39
yoki ortofotoplanlarni qo`llash xarakterlidir. Bunda barcha obyektlar konturlari
amalda ikki martadan o`tkaziladi, takrorlanadi: birinchi
deshifrovka jarayonida,
ikkinchi marta esa stereosyomka yoki ortofotoplanlarni vektorlash jarayonida, yoki
boshqa holatda birinchisida – qog’ozga tush bilan, ikkinchisida esa – monitorda
raqamli shaklda ko`rish mumkin. Bunday yondashish ortiqcha mehnat talab qiladi.
Shu sababli, aholi punktlari uchun kartalar tuzish bo`yicha boshqacha yondashishni
taklif qilish mumkin.
Dastlab, stereojuftlik yoki aerofotosurotlarni kameral deshifrovkasi raqamli
texnologiyalarni va raqamli fotogrammetrik stantsyalarni qo`llash
yordamida
bajariladi. Deshifrovka natijasida masshtabga mos keluvchi, yuqori aniqlikka ega
bo`lgan kartalar, deshifrovka qilinayotgan obyektlar
konturining vektorli modeli
tasvirlandi. So`ngra bu vektorli model toza asosga (qog’ozga) ish abrisiga plotterda
chiziladi. Bu ish abrisi dala tadqiqotlarida ishlatiladi.
Dala tadqiqotlariga chiqishdan oldin kameral deshifrovkaning aniqligi va
to`liqligi tekshiriladi, kerak bo`ladigan to`g’rilashlar va dala syomkalari natijalari
kiritiladi. Dala tadqiqotlari natijalari raqamli karta (plan) tuzish maqsadida raqamli
kartografik ma`lumotlarni kameral qayta ishlash uchun qo`llaniladi.
Bunday
yondashish ortaqcha mehnatni kamaytirbgina qolmasdan, balki mahsulotni sifatini
ham oshiradi. Bu asosan stereoskopik syomka qo`llanilayotganda seziladi.
Birinchidan, ekranda stereoskopik deshifrovka oson bajariladi, stereospik
tasvirlar yakkalik tasvirlarga qaraganda yaxshi deshifrovka qilish imkoniyatlariga
ega.
Ikkinchidan, ekranda tasvirni dinamik masshtablashtirish mumkin; kerak
bo`lganda fotometrik tarkibni (kontrast, yorqinlik) almashtirish va o`zgartirish
mumkin.
Uchinchidan, oddiy deshifrovka vaqtida xato qilish ehtimoli kattadir. Agar
vektorlash deshifrovkadan keyin qilinsa, vektorlovchi konturni qanday qilib
vektorlash, deshifrovka qilingan materialda qanday ko`rsatilganligiga e`tibor
qaratish kerak. elektr uzatish liniyalari ustunlari, rel’ef shakllari (gorizontalsiz)
40
kabi
obyektlarning
holati
umuman
aerosuratlarni
stereoskopik
kattalashtirgandagina xatosiz aniqlanishi mumkin.
Shuni
aytish kerakki, yuqoridagi barcha variantning texnologik sxemasini
dala tadqiqotlari jarayonida portativ kom’yuter yordamida ro`yobga chiqarilishi
mumkin.
Dostları ilə paylaş: