O`zbekiston respublikasi qishloq va suv xo`jaligi vazirligi toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti buxoro filiali


 Raqamli kadastr kartalarini tuzishning asosiy texnologik



Yüklə 254,7 Kb.
səhifə16/26
tarix19.12.2023
ölçüsü254,7 Kb.
#186696
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   26
O`zbekiston respublikasi qishloq va suv xo`jaligi vazirligi tosh-fayllar.org

3.2. Raqamli kadastr kartalarini tuzishning asosiy texnologik 

jarayonlari, ularni mazmuni va xususitlari 
Aerofototopografik 

syomka
metodini 


qo`llash
yordamida 
yerlarni
inventarizatsiyalash bo`yicha ishlar kompleksida raqamli kadastr kartalarini tuzish 
quyidagi texnologik jarayonlarni o`z ichiga oladi:
- tayyorgarlik ishlari
- aerofotosyomka;
- planli-balandlik aerofotosyomka materiallarini tayyorlash, tayanch to`rni 
tuzish;
- aerofotosyomka materiallarini fotogrammetrik qayta ishlash; 
- kameral karta tuzish ishlari.
Asosiy texnologik jarayonlardan ayrimlarni qarab chiqamiz. Tayyorgarlik 
ishlari quyidagilarni o`z ichiga oladi;
- ma`muriy bazani tayyorlash; 
- arxiv ma`lumotlarini yig’ish, qayta ishlash va tizimlashtirish;
- kadastr zonalashtirish ma`lumotlarini yig’ish va tahlil qilish; 
- yerdan foydalanuvchilar va huquqiy subyektlar ro`yxatini tayyorlash;
- deshifrovka materialida yig’ilgan ma`lumotlarni tasvirlash. 
Ma`muriy bazani tayyorlash va qayta ishlash ma`muriyat bilan hamkorlikda
o`tkaziladigan bir qator tadbirlarni o`z ichiga oladi: 
- shaqarda, rayonda erlarni inventarizatsiya qilish ishlarini olib borish
haqida mahalliy boshqaruv organlarining topshiriqlari; 


41


- mahalliy
matbuot

va
radioda

shahar
yoki

rayonda
yerlarni 


inventarizatsiya qilish ishlari olib borilayotganligi haqida e`lon berish;
- mahalliy boshqaruv organlari qoshida yerlarni inventarizatsiya qilish 
bo`yicha vaqtinchalik komissiyani shakllantirish.
Aerofotosyomka kadri 23x23 formatdagi topografik aerofotoapparat 
yordamida olib boriladi. Aholi punktlarini yirik masshtabli planlarini tuzishda
siljuvchi tasvirli aerofotoapparatni qo`llash kerak.
Planli-balandlik aerofotosuratlarini tayyorlashda dala ishlari hajmini
qisqartirish uchun ikki chastotali fazali qabul qiluvchilar ishlatiladi, rasmga 
tushirish markazini koordinatalarini aniqlovchi GPS metodlar qo`llaniladi.
Planli-balandlik aerofotosyomka materiallarini tayyorlash, tayanch to`rini 
chizish, shuningdek aholi punktlari chegaralari dala geodezik ishlari kompleksini
o`zida mujassamlashtirgan.
Belgilarning
balandliklarini 
bog’lovchilari
aerofotosuratlarni 
ortotransformirlashda qo`llaniladigan rel’efning raqamli modelini olish uchun
bajariladi. Shu sababli, belgilarni balandligini aniqlashda talab qilinadigan aniqlik 
nuqtalarining ortofotoplandagi ruxsat etilgan xatoligi bo`yicha beriladi.
Belgilarning planli-balandlik bog’lovchilari va ular bilan birgalikda 
hududning chegarasidagi nuqtalar GPS metodlar yordamida aniqlanadi,
shuningdek elektron taxeometr va b. Vositalar yordamida ham bajariladi.
Aerofotosyomka materiallarini fotogrammetrik qayta ishlash quyidagi asosiy
jarayonlarni o`z ichiga oladi;
- tayyo1rgarlik ishlari;
- aerofotosuratlarni skanerlash;
- fotogrammetrik loyiha tuzish;
- fototriangulyatsiya usuli bilan tanyach nuqtalar turini fotogrammetrik 
jipslashtirish;
- suratlarni ortotransformirlash uchun rel’efning raqamli modelini yaratish; 
- suratlarni bir masshtabga keltirish va ortofotoplanlarni montaj qilish.



42


Bunday ishlar fotogrammetrik stantsiyalarda ham bajariladi. Ammo bu
jarayonga kameral holatda karta tuzish ishlari nuqtai nazaraidan yondashamiz. 
Bunda tuzilayotgan kartaning asosiy qismini tashkil etuvchi obyektlar konturini
vektorli modeli ishning natijasi sanaladi.
Dala tadqiqotlari va aerofotosuratlarni dala deshifrovkasi yer uchustkalarini
chegaralarini aniqlash va ularni ortofotoplan yoki kattalashtirilgan aerofotosuratga 
keltirish bilan yakunlanadi. Kerak bo`lganda kartada chegaralarni tasvirlash
aniqligi talabiga mos keladigan uchastkalar chegaralarini burilish nuqtalarini 
bog’lashda instrumental metodlar qo`llaniladi. Shuningdek, deshifrovkada kadastr
kartalari va planlarning mazmunini aks ettiruvchi kadastr kartografiyasini barcha 
obyektlari qamrab olinadi. Yer uchastkalarining dala tadqiqotlari, shuningdek, er
uchastkalari va huquqiy subyektlar haqidagi barcha zarur bo`ladigan 
ma`lumotlorni yig’ish, inventarizatsion hujjatlar (kartalar) yoki texnik loyihalarni
qarab chiqishni ham o`z ichiga oladi. Agar dala tadqiqotlari kameral 
deshifrovkadan keyin o`tkazilsa, tadqiqot jarayonida kameral deshifrovka natijalari
tekshiriladi va aniqlashtiriladi. 
Kameral karta tuzish ishlariga obyektlar konturini vektorli modelini olish va
ularni keyingi qayta ishlash jarayonlariga bog’liq butun texnologik jarayonlar 
kompleksi kiradi.
Kadastr kartalarini tuzish yerlarni inventarizatsiya qilish ishlarini o`tkazish 
bilan bevosita bog’liq. Bu ishlar natijasida kadastr kartalaridan tashqari boshqa
ko`plab hujjatlar ham tuziladi, masalan, yerlarning eksplikatsiyasi, yer 
uchastkalarining hujjat bo`yicha maydoni va haqiqiy maydoni ko`rsatilgan ro`yxati
va b. Shuni ta`kidlash kerakki, aynan konturlarning vektorli modeli, boshqa 
kartografik ma`lumotlar va barcha chiqariluvchi mahsulotlarni (shuningdek, yer
uchastkalarining eksplikatsiyasi va ro`yxati) tayyorlash GIS texnologyasini 
qo`llash uchun asosiy jarayonlar sanaladi.
Ishning texnologik sxemasini qo`llash paytida dastlabki kameral 
deshifrovka, aynan kameral karta tuzish ishlari bosqichida bajariladi, unda avval



43


olingan dala tadqiqotlari materiallari bilan konturlarning vektorli modeli qayta
ishlanadi. 
Shuni ta`kidlash kerakki, kameral karta tuzish ishlarida eski kartografik
materiallar, taxeometrik syomka natijalari qo`shimcha ma`lumot sifatida 
ishlatiladi.



Yüklə 254,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin