Bolalarda asab tizimining anatomo-fiziologik xususiyatlari.
Tug‘ilish davriga kelib bosh miya o
ʻ zining oʻ lchami boʻ yicha eng
rivojlangan a'zolardan hisoblanadi. Ammo uning barcha tuzilishlari va
egriliklarining funksional imkoniyatlari past. Bu davrda tana og‘irligiga nisbatan
bosh miya og‘irligi kattaroq. Yangi tug‘ilgan chaqaloq miyasi tana vaznini 1/8-1/9
qismini, 1 yillikni oxirlarida 2 marta kattalashib, tana massasining 1/11-1/12
qismini, 5 yoshda 1/13-1/14, 18-20 yoshda 1/40 qismini tashkil etadi.
Chaqaloqlarda miya to
ʻ qimasi qon bilan yaxshi ta'minlanadi, ayniqsa
kulrang modda, lekin qonning qaytishi kuchsiz. Shuning uchun unga toksik
moddalar tez to
ʻ planadi. Nerv hujayralari boshqa somatik hujayralarga qaraganda
22 marta ko
ʻ p kislorod talab qiladi. Shuning uchun koʻ p kasalliklarda nerv
hujayralari kislorod yetishmovchiligidan nobud bo
ʻ lishi, gipoksik ensefalopatiya
sifatida namoyon bo
ʻ ladi.
Miya to
ʻ qimalari oqsil moddalariga boy. 1 gr oqsil 17 gr suvni ushlab
qoladi, bu esa bosh miyada shishlarni tez rivojlanishiga zamin tayyorlaydi. Oqsillar
miqdori bola o
ʻ sib borgan sari 46%dan 27%gacha kamayadi. Bir yarim yilda
miya to
ʻ qimalarida suvning miqdori ortadi va kattalarniki bilan tenglashadi.
Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar bosh miyasining barcha beshta qismi anatomik
tuzilishi jihatdan kattalarniki bilan bir xil. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda bosh
miya po
ʻ stlog‘i hali yetilmagan boʻ ladi. U oliy nerv faoliyati shakllanishini
ta'minlaydi va barcha miya qismlaridan kechroq, 5-6 yoshga kelib shakllanadi.
Nerv tolalarining miyelinizasiyasi nerv hujayralarining tanasidan boshlab, periferik
qismi tomon asta sekin rivojlanadi va 3-5 yoshga kelib tugallanadi.
Nerv tizimining asosiy hujayrasi – neyrotsit. Kattalarda bunday hujayralar
16 mlrd. Biroq, tarqoq holatdagi diffuz joylashgan yyetuk neyrotsitlar
hujayralarning umumiy miqdorini faqat 25%ini tug‘ilish davrida tashkil qiladi.
Agar katta kishilardagi bosh miyasining hujayralar soni 100% deb olinsa, 6
oylikda 66%, 1 yoshda – 90-95% shakllangan bo
ʻ ladi. Shu sabab, bolalarning
asab tizimidagi kasalliklari 1,5 yoshgacha aniqlanishi zarur, chunki kech qolib
davolash yaxshi natija bermaydi.
Yetilgan hujayralarning miqdoriy tarkibidan tashqari, yangi tug‘ilgan bolada
gistologik yetilmaganligi ham ahamiyatga ega. Ular shakli jihatidan ovalsimon,
bitta aksonli, yadrosi donador, dentritlari yo
ʻ q boʻ ladi.
|