Reja: Kirish 1. Signallar va ularning xarakteristikalari 2. Signallarga raqamli ishlov berish, signalni raqamlashtiish 3. SPF sm raqamli signallarni qayta ishlash uchun maxsus protsessor 4. Tasodifiy signallar va shovqin 5. Signallar, modulyatsiya va manipulyatsiya Xulosa. Foylanilgan adabiyotlar. KIRISH Bizga ma’lumki, axborot-kommunikasiya texnologiyalari salohiyati o’zaro muomala qilish va axborot ayirboshlashning prinsipial jihatdan yangi shakllari va imkoniyatlarini ochadi, fuqarolik jamiyati barpo etilishi va mustahkamlanishiga ko’maklashadi, iqtisodiy islohotlar va mamlakatning demokratik rivojlanishi jarayonlarini jadallashtirish imkonini beradi. O’zbekiston Respublikasi shakllanayotgan global axborot jamiyatida munosib o’rinni egallashga intilmoqda. Ushbu maqsadlarga erishish uchun mamlakat hukumati tomonidan O’zbekistonda axborotlashtirish jarayonlarini faollashtirish, zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini tez sur’atlarda rivojlantirish, ularni iqtisodiyot va jamiyatning barcha sohalarida joriy etish hamda foydalanishning strategik ustuvorliklari belgilandi. Davlat boshqaruvida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish jamiyatni axborot jihatidan keng ko’lamli qayta o’zgartirishning ajralmas qismi hisoblanadi. Bu davlat boshqaruvi samaradorligini jiddiy ravishda oshirish, davlatning umuman jamiyat bilan hamda uning ayrim institutlari va fuqarolar bilan o’zaro munosabatlarini optimallashtirish imkonini beradi. Axborotlashtirish sohasidagi islohotlar izchil olib borilayotgani natijasida respublikamizning barcha tarmoqlari va davlat boshqaruvi organlari oldiga qo’yilgan vazifalardan kelib chiqib, zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalari va telekommunikatsiya tizimlarini rivojlantirish va ularni hayotga keng joriy qilinishiga erishilmoqda. Jumladan, mamlakatimizda o’tish davrini boshidan kechirayotgan bozor iqtisodiyotining ijtimoiy yo’naltirilgan, ko’p tarmoqli axborot industriyasini tashkil etish, AKTni iqtisodiyotning turli sohalarida keng joriy qilish orqali jamiyatimizning ichki mustahkamligi va ijtimoiy birligini tashkil etish, rivojlangan davlatlar hayoti standartlariga chiqish maqsadida O’zbekiston Respublikasi 3 Prezidenti tomonidan bir qancha farmonlari va hukumat qarorlari qabul qilinib, ular amalda tadbiq qilinmoqda. Mavzuning dolzarbligi. Bugungi kunda tezkor rivojlanayotgan axborot kommunikatsiya texnologiyalarini jamiyatning barcha sohalarida qo’llash ayniqsa real vaqt tizimlarida, raqamli televedeniyada, videokonferensiyalarni tashkil etishda(auvdeo-video signallarni qayta ishlash), video ko’zatuvlarni masofaga jo’natishda kichik vaqt davomiyligida tezkor taqdim etish muhim sanaladi. Masofaga uzatilayotgan barcha axborotlar signal ko’rinishda ifodalanadi. Signallarni masofaga jo’natishda yoki qabul qilishda signallarga vaqt sohasida dastlabki ishlov berish (filtrlash, siqish) masalalarining sonli. Hozirgi vaqtda signallarga raqamli ishlov berish qo‘yidagi sohalarda: raqamli televedeniya, radiolokatsiya, aloqa, meditsina, multimediya, nutqni analizlash va IR telefoniya da qo‘llash prinsipial qiymatga egadir. Bugungi kundagi zamonaviy IP tarmoqlarda ma’lumotlar trafigini asosiy tashkil etuvchilari sifatida kommutatsiya paketlari rejimida nutqni jo‘natishdir. Shunday ekan real vaqt rejimida talab darajasidagi sifatli nutqni jo‘natishni tashkil etish ancha qiyinchiliklarni to‘g‘diradi. Ayniqsa ovozli va audio signallarni siqish va filtrlash qo‘yidagi sohalarda qo‘llanilishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Bularga:
- biometriya;
- qurilmalarni ovozli boshqarish;
- logopediya;
- telekommunikatsiya;
- IP telefoniya.