Shaxslararo nizo •
ishlab chiqarishda keng tarqalgan nizo turi. Uning mohiyati
(moddiy, moliyaviy, mehnat) taqsimlashda rahbariyat oldida
bo‘linmaning manfaatlarini himoya qilishdan iborat. Bunday nizo
vertikal nizo deb ham ataladi. Shaxslararo nizo turli sabablar –
nuqtai nazarlarning bir-biriga to‘g‘ri kelmasligi, xarakterlarning
har xilligi va hokazolar tufayli shaxslar o‘rtasidagi to‘qnashuvlarda
namoyon bo‘ladi;
Guruh va shaxs o‘rtasida nizo •
guruh xulq-atvor me’yorlari, qadriyatlari guruh a’zolar ularni
qabul qilmagan holatda bu a’zolarning o‘z qadriyatlari va xulq-
atvor me’yorlari bilan farq qilganda vujudga keladi;
Guruhlararo nizo •
tashkilotning ikkita tarkibiy bo‘limi yoki bo‘linma ichidagi
norasmiy guruhlar o’rtasida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan
nizodir.
Tashkiliy nizo bu - xodimlar, tashkilot jamoalari o‘rtasida ularning
birgalikdagi mehnat faoliyati jarayonida manfaatlar qarama-qarshiligi,
kelishuvning yo‘qligi, hattoki biron-bir ishbilarmonlik masalasini hal
etish jarayonida qarama-qarshiliklar tufayli vujudga keladi.
Nizolar ko‘p tomonlama, dinamik, rivojlanayotgan jarayonni ifodalaydi.
Nizolar rivojlanishining uchta asosiy bosqichini ajratib ko‘rsatish
mumkin:
•
nizodan oldingi vaziyat
•
nizoning o‘zi
•
nizoning hal etilishi.
Nizolarni vujudga keltiruvchi sabablar •
ayrim bo‘linmalar va xodimlarning maqsad va vazifalari
muvofiqlashtirilmaganligi va bir-biriga qarama-qarshiligi
rahbariyatning funsional xizmat bilan, masalan, mehnat
intizomining buzilishi sababli to‘qnashuvi);
•
huquq va majburiyatlarning aniq cheklanmaganligi;
•
resurslarning cheklanganligi (resurslarni taqsimlash jarayoni uchun
nizolarning vujudga kelishi xarakterli);
•
ijrochining professional tayyorgarlik darajasi pastligi;
•
«arzanda»larga asoslanmagan (ayniqsa, ommaviy) tanbeh berish
yoki ularni maqtash;
•
xulq-atvor va hayotiy tajribadagi farqlar;
•
o‘sish istiqbollarining noaniqligi;
•
ish sharoitlarining yomonligi (bino harorati, noto‘g‘ri joylashtirish
va h.k.);
•
menejer tomonidan e’tiborning yetarli emasligi (qo‘l ostidagi
xodimlarning muhtojliklariga e’tiborsizlik, ayrim xodimlarga
nisbatan yaxshilikni ravo ko‘rmaslik, tanqidni qabul qilmaslik va
b.);
•
boshqa muvaffaqiyatga erishgan shaxslarga hasad, ishni adolasiz
baholashdan xafa bo‘lish (psixologik fenomen).