O‘zbekiston respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi


O‘simlikning hayot kechirishiga qarab novdanig tiplari



Yüklə 353,43 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/10
tarix06.06.2020
ölçüsü353,43 Kb.
#31745
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Botanika Maruza matnlari


O‘simlikning hayot kechirishiga qarab novdanig tiplari. Poyaning tuzilishi o‘simlik hayot 

 

19

kechirish davri bilan bog‘liqdir. Ba’zi o‘simliklar 5 - 7 xafta yashasa, ayrim o‘simliklar 5000 yil hayot 



kechiradi. 

O‘t o‘simliklar poyasi Vegetatsiyasinig oxirida o‘z faoliyatini tugatsa, daraxt o‘simliklarda hayo-

tining oxirigacha saqlanib qoladi. 

Quyida ayrim o‘simlik poyasining yashash davrlari ko‘rsatilgan. Baobab 5150 yil. Mamont daraxti 

5000. Кiparis 3000. Eman 1200. Tilog‘och 500. Olma 200. 

O‘tsimon poyali o‘simliklar hayot kechirish davriga qarab, bir yillik, ikki yilik va ko‘p yillik tur-

larga ajratiladi. Bir yillik o‘simliklar bir Vegetatsiya davrida o‘z faoliyatini tugallab, kuzga borib halok 

bo‘ladi. masalan: Bug‘doy, kanop, arpa, sholi va hokazo. 

Ikki yillik o‘simliklar birinchi yili ventativ organlarini hosil qilsa, ikkinchi yili generativ organlar 

hosil qiladi. Masalan: sabzi, lavlagi, turp. 

Кo‘p yillik o‘tsimon o‘simliklar doimiy yer osti ildiz poyalar, ildizlar, piyoz boshlar hosil qilish 

xsusiyatiga ega bo‘ladi. 

O‘simliklar poyasini shoxlanishi va yogochlanishi xsusiyatiga qarab ularni uch guruhga ajratish 

mumkin.  



1. Daraxtlar. 2. Butalar. 3. Chala butalar. 

Daraxtlarda asosiy poya yaxshi rivojlangan bo‘lib undan yon shoxlar hosil bo‘ladi. Ularning poya-

si erdan bir necha metrgacha kutarilib turadi. 

Butalarda asosiy poya rivojlanmagan, ular ildiz bo‘g‘izidan hosil bo‘ladi, bo‘yi 4-6 m ga yetadi. 

Masalan: anor, malina, it burun, smorodina, siren, saksovul kabi cho‘l o‘simliklari kiradi. 

Chala butalar poyaning pastki qismi yog‘ochlashib po‘kak bilan qoplanadi, yuqori qismi esa bir 

yillik bo‘lib, qishga borib halok bo‘ladi. masalan: shuvoq, astragal, o‘lmas o‘t kabilar. 

Novdada barglar joylanishi. Novdada barglar quyidagi tartibda joylashadi: 1. Navbat bilan yoki 

spiralsimon 2.Qarama - qarshi 3. Mutovka shaklida. Bunday joylanishining asosiy mohiyati novdadagi 

barglar quyoshdan keladigan nurlarni tusmaslik qonuniga amal qiladi. 

Navbat bilan yoki spiralsimon joylanishda barg har bir bug‘inida bittadan joylashadi. Ular takror-

lanib ikki barg oralig‘ida hosil bo‘lgan spiral barg sikli deyiladi. Barg siklida joylashgan barglar spirali 

soni kasr suratiga, undagi barglar soni maxrajiga yozib ko‘rsatiladi. Masalan: 1/2, 1/3, 2/5, 3/8, 5/13. 

1/2 sondagi barg joylanishi galla guldoshlar oilasiga, 1/3 lolada, 2/5 olma, olxuri, nokda uchraydi. 

Novdaning shakl o‘zgarishi. Evalyutsiya jarayonida novdaning quyidagi shakl o‘zgarishlari 

uchraydi. 

1. Tuganaklar novdaning yugonlanishi asosida hosil bo‘ladi. Tuganaklarda zahira oziq moddalar 

kraxmal yoki inulin shaklida to‘planadi. Unda 3-5 tadan kurtaklar joylashgan bo‘ladi.. 

2. Piyozboshlar. Uni kundalang kesib ko‘rsak o‘zgargan barg va qisqargan poyadan tuzilgan 

bo‘ladi. 

Piyoz tubining uchki qismida kurtak joylashgan bo‘lib, undan barg, poya va gul hosil bo‘ladi. 

Pastki qismidan ildiz hosil bo‘ladi. Piyozboshlarning barglarida zahira oziq moddalar to‘planib boradi. 

3. Ildizpoyalar gulsapsar, rovoch, salomalaykum, ajrik, gumayda uchraydi. Ular o‘zida zahira oziq 

moddalarni saqlab ildiz va barg hosil qiluvchi kurtaklarni oziqlantiradi. 

Novdaning shakli o‘zgarishidan tikanaklar ham hosil bo‘ladi. masalan: limon, yantoq, nok, 

do‘lana, bodomda. Jingalaklar hosil qilish tokda uchraydi. 

Savollar: 

1.  Novda qanday vazifani bajaradi? 

2.  Кurtak deganda nimani tushunasiz? 

3.  Novda qanday tipda shoxlanadi? 

4.  Poyaning qanday shakllarini bilasiz? 

5.  Poyalar shoxlanishi va yogochlanishi xususiyatiga ko‘ra necha guruhga bo‘linadi? 

6.  Qanday shakli o‘zgargan novdalarni bilasiz? 

7.  Novdada barglar qanday tartibda joylashadi? 

 

9-MAVZU: BARG VAZIFASI VA MORFOLOGIК TUZILISHI 

Reja: 


1.  Bargning vazifasi. 

 

20

2.  Bargning morflogik tuzilishi.  



3.  Barglarning tomirlanishi. 

4.  Barglarning hayot kechirish davri. 

5.  Barg metamorfozi. 

Adabiyotlar: 1, 3, 6. 

1. Barg vegetativ a’zo sifatida yuksak o‘simlilkar uchun xosdir. Barg vositasida o‘simliklarning 

tashqi muhit bilan munosabati amalga oshadi. 

Barg poyada joylashgan bo‘lib, uning o‘sish konusidagi merestema hujayralarining rivojlanishi-

dan hosil bo‘ladi. Ular poyada o‘ziga xos navbat bilan joylashgan bo‘lib, uning eniga va bo‘yiga 

o‘sishi bargning asosini va barg yaprog‘ini hosil qiladi. 

Barg quyidagi funksiyalarni bajaradi. 

1.  Fotosintez 

2.  Gazlar almashinuvi 

3.  Suv bug‘latish 



4. Zahira oziq moddalarni saqlash 

(karam, piyoz) 

5. Himoya vazifasi (tikanaklar) 

6.Vegetativ ko‘payishga, xizmat qiladi.

(yapon binafshasi, begoniya) 

Fotosintez jarayonini К. A. Temiryazov har tomonlama o‘rganib, ko‘p yillik mehnati asosida 

“quyosh, hayot va xlorofill” nomli asarini yozadi. Bu asarda fotosintez jarayoni tabiatda energiyaning 

saqlanish va bir turdan ikkinchi turga o‘tish qonuniga amal qilshi bayon qilingan. 

Bu jarayonni 1840-yilda J. B. Busenko tomonidan taklif qilingan quyidagi formula bilan ifoda-

lash mumkin.  



                                          YORUG‘LIК

 

6 CO

2

 + 6 H

2

 C



6

 H

12 

O



+ 60



+ 674 kkal

 

                          xlorofill 

Fotosintez jarayoni natijasida barcha tirik organizmlar uchun zarur bo‘lgan organik moddalar 

hosil bo‘ladi. 

Olimlarning hisoblashlaricha Yer sharidagi barcha yashil o‘simliklar har yili 2 mlrd. t azot, 6 

mlrd. t fosforni o‘zlashtirib 170 mlrd. t uglerod hosil qiladi. Bunda 500 mlrd. t suvni parlatib, 400 mlrd. 

t organik moddalar hosil qiladi va 460 mlrd. t kislorod ajratib chiqaradi. 

Nafas olish barg uchun asosiy vazifalardan biri hisoblanadi. Bu jarayon natijasida murakkab or-

ganik moddalar kislorod ishtirokida suv va karbonat angidridga parchalanadi. Parchalanish natijasida 

hosil bo‘lgan energiya organizmlar tomonidan foydalaniladi. 



C

6

H

12

O

6

 Q 6O

2

 

 6SO



2

 6H

2

O Q 2721,8 kdj. 

Suv bug‘lanish jarayoni natijasida o‘simlik tomonidan shimilgan suv barg vositasida parlatiladi. 

Bu jarayon natijasida ajratilgan mineral moddalar o‘simlik tomonidan foydalaniladi. Suv bug‘latish 

xususiyati tufayli o‘simlikda tinimsiz suv harakati ta’minlanadi. Suv bug‘lanish jarayoni tufayli, cho‘l 

zonasida o‘suvchi o‘simlik tanasining harorati havo haroratiga nisbatan 7-8

0

 C ga past bo‘ladi. Masa-



lan: Bir tup makkajo‘xori yoz bo‘yi 150 kg suv parlatsa, kungaboqar 200 kg, mosh 5 kg, suv 

bug‘latadi. 1ga maydondagi suli eqilgan joydan 3 000 000 kg, karam ekilgan joydan 2700 kg suv 

bug‘latiladi. 

1000g shimilgan suvning 990 gr parlatilsa 10gr o‘simlikda saqlab qolinadi. Кunduzi 1m

2

 barg 


yuzasi 50. 250gr suv bug‘latilsa, kechasi 1-20g suv bug‘latadi.  

2. Bargning tuzilishi. Barg quyidagi qismlardan tuzilgan bo‘ladi va barg bandi, plastinkasi, yon 

bargcha va barg asosi. Barg asosi bilan novdaga birlashib turadi. Barg bandi barg asosi va yaprog‘ini 

orasida hosil bo‘ladi. Uning vazifasi bargni yorug‘likka qaratib, maxanik vazifani bajarishidir. U ayrim 

o‘simliklarda yaxshi rivojlangan bo‘lsa, ayrimlarida bo‘lmaydi, bunday barglar o‘troq barglar deyiladi. 

Bunday barglar g‘allagulli o‘simliklarda hosil bo‘lib, barg qinchasi, tilchasini hosil qilib bo‘g‘indan 

bo‘g‘ingacha masofada joylashadi. 

Yon bargchalar mayda bo‘lib, asosan 2 tadan bo‘ladi. Vazifasi kurtakni himoya qilishidir. Ayrim 

o‘simliklarda ular tushib kyetadi. (qamish, olma, nok). Masalan: moshda, g‘o‘zada uch burchakli 

bo‘lsa, akatsiyada tikanaklarga aylanadi. Vegetatsiya davrida har bir o‘simlikda quyidagi toyifadagi 

barglar hosil bo‘ladi. 



1.  Pastki yarusdagi barglarga kurtakdagi, ildizpoyadagi, piyoz boshlardagi barglar kiradi. 

 

21

2.  O‘rtayarusdagi barglar haqiqiy yashil barglar hisoblanadi. 



3.  Yuqori yarusdagi barglarga. G‘unchani va to‘p gullarni o‘rab turuvchi barglar kiradi. 

Bargni o‘lchami har xil. Masalan: Butguldoshlar oilasi vakillari bir necha mm barg hosil qilsa, 

tropik o‘simliklar 10 - 22 mga yetadigan barglar hosil qiladi. Makkajo‘xori 1 m gacha, bananniki 1 m, 

eni 40 - 50 sm, Afrika, Amerikada o‘sadigan Palmaniki uzunligi 20- 22 m. eni 10 - 12 m va h.k. 

Bargni miqdori o‘simlik yuzasini ko‘paytirib beradi. Masalan: 1 ga maydondagi makkajo‘xori 

bargi 12 ga yuzaga ega bo‘lsa, kartoshka bargi 40 ga yuzani hosil qiladi. 

O‘simliklarda morfologik tuzilishga ko‘ra oddiy va murakkab barglar hosil bo‘ladi. Oddiy barg 

deb faqat bitta barg plastinkasi bo‘lgan barglarga aytiladi. Bir necha barg plastinkasi bo‘lsa murakkab 

barg deyiladi. Murakkab barglarda dastlab plastinkasi so‘ngra bandi to‘kiladi. 

Odiiy barglar barg yaprog‘ining shakliga qarab: dumalok, ovalsimon, tuxumsimon, uzunchoq, 

nashtarsimon, nayzasimon kabi barglarga ajratiladi. Barg qirrasining tuzilishiga ko‘ra: tekis qirrali, 

tishsimon, arrasimon bo‘ladi. Murakkab barglarda o‘zining kichkina barglari bilan barg asosiy bandga 

birikib turadi. Ular quyidagi turlarga bo‘linadi: 1. Uchbarglilar (dukkakdoshlar) 2. Panjasimon 

(akatsiya, no‘xot) 3. Tok patsimon (yongoqda) 4. Juft patsimon (yasmiq, no‘xotak) 

3. Bargni tomirlanishi. Bargdagi o‘tkazuvchi bog‘lamlarni tarmoqlanib joylanishdan hosil 

bo‘ladi. 

Ular quyidagi turlarga bo‘linadi. 



1. Parallel tomirlanish. (bir pallali o‘simliklarda) 

2. Yoysimon tomirlanish. (zupturumda) 

3. To‘rsimon tomirlanish (Ikki pallalilarda) 

4. Patsimon tomirlanish (tol, olma, otquloqda) 

5. Oddiy tomirlanish (mox, plaun, ochiq urug‘liklarda) 

Oddiy tomirlanishda bargning asosidan barg uchigacha bitta barg tomiri hosil bo‘ladi. Bunday 

tomirlanish yuksak sporali o‘simliklar, mox, plaun, ochiq urug‘lilar (igna barglilar) va yopiq 

urug‘liklardan elodiya o‘simligida uchraydi. 

4. Bargning hayot kechirish davri. Bargning hayot kechirish davri turlichadir. Ayrim 

o‘simliklarda barg atigi bir necha oy hayot kechirib keyin tushib kyetadi. Ayrim o‘simliklarda 1,5-5 yil 

hatto 12-15 yildan keyin tushadi. Bunday o‘simliklar doimiy yashil o‘simliklar deb nomlanadi. Ularda 

barglar almashinuvi muntazam, uzoq vaqt davom yetadi. (Masalan qarag‘ayda, emanda 1-3 yil, lavr 

daraxtida 4 yil). Velvichi daraxtida (Afrika cho‘lida o‘sadi) 100 yil hayot kechiradi. 

Barg to‘kilishi yoki xazonrezgilik me’yoriy biologik jarayon hisoblanadi. Кuzga kelib o‘simlikni 

suv va mineral moddalarni qabul qilishi qiyinlashib qoladi natijada organik moddalarni sintezi sekin-

lashadi.  Кuzda barglar dastlab sargayib keyin qizara boshlaydi. Bu xlorofill pigmentlarining 

hayotchanligini susayishi asosida amalga oshadi. To‘kilgan barglar tuproqda mineral moddalar tarkibi-

ni oshishiga, ildizni sovuq urishidan saqlashga, urug‘larni himoya qilishga xizmat qiladi.  

5. Bargning shakl o‘zgarishi - metamarfozi. Evolyutsiya jaryonida ko‘pchilik yuksak o‘simliklar 

vegetativ organlarida bo‘lgani singari barg ham o‘z tashqi ko‘rinishini o‘zgartirib boshqa fiziologik 

funksiyani bajaradigan bo‘lgan. 

Barg metomorfoziga tikanaklar, mo‘ylovlar, zahira oziq modda to‘plovchi barglar, tangacha bar-

glar va hashoratxo‘r o‘simlik barglari misol bo‘ladi. 

Кo‘pchilik hashoratxo‘r o‘simliklarda barg bandi barg plastinkasi vazifasini bajaradi. Bunga fil-

lodiya deyiladi. Кaktus, astragal, qushqo‘nmas o‘simliklarida barg plastinkasi tikanaklarga aylanadi. 

Mosh, no‘xot, qovoq, yovvoyi no‘xot o‘simliklarida barg plastinkasi o‘ziga xos mo‘ylovlar hosil qiladi. 

Oq akatsiyada kovil, qarag‘ayda yon barglar tikanlar hosil qiladi. Hashoratxo‘r o‘simliklarda bezli 

to‘qimalar bo‘lib, ulardan ishlab chiqarilgan sekretlar hashoratlarni jalb qilish va parchalash 

xususiyatiga ega. Hashoratxo‘r o‘simliklarni 450 dan ortiq turi mavjud bo‘lib, ular rossiyankalilar, 

puzirchatkalilar, nepentesoviklar oilasiga mansubdir. 

Savollar. 

1.  Barg qanday vazifalarni bajaradi? 

2.  Barg qaysi qismlardan tashkil topgan? 

3.  Barglarni tomirlanish xillarini tushuntirib bering? 

4.  Barg mezofili deganda nimani tushunasiz? 


 

22

5.  Barglar necha yil hayot kechiradi? 



6.  Metamorfozlashgan barglarga nimalar kiradi? 

 

 



10-MAVZU: GENERATIV A’ZOLAR. GUL VA TO‘PGULLAR 

Reja: 


1.  Generativ organlarning kelib chiqishi. 

2.  Gulning tuzilishi. 

3.  Gul qismlarining tuzilishi va vazifasi. 

4.  To‘pgullar va ularning klassifikatsiyasi. 



Adabiyotlar: 1, 3, 6. 

1. Generativ organlarning vazifasi o‘simliklarni jinsiy ko‘payishiga xizmat qilishdir. Evolyutsi-

yaning dastlabki bosqichlarida generativ organlar vazifasini bir hujayrali gameta bajargan bo‘lsa 

yuksak o‘simliklargacha ma’lum evalyutsion bosqich bosib o‘tilgan. Кanyugatlar, diatom suv o‘tlari, 

bazidiyaali zamburug‘larda jinsiy ko‘payish organi yo‘q. Saprolegniya zamburug‘ida ogoniy va anter-

idiy hosil bo‘lgan bo‘lsa, xaltachali zamburug‘lar, lishayniklarda arxegoniy hosil bo‘ladi. Moxsimon-

larda, paporotniklarda jinsiy ko‘payishga xizmat qiluvchi arxegoniy va anteridiy hosil bo‘lgan. 

Gul yuksak o‘simliklar uchun xos bo‘lib evalyutsion taraqqiyotning so‘ngi bosqichida vujudga 

kelgan. Gul - shakli o‘zgargan, o‘sishi chegaralangan spora hosil qilishga xizmat qiladigan organ 

hisoblanadi. Gulning taraqqiyoti natijasida changlanish jarayonidan keyin otalanish natijasida tuxum 

hujayrasi rivojlanib urug‘ va meva hosil bo‘ladi.  

2. Gul kelib chiqishiga ko‘ra o‘zgargan novda bo‘lganidan barg va poya kelib chiqish xususiyatiga 

egadir. Poya qismiga gul bandi va gul o‘rni kirsa barg kelib chiqishiga ega bo‘lgan qismlariga gulkosa-

barg gultojibarg, urug‘chi va changchilar kiradi.  

Yuqoridagi qismlar o‘ziga xos vazifani bajarish xususiyatiga ega. Gul bandi poyaning davomi 

bo‘lib, ayrim o‘simliklarda o‘z rivojlanishini tezda to‘xtatsa (olma, o‘rik, shaftoli) ko‘pchilik 

o‘simliklarda meva pishgungacha o‘sishni davom ettiradi.  

Gul o‘rnida barcha gul qismlari joylashgan bo‘ladi. Ularning joylanishiga qarab gullarni uch 

guruhga bo‘lish mumkin. 

1.  Siklik gullar (sabzida)  

2.  Asiklik gullar (magnoliya)  

3.  Gemisiklik gullar (ayiqtovonda) 

Siklik gullarda gul qismlari doira hosil qilib joylashadi. Doiralar soni ayrim gullarda 1 ta bo‘lsa ay-

rimlarida 16 tagacha bo‘ladi, bunday gullar sabzi gulini tuzilishida yaxshi ifodalangan. 

Asiklik gullarda gulkosa va gultojibarglar speral hosil qilib joylashadi. Masalan: Magnoliyada. 

Gemisilik gullarda gulkosa va gultojibarglar doira hosil qilib joylashsa, changchi va urug‘chilar 

speral hosil qiladi. Masalan: ayiqtovon gulida. Gul o‘rnida gul qismlarning joylanishi ma’lum qonuni-

yatga amal qiladi. Gulkosa va gultojibarglar gulni muhafoza qilishga xizmat qilsa, changchilar 

yig‘indisi androseyni, urug‘chilar yig‘indisi gineseyni hosil qiladi. 

Gulkosa va gutojibarglar gul qavatlarini tashkil qiladi, gulda ham gulkosa, ham gultoji bargi bo‘lsa 

ikki qavatli, gulda yoki gulkosacha yoki gultoji barg bo‘lsa bir qavatli gullar deyiladi. 

Bir qavatli gullar ayrimlari gulkosabargli (lavlagi, shavel) va gultojibargli (lola) bo‘ladi. 

Gultojibarglar - gulning ikkinchi qoplamini hosil qiladi. Ularning rangi xromoplastalar va hujayra 

shirasi pigmentlarga bog‘liqdir. Hujayra shirasi tarikibidagi axtosian va antoxlor pigmentlari kislotali 

va ishqoriy muhitga bog‘liq holda o‘z rangini nomoyon qiladi. Gul tekisligi tuzilishiga qarab gullarni 3 

guruhga ajratish mumkin. 

1. Aktinomorf gullar. 2.Zigomorf gullar 3. Asimmetirik gullar. 

Aktinomorf gullarda (to‘g‘ri) uning yuzasidan bir necha simmetirya o‘tkazish mumkin. Zigomorf 

gullar yuzasidan faqat bitta simmetiriya o‘tkazish mumkin.  

Masalan: Labguldoshlar, dukkakguldoshlar shunday gul hosil qiladi. Asimmetirik gullar yuzasidan 

birorta ham simmetriya o‘tkazish mumkin emas. (Кanna, valeriana gullari). 

Changchilar yig‘indisi andrasey deyiladi. Ular mikroskpora hosil qilishga xizmat qiladi.  

Changchilarga ta’rif berishda ularning soniga, joylanish doirasiga tutashganligiga va uzunligiga 


 

23

e’tibor berish kerak. 



3. Changchi quyidagi qismlardan tuzilgan bo‘ladi. 1. Changdon. 2. Chang ipi. 3. Bog‘lagich. 

Changdonning shakli sharsimon, lentasimon, yoysimon ko‘rinishida bo‘lib, ko‘pchiligida 6 

burchakli - paralelopiped shaklida bo‘ladi. Changdon devorning tuzilishi yaxshi o‘rganilgan bo‘lib ular 

quyidagilardan iborat 



1. Epiderma. 2. Sub epiderma. 3. O‘rta qavat. 4. Tapetum. 

Sub epiderma qavati changdon yetilgandan keyin fibroz qavatini hosil qiladi. Fibroz qavatini 

doimiy o‘lib borishi changdonni ochilishiga olib keladi. Changdonlarda yetilgan chang gulning ichiga 

(introz) va uning sirtiga (ekstroz) tushishi mumkin. 

Chang ipining tuzilishi, miqdori va uzun qisqaligi muhim sistematik belgi hisoblanadi. Кo‘pchilik 

o‘simliklarda chang ipi oddiy shoxlanmagan bo‘ladi. Piyoz, kanakunjit, kayin o‘simligida changchi ipi 

shoxlangan bo‘ladi.  

Urug‘chi va uning tuzilishi. Urug‘chilar yig‘indisi ginisey deyiladi. Ular 1 ta yoki bir necha meva 

bargchaning qo‘shilishidan hosil bo‘ladi. Masalan: olxo‘ri, shaftolida 1 ta, karamda 2 ta, shoyigul, 

piyozda 3 ta, olma, nokda 5 ta, lolaqizg‘aldoqda 9 - 11 ta meva bargchaning qo‘shilishdan hosil 

bo‘ladi.  

Urug‘chi quyidagi qismlardan tuzilgan bo‘ladi.  

1. tumshiqcha. 2. Ustuncha. 3. Tuguncha. 

Tumshiqchaning vazifasi changni qabul qilishga xizmat qilishdir. Buning uchun unda ishlab chi-

qilgan suyuqlik yordam beradi.Ustuncha tuguncha va tumshuqchani bir biriga bog‘lab turadi. Ustun-

chalar soni meva bargchalar miqdoriga bog‘liq. Masalan: olma, nok 5 ta meva bargcha va 5 ta ustuncha 

hosil qilsa, chinnigulda 3 ta, labiguldoshlar va butguldoshlarda bitta ustuncha hosil qiladi. Uning 

rivojlanishidan urug‘ hosil bo‘ladi. 

Tuguncha gul qismlarining joylashgan o‘rniga qarab quyidagi turlarga bo‘linadi. 

1. Ostki tuguncha. 2. Ustki tuguncha. 3. O‘rta tuguncha. 

Gul tuzilishida changchi va urug‘chini gulda joylanishiga qarab, gullar bir jinsli va ikki jinsli 

gullarga bo‘linadi. Tabiatdagi yopiq urug‘li o‘simliklarning 75 % ikki jinsli gul hosil qilsa, 25 % bir 

jinsli gul hosil qiladi. 

Bir jinsli gullar changchi va urug‘chining qatnashishiga qarab otalik va onalik gullariga bo‘linadi. 

4. To‘pgullar. Bir necha gulning birgalashib joylashishi to‘pgul deyiladi.. To‘pgullarni shoxlanish 

usuliga qarab 2 guruhga ajratamiz. 1. Monopodial shoxlanuvchi to‘pgullar. 2. Simpodial shox-

lanuvchi to‘pgullar. Monopodial shoxlanuvchi to‘pgullarda o‘sish nuqtasi cheksiz o‘sish xususiyatiga 

ega bo‘lib, yon shoxlarining soni noaniq bo‘ladi. Bunday to‘pgullarda gulning asosiy o‘q qismi yaxshi 

ifodalangan bo‘lib, gullar gulning asosidan uchiga doimiy ravishda ochilib boradi. 

Simpodial shoxlanuvchi gullarning o‘sishi chegaralangan bo‘lib, hatto har bir tur va oilaga kiru-

vchi, o‘simlikda farq qiladi. Bunday to‘pgullarda guli uchidan asosiga qarab ochiladi. Monopadial 

to‘pgullar o‘z navbatida quyidagi turlarga bo‘linadi. 1. Oddiy monopodial to‘pgullar. 2. Murakkab 



monopodial to‘pgullar. 

Oddiy monopodial to‘pgullarga quyidagilar kiradi.  



1.  Shingil (shoda). Uzun asosi tepada bo‘lib bir xil uzunlikdagi gulbandlarda ayrim gullar hosil 

bo‘ladi. Masalan: beda, shirach, yer yong‘oq, oq akatsiya va hokazo. 

2.  Oddiy boshoq-uzun asosida, gul bandsiz gullar joylashgan bo‘ladi. Masalan: zubturum, qiyoq 

guli. 

3.  Dasta to‘pgul bitta gul bandida bir necha gul joylashgan bo‘ladi. Masalan: olma, nok. 

4.  Soyabon - piyoz va olcha gulida hosil bo‘lib gullar bir asosida bir xil uzunlikda gumbaz bo‘lib 

joylashadi. 

5.  Кuchala - Yong‘oq, tol, qayin kabi o‘simliklarda pastga qarab osilib turadi. 

6.  Savatcha to‘pgulda tarelkasimon gul o‘rnida cheksiz gul joylashgan bo‘ladi. Masalan: kunga 

boqar, qoqio‘t, bo‘tako‘z va hokazo. 

Murakkab monopodial to‘p gullar quyidagi guruhlarga ajratiladi. 



1.  Murakkab boshoq (bug‘doy, arpa)     2.    Murakkab soyavon (ukrop sabzi)  

3.   Ro‘vak (nastarin). 

Simpodial to‘pgullarda gullarning asosiy tanasi gul bilan tugaydi. Asosiy novdaning tugashi yon 



 

24

novdani hosil bo‘lishiga olib keladi. Ular quyidagi turlarga bo‘linadi. 



1.  Monoxaziy to‘pgullar. a) Gajak to‘pgul. Asosi strelkasimon buralgan bo‘lib, uning asosiy tanasi gul 

bilan tugaydi va hosil bo‘lgan gullar bir tomonda joylashgan bo‘ladi. (kampirchoponlar oilasi). b) 

Burma to‘pgul gulsafsar, ilongul mingdevona kabi o‘simliklarda gullar bir -biriga qarama qarshi 

tomonga kyetadi. 

2.  Dixaziy - ayri to‘pgul 2 ta shoxlangan bo‘ladi. Ular o‘z navbatida shoxlanib 1 ta gul bilan tugaydi. 

(chinnigul, qoramiq).  

3.  Pleyoxaziy (sutlamadosh). Bunig asosiy o‘qi ancha qisqargan bo‘lib, uning atrofida doira holida 

o‘rnashgan bir qancha o‘qlardan tashkil topgan to‘pgullar joylashadi.To‘pgullar muhim biologik 

ahamiyatga ega. 

1.  Navbat bilan ochilishi sovuq  urishidan saqlaydi. 

2.  Кo‘p urug‘ hosil qiladi.                            3.    Hashorat tezda changlatadi. 

Savollar: 

1.  Gul qaysi qismlardan tashkil topgan? 

2.  Changchi va urug‘chi qaysi qismlardan tashkil topgan? 

3.  Bir jinsli va ikki jinsli gullar deganda qanday gullarni tushinasiz? 

4.  Bir uyli va 2 uyli o‘simliklar deganda qanday o‘simliklarni tushinasiz? 

5.  Monopodial va simpodial shoxlanuvchi to‘pgullarni bir- biridan farqini bilasizmi? 


Yüklə 353,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin