Eshitish analizatorining faoliyatini chaqaloqlarda baland tovushga,
chapakka yoki shiqildoqning shovqini tomoniga boshini burishi, ko
ʻ zini yumishi
yo
ʻ li bilan aniqlanadi. Bir necha oylik bola oʻ yinchoq tushib ketayotganini
ko
ʻ rmasa ham, polga urilgandagi shovqinini eshitib, shu tomonga qaraydi. Katta
bolalarda eshitish qobiliyati shivirlagan va baland ovozli gapni, hamda kamerton
tovushini qabul qilish bilan tekshiriladi.
Ko
ʻ
rish faoliyatini chaqaloqlarda ko
ʻ zining oldiga yorug‘lik nurini olib
kelish yo
ʻ li bilan tekshirish mumkin, unga javoban bola koʻ zini yumadi va shu
tomonga yuzini buradi. 2-oylikdan boshlab bola rangli o
ʻ yinchoqlarni kuzatadi.
Katta bolalarda esa ko
ʻ ruv analizatorining faoliyati maxsus jadvallar yordamida
amalga oshiriladi.
Ta'm bilish til ustiga shirin, achchiq, nordon va sho
ʻ r suyuqliklar tomizish
orqali tekshiriladi. Katta bolalar suyuqlik mazasini aytib beradi. Chaqaloqlar shirin
ta'mga so
ʻ rish, chapillatish bilan, achchiq, nordon va shoʻ r ta'mga esa yuzini
bujmaytirish yoki yig‘lash bilan javob beradi.
Hid sezishni bolalarda tekshirish uchun burun oldiga o
ʻ tkir hidli biror narsa
olib kelinadi (masalan, valeriana), chaqaloqlar norozilik mimikasi, chinqiriq, aksa
urish bilan javob bersa, katta bolalar hidi bor yoki yo
ʻ qligini aytadi.
|