Eshitish analizatori. homila ichida bola ovozlarni eshitishi mumkinligi
tasdiqlangan, yangi tug‘ilgan chaqaloq esa homila davrida onasining ovozini
eshitgan bo
ʻ lsa, uni tanir ekan. Yangi tug‘ilgan chaqaloq eshitadi. Morfologik
jixatdan quloq yaxshi rivojlangan. Bolalarda tashqi quloq yo
ʻ li ingichka, nog‘ora
pardasi gorizontal joylashgan, kattalarnikidan qalinroq (2 rasm). Yevstaxiev nayi
keng va kalta, xalqum bilan bog‘liqligi ko
ʻ proq.
2 rasm. Kattalarning va bolaning quloq tuzilishidagi farqi
Ko
ʻ rish. Koʻ z va koʻ rish analizatori bolaning tug‘ilgan davrida
morfologik jixatdan o
ʻ zining xususiyatlari ega, hamda toʻ liq shakllanishi
yorug‘rik ta'siri ostida amalga oshadi. Bola o
ʻ sgan sari koʻ z kosasi oʻ lchami va
vazni ortadi, ko
ʻ z qorachig‘i diametri, shoxpardasi va ...... kattalashadi. Oʻ sish
o
ʻ smirlik davrigacha davom etadi. hayotini birinchi kunlarida bolaga uzoqni
ko
ʻ rish (gipermetropiya) xos boʻ ladi – 7,0 dioptriy, keyinchalik kamayib boradi.
Ko
ʻ pchilik 9 yoshdan 12 yoshgacha bolalarda emmetropiya kuzatiladi.
Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning ko
ʻ zi asosan doimo yumiq, koʻ z
qorachig‘i toraygan, nazari fiksatsiyalanmagan, yorug‘likka javobi tetik.
hayotining 7-chi kunidan boshlab harakatdagi narsalarga qisqa muddatli nazarini
qaratadi. 2 haftalikdan nazarini biror narsaga qaratishi mumkin, lekin doimiy
bo
ʻ lmaydi. 3 oylikdan boshlab bola harakatdagi va harakatsiz buyumlarga ikki
ko
ʻ zi bilan toʻ liq qaraydi. 6 oylikda bola yirik va mayda buyumlarni yaxshi
ko
ʻ radi, ranglarga e'tibor va farqlash rivojlanadi.
11
Ta'm sezish. Ta'm retseptorlari tug‘ilgandan boshlab ishlaydi va to
ʻ liq
shakllanishi 4-5 oylikka to
ʻ g‘ri keladi. Ta'm sezish chegarasi tug‘ilgan
chaqaloqlarda kattalarga nisbatan yuqoriroq. Chaqaloqlarda ta'm retseptorlari
tilining, lablarning, tanglayning, og‘iz bo
ʻ shlig‘ini lunj sohasining deyarli barcha
yuzasini egallaydi. Chaqaloqlar shirin ta'mga yaxshi, achchiq va nordon ta'mga esa
bezovtalik, burishish bilan javob beradi.
Dostları ilə paylaş: |