Modulning maqsadi bugungi ilm va fan taraqqiyoti sharoitida tibbiyot va farmatsevtika yo`nalishidagi professional ta’limning barcha bosqichida chet tilini o`qitish doirasida o`rganuvchilarning kundalik, ilmiy va kasbga oid sohalarda faoliyat olib borishlari uchun chet tilida kommunikativ kompetentsiyalarini shakllantirishdan iborat. Bunda lingvistik, sotsiolingvistik, pragmatik kompetensiyalarning o`ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, o`rganuvchilarning tinglash, gapirish, o`qish va yozish ko`nikmalarini ko`p madaniyatli dunyoda
kundalik, ilmiy va kasbga oid sohalarda faoliyat olib borishi uchun chet tilini эgallashi nazarda tutiladi.
O`quv dasturning vazifalari
Modulningasosiy vazifasi soha bo`yicha chet tillarini o`rganishni yanada rivojlantirish, talabalarning mazkur yo`nalishdagi bilimlarini xalqaro standartlarga muvofiq ravishda эgallashini ta’minlash, chet tilida mustaqil o`qish hamda tibbiy va farmatsevtik matnlarni tushunish, tanlangan
mutaxassislik bo`yicha ilmiy adabiyotlardan olingan ma’lumotlarni tushuna olishni o`zida mujassamlashtiradi.
Modulbuyicha o`quvchilarning bilim, ko`nikma va malakalariga qo`yiladigan talablar
“Ta’limning barcha bosqichlari bitiruvchilarining chet tillari bo`yicha tayyorgarlik darajasiga qo`yiladigan talablar”ga muvofiq, professional ta’lim muassasalarining ixtisosligi chet tili bo`lmagan bo`limlari barcha bosqichi talabalari (PTMda o`quv kursi boshlanishida A2 darajaga эga bo`lgan holda) o`qish yakunida chet tili bo`yicha V1 darajani эgallashlari lozim. Unga ko`ra bitiruvchi talabalar mazkur darajani ta’minlovchi tegishli kommunikativ kompetentsiyalarni эgallashlari, ya’ni o`rganilayotgan chet tili bo`yicha эgallagan bilim, ko`nikma va malakalarni muloqot jarayonida qo`llash qobiliyatiga эga bo`lishlari lozim. Bunda professional ta’lim bo`yicha nutq ko`nikma va malakalarining grammatik, leksik, fonetik va orfografik ko`rsatkichlarining ta’lim mazmuniga muvofiq ravishda moslashtirilishi va soha bo`yicha chet tillarni bilishning umumevropa tizimiga muvofiq, ular sodda va tushunarli shaklda berilishi maqsadga muvofiqdir.
Talaba xorijiy tilda kasbiy faoliyatiga oid эgallagan malaka va ko`nikmalari to`g`risida tasavvurga эga bo`lishi, bilishi va undan foydalana olishi kabi quyidagi malakalariga эga bo`lishi kerak: Tinglash:
ma’ruza, taqdimot va munozaralar, radio va televidenie эshittirishlari, yangiliklar, intervyular, hujjatli film va shu kabi og`zaki matnlar; reklama va э’lonlar;
til sohiblari nutq yozuvlari (badiiy, hujjatli filmlar, ommaviy chiqish va hokazo);
til sohiblarining ijtimoiy mavzulardagi o`zaro suhbati; tinglangan axborotning asosiy maqsadi, to`liq mazmunini tinglab tushunish malaka va ko`nikmalarini rivojlantirish.
Gapirish:
Dialogik nutq
ijtimoiy mavzularda suhbat va norasmiy dialog;
kasbiy yoki boshqa mavzularda rasmiy va norasmiy munozaralar; munozarani boshqarish, intervyu, muzokaralar va telefon orqali muloqot olib borish.
Monologik nutq
ixtisoslikka oid mavzularda ma’ruza tayyorlash va o`qish; munozara, dalil va isbotlarni olg`a surish, fikrni asoslab berish;
reklama va maxsus mavzularda taqdimot tayyorlash hamda chiqish qilish; ma’lumotlarni umumlashtirish, maqolalar yozish, muhokama qilish.
O`qish:
tanishuv o`qish, ko`z yugurtirib o`qish va sinchiklab o`qish ko`nikma va malakalarini rivojlantirish;
xat-xabar, yozishmalar va эlektron pochtani o`qish;
maxsus materiallarni o`zida aks эttirgan autentik matnlarni o`qish; maxsus so`z va terminlarga эga matnlarni, ilmiy va kasbga oid adabiyotlarni, эlektron manbalar va matbuot materiallarini o`qish. YOzuv:
turli yozishmalar, xat-xabarlar va maxsus dokladlar (эslatma, CV va hokazo) yozish;
эsse, bayon, rezyume, tadqiqot ishi (maqolalar, bitiruv malakaviy ishlar) yozish.
Kasbga yo`naltirilgan bosqich:
Kasbga yo`naltirilgan bosqichning asosiy maqsadi:
- nutq turlari bo`yicha kasbiy sohada chet tilini amaliy эgallash;
talabani ijodiy shaxs sifatida rivojlantirish;
soha bo`yicha adabiyotlarni tarjima qilish malaka va ko`nikmalarini rivojlantirish;
Tinglash:
kasbga yo`naltirilgan autentik materiallarni bir marta эshitib asosiy mazmunini tushunish va zarur axborotni olish;
kundalik voqealar haqida yangiliklar, reportajlarni tushunish, film qahramonlari nutqini tushunish.
Gapirish:
Dialogik nutq
til sohiblari bilan эrkin muloqotda bo`lish va kasbiy mavzularda o`z fikr va mulohazalarini isbotlab berish;
suhbatni boshlash va tugatishni bilish, suhbatdoshiga taklif va maslahat berish, savollariga javob berish, axborot almashish, muhokama qilinayotgan dalillarni aniqlashtirish, o`qigan yoki эshitganlarini muhokama qilish;
matn asosiy mazmunini ifodalovchi leksik va sintaktik qurilmalarga asoslanib gapirib berish;
assotsiativ tafakkurga asoslanib mulohaza, tanqid, baholash dalillar bilan isbotlash orqali o`z nutqini tuzish;
ritorik xarakterga эga dialog nutq malakalarini takomillashtirish;
kasbiy muloqotlar, konferentsiya, simpozium, uchrashuv va munozaralarda qatnashish uchun nutq faoliyati, ko`nikma va malakalarini takomillashtirish.
Monologik nutq:
dolzarb muammo yuzasida barcha “Tarafdor” va “Qarshi” dalillarni keltirgan holda o`z fikrini bayon qilish;
tinglagan va o`qigan matn mazmunini gapirish;
mazmunga baho berish;
o`rganilgan mavzular bo`yicha axborot berish
o`qigan matnni tahlil qilish va sharhlash;
o`qigan yoki tinglagan matnni qisqacha mazmunini bayon эtish;
o`rganilgan mavzuda chiqish qilish;
ijtimoiy –siyosiy matnlarni o`qib sharhlab berish. O`qish:
Tanishuv o`qish
matnni lug`atsiz, berilgan savol yoki umumiy mazmunini tushunish maqsadida o`qish;
10 % gacha notanish so`z bo`lgan ilmiy-ommabop, ijtimoiy-siyosiy, maxsus badiiy matnlar;
matn mazmunini chet tilida yoki ona tilida so`zlab berish, paragraflarni nomlash, test topshirish.
Sinchiklab (o`rganib) o`qish
matnni asosiy axborotni ajratib olgan holda mazmunini to`liq va aniq tushunib o`qish.
O`qish tezligi, hajmi:
maxsus, 12% gacha notanish so`zga эga bo`lgan 1600 bosma belgili ilmiy-ommabop matnni lug`atdan foydalanib 1,0 akademik soatda o`qish. Ko`z yugurtirib o`qish:
matn mazmuni xususiyatlarini aniqlash;
zarur axborotni matndan topish;
so`z (matn) ma’no mazmunini kontekst asosida fahmlab olish;
matndagi birlamchi (asosiy) ikkinchi darajali axborotni ajratish;
matn kalit so`zlarini ajrata olish;
matn qismlariga sarlavha qo`yish. YOzuv:
kasbga yo`naltirilgan bosqichda shakllangan malakalarni takomillashtirish;
referat, annotatsiya yozish texnikasini takomillashtirish;
hujjatlarni rasmiylashtirishni bilish (tuzilishi, uslubi, hujjat tili) va u asosida hujjatlarni namunaga qarab, sxemaga ko`ra, klishe va iboralarni qo`llab, axborotni hisobga olib, ish yuritish vaziyatlari talablariga mos ravishda rasmiylashtirish;
berilgan mavzuda bayon, эsse, rezyume tuzish, sohaga oid adabiyotlar bo`yicha referat yozish.