23
organlari va O‘zbekistondagi juda ko‘plab gazeta va jumallarda
har xil xulosalar
bildirildi. Kimdir uni o‘zbeklar bilan mesxeti turklari o‘rtasidagi milliy nizo dedi,
boshqa biri allaqanday mafiyaning ishi, ba’zilar SSSR Davlat Xavfsizlik
Qo‘mitasining tashkil etgan fitnasi deb baholadi.
Butun boshli O‘zbekiston va uning xalqi taqdiri ishonib topshirilgan
R.Nishonov esa SSSR Oliy Kengashi minbaridan turib Farg‘ona isyonini «bozorda
bir chelak qulupnay ustida kelib chiqqan kelishmovchilik», deb e’lon qildi. Bu
xususda «O‘zbekiston adabiyoti va san’ati» gazetasida 1992-yil 14 fevralda e’lon
qilingan yozuvchi Alisher Ibodinovning «Zanjirband sher tug‘ilganda» maqolasi
o‘zining xolisona va hayotiy yondoshganligi bilan ajralib turadi.
Muallifning
xulosasiga ko‘ra Farg‘onada 1989-yil iyunda ro‘y bergan «.. .o‘sha hodisa aslida
isyon, o‘zbeklaming mustamlaka tuzumiga qarshi qo‘zg‘oloni edi»
23
. Buni 8 iyunda
Qo‘qon shahrida bo‘lgan ko‘p ming kishilik miting qatnashchilari talabnomalaridan
ham bilsa bo‘ladi. Rahbariyatga topshirilgan talabnomada vodiyda ishsizlikni
tugatish choralarini ko‘rish, uy-joysizlar uchun tomorqa uchastkalari berish, paxta,
pillaning xarid narxlarini oshirish, o‘zbek tiliga davlat tili maqomini berish, Orol
dengizini qutqarib
qolish tadbirlarini tezlatish, o‘zidan zaharli moddalar
tarqatayotgan Yangiqo‘rg‘on ximiya kombinatini yopish, oylik ish haqlarini
oshirish, 7 iyunda tinch aholiga o‘q uzganlami javobgarlikka tortish kabi talablar
qo‘yilgan edi. Hamma talab haqqoniy va odilona bo‘lib, aholining ijtimoiy-iqtisodiy
ahvoliga borib taqalardi. Birgina ishsizlik muammosini oladigan bo‘lsak
vodiyda
ulaming soni yiliga 23 ming
24
kishiga ko‘payib borardi. Alisher Ibodinov Bog‘dod-
Qo‘qon yo‘lida shaharga shoshilib ketayotgan odamlar orasida bir oqsoqol bilan
qilgan suhbatini eslab yozadi: «oqsoqol mesxeti turklari bilan hech qanday ishi
yo‘qligi, o‘z dardi bilan shaharda bo‘ladigan mitingga otlanganligini so‘zladi. Uning
o‘n farzandi bor ekan. To‘rt kelin, nabiralar, olti farzand bilan katalakdek xonadonda
tiqilib yashayotganliklari, tirikchilik og‘irligidan hasrat qildi. «Negadir biz o‘zbeklar
o‘z yurtimizda boshqalarga qaraganda nochor yashaymiz, aybimiz qishloqda
tug‘ilganimizmi?»
deya nola qilgan edi, u. Choi Qo‘qonga kelgan kattalarga shu
dardlarini aytmoqchi ekan»
25
. O‘sha olovli damlarda mantiqan qiziq bir jumboq
hosil bo‘lgan edi. Qizil qo‘shinlar, osmondan vertolyotlar mesxeti turklar bilan
talashib bir-birlarining uylariga o‘t qo‘yayotgan bezorilami o‘qqa tutmadilar, balki
siyosiy talablar bilan Lenin nomli maydonda o‘tirib olib, tinch miting qilayotgan
aholi ulami qurshab olgan askarlar tomonidan avtomatlardan va vertolyotlardan
o‘qqa tutildi.
Bu bejiz emas edi, albatta. Aslini olganda o‘sha mash’um kunda
O‘zbekistonning mustaqilligi o‘qqa tutilgan edi.
23
«O‘zbekiston adabiyoti va san’ati», 1992-yil 14-fevral.
24
«O‘zbekiston adabiyoti va san’ati», 1992-yil 14-fevral.
25
O’sha manba.
24
Sovetlar va uning mahalliy malaylari o‘zbek xalqini qo‘rqitish, milliy
uyg‘onish davriga kirgan fidoyi vatanparvarlami tiz cho‘ktirish maqsadida bunday
vahshiyona tadbimi qo‘llagan edilar. Ammo xalqimizning to‘kilgan qonlari zoye
ketmadi. Chunki u qonlar qutlug
4
qonlar edi. Mustamlakachilarga
qarshi ozodlik,
erk, ijtimoiy-adolat va baxtli istiqbolni deb 1989-yil iyun oyida Qo‘qonda shahid
bo‘lgan Shuhrat Olimov (Qo‘qon taksomotor parkida shofyor, uch farzandning
otasi), Abdumavlon Mahkamov («Tekstilmash» korxonasi ishchisi), Alijon
Bobojonov (Qo‘qon Qishloq xo‘jalik texnikumining talabasi),
Azizxon
Dehqonboyev (Qo‘qon Lokomotiv deposi ishchisi), Alisher Rahmatullayev
(mushtipar onaning yakkayu yagona o‘g‘li), Qodirjon Nurmatov (ikki bolaning
otasi) va boshqalar tufayli sovetlarga va Kompartiyaga ko‘r-ko‘rona ishongan
xalqning ko‘zlari ochildi, xalqimiz ongida jiddiy o‘zgarish yasadi.
Farg‘onadan so‘ng Toshkent,
Samarqand, Andijon, Namangan, Sirdaryo,
Qashqadaryo viloyatlarida ham xalq g‘alayonlari bo‘ldi. Ammo bu g‘alayonlaming
oldi olindi. Farg‘ona voqealari xalqimizga katta va achchiq hayotiy saboq berdi.
Dostları ilə paylaş: