladi, turli tarmoqlar 
ishchilari mehnatiga haq to’lash darajasi hamda turli ishlarning zarur differentsiyasiga 
erishiladi.
Tarif tizimiga tarif malaka spravkalari, tarif setkalari va tarif stavkalari kiradi. 
Bo’limlarni kollektiv, ijara va oila pudratiga o’tkazishda tarif-malaka spravochnigi va tarif 
setkasi rejasi sarflarni shu jumladan texnalogik kartadagi ish haqi fondini belgilash instrumenti 
hisoblanadi. 
Tarif-malaka spravochnigida ishchilar kasblari va ishlar turlari ro’yxati, ishchilarning 
razryadli setkasi bo’yicha xarakteriskasi ishchi nimalarni bilishi kerakligi keltirilgan bo’ladi. 
Bundan tashqari unda mazkur kasbda bajariladigan ishlarning har bir razryadi uchun misollar 


122 
ham keltiriladi. Hozirgi vaqtda ishlar va kasblarning yagona tarif-malaka spravochnigi 
(YeTKS) qo’llanilmoqda. Bu spravochnikda ishchilar kasblari vazirlik va idoralardan qatiy 
nazar ishlab chiqarishlar hamda turlar bo’yicha guruhlangandir.
Tarif tizimining uchinchi moddasi tarif setkasi bo’lib, u turli razryadlardagi ishchilar ish 
haqi darajasini belgilashga mo’ljallangandir. Tarif setkasi shkala bo’lib unda razryadlar va 
ularga muvofiq keladigan tarif koeffitsiyentlari mazkur razryad tarif stavkasi birinchi razryadga 
to’lanadigan haqdan necha barobar yuqoriligini ko’rsatadi. 
Tarif tizimining uchinchi moddasi tarif stavkalaridir. Tarif stavkalari ishbay haq 
to’lashda bir me’yor uchun yoki vaqtbay haq to’lashdagi vaqt birligidagi majburiyatlarning 
muayyan doirasi uchun mehnat haqi darajasini belgilaydi.
Suv va qishloq xo’jaligida soatlik va kunlik tarif stavkalari qo’llaniladi. Soatli stavkalar 
topshiriqlari buyumlar birligiga yoki operatsiyaga vaqt me’yori tariqasida qo’llaniladi. Oylik 
stavkalaridan esa mehnatga haq to’lashning vaqtbay shaklida olinadi. Hozirgi kunda 
xodimlarga oylik ish haqini hisoblash. Buning uchun 22-razryadli tarif setkasi qabul qilingan. 
0-razryadda eng kam miqdordagi ish haqi belgilandi.
Har bir tarmoq uchun birinchi 0-razryad tarif stavkalari mazkur tarmoqning halq 
xo’jaligi ahamiyati va mehnat sharoiti (ishlar ogirligi murakkabligi, sharoit zarurligi va 
hokazo) hisobga olingan holda belgilanadi. Boshqa razryadlarning tarif stavkalari 0-razryad 
tarif stavkasi va tegishli razryadli tarif koeffitsiyenti orqali belgilanadi.
Tarif stavkalari kasblar hamda ishlar turlari bo’yichagina farqlanib qolmay, balki 
mehnatga haq to’lash shakllariga ham bog’liqdir. Ancha yuqori tarif stavkalari og’ir ishlarda va 
mehnat sharoiti zararli bo’lgan ishlarda belgilanadi. Og’ir ishlarda tarif stavkalari 12% 
oshiriladi, ayniqsa og’ir ishlar va ayniqsa zararli ishlarda 24% oshiriladi. Bunday ishlar 
ruyxatini vazirlik tasdiqlaydi. Juda murakkab mashina va mexanizmlar mashinistlarga tarif 
stavkalari soatiga eng yuqori koeffitsiyent etib belgilanish mumkin.
Ishchilarning ish haqi darajasi ham mehnatga haq to’lash shakl va stavkalarga bog’liq 
bo’ladi. Qishloq va suv xo’jaligi korxonalari va tashkilotlarida mehnatga haq to’lashning ikki 
shakli qo’llaniladi: ishbay hamda vaqtbay shakllari. Mehnatga ishbay haq to’lash shaklida 
daromad ishlab chiqarilgan mahsulot yoki bajarilgan ish miqdoriga ko’ra, vaqtbay haq to’lash 
shaklida esa ishlagan vaqt miqdoriga ko’ra aniqlanadi.
Mehnatga haq to’lashning ishbay shakli mehnatni to’la va aniq hisobga olish mumkin 
bo’lgan joylardagi ishlarda qo’llaniladi. Suv xo’jaligi qurilishida ishbay haq to’lashda 


123 
ishchilarning 80% ishlaydi. Vaqtbay haq to’lash ishlab chiqarish me’yorlarini begilash qiyin va 
maqsadga muvofiq bo’lmagan joylarda qo’llaniladi. Mehnatga vaqtbay haq to’lash boshqarish 
va mashina hamda mexanizmlarga xizmat ko’rsatish, texnikani va sug’orish tizimini remont 
qilish xodimlarga joriy qilinadi. 
Mehnatga ishbay haq to’lash quyidagi tizimlarga egadir: bevosita ishbay va ishbay 
mukofatli tizim. Bevosita ishbay tizimidagi ish haqi me’yorlari bajarilishiga bog’liq bo’lmagan 
holda bir xil baholarda ishlab chiqarilgan mahsulot (bajarilgan ish) miqdoriga muvofiq 
hisoblanadi. Haq to’lash ishlar kompleksi yoki pirovard mahsulot uchun o’tkaziladigan 
mehnatga haq to’lash bevosita ishbay haq to’lash turlaridan biridir.
Hozirgi vaqtda mehnatga ishbay mukofatli haq to’lash eng ko’p tarqalgan haq 
to’lashdir. Mehnatga nisbatan mukofatli haq to’lash tizimida ishchilar asosiy ish haqidan 
tashqari muayyan miqdoriy va sifat ko’rsatkichlariga erishilganligi ishbay boholarda 
hisoblangan mukofatlarni ham oladilar. Mukofot materiallar tejalganligi, ishlarni bajarish 
muddatlari qisqarganligi ishlab chiqarilgan mahsulot (bajarilgan ish) yuqori sifatli bo’lganligi 
uchun beriladi.
Mehnatga haq to’lashning ishbai tizimi ishlab chiqarish jarayonining xarakteriga 
bog’liq holda individual, zvenoli va brigadali bo’lishi mumkin. Mehnatga zvenoli va brigadali 
haq to’lash kollektiv mehnat talab qilinganda hamda ayrim ishchi mahsulotini ajratib ko’rsatish 
iloji bo’lmaganda qo’llaniladi. 
Gidrotexnika ob’ektlaridagi qurilish va montaj ishlarining katta qismi zveno yoki 
brigada bajaradigan kollektiv ishlab chiqarish jarayonlaridan iborat bo’ladi. Shuning uchun bu 
yerda akkord naryadlar bo’yicha brigadali haq to’lash qo’llaniladi. Suv xo’jaligi qurilishi 
tashkilotlari kollektiv pudratga, qishloq xo’jalik tashkilotlari esa ijara va oila pudratlariga o’ta 
boshladilarki, bu yerda mehnatga haq to’lashning asosiy shakli pirovard mahsulot miqdori 
hamda sifati uchun haq to’lashdir. 
Suv xo’jaligi qurilishi xodimlari mehnatiga haq to’lash barcha qurilish tashkilotlari 
uchun belgilangan umumiy qoidalarga muvofiq o’tkaziladi. Qurilishdagi ish haqi summasi 
yagona me’yor va baholar asosida belgilanadi. Texnika jihatidan asoslangan me’yor va baholar 
"qurilish-montaj va remont-qurilish ishlarining yagona me’yorlari hamda baholari" (YeNiR) 
to’plamida keltirilgan. 
Bozor iqtisodiga o’tish sharoitida mehnatga haq to’lash ishbay shakli sohasining 
qisqarishi va vaqtbay haq to’lashni qo’llanish sohasining kengaytirish sodir bo’lmoqda. 


124 
Mehnatga vaqtbay haq to’lash oddiy va vaqtbay mukofotli bo’lishi mumkin. Vaqtbay 
mukofatli haq to’lash davriy ish haqidan tashqari tizim belgilagan miqdoriy va sifat 
ko’rsatkichlari bajarilganligi hamda oshirib bajarilganligi uchun qo’shimcha mukofatlar 
to’lashni ham ko’zda tutadi. Mehnatga vaqtbay mukofatli haq to’lash tizimining ulushi muttasil 
ko’payib bormoqda. 
Mehnatga haq to’lashning vaqtbay shaklida ish haqi tegishli razryadlar soatli tarif 
stavkalari yoki maoshlar va ishlab berilgan vaqt miqdori asosida to’lanadi. 
Injener-texnik xodimlar, xizmatchilar va kichik xizmat ko’rsatish xodimlari mehnatiga 
lavozim maoshlari tizimi asosida vaqtbay haq to’lanadi. Rahbar va injener-texnik xodimlarning 
oylik maoshlari egallab turilgan lavozim hamda yillik mahsulot miqdoriga bog’liq holda 
belgilangandir, lavozimli maoshlari qurilish hamda ishlatish tashkilotlari ish hajmiga bog’liq 
bo’lmagan holda belgilanadi. 
Suv xo’jaligi qurilishida qurilish tashkilotlari qurilish-montaj ishlarining yillik hajmiga 
bog’liq holda 3 guruhga bo’lingan. Bu guruhlarning har biri uchun o’z lavozim maoshlari 
belgilangan.
Mehnatga vaqtbay haq to’lashda topshiriqlar sifati stavkasining 20-25% miqdorida 
yozilishi mumkin. Injener-texnik xodimlar va xizmatchilar ishlab chiqarish quvvatlari o’z 
vaqtidan va muddatidan ilgari ishga tushirilgani, yangi texnika joriy etilgani va hokazolar 
uchun mukofatlanadilar. 
Ishlatish suv xo’jaligi tashkilotlarida mehnatga haq to’lashning asosiy shakli vaqtbay 
haq to’lashdir. Lekin ta’mirlash - qurilish va boshqa ishlarda qurilish tashkilotlari uchun 
belgilangan ayrim haq to’lashda qo’llaniladi. Mehnatga vaqtbay haq to’lash liniyali boshqarish 
apparati, shuningdek nasos stantsiyalari mashinistlari, mexaniklar, slesarlar va boshqa xodimlar 
uchun qo’llaniladi. Suv xo’jaligi tizimlari rahbar xodimlari va mutaxassislari lavozim 
maoshlarining darajasi ishlatish tashkiloti kiritilgan guruhga bog’liq bo’ladi. 


125 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin