31
og’riq, ishtaqaning yo’qolishi, qorinning dam bo’lishi, uyquning yomonlashuvi bezovta
qiladi.
Bemor ko’zdan kechirilganda shilliq qavatlarining sarqaygani, badan terisining
qorayishi, terida yulduzchasimon tomirlar paydo bo’lgani, kaft eritemasi, jigar
kattalashgani, qattiq bo’lib qolganini ko’rish mumkin. Kasallik sekin rivojlanib, oxirgi
bosqichlarda assit, kaxeksiya, qon ketishlar kuzatiladi. Jigar sirrozini davolash uchun
kortikosteroidlar, lipotrop vositalar, vitaminlar, al’dakton (0,1 g. dan sutkasiga 2-3 marta)
kokarbaksilaza, glyutaminat kislotasi, parhez ovqatlar tayinlanadi. Assitda juda
ehtiyotkorlik bilan 1-2 l suyuqlik chiqarib tashlash mumkin.
Jigar raki
- keksa yoshdagi bemorlarda 50-60 yoshlarda uchraydi. Qorin bo’shliqida
uchraydigan xavfli o’smalarning 50 foizi albatta jigarga metastaz beradi. Bunda bemorning
ahvoli yomonlashib, jigar kattalashadi, qattiq va g’adir-budir bo’lib qoladi, palpasiyada
og’riq kuchayadi. Jigar rakining asorati qorin bushlig’iga qon quyilishi, kollaps, anemiya va
bemorning o’limi bilan tugashi mumkin.
O’t-tosh kasalligi
kasallarda simptomsiz kechib, ko’proq dispeptik belgilar kuzatiladi.
Ko’ngil aynishi, qayt qilish, kekirish, og’zida achchiq ta'm bo’lishi, o’ng qovurqalar ostida
uncha kuchli bo’lmagan og’riqlar bemorni bezovta qiladi. Og’riqlar ko’p ovqatlanganda,
yog’li taomlar iste'mol qilganda kuchayishi mumkin. Yosh o’tishi bilan ro’y beradigan o’t
pufagining atoniyasi pufakda o’tning dimlanib qolishiga olib keladi, bunda toshlar paydo
bo’lishi osonlashadi. O’t-tosh kasalligiga infeksiya qo’shilsa yoki o’t pufagidan toshlar
surilib chiqishi natijasida o’t yo’llari tiqilib qolsa, kasallik klinikasi yomonlashadi, og’riqlar
kuchayadi, tana harorati ko’tariladi, badan sarg’ayib ketadi. Peroral xolesistografiya yoki
kontrast moddani venada yuborib xolegrafiya qilinganida ishonchli diagnoz quyiladi.
O’t-tosh kasalligini davolashda bemorning nafas sistemasi, yurak tomir sistemasi
ahvolini e'tiborga olgan holda operativ davo tayinlanadi. Bemorlarni konservativ
davolashda parhezga amal qilish, jismoniy mashqlarni bajarib turish, qabziyatni bartaraf
qilish, semirishning oldini olish tavsiya etiladi. Sanchiqlar paytida og’riq qoldiruvchi
preparatlar, spazmolitiklar, o’t haydovchi, lipotrop vositalar, vitaminlar muntazam qabul
qilinadi. Bakterial infeksiya mavjud bo’lsa, antibiotiklar tayinlanadi. Bemorlarga sanatoriy
va kurortlarda davolanish, parafin, balchiq, ozokerit applikasiyalari, elektrofarez tavsiya
qilinadi.
Dostları ilə paylaş: