53
aniqligi bilan ko`rsatiladi va joyda agar 1:25000
masshtabdagi xaritadan
foydalanilgan bo`lsa bu 12,5 metrga to`g’ri keladi, agar 1:250000 masshtabdagi
xaritadan foydalanilgan bo`lsa bu 125 metrga to`g’ri keladi. Ma`lumotlar bazasida
1:25000 masshtabadgi xaritalardan olingan ma`lumotlar shartli aniqligi 0,01, 0,01,
0,001 ga teng deb hisoblasa bo`ladi. Joylashish aniqligini kanday qilib tekshirsa
bo`ladi? YUqori aniqlikka ega bo`lgan manba`dan foydalanish kerak va ular:
o
Yirikrok masshtabdagi xarita
o
GPS (Global Positioning System GPS) kuzatishlari
o
Daladagi syomka
Boshqa yo`llarlardan ichki belgilardan foydalanish yoki noaniqlik belgilarini
tekshirishlarni ko`rsatish mumkin, ya`ni yopilmagan poligonlar,
ohirigacha
etkizilmagan yoki o`tib ketgan chiziqlar va boshqalar. Ularning katta-kichikligi
aniqlikni bildiradi.
Aniqlik turli manba`lardan olingan hatolar asosida hisoblanadi:
o
manba` sifatida ishlatilgan xaritadagi aniqlik, misol uchun 1 mm ga barobar
o
xaritani registratsiya qilish va raqamli tarzga aylantirish jaraenida aniqlik 0,5
mm ga barobar
o
agarki manba`lari bevosita ishlangan bo`lsa, umumiy aniqlik urtacha
kvadratik hato deb hisoblanadi
Atributlar aniqligi haqiqiy ko`rsatkichlarga mosligi deb tushuniladi.
Ob`ktning joylashish to`g’risidagi axborot davr mobaynida o`zgarmasligi mumkin,
lekin atributlar o`zgaruvchan. SHu sababli ularning
aniqligi turli yul bilan
hisoblanadi. Uzluksiz obyektlar (yuzalar) uchun ko`zatish yoki o`lchash hatosi
kabul qilinadi. Misol uchun, balandlik ko`zatish aniqligi 1 metrga barobar.
Sifatli ko`rsatkichlar uchun bir necha savollar tekshiriladi, ya`ni:
o
Obyektlar toifalari etarli aniqlik va haqiqatga mos xolda belgilanganmi?
o
Obyekt kerakli toifaga to`g’ri kiritilganmi? Misol uchun, dukon
sportmaydoni o`rniga kiritilmaganmi?
o
Agarki ikki xil tuproq yoki o`simliklarning ―A‖ turi maydonning 70% ni
egallasa va ―B‖ turi maydonning 30% ni egallasa, shunday poligon ―A‖ deb
54
belgilanadi. ―A‖ turi va ―B‖ turi egallagan maydonlar orasidagi chegarani aniqlash
oson emas. Poligonning markazida ―A‖ turi bo`lishi mumkin, lekin chetlarida ―B‖
turini uchratish extimoli ko`proq.
Atributlarning aniqligini tekshirish yo`li shunday ham bo`lish mumkin. Noto`g’ri
toifalarga ajratish matritsani tuzish yuli taklif qilinadi, ya`ni tasodifan saralangan
nuqtalarni tekshirib va ma`lumotlar bazasiga ko`ra
tegishli toifani aniqlab, ularni
daladagi ko`zatishlar bilan solishtirib aniqligi va to`g’riligi tekshiriladi.
Dostları ilə paylaş: