3.4. Kadastr kartalarini tuzish bo`yicha ma`lumotlar bazasini yaratish
Har bir atributning o`ziga hos ko`rsatkichlar mavjud va ularni to`g’ri
kiritishda bir necha masalalarga e`tibor berilgani lozim:
1.
Ta`rifning turi qanday? (matn, raqam, son, sana va h.q.)
2.
Ko`rsatkichlarning eng katta va eng kichik miqdori nimaga barobar?
3.
Birorta ko`rsatkich ko`rsatilmagan holda jadvalning tegishli katagida nima
yoziladi? (ko`pincha ma`lumot yo`qligini -999 yozuv bildiradi)
4.
Bir xil nomiga ega bo`lgan obyektlarni qanday qilib ajratish mumkin?
5.
Qaysi atribut orqali boshqa ma`lumotlar bilan bog’lanish mumkin? (ID
sanasi shu maqsad uchun jadvalda belgilanadi va shu sababli hamma atributlar o`z
o`rnini egallaydi va yo`qolib ketmaydi)
SHunga o`xshash savollarga ma`lumotlar bazasi barpo etishda birinchi
navbatida javob olinish zarur. Maxsus vositadan, ya`ni ma`lumotlarni ifodalash
modulidan foydalanib atributlarning tartibi belgilanadi. Ayrim geografiya axborot
tizimlarda bu ish juda osonlik bilan bajariladi. Ma`lumot kiritish moduli jaraenni
nazorat qilishda yordam beradi va belgilangan qoidalarga rioya qilmagan
ma`lumotlarni kiritishga yo`l bermaydi. Tizim har bir kiritiladigan atributning
ta`rifining turini va belgilangan miqdorlarga mosligini tekshirib turadi, ish
bajarilishi qonunga rioya qilmagan holda albatta maxsus belgilar orqali
48
ogohlantiradi. Hato vujudga kelishiga e`tiborni tortib tizim ushbu hatoni darqor
yo`qotishni ham talab qiladi.
Ma`lumotlarni kiritishning muhim bosqichi kiritilgan ma`lumotlarni
tekshirish va taxrir qilish. Ayrim vaziyatda bu ishlar kiritishdan ko`proq vaqtni
talab qiladi. Hatolarni yo`qotish yo`llari birorta yozuvni yoki ma`lumotlarni
umuman uchirishdan iborat. Demak, ma`lumotlar kiritish paytida hatolar vujudga
kelishiga yo`l qo`ymaslik lozim va chiziqlar va maydonlarni diqqat bilan
kiritilishga e`tibor berilish kerak. Ma`lumotlarni kiritish paytida ekranda hosil
bo`lgan tasvirni diqqat bilan ko`zatish maqsadga muvofiqdir. Ohirigacha
chizilmagan chiziq yoki ochiq qolgan maydon hato borligini bildiradi.
Noto`g’ri parmetralarni o`rnatish natijasida ham hatolar vujudga kelish
mumkin va shunday hatolarni sistematik tabiati, ya`ni bir xil miqdor yoki tartibda
taqrorlanishi tufayli aniqlash va to`g’rilash osondir. Shunday hatolarni tasvirning
shakli buzilishi, misol uchun, masshtab notug’ri belgilash natijasida birorta
yo`nalishda shaklni cho`zilib yoki kichrayib ketishi orqali aniqlsh mumkin.
Tasodifiy hatolar esa texnikaviy vositaning yoki dasturning hatosi oqibatidir
va shunday ayrim hosil bo`lgan va tez tez uchrab turadigan hatolar rasmlarda
ko`rsatilgan. Ko`rinib turibdiki, haqiqiy koordinatalar o`rniga 0 yoki juda katta
miqdordagi ko`rsatkich komp’yuterning dasturi yoki vositasi hatosi tufayli
kiritilsa shunday vaziyat hosil bo`ladi . Ikki marta chiziq yoki nuqta taqqoslanib
kiritilsa, chiziq ohiragacha etkazilmasa, nuqtalar birlashtirlmay qoldirilsa, paydo
bo`lgan hato operatorning hatosidir va ishni qayta bajarish lozimdir.
Xaritaning topologiyasi chiziqlarni birlashtirishini, ayrim shakllarni barpo
etish va nuqtalarni maydonlar ichida joylashtirishini bildiradi. Dasturlar shunday
ishlarni bajarish uchun mo`ljallangan va bir biriga yaqin bo`lgan nuqtalarni
avtomatik yo`l bilan birlashtirish haraqat qiladi. Agar nuqtalar noto`g’ri kiritilgan
bo`lsa, ortiqcha kichik shakldagi ―hatolik poligonlar‖ barpo etiladi (8 rasm.). Agar
poligonlar soni ortib ketsa demak hato bor.
49
8 rasm. Haqiqiy va hato bilan o`tkazilgan chiziqlar
orasidagi tizimning dasturi yaratgan kichik ―hato‖ poligonlari
Printer yoki plotterdan chiqarish yo`l bilan hatolarni aniqlash ancha oson.
Boshqa tahrir qilish yo`li tuzilaetgan shakllarga rang berish va rang orqali
nuqtalarning joylashishini tekshirish va to`g’rilashdir.
Tahririyat ishlar faqat koordinatalarni tekshirishdan iborat emas. Atributlarni
ham tekshirish ko`p vaqt talab qiladi chunki jadvallarni qatorma qator ko`zatib
atributlarning nomlarini va ko`rsatkichlarini solishtirish kerak. Geografiya axborot
tizimlarda ezuvlarni maydon ichiga yoki chiziq enida joylashtirish funktsiyasi bor
va u atributlardagi hatolarni aniqlashga erdam beradi. YUqorida ko`rsatilgandek,
atributlar va koordinatalar ma`lumotlari bir biriga bog’liq va to`g’rilash bulardan
bittasiga kiritilsa avtomatik ravishda ikkinchisiga ham kiritiladi.
Koordinata va atributlar to`g’ri kiritliganligini ularning mantiqaviy
aloqadorligi orqali tekshirish lozimdir. Buni chiziqlar bo`g’in nuqtalarda
birlashtirilganligi, chiziqlar tartibi to`g’riligi, tashqi va ichki maydonli shakllar bir
biriga munosibligi kabi xaritaning geometriya elementlari erdamida tekshirish
mumkin.
Ma`lumotlar aniqligi deb ularning fazoviy joylashishining aniqligini
tushunish kerak, ya`ni xaritadagi obyektning joylashishi haqiqiy joylashishiga
nisbatan tekshiriladi. Raqamli tarzga aylantirilgan xaritada albatta ―eng aniq
xaritaga‖ nisbatan hatolar mavjud. Tuzilaetgan xaritaga nisbatan aniqligi yuqori
bo`lgan xarita yoki dalada yuqori aniqlikdagi olingan ma`lumotlar bilan solishtirish
yo`li bilan fazoviy joylashish hatosini aniqlash mumkin.
50
Fazoviy aniqligidan tashqari ma`noviy aniqligini tekshirish va to`g’rilash
ham talab qilinadi va raqamli xaritada obyektlarning nomlari, ularning
ko`rsatkichlari, toifalarga bo`linish asoslari to`g’ri ko`rsatilgani maqsadga
muvofiq. SHunday tekshirishlar va to`g’rilashlarni avtomatik ravishda bajarish
imkoni bor, chunki ma`lumotlar komp’yuterning ma`lumotlar bazasiga kiritilgan
va geografiya axborotni idora qiluvchi tizim shunday ishlarni bajarib bera oladi.
Albatta xaritaning muhim bo`lgan matematik elementlari to`g’ri belgilangan
xolda komp’yuterga kiritilish kerak. Raqamli xaritaning aniqligi va sifati uni
yaratish uchun manba` sifatida ishlatilgan xaritaning masshtabi va proektsiyaga,
mazmunini tuzilish asoslariga bog’liq holda bo`lgani tufayli undan yaxshiroq bo`la
olmaydi. Xaritadagi elementlarini raqamli tarzga aylantirishda nuqtalar orasidagi
masofa joydagi 10 metrdagi masofadan kam bo`lmasa, shunday xaritadagi
ma`lumotlardan foydalanib aniqligi yuqoriroq bo`lgan xaritalar bilan solishtirish
mantiqqa to`g’ri kelmaydi. Demak raqamli xaritalarda kog’ozda chop etilgan
xaritalardagi hatolarga o`xshab hatolar mavjud, va ularning taqsimlanish tabiati va
qonunlari bor. Raqamli xaritaning shu sababli imkoniyat va sifatlarini to`g’ri
tasavvur qilgani maqsadga muvofiq..
Xaritani raqamli tarzga aylantirish jaraeni mobaynida taxririyatning
imkoniyatlari chegaralgan. Hatolarni kamaytirish maksadida kuyidagi ishlarni
bajarish lozim:
Hamma bor chiziqlarni tutashtirilganini tekshirish
Hamma bor poligonlar epilganini tekshirish
Tez-tez uchrab turadigan hatolarning misolllari: geografik ma`noga ega
bo`lmagan kichik poligonlar, «osilib turgan» nuqtalar, ohirigacha olib borilmagan
chiziqlar. SHunday hatolarni aniqlab, ularni darqor tuzatish kerak.
Hatolarning tabiati bir necha guruxga bo`linadi:
-Operatorning hatolari
-Digitayzerda ishlash paytida noto`g’ri tanlangan parametrlari
-Dasturlashning xususiy hatolari
51
Hatolarni kanday qilib topish mumkin? Tajriba shuni ko`rsatadi, raqamli
tarzga aylantirishda oddiy shartlarga ko`ra ish olib borilsa, hatolarni oldini olish
mumkin, ya`ni:
- poligonga rang berish
- printerdan chikarib manba` bilan solishtirsh
-hamma bor ezuvlarni poligonlarga va chiziqlarga mos kelishini tekshirish
Aniqlik va to`g’rilikni aniqlash yo`llari ko`yidagilar:
Obyektlarning joylashishi yoki boshqacha aytgandek ularning koordinatalari
yuqori aniqlikka ega bo`lgan xarita bilan yoki GPS kuzatishlar natijalari bilan
takkoslash yuli bilan tekshiriladi
Atributlarinng to`g’riligini, ya`ni tegishli obyektlarga mosligini tekshirish
yuli bilan aniqlanadi. Ma`lumotlar bazasida tekshirishni avtomatik ravishda xam
bajarish mumkin.
Manba`ning masshtabi ma`lumotlarning aniqligiga ta`sir qiladi. Kartografik
tasvir umumlashtirilgan tabiatga ega bo`lgani sababli obyektlarning joylashishi va
klassifikatsiyasi aniqlikka katta ta`sir ko`rsatadi. Agarki mayda masshtabli
manba`dan foydalanilgan bo`lsa, xosil bo`lgan raqamli ma`lumotlarni yirik
masshtabli xarita bilan solishtirish noto`g’ri.
E`tibor bering! Geografiya axborot tizim ma`lumotlar bazasidagi hatolarning
katta-kichikligini va ularning taksimlanishini bilish kerak. Ko`p hatolarning
vujudga kelishining sababi raqamli tarzga aylantirish usullar va jaraenlardan
noto`g’ri foydalanilgandan kelib chiqadi. Ayrim hatolar ma`lumotlarning qayta
ishlash, saqlash, idora qilish va taxlil qilish paytida oshib boradi.
Fazoviy ma`lumotlarning aniqligini bildiradigan atamalar mavjud va ular
kuyidagilarni bildiradi:
Dostları ilə paylaş: |