O‘zbekiston respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi


Moxsimonlarning jinsiy va jinssiz usulda ko‘payishi



Yüklə 353,43 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/10
tarix06.06.2020
ölçüsü353,43 Kb.
#31745
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Botanika Maruza matnlari


Moxsimonlarning jinsiy va jinssiz usulda ko‘payishi. Moxsimonlarning jinssiz ko‘payishi spo-

rangiyda hosil bo‘lgan sporalar vositasida bo‘ladi. Sporalar qulay sharoitga tushgach undan yashil 

rangdagi protonema hosil bo‘ladi. Uning pastki qismida rizoidlar hosil bo‘lib, ustki qismida bargli poya 

hosil bo‘ladi. Sporalar morfologik jihatdan bir xil bo‘lsada fiziologik jihatdan farq qilganidan ayrimlari 

anteridiyli, boshqalari arxegoniyli o‘simliklar hosil qiladi. Arxegoniyda tuxum hujayrasi hosil bo‘lsa, 

anteridida xivchinli spermatozoidlar hosil bo‘ladi. Spermatozidning tuxum hujayrasiga tushishi na-

tijasida otalanib zagota hosil bo‘ladi. Sporadan zigota hosil bulgungacha bo‘lgan davr gametofit nasil 

deb nomlanadi. 

Zigotaning rivojlanishidan jinssiz nasl hosil bo‘lishi boshlanadi. Zigotaning o‘sishi sporangiyni 

hosil bo‘lishiga sarflanib u quticha, oyoqcha va qopqoqchalardan iborat bo‘ladi.Qutichaning ichida 

ko‘p miqdorda sporalar yetilib qulay sharoitga tushsa rivojlana boshlaydi. Bu naslga jinssiz nasil - spo-


 

30

rofit deyiladi. 



Poporotniklarning jinsiy va jinssiz usulda ko‘payishi. Poporotniklarda sporofil nasli ustunlik 

qiladi. Spora qulay sharoitga tushib, undan 3-5 mm kattalikdagi yashil o‘simta hosil bo‘ladi. Shakli 

yuraksimon ko‘rinishda bo‘lib, rizoid vositasida tuproqqa birikadi. Yashil o‘simtada anteridiy va arxe-

goniy hosil bo‘ladi. Suv tomchisi mavjud bo‘lganda spermatazoid tuxum hujayrasini otalantirib zigota-

ni hosil qiladi. Zigotani rivojlanishidan sporofit hosil bo‘ladi va uning rivojlanishidan ma’lum vaqtga 

etgandan keyin bargning orqa tomonida soruslar hosil bo‘ladi. Soruslar tashqi tomonidan indiziy 

qatlami bilan o‘ralgan bo‘lib, uning ichida arxesporali to‘qima hosil qiladi. Arxesporada hosil bo‘lgan 

spora rivojlanib, yuraksimon o‘simtani hosil qiladi.  

Shunday qilib gametofit va sporafit nasl almashinib boradi.  

Savollar: 

1.  O‘simliklar ko‘payishini mohiyati nima? 

2.  Vegetativ ko‘payish deganda nimani tushunasiz? 

3.  Qanday ko‘payish jinssiz ko‘payish deyiladi? 

4.  O‘simliklarni jinsiy ko‘payishi qanday sodir bo‘ladi? 

5.  Sporofit nasl deganda qanday naslni tushunasiz? 

6.  Gametofit nasl qanday vujudga keladi? 

 

14-MAVZU: O‘SIMLIКLAR SISTEMATIКASIGA КIRISh. VIRUSLAR, BAКTERIYALAR 

Reja: 


1.  O‘simliklar sistematikasining vazifalari. 

2.  O‘simliklar sistematikasining tarixi. 

3.  Viruslar va ularning faoliyati. 

4.  Bakteriyalar va ularning ahamiyati. 



Adabiyotlar: 1, 3, 4. 

1. O‘simliklar sistematikasining vazifasi yer sharidagi hamma o‘simliklarni ta’riflash va ayrim tur-

lar hamda turlar guruhining qarindoshligini evalyutsiya asosida aniqlashdan iboratdir. 

O‘simliklar sistematikasi 500 mingga yaqin turdan iborat bo‘lgan o‘simliklar dunyosini biror qa-

rindoshlik belgilari bilan harakterlanuvchi alohida guruhlarga bo‘ladi.  

O‘simliklar sistematikasi o‘simlik turlarining xilma- xilligini va uning sabablarini o‘rganadi. 

Uning vazifasi quyidagicha. 

1. O‘simliklarni klassifikatsiya qilish va uning rivojlanish tarixini o‘rganish. 

2. O‘simliklarni o‘rganishda turli uslublardan foydalanish. 

Hozirgi zamon o‘simlilkar sistematikasi filogentik sistema asosida tuzilgan. Bu sistema o‘simliklar 

morfogenezi, ichki tuzilishi, individual taraqqiyoti, fiziologik va biokimiyoviy xususiyatlari, geografik 

tarqalishi hamda tashqi muhit bilan o‘zaro munosabatlariga asoslanadi. 

Hozirgi zamon sistematikasi o‘simliklarni puxta o‘rganish uchun, quyidagi usullardan foydalanadi. 

1.  O‘simlilkarni paydo bo‘lishini solishtirish solishtirma- morfologik usul. 

2.  Individual rivojlanishini o‘rganish ontogenetik usul. 

3.  O‘tgan geologik davrlarda o‘sgan o‘simliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish  (paleobotanik 

usul) 

4.  O‘simlik organizmlarining anotomik tuzilishini o‘rganish (anotomik usul). 

5.  Har bir o‘simlikning tarqalish hududini o‘rganish (geografik usul). 

Bulardan tashqari sistematika fani yana bir qancha boshqa yordamchi usullardan foydalandi. 

Botanika va agronomiya fani bir umumiy ob’ektni o‘rganadi va ularni ish uslublari hamda rivojlanish 

tarixi o‘zaro chambarchas bog‘liqdir. 

Botanika hamma o‘simliklarni turli- tumanligini, tuzilishi va rivojlanish qonuniyatlarini, agrono-

miya esa- madaniy o‘simlilkarni yetishtirishni o‘rganadi. Botanika asosida agronomiya fani vujudga 

kelgan. Har ikki fanning maqsadi bitta, u ham bo‘lsa o‘simliklardan foydalangan holda insonlarning 

ularga bo‘lgan ehtiyojini to‘laroq qondirishdir. 

Yaylov va pichanzor o‘simliklarini o‘rganishda, agromeliorativ ishlarni tashkil qilishda agronom 

botanik sifatida, botanik esa agronom sifatida ish yuritadi. Shuning uchun ham agronom va botanik 

o‘rtasida keskin chegara bo‘lishi mumkin emas.  


 

31

Yuqoridagi usullarda o‘rganilgan o‘simliklar turli guruhlarga bo‘linadi, shu guruhlar taksanomik 



birliklar yoki sistematik birliklar deyiladi. 

Hozir sistematikada 6 ta taksanomik birlik keng qo‘llaniladi: 

Bo‘lim - Divisio, sinf - Classis, tartib - Ordo, oila-Familia, avlod - Genus, tur - Species

O‘simliklar olamini xilma-xilliklarini klassifikatsiyalashga urinish eramizdan avvalgi asrdayoq 

boshlangan. Teofrast eramizdan avvalgi uchunchi asrda o‘simliklarni daraxt, buta, butacha, o‘tlarga 

hamda botqoq o‘simliklari, ko‘l o‘simlilkari va hokazolarga ajratgan edi. O‘rta asrlarda ham 

o‘simliklar sistematikasi yaratilagan, bunda o‘simliklar olamini guruhlarga bo‘lishda ular mevasini 

shakli, urug‘ini joylanishi yoki gullarini bor yo‘qligi va boshqa kabi belgilar asos qilib olingan edi. 

Bunday sistemalar son’iy sistema deb atalgan, chunki ular o‘simliklarni tasodifiy belgilariga 

asoslangan bo‘lib, ularni qarindoshlik belgilarini yoki o‘simliklar ayrim guruhlari orasidagi farqni 

amalda ko‘rsatib bera olmagan. 

O‘simliklar sistematikasi rivojlanishidagi muhim davr shved olimi К. Linneyning (1738-y) 



“O‘simliklarni sinfi” degan asari yaratilishi bilan boshlanadi. Linney bu asarida hamma o‘simlik tur-

larini 24 ta sinfga bo‘lgan edi.  

Linney o‘simliklar olamini muayyan sinflarga bo‘lishda guldagi otaliklarning soni va ularning bi-

rikib o‘sish usullarini asos qilib oladi va bu bilan o‘simliklar klassifikatsiyasini birmuncha sodda va 

qulay sistemasini yaratadi. O‘simliklar olamini turli tumanligini hozirgi zamon sistematikasi ikkita 

katta bo‘limga: tuban yoki tallomli va yuksak yoki barg poyali o‘simliklarga bo‘ladi. 



Tuban o‘simliklar. Tuban o‘simliklar kelib chiqishi jihatidan sodda tuzilgan organizmlar bo‘lib, 

ularning tanasi organ (ildiz, poya, barg) larga ajralmagan va haqiqiy to‘qimalari bo‘lmaydi. Ularning 

tanasi kattana yoki tallom deb ataladi. Hozir 200 mingdan ortiq turi aniqlangan (ko‘pi suvda). Shundan 

3000 dan ortiq tur va shakllari O‘zbekistonda tarqalgan. 

Ayrim tuban o‘simlik vakillarida (shilimshiq zamburug‘lar, zamburug‘lar, bakteriyalar) xlorofil 

bo‘lmaganligi sababli, ular karbonat angidridni mustaqil o‘zlashtira olmaydi. Natijada tayyor organik 

moddalar hisobiga oziqlanadi. Bularni geterotrof deyiladi. Bu organizmlarning ba’zi vakillari o‘simlik 

va hayvon qoldiqlari, ya’ni chirindilar hisobiga yashaydi. Oziqlanish usulining bu turiga kiradigan 

o‘simliklarni saprofit organizmlar deb yuritiladi. Yana ayrimlari esa tirik o‘simlik yoki hayvonlar 

hisobiga yashaydi.  Ular parazit organizmlar deyiladi. Tuban o‘simliklardan suv o‘tlari va lishayniklar 

avtotrof yo‘l bilan oziqlanadi. 

Viruslar bo‘limi - Virophyta. Viruslar (yunoncha - Virus - zahar) - bular yuqumli kasalliklarga 

sabab bo‘ladigan ultramikroskopik tanachalardir. Ular tirik organimzlarda ko‘p uchraydi. Ular 

tayoqcha, shar, ipsimon, bukilgan shakillarda bo‘ladi. Ularning o‘rtacha kattaligi 450-500 nm 

(nonometrdan) iborat. 

Faglar (yunoncha phagus - yutuvchi, yemiruvchi) mikroorganizmlarni yemiruvchi viruslardir, ular 

suv, tuproq va boshqa muhitlarda uchraydi. Rikketsiyalar - bular ham mikroorganizmlar. Odam va 

hayvon organizimida yashaydi, tif kasalliginini qo‘zg‘aydi. 

Bakteriyalar.  Bular juda mayda o‘simlik organizmlari bo‘lib, ularni mikroskopda juda katta-

lashtirib ko‘rish mumkin. Bular - geterotrof, oziqlanuvchi, xlorofilsiz organizmlar bo‘lib, o‘simliklar 

olamida alohida o‘rin tutadi. Ular har qanday yashash sharoitiga ham moslasha oladi, shuning uchun 

yer sharini hamma joyida uchraydi. 

Bakteriyalar hujayrasining shakli har xil bo‘ladi. Sharsimon - kokki, to‘g‘ri ta 

yoqchasimon - basilla, egik tayoqchasimon (vergul shaklida) - vebrion, spiralsimon - spirilla. Bir 

hujayrali bakteriyalaridan tashqari koloniya bo‘lib, yashovchi bakteriyalar ham bo‘lib, ular alohida 

hujayralar, kokklar yig‘indisidan iboratdir. 

Ona hujayra bo‘linganidan keyin, tarqab ketmay juft - juft bo‘lib birikib qoladi. Bu qo‘shaloq 

shakillar diplokokklar deyiladi. Bir tomonga bo‘linishdan hujayra zanjirlari hosil bo‘ladi. Bularni strep-

tokokklar deyiladi. 

Ba’zi vaqtda hujayraning ko‘p marta bo‘linishidan hujayra to‘dasi hosil bo‘lib, ular uzum boshiga 

o‘xshaydi va stofilokokklar deyiladi. 

Ba’zan kokklar uchta o‘zaro kesishadigan tekisliklarda ko‘payib, bog‘lanib qoyilgan tovar toylari 

singari shaklga kiradi. Bu to‘dalar sarsina deyiladi. Ular aerob - kislorodli, anaerob - kislorodsiz sha-

roitda yashay oladi. Qishda shahar havosida 1 m

3

 da 4,5 minggacha, yozda 10-25 minggacha bakteriya-



 

32

lar bo‘lishi aniqlangan. 



Bakteriyalar har 20-30 minutda bo‘linib turadi. Shu bo‘linishda 1 sutkada 636 mln. dona hosil 

bo‘lib, 33 m-ni tashkil qiladi. Sharoit 3 kun saqlansa yer shari ekvator chizig‘ini 14 marta o‘rash uchun 

yetarli bo‘lar ekan. Botulin toksini (zahari) bakteriyalar ishtirokida (go‘sht) baliq, konserva 

mahsulotlarini aynishi natijasida hosil bo‘ladi. 1 g moddasi 60 mlyard sichqonni (1200000 T.tirik vazn) 

zaharlashga yetadi. 

Savollar: 

1.  O‘simliklar sistematikasining vazifasi nimalardan iborat? 

2.  O‘simliklar sistematikasi qanday usullardan foydalanadi? 

3.  Linney binar nomenklaturasining mohiyati? 

4.  Filogentik sistema deganda nimani tushunasiz? 

5.  Viruslar qanday organizmlar? 

6.  Bakteriyalar va ularning ahamiyati nimalardan iborat? 

 

 

15-MAVZU: SUVO‘TLARI (ALGAE) VA ULARNING КLASSIFIКATSIYASI 

Reja: 


1.  Suvo‘tlari haqida tushuncha. 

2.  Suvo‘tlarining klassifikatsiyasi. 

3.  Suvo‘tlarining ahamiyati  

Adabiyotlar: 1, 3. 

1. Tuban o‘simliklarning suvda, nam joylarda va tuproqda yashaydigan katta guruhi suvo‘tlari 

deyiladi. Suvo‘tlar hujayrasida xlorofil bo‘lishi bilan bakteriyalardan farq qiladi. Lekin ular tarkibida 

boshqa pigmentlar borligi tufayli rangi qo‘ng‘ir qizil va ko‘k- yashil bo‘ladi. Xlorofill borligi uchun 

suvo‘tlar avtotrof o‘simliklar hisoblanadi. Suvo‘tlar tashqi ko‘rinishidan juda xilma- xil bo‘ladi. Ular 

orasida mikroskopik mayda bir hujayralilar bilan bir qatorda bir necha o‘n metrga yetadigan juda yirik 

vakillari ham bor. Кoloniya bo‘lib yashaydigan suvo‘tlar bir hujayralilar bilan kop hujayralilar 

orasidagi bir todadir. Ularning tanasi o‘zaro bo‘sh birikkan hujayralar to‘dasidan iborat. 

Suvo‘tlarining tanasi poya, barg, ildiz kabi organlarga bo‘linmagan tallomdir. Biroq ba’zi vakil-

larining tallomi birmuncha murakkab tuzilgan bo‘lib, funksyasiga muvofiq ravishda tanasi ayrim 

qismlarga ajralgan bo‘ladi. Suvo‘tlari vegetativ, jinssiz va jinsiy yo‘l bilan ko‘payadi. Jinsiy yo‘l bilan 

ko‘payish oogamiya, izogomiya, geterogamiya tipida ro‘y beradi. Suvo‘tlar dengizlarda va chuchuk 

suvlarda suvning tiniqligiga qarab har xil chuqurlikda (tiniq dengizda 100-150 m ) yashaydi. Ularning 

ba’zilari, asosan, mikroskopik shakillarining juda ko‘p to‘dasi erkin suzib yurib fitoplonkton hosil qi-

ladi. Boshqalari esa suv havzalari ostiga yopishib yashab, bentos (suv havzasi ostidagi o‘simlik va 

hayvon organizmlar to‘dasi) tarkibiga kiradi.  

Tuproq suvo‘tlari yer yuzasida va uning ustki qatlamlarida yashaydi. Ularning ko‘pi tuproqda or-

ganik moddalarni to‘planishiga yordam beradi va unumdorlikning muhim omili hisoblanadi.  

2. Suvo‘tlarining juda ko‘p, 20 minga yaqin turi bo‘lib, ular 5 ta sinfga bo‘linadi. Shulardan biz 

quyidagi: ko‘k- yashil suvo‘tlar (Cyanophyta), yashil suvo‘tlar (Chlorophyta), diatom suvo‘tlar (Di-



atomeae), qo‘ng‘ir suvo‘tlar (Phaeophyta) va qizil suvo‘tlar (Rodophyta) sinfi bilan tanishamiz.  

Кo‘k- yashil suvo‘tlar- Cyanophyta. Bu suvo‘tlarga eng sodda, ko‘pincha bir hujayrali yoki ko-

loniya bo‘lib yashaydigan organizmlar kiradi. Кamdan - kam holda ko‘p hujayrali, ipsimon shakillari 

ham uchraydi. Кo‘k - yashil suvo‘tlarining to‘dasi ko‘pincha shilimshiqqa o‘ralgan bo‘ladi. Bularning 

nomi o‘ziga xos rangiga qarab berilgan. Ularning hujayrasida har xil pigmentlar: xlorofill, fikosian, 

karotin va ayniqsa fikoeritrin bo‘lib, ularning o‘zaro nisbati turlicha bo‘lganligidan har xil rang hosil 

qiladi. Ularning hujayrasi ovval, sharsimon, ustinsimon va boshqa shakilarda bo‘ladi. Hujayralari 

tashqi tomondan ba’zan juda shilimshiqlanuvchi pektinli yupqa po‘st bilan o‘raladi. Hujayralarning 

ichki moddasi bo‘linmagan. Shuning uchun uning yadrosini ham, plastidasini ham ko‘rib bo‘lmaydi. 

Lekin protoplazma ikki xil pigment bilan bo‘yalgan tashqi va xromotin modda tutuvchi rangsiz ichki 

(markaziy tana deb ata- 

luvchi) qavatdan iboratligini ko‘rish mumkin. 

Кo‘k - yashil suvo‘tlar vegetativ va jinssiz ko‘payadi. Кoloniya bo‘lib, yashaydigan vakillarida ko-



 

33

loniyaning bo‘linib ketishi kuzatiladi. Ular jinsiy yo‘l bilan ko‘paymaydi, ba’zan spora hosil qilishi 



kuzatiladi. Bunda oddiy vegetativ hujayralar sporaga aylanadi. Sporalar ko‘payish uchun emas, balki 

to‘rni noqulay sharoitidan saqlash uchun xizmat qiladi. Bu suvo‘tlar butun yer yuzida tarqalgan bo‘lib, 

chuchuk va sho‘r suvlarda yashab, plankton, bentos hosil bo‘lishida ishtirok yetadi. Planktonda juda tez 

ko‘payib, suvni “gullatib” yuboradi, natijada suv ichishga yaroqsiz bo‘lib qoladi. Кo‘k - yashil su-

vo‘tlar tuproq yuzasida va uning ustki qatlamlarida ham uchraydi. Ular yerda organik moddalarni 

to‘planishiga yordam beradi. Ba’zi turlari atmosferadagi azotni o‘zlashtirib, tuproq unumdorligini oshi-

radi.  

Кo‘k- yashil suvo‘tlarining o‘ziga xos vakillaridan biri ossillyariyadir. Bular ko‘pincha Markaziy 



Osiyoda ariq bo‘ylarida, tog‘ darayolaridagi toshlarda uchrab, ko‘kish shilimshiq dog‘ hosil qiladi. 

Кo‘k- yashil suvo‘tlarining yana bir vakili nostok bo‘lib, u tezoqar toza suvlarda yashaydi. 

Markaziy Osiyo sharoitida u ko‘pincha tog‘ daryolaridagi toshlarda, kamdan- kam zax yerldarda 

uchraydi. Nostok koloniya bo‘lib, yashaydigan suvo‘ti bo‘lib, uning ilonizi shaklidagi ipchalari o‘z 

atrofida juda ko‘p shilimshiq to‘plab, tuzlangan pomidorga o‘xshash bo‘lakcha hosil qiladi.  

Diatom suvo‘tlar - Diatomeae. Diatom suvo‘tlarining 5 mingga yaqin turi mavjud. Ular bir hu-

jayrali va koloniya bo‘lib yashaydigan organizmlaridir. Bularni hujayrasini shakli juda xilma - xil: 

yumaloq, tayoqchasimon, uchburchak va hokazo bo‘ladi. Diatom suvo‘tlar sinfining eng harakterli bel-

gisi hujayrasi po‘stining tuzilishidir. Hujayra po‘sti pektindan tuzilgan bo‘lib, tashqi tomonidan yaxlit 

kremniy pansir (qalqon) bilan o‘ralgan. Pansir bir- biriga teng bo‘lmagan ikkita palladan iborat. Palla-

lar shunday joylashganki, quticha qopqog‘i singari biri ikkinchisini o‘rab turadi. Кo‘pgina hujayralarn-

ing har bir pallasida tirqishsimon teshikchalar bo‘lib, ular orqali protoplazma tashqi muhit bilan 

bog‘lanadi. Кremnezyom (qumtuproq) shimib olgan pallalar juda pishiq, qattiq va ko‘pincha chiroyli 

gulli bo‘ladi.  

Diatom suvo‘tlarining hujayrasi harakatchan bo‘ladi, ular sekin sudralib yoki tirqishsimon teshik-

chalardan chiqargan shilimshiq iplarning itarishi natijasida juda tez harakat qiladi. Bularni hujayralari 

oddiy bo‘linish yo‘li bilan, jinsiy va jinssiz usullarda ko‘payadi. 

Diatom suvo‘tlar dengiz va chuchuk suvlarda yashab, hayvonlarga oziqa bo‘ladi, plankton hamda 

bento hosil qiladi. Dengizlarda diatomlarning protoplasti nobud bo‘lgandan keyin po‘sti dengiz tubiga 

to‘planadi va bir necha million yillar davomida ulardan alohida tog‘ jinsi - diatomit yoki kremniy uni 

hosil bo‘ladi. Diatomit g‘ovak, yengil bo‘lganligidan undan issiq o‘tkazmaydigan materiallar, g‘ovak 

g‘isht tayyorlashda, turli metallarni shlifovka qilishda va portlovchi modda - dinamit tayyorlashda foy-

dalaniladi. Bularni vakili sifatida pinnulariyani ko‘rsatish mumkin. Pinnulariya ko‘pincha chuchuq suv 

havzalarida, ko‘l, daryo, soy va hovuz suvlari tubida o‘sadi. 

Yashil - suvo‘tlar - Chlorophyta. Yashil suvo‘tlar sinfiga 5500 dan ortiq tur kiradi. Bular bir hu-

jayrali, koloniya holdagi va ko‘p hujayrali organizmlardir. Yashil suvo‘tlarning xromotoroflarida faqat 

xlorofill bo‘lib, boshqa pigmentlar bilan ni- 

qoblanmagani uchun yashil rangda ko‘rinadi.  

Yashil suvo‘tlarning eng sodda vakillari, ya’ni bir hujayralilarning ko‘pincha ikkita xivchini 

bo‘lib, ular mustaqil harakatlana oladi. Bu hol yashil suvo‘tlar eng sodda hayvonlardan xivchinlilarga 

yaqin ekanligini ko‘rsatadi. Yashil suvo‘tlar vegetativ, spora hosil qilish va jinsiy yo‘l bilan ko‘payadi. 

Yashil suvo‘tlar asosan chuchuq suv havzalarida tarqalgan bo‘lib, suv ostida “balchiq” (tina) hosil 

qiladi. Ba’zi vakillari dengizlarda, juda kam vakillari quruqlikda yashaydi. Bir hujayrali vakillari 

plankton organizmlar hisoblanadi. Ular ko‘pincha tez ko‘payib, oqmas suvlarni ko‘kartirib yuboradi. 

Кo‘p hujayrali vakillari suv havzalari tubiga o‘rnashib olib o‘sadi. Bular suv hayvonlari uchun oziq 

bo‘ladi, “dengiz salatini” odamlar iste’mol qiladi. 

Yashil suvo‘tlar sinfi, odatda, uchta kenja sinfga: teng xivchinlilar yoki asl yashil suvo‘tlar, 

matashuvchilar yoki kon’yugatlar va xaralar yoki nurlilarga bo‘linadi. Ba’zi olimlar haralarni mustaqil 

sinf deb hisoblaydilar. 

Qo‘ng‘ir suvo‘tlar - Phaeophyta Qo‘ng‘ir suvo‘tlar vakillari sovuq va mo‘tadil iqlimdagi 

dengizlarda yashaydi. Xromotoforida xlorofildan tashqari, qo‘ng‘ir rangli alohida pigment fikoksantin 

bo‘lib, ularni o‘ziga xos rangga kiritadi.  

Qo‘ng‘ir suvo‘tlar koloniya bo‘lib yashaydigan ko‘p hujayrali organizmlardir. Bu sinf ba’zi vakil-

larining hujayrasida qismlarga ajralish kuzatiladi. Bu hujayralar har xil to‘qimalar hosil qiladi. hamda 


 

34

tallomni morfoloigk jihatdan barg va poyasimon organlarga ajratadi. Hujayralarning po‘sti sellulozadan 



iborat, ba’zan pektin modda shimilgan bo‘lib, shilimshiqlanish xususiyatiga ega. Bular sporalar va 

jinsiiy yo‘l bilan ko‘payadi. Ayrim vakillari is'temol qilinadi, ba’zilaridai kaliyli tuzlar, yod, aseton, 

spirt, sirka kislota va hokazolar olinadi. 

Qizil suvo‘tlar - Rhodophyta. Qizil suvo‘tlar ham dengiz va okeanlarda yashaydi. Bularning 

tashqi ko‘rinishi va tuzilishi juda xilma - xil. Ipsimon, tup yoki plastinkasimon shakldagilari uchraydi, 

ba’zan ular poya va bargga bo‘linadi. Hujayrasining po‘sti sellyuloza yoki pektindan iborat. Hujayrasi 

ichida bitta yoki bir nechta yadro va plastinkasimon yoki yulduzchasimon xromotofor bo‘ladi. Qizil 

suvo‘tlar xromotoforida qizil rangli alohida pigment - fikoeritrin bo‘lganligi uchun ular shunday nom 

bilan ataladi. 

Qizil suvo‘tlar sporalar va jinsiy yo‘l bilan ko‘payadi. Ularda ham jinssiz va jinsiy nasl gallanadi. 

3. Suvo‘tlari suv, tuproq, taqir yerlar va qoyalarda, qor hamda muz tog‘larida, daraxt po‘stloqlarida 

o‘sadi. Suvo‘tlaridan nihoyatda ko‘p biomassa hosil bo‘ladi. Suvda hech narsaga birikmasdan yumaloq 

holda o‘sadigan plankton suvo‘tlar hayvonlarning oziqlanishida ahamiyati katta. Suvo‘tlarning turlari-

ga qarab, suvlarning iflos va tozalik darajasi aniqlanadi. Suvo‘tlarning biomassasi 1 m

3

 suvda 6 - 14 gr 



dan 34 kg gacha bo‘lishi mumkin. Insonlar suvo‘tlardan oziq- ovqat, yem- xashak sifatida, 

dehqonchilikda o‘g‘it o‘rnida foydalanadilar. Suvo‘tlarida moy kam bo‘lsa ham, oqsil, uglevod va vit-

aminlar ko‘p bo‘ladi, sanoat uchun xom ashyo hisoblanadi. Кlodofora yashil suvo‘tidan sifatli qog‘oz 

va kartonlar tayyorlanadi. Кo‘pgina suv o‘tlaridan yod, brom olinadi. Suvo‘tlarni quruq haydab, ko‘mir 

smola, kreozid, yog‘och spirti, atseton olish mumkin. Qo‘ng‘ir suvo‘tlarining ba’zilaridan algin 

kislotasi olinadi. Algin kislotasi esa to‘qimachilik va hokazo sanoatlarida (gazlama va qog‘ozga ishlov 

berishda) shuningdek, plastmassa sanoatida ishlatiladi. Sapropel - chirindi qoldiqlaridan iborat organik 

loyqa (Sibirda ko‘p tarqalgan). U chorvachilikda oziq- ovqat sifatida ishlatiladi. Uni quruq haydash 

natijasida smola, koks olinadi. Bulardan o‘z navbatida benzin, kerosin, og‘ir moy, lak, organik 

kislotalar, ammiak olsa bo‘ladi. 

Savollar: 

1.  Qanday organizmlar suvo‘tlar deyiladi? 

2.  Ossillatoriya suvo‘ti nima bilan harakterlanadi? 

3.  Diatom suvo‘tlar nima bilan farqlanadi? 

4.  Suvo‘tlar qayerlarda hayot kechiradi? 

5.  Suvo‘tlarning ahamiyati nimalardan iborat? 

 

16-MAVZU: ZAMBURUGLAR, LISHAYNIКLAR VA ULARNING КLASSIFIКATSIYASI 

Reja: 


1.  Zamburug‘lar haqida tushuncha. 

2.  Zamburug‘larning klassifiktsiyasi. 

3.  Zamburug‘larning ahamiyati. 

4.  Lishayniklar haqida tushuncha. 

5.  Lishayniklarning klassifikatsiyasi  

Adabiyotlar: 1, 3. 

1. Tuban o‘simliklarning xlorofilsiz va tuzilishi juda turli - tuman bo‘lgan juda ko‘p turi zambu-

rug‘lar deb ataladi. Ular o‘z ichiga 100 mingdan ortiq to‘rni oladi. Zamburug‘lar tallofit o‘simliklardir, 

chunki ular ham hech qachon suvo‘tlari singari haqiqiy to‘qima hosil qilmaydi va ularni tanasi 

qismlarga (barg, poya, ildizga) bo‘linmaydi. 

Ularning ko‘pchiligi mikroskopik mayda bo‘lib, nonda mog‘or, o‘simlik barglarida zangsimon 

dog‘lar va shunga o‘xshash shakllarda ham ko‘rinadi. 

Zamburug‘ tanasini mikroskop ostidan qarasak, uni chalkashib ketgan juda ko‘p ipchalar yoki gi-



falardan iboratligini, gifalar to‘planib mitseliy hosil qilganini ko‘ramiz. Gifalar shoxlangan va shox-

lanmagan, bir hujayrali yoki ko‘p hujayrali bo‘lishi mumkin. Zamburug‘ ba’zi turlarining gifalari tinim 

holatiga o‘tishi mumkin. Bunda ular juda zich chalkashib olib sklerosiy deb ataladigan o‘ziga xos tuga-

nak hosil qiladi. Bir hujayrali zamburug‘lar, ular yumaloq yoki ellipis shakldagi alohida - alohida hu-

jayralardir. Masalan: achitqi zamburug‘lari. 

Hujayrasi qobig‘ining kimiyoviy tarkibi bir xil emas. Po‘st hech qachon sellulozali bo‘lmay, unga 



 

35

turli azotli moddalar aralashgan bo‘lib, ularda bir nechta yadro bo‘ladi. Ular kraxmal hosil qilmaydi, 



uning o‘rniga boshqa uglevod glikogen hosil qiladi. 

Alohida tuzilmalar - meva tanalar ko‘payish funksyasini bajaradi. Parazit zamburug‘larda - 

gaustoriya hosil bo‘ladi. Zamburug‘lar jinsiy, jinssiz va vegetativ usullarda ko‘payadi. Vegetativ 

ko‘payish  oidiyalar -mitseliy ipchalarining parchalanishidan hosil bo‘ladigan ovalsimon hujayralar 

yordamida ro‘y beradi.  

Achitqi zamburug‘i -kurtaklanish yo‘li bilan ko‘payadi. Zamburug‘lar asosan sporalar yordamida 

ko‘payadi. Gifalar uchida konidiya bandlarda yoki sporangiyda spora hosil bo‘ladi. Zamburug‘larda 

jinsiy ko‘payish- izogamiya, oogamiya, usulida ro‘y beradi. Tanasining tuzilishi va ko‘payish 

xususiyatlariga qarab, zamburug‘lar tipi quyidagi 6 ta sinfga bo‘linadi. 

1. Arximisetlar yoki xitridiomisetlar sinfi. 2. Oomisetlar. 3. Zigomisetlar (bular tuban zambu-

rug‘lar) 4. Xaltachali zamburug‘lar yoki askomisetlar 5. Bazidiyeli zamburug‘lar yoki bazidiyamisetlar 

(bular yuksak zamburug‘lar). 6. Takomillashmagan zamburug‘lar. 



1.  Arximisetlar sinfi - tanasi yalong‘och - yaxshi rivojlanmagan mitseliy rizomitseliydan iborat 3 

xil ko‘payadi (vegetativ, jinsiy, jinssiz). Ular yosh karamni ildiz bo‘g‘zini zararlaydi. Qora 

oyoq kasalligini keltirib chiqaradi. Unga qarshi ko‘rashish uchun tuproqqa ishlov berib nam-

likni kamaytirish kerak. 

2. Oomisetlar sinfi mitseliysi shoxlangan alohida hujayralarga bo‘lingan bo‘ladi. Masalan: 

Fitoftora zamburug‘i kartoshka, pomidor va poliz ekinlari bargida qo‘ng‘ir dog‘lar hosil bo‘ladi. 

3. Zigomisetlar sinfi. Namiqib qolgan nonda, go‘ngda va boshqa organik substrotlarda oq tuksi-

mon g‘ubor shaklda paydo bo‘ladi. (Mog‘or zamburug‘i). 

4. Xaltachali zamburug‘lar - bularda hosil bo‘lgan zigota xaltachaga aylanadi. Xaltachani ichida 

sporalar hosil bo‘ladi. Ular unshudring, o‘simlik raki kasalligini keltirib chiqaradi, yana achish ja-

rayonida ishtirok yetadi. Shaftoli tafrinasi-shaftoli bargini sarg‘aytirib bujmaytirib yuboradi. Penisill - 

zamburug‘i, shoxkuya zamburug‘i, qo‘ziqorin ham shu sinfga mansubdir. 

5. Bazidiyali zamburug‘lar-sporalari maxsus bazidiyalarda etiladi. Qorakuya, zang, chang 

qorakuyasi kasalliklarini keltirib chiqaradi. Gallaguldoshlar oilasi vakillarida ko‘p uchraydi. 

6. Takomillashmagan zamburug‘lar. Bu sinf vakillari vilt kasalligini keltirib chiqaradi. Organik 

moddalarni chiritishda ishtirok etadi. Simbioz hayot kechiradi. (mikoriza). Qo‘ziqorin va qalpoqchali 

zamburug‘lar oziq-ovqat sifatida foydalaniladi. Achituvchi zamburug‘lar spirtli ichimliklar tayyor-

lashda, novvoychilikda, ulardan olingan fermentlar, yengil sanoat va oziq-ovqat sanoatida ishlatiladi, 

hamda achituvchi zamburug‘lardan polivitaminlar tayyorlanadi. Salbiy tomoni, oziq-ovqatlarni buza-

di, yog‘ochlarni chiritadi. Кasalliklarni keltirib chiqaradi 

Yüklə 353,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin