20
-
talabani nazariy-metodik jihatdan tayyorlash;
- amaliy yoki laboratoriya mashg‘ulotlarida laboratoriya
ishini yoki amaliy
ko‘nikmani yozma ish sifatida yozish, ularni hisob-kitob qilish va himoya qilish.
Biokimyo fani bo‘yicha o‘quv amaliyotni o‘tish davrida talabalar amaliy
ko‘nikmalarni o‘zlashtirishlari ko‘zda tutilgan.
Amaliy ko‘nikmalar ro‘yxati:
1. periferik qonda glyukoza miqdorini glyukometr asbobida o‘lchash;
2. qon zardobi tarkibidagi umumiy xolesterinni Ilka usuli bilan aniqlash;
3. qon zardobida aminotransferaza faolligini aniqlash;
4. qon zardobi va siydikda siydikchil miqdorini fermentativ usulda aniqlash;
5. qon zardobida bilirubin miqdorini diazoreaktiv yordamida unifikatsiyalangan
usulda aniqlash;
6. test tayoqchalar yordamida siydikning meyoriy va
patologik komponentlarini
aniqlash
.
O‘quv amaliyotni tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar
Talabalarning “Biokimyo” fani bo‘yicha o‘quv amaliyoti “Tibbiy va biologik
kimyo” kafedrasining auditoriyalarida yoki o‘quv laboratoriyasida o‘tkaziladi.
Amaliy mashg‘ulotda amaliy ko‘nikmalarga o‘rgatish jarayoni batafsil
rejalashtiriladi va bir necha bosqichni o‘z ichiga oladi:
1. Birinchi bosqich – mashg‘ulotning maqsadi va vazifalaridan kelib chiqqan
holda o‘rganilayotgan amaliy ko‘nikmani o‘rganish motivatsion asosi aniqlanadi,
uning nazariy jihatlari muhokama qilinadi. Amaliy ko‘nikmalarni amalga oshirish
uchun kerakli asbob anjomlar,
reaktivlar, kimyoviy moddalar, ularni ishlatish
qoidalari bilan talabalar tanishtiriladi. Birinchi bosqichni
amalga oshirish uchun
kafedrada barcha asbob anjomlar mavjud va ishchi holatda bo‘lishi lozim.
2. Ikkinchi bosqich – amaliy ko‘nikmani namoyish qilib berish va ko‘p marta
mashq qilish. Bu bosqichni amalga oshirish uchun amaliy ko‘nikmalarni
qadamma-qadam algoritmi pedagog tomonidan va videofilmlar orqali namoyish
etiladi, algoritm asosida bosqichma-bosqich to‘g‘ri bajarishga alohida e’tibor
qaratiladi. Talaba amaliy ko‘nikmani mustaqil, biroq pedagog nazorati ostida ko‘p
marta mashq qilib o‘rganadilar.
Ikkinchi bosqichni amalga oshirish uchun kafedra tomonidan ishlab chiqilgan
amaliy ko‘nikmalar qadamma qadam algoritmi va videofilmi,
bajarish sxemasi
yoki texnikasi va h.k., baholash mezonlari ishlab chiqilgan bo‘lishi lozim.
Reaktivlar, asbob anjomlar bo‘lishi va kerakli shart sharoitlar (maksimal darajada
ish sharoitiga yaqin modellashtirilgan) yaratilishi lozim. Bu bosqichda pedagog
nazorat qiladi va kerak bo‘lganda talabalar ishidagi xatoliklarni to‘g‘rilaydi. Bu
jarayonda talaba harakatlari videotasvirga olinib o‘ziga namoyish etilishi, tanqidiy
muhokama qilinishi mumkin. Talaba, uning xatosi nimada ekanligini, o‘qituvchiga
va boshqa talabalarga tushuntirib beradi va so‘ngra ko‘nikmani takrorlaydi.
Interfaollik shunda namoyon bo‘ladiki, bunda boshqa talabalar ekspert sifatida
chiqishda
va
o‘qitilayotgan
talabaning
amaliy
ko‘nikmani
to‘g‘ri
o‘zlashtirganligini baholashda ishtirok etadilar.
3. Uchinchi bosqich - o‘rganilgan bilim va amaliy ko‘nikmani bemordan
21
olingan materialda qo‘llash. Bu bosqichda talaba o‘zlashtirilgan bilim va amaliy
ko‘nikmani turli xildagi patologik xolatlarda qo‘llashga, olingan natijalarni tahlil
qilishga va shu ma’lumotlar asosida harakat taktikasini
belgilashga pedagog
nazoratida o‘rgatiladi.
Uchinchi bosqichni amalga oshirish uchun kafedra tomonidan ishlab
chiqilgan o‘quv, uslubiy qo‘llanmalar, fotosuratlar, vaziyatli masalalar va testlar
to‘plami, keyslar, diagnostika usullari, o‘rgatuvchi javob varaqalari va h.k.
ishlatilishi lozim. Interfaollik shunda namoyon bo‘ladiki, bunda boshqa talabalar
nafaqat ekspert sifatida chiqishda va o‘qitilayotgan talabaning amaliy ko‘nikmani
to‘g‘ri o‘zlashtirganligini baholashda, ya’ni komandada ishlashda ishtirok etadilar.
4. To‘rtinchi bosqich – xulosa. Bu bosqichda
pedagog talaba tomonidan
olingan bilim va egallagan ko‘nikmani bemorlar materiallarida to‘g‘ri va to‘liq
qo‘llay olishiga ishonch hosil qilishi kerak va shunda amaliy ko‘nikma
o‘zlashtirildi deb hisoblanadi.
Mashg‘ulot so‘nggida o‘qituvchi har bir talabaning amaliy ko‘nikmani
o‘zlashtirganligini tasdiqlaydi. Talaba amaliy ko‘nikmani o‘zlashtira olmagan
vaziyatlarda, mashg‘ulotdan tashqari vaqtda mustaqil o‘zlashtirish tavsiya etiladi
va pedagogga qayta topshiradi. Talaba barcha amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtirgan
holda fanni o‘zlashtirgan hisoblanadi.
Amaliy ko‘nikmalarni shifokor-pedagog nazoratida son va sifat jihatdan
bajariladi va kundalik (amaliy ko‘nikma) daftarlarida aks etadi.
Amaliy
ko‘nikmalar
avtomatizm darajasida bajarilishi lozim.
Dostları ilə paylaş: