Teridagi taktil sezuvchanlikni kattaroq balalarda ko
ʻ zi yumiq holatda
paxta yoki yumshoq narsa orqali tegish yo
ʻ li bilan tekshiriladi, bunda bola har
tegizilganda «ha» deb, tasdiqlab turadi. Chaqaloqlarda esa kipriklariga,
qovoqlariga tegib ko
ʻ riladi, unga javoban bola koʻ zini yumadi, tananing boshqa
qismlariga tegilsa, shu tomonga qarab boshini buradi.
Haroratni sezuvchanlik bolaning terisiga issiq va sovuq suv solingan
probirkani tegizib ko
ʻ rish orqali tekshiriladi. Katta bolalar «issiq» yoki «sovuq»
deb javob beradi, chaqaloqlarni bezovtalanishidan yoki yig‘lashidan sezayotganini
bilish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |