5. Fanlararo va fan ichida bog‘liqlik
1. Bosh va orqa miya anatomiyasi va tuzilishi.
2. Bolalarda markaziy asab tizimining fiziologiyasi.
3. Neonatologiya va chaqaloqlarning shartli-reflektor faoliyati.
4. Pediatriya faoliyatida sog‘lom va bemor bolalarni tekshiruvi.
5. Pediatr shifokorning amaliy faoliyatida bolalarni asab-ruhiy rivojlanishini
baholash.
6. Darsning mazmuni
6.1. Nazariy qism
Asab tizimining homila ichida rivojlanishi
Asab tizimining taraqqiy etishi homila ichi rivojlanishining juda erta -
birinchi haftasida yuz beradi. 3-4 haftalarida bosh va orqa miyaning shakllanishi
boshlanadi. Ayniqsa nerv hujayralarining bir muncha tez bo
ʻ linishi homilaning
10-haftaligidan to 18-haftaligigacha markaziy nerv tizimining shakllanishining
qaltis davriga to
ʻ g‘ri keladi. Homiladorlik va normal tugʻ ruq vaqtida zararli
omillarning yo
ʻ qligi bolaning sog‘lom nerv tizimi bilan tugʻ ilishiga imkon
beradi.
Agar homila rivojlanishiga patologik omillar ta'sir etgan bo
ʻ lsa, bu holatda
bola normal kechgan tug‘ruq jarayonini ham qiyin o
ʻ tkazadi (antenatal
shikastlanish). Bundan tashqari tug‘ruqning qiyin o
ʻ tishi miya toʻ qimalarining
shikastlanishiga ham olib keladi (intranatal shikastlanish).
Asosiy xavfli antenatal omillar:
- onaning turli xil surunkali kasalliklari (anemiya, gipertoniya, surunkali
glomerulonefrit, yurak nuqsonlari, qandli diabet, toksoplazmoz, revmatik isitma va
boshqalar); homiladorlik davrida onaning o
ʻ tkir infeksion kasalliklari, shu bilan
birga tibbiy dori vositalarini iste'mol qilishi.
- homila ichidagi infeksiya;
-genetik nuqsonlar (aqli zaif ota-onalardan nosog‘lom bolalarning tug
ʻ ilish
ehtimoli sog‘lom ota-onalarga nisbatan 2 marta yuqori);
5
- ota-onaning zararli odatlari (alkogol, chekish)
- kasbiy zararliklar (og‘ir jismoniy mehnat, tebranish, silkinish);
- tashqi teratogen omillar (yuqori radiatsiya, kimyoviy moddalar va boshqalar);
- xavfli akusherlik anamnezi (16-18 yoshdan ilgari yoki 30 yoshdan keyin birinchi
bolaning tug‘ilishi, tug‘ruq orasidagi interval 2 yildan kam bo
ʻ lishi, homila
tushish xavfi, stress holatlar);
-muddatidan
o
ʻ tgan homiladorlik, koʻ p homilalik, yangi tug‘ilgan
chaqaloqlarning gipotrofiyasi;
- Rh-omil va AVO tizim bo
ʻ yicha kelishmovchilik.
Dostları ilə paylaş: |