O„zbekiston Respublikasi Sog„liqni Saqlash Vazirligi Toshkent farmatsevtika instituti Psixologiya


Shaxsning jamiyatdagi xulqini yoritishning jihatlari



Yüklə 1,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/127
tarix18.04.2023
ölçüsü1,66 Mb.
#100116
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   127
Psixologiya

Shaxsning jamiyatdagi xulqini yoritishning jihatlari: 
Ichki sabablar: xatti-harakat egasining sub‟ektiv 
psixologik xususiyatlari. 
Tashqi sabablar: faoliyatning 
tashqi shart-sharoitlari va 
holatlari. 


41 
“Men”ini shaxs va xodim sifatida namoyon eta olmaganliklarini kuzatish mumkin. 
Bizningcha, ularning “Men kontseptsiyasi”dagi “psixologik men”i va “oilaviy men”ida
ta‟lim-tarbiya jarayoni bilan bog‟liq bo‟lgan etishmovchiliklar kuzatiladi. 
Assertivlik ifodalangan insonlarda o‟z hayotining har bir lahzasida nima bilan 
shug‟ullanishi va qaysi yo‟nalishda rivojlanishi lozimligini o‟zi hal eta olishi 
kuzatiladi. Inson o‟zini o‟zi yaratadi va u “o‟zidan nimani yarata olgan bo‟lsa, shunga 
aylanadi”, buni insondagi bunyodkorlik kuchi deb ko‟rsatsak xato qilmagan bo‟lamiz. 
Assertivlik, inson shaxsiy xususiyatlarining uyg‟un birlashishi bo‟lib, unda 
insonning aniq bir vaziyatda axloqiy jihatdan ma‟qullangan tabiati, muloqot, ko‟nikma 
va malakalari haqidagi bilimlari pozitiv yo‟nalgan dunyoqarash pozitsiyasidan aniq bir 
sa‟y-harakatlar ko‟rinishida ifodalanadi.
Assertiv xulq egasi bo‟lgan insonlar boshqa odamlarning hurmatini joyiga 
qo‟yib, birovga ziyon keltiradigan ish qilmaydilar, ammo birovlar “o‟ynatmoq”chi 
bo‟lsa, bunga aslo yo‟l qo‟ymaydilar. Tadqiqot davomida o‟tkazilgan diagnostik 
suxbat, ijtimoiy-psixologik so‟rovnomalarning natijalari asosida shuni ko‟rsatib o‟tish 
mumkinki, ijtimoiy hayot doirasida aynan shu xususiyat sababli ba‟zan nizoli 
vaziyatlar yuzaga kelish holatlari kuzatiladi. Bu toifadagi insonlarda maqsadga erishish 
ball hisobida yuqori ifodalangan bo‟lib, muxolif bo‟lganlarga ziyon etkazmasdan, ya‟ni 
ularning qadriyatlari va nufuzlariga putur etkazmasdan ish ko‟radilar. Bu jihatdan 
qaraganda, assertivlik ijtimoiy munosabatlar tizimining takomillashuvi uchun ham 
xizmat qilib, jamoada In va Aut guruhlarning paydo bo‟lmasligi uchun xizmat qila 
olishini kuzatish mum kin. 
Assertivlik psixologiya fanining umumiy psixologiya, ijtimoiy-psixologiya va 
pedagogik psixologiya kabi mustaqil sohalarining tadqiqot predmeti sifatida o‟rganilsa, 
uning tizimli psixologik tasnifi yaratiladi. Bu esa, yoshlarimizga ta‟lim-tarbiya berish 
jarayonida ilmiy-psixologik tadqiqotlarning natijalaridan foydalanish imkonini yaratib, 
barkamol shaxslarni tarbiyalashda amaliy ahamiyat kasb etadi. 

Yüklə 1,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin