O„zbekiston Respublikasi Sog„liqni Saqlash Vazirligi Toshkent farmatsevtika instituti Psixologiya



Yüklə 1,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/127
tarix18.04.2023
ölçüsü1,66 Mb.
#100116
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   127
Psixologiya

кўчиши 
diqqatning 
taqsimlanishi
 
diqqatninng
bo’linishi
 
parishonxotirlik 


72 
Parishonxotirlik - diqqatni ma‟lum bir obyektga qarata olmaslikdan iborat 
salbiy xususiyat. Parishonxotirlik vaqtincha holat bo‟lishi ham, shaxsning nisbatan 
barqaror hislati bo‟lishi ham mumkin. Parishonxotirlikning ikki turi mavjud bo‟lib, biri 
diqqatni umuman hech narsaga qarata olmaslik bo‟lsa, ikkinchisi diqqatni muayyan 
obyekt ustiga kuchli tuplantirib, boshqa narsalarga qaratilmasligidir.
Sezgi jarayoni haqida tushuncha. Sezgi xususiyatlari va turlari.
Inson organizmiga ta‟sir etadigan ayrim narsa va hodisalar obrazlarining 
miyada bevosita aks etish faoliyatiga sezgilar deyiladi. Biz sezgilar yordamida 
predmetlarning rangini, shaklini, katta yoki kichikligini aniqlaymiz. 
Sezgilar sodda psixik jarayon bulishiga qaramay, barcha bilimlarimizning 
asosiy manbai hisoblanadi. Chunki narsa va hodisalar aks etishining ko‟pchilik 
qismi sezishdan boshlanadi. Agar sezgilarimiz bo‟lmaganda biz tevarak-atrofdagi 
narsa va hodisalarni aks ettirishdan va ularni bilishdan maxrum bo‟lar edik. 
Sezgilar to‟g‟risidagi ilmiy ta‟limotlarga binoan narsalar va ularning xossalari, 
tarkibiy qismlari, xususiyatlari, shakllari, harakati birlamchi hisoblanib, sezgilarning 
o‟zi esa tashqi va ichki qo‟zg‟atuvchilarning sezgi a‟zolariga ta‟sir etishining 
mahsulidir. Sezgilar moddiy (obyektiv) borliqning, voqelikning xaqqoniy tasvirini aks 
ettirib, ular qanday ko‟rinishga, shaklga, xususiyatga ega bo‟lsa, ular xuddi 
shundayligicha hech o‟zgarishsiz, aynan aks ettirish imkoniyatiga egadir. 
Tevarak-atrofdagi olamning boyligi haqida, tovushlar va ranglar, xidlar va 
xarorat, miqdor va ko‟plab boshqa narsalar to‟g‟risida biz sezgi tufayli bilamiz. Kishi 
vujudi sezgi a‟zolari yordamida sezgilar shaklida tashqi va ichki muhitning xolati
haqida rang-barang axborot olib turadi.  
Sifat - sezgining asosiy xususiyati bo‟lib, uni boshqa sezgi turlaridan farqlaydi 
va ayni shu sezgi turi chegarasini o‟zgartiradi. Masalan, eshitish sezgilari tovushning 
balandligi tembri, qattiqligi bilan tafovutlanadi, ko‟rish sezgilari esa ranglarning 
quyuqligi, jilosi, tovlanishi, toni va boshqa shu kabilar bilan farqlanadi. Sezgilarning 
sifat jihatidan ko‟p turliligi materiya harakati shakllarining turli-tumanliligini aks 
ettirishidir. 
Sezgilarning jadalligi ularning miqdoriy tavsifidan iborat bo‟lib, ta‟sir 
qilayotgan qo‟zg‟atuvchining kuchi va retseptorning funktsional xolati bilan 
belgilanadi. 
Sezgilarning davomiyligi ularning vaqtinchalik tavsiflanishidan iborat bo‟lib, u 
ham sezgi a‟zolarining funktsional xolati bilan, shuningdek, qo‟zg‟atuvchining ta‟sir 
qilish vaqti hamda jadalligi bilan o‟lchanadi. Qo‟zg‟atuvchi sezgi a‟zosiga ta‟sir qilishi 
bilan darhol sezgi hosil bo‟lmaydi, balki u bir qancha daqiqadan keyin vujudga keladi.
Yuqorida ko‟rsatib o‟tganimizdek, psixologiya fanida uchta katta guruhga 
ajratilgan sezgilar mavjud: 

eksterioretseptiv; 

proprioretseptiv; 

interioretseptiv. Ular o‟z navbatida quyidagi sezgi turlariga bo‟linadi. 


73 

Yüklə 1,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin