O„zbekiston Respublikasi Sog„liqni Saqlash Vazirligi Toshkent farmatsevtika instituti Psixologiya



Yüklə 1,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/127
tarix18.04.2023
ölçüsü1,66 Mb.
#100116
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   127
Psixologiya

Ixtiyorsiz diqqat diqqatning quyi formasi bo‟lib, odatda qo‟zg‟atuvchilarning 
analizatorlardan birortasiga ta‟sir etishi natijasida sodir bo‟ladi. U mo‟ljal olish refleksi 
qonuniyatiga ko‟ra paydo bo‟ladi va odamlar hamda hayvonlar uchun umumiydir. 
Ixtiyorsiz diqqat ta‟sir etuvchi qo‟zg‟atuvchi hamda bu qo‟zg‟atuvchilarning odamni 
ilgarigi tajribasi yoki psixik holatiga muvofiq kelishi tufayli paydo bo‟lishi mumkin. 
Ta‟lim va tarbiya jarayonida shakllanuvchi, faqat odamga xos bo‟lgan ixtiyoriy diqqat 
ancha murakkabdir. Uning xarakterli xususiyati shundaki, u obyektga niyat va 
qo‟yilgan maqsad ta‟sirida yo‟llanadi. Kishida paydo bo‟ladigan talab, ehtiyojlar
organizmdagi o‟zgarishlar, masalan chanqash, og‟piq, ko‟ngil g‟ashligi kabi holatlar 
ham diqqatimizni jalb etishi mumkin. Ixtiyorsiz diqqatning nerv-fiziologik asosini 


70 
orientirovka (mo‟ljal) yoki tekshirish refleksi tashkil qiladi. Chunonchi, tevarak-
atrofimizdagi narsalarning salgina o‟zgarishi bizda darhol mo‟ljal refleksini yuzaga 
keltiradi. Boshqacha qilib aytganda, «nima gap» degan ma‟noda atrofimizga razm sola 
boshlaymiz. Shuningdek, turli his-tuyg‟ular, xususan qiziqish ixtiyorsiz diqqatga sabab 
bo‟ladi. Qiziqarli roman, kinofilm, qiziqarli suhbat diqqatimizni o‟ziga beixtiyor 
tortadi. Shuning uchun diqqatning bu xili emotsional diqqat ham deyiladi. 
Ixtiyoriy diqqat qat‟iy maqsad asosida yo‟naltirilgan diqqatdir. Diqqatning bu 
turi o‟zini majbur qilib, zo‟r berib ongni bir faoliyat ustida to‟plab turishlikni bildiradi. 
Ixtiyoriy diqqatning psixologik xususiyati uni ko ‟p va kam irodaviy zo‟r berish, 
jiddiylik (tanglik) bilan birga bo‟lishidadir, bunda ixtiyoriy diqqatning uzoq 
saqlanishi toliqishiga, ko‟pincha jismoniy zo‟r berishdagidan ko‟ra ko‟proq 
toliqishga sabab bo‟ladi. Shuning uchun o‟qitish davrida ixtiyoriy diqqatning 
kuchli to‟planganligi ortiqcha davomli bo‟lmasligi lozim. 
Psixologiyada diqqatning ixtiyoriy turi, ko‟pincha irodaviy deb nomlanadi. Bu, 
albatta, bejiz emas, chunki diqqatning muayyan obyektga yo‟naltirilishi iroda kuchi 
bilan saqlab turiladi. Hatto ixtiyorsiz diqqat faoliyatida qatnashsa, u ham irodaning 
zo‟ri bilan yo‟naltirilgan obyektda to‟planib turadi.
1-shakl 

Yüklə 1,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin