O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi toshkent tibbiyot akademiyasi tibbiy ta’limni rivojlantirish markazi ginekologiyadan yagona uslubiy tizim bo’yicha yaratilgan amaliy mashg’ulotlar o’tkazish uchun o’quv qo’llanmasi



Yüklə 0,98 Mb.
səhifə88/127
tarix02.01.2022
ölçüsü0,98 Mb.
#2678
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   127
Tuxumdon o’smalari

Tuxumdon o’smalari Ayollar orasida juda keng tarqalgan patalogiya

hisoblanadi. Gineqologik kasalliklarning 6-8% ini tashqil qiladi.

Tuxumdon o’smalari Ayol hayotining xar xil davrlarida uchraydi. Bu

o’smalarning o’ziga xos hususiyatlari shundan iboratki, o’sma rivojlanishining erta

bosqichlarida yashirincha kechadi, o’sma xavfli hususiyatga ega bo’lganda esa juda

erta metastazlanadi.



Tuxumdon o’smalarining etiologiyasi va patogenezi

Tuxumdon o’smalarining patogenezi xali etarlicha o’rganilmagan. Zamonaviy

tushunchalarga ko’ra, tuxumdon o’smalarining patogenezida gipatalamus-gipofiztuxumdon

tizimidagi buzilishlar juda katta ahamiyatga ega. Ayol organizmining to’qima

va gumoral immunitetining o’zgarishi ham tuxumdon o’smalarining kelib chiqishi

muxim ahamiyatga ega.Tuxumdonning xavfsiz o’smalarida T- to’qima immunitetining

pasayishi, xavfli o’smalarda esa to’qima immunitetining pasayishi va gumaral

immunitetning o’zgarishi kuzatiladi.Tuxumdon o’smalari bor ayollarning ko’pchiligi uzoq vaqt farzandsizlik, garmanal buzilishlar va bachadon ortiqlarining surunkali yallig’lanishi kabi kasalliklarni boshlaridan o’tkazgan bo’ladi. Tuxumdon o’smalarini paydo bo’lishining yana bir sabablaridan biri ayol organizmidagi garmanal buzilishlardir, ya’ni tuxumdon o’smalari disgarmanal kasallik hisoblanadi. Bunda asosan ganadotropin (FSGO) gormonlarining ko’p miqdorda ishlab chiqarilishi tuxumdonda o’smalar paydo bo’lishiga olib keladi.

Tuxumdonda o’smalar xosil bo’lishini quyidagi tartibda ko’rsatish mumkin:

- Tuxumdonlar faoliyatining birlamchi susayishi va avarial esterogenlarning

kamayishi;

- Gipofizning ganadotropin garmonlarining, avvalo FSG ning kampensator oshib

ketishi.

FSG gormonlari uzoq vaqt ko’p miqdorda ishlab chiqarilishi natijasidatuxumdonda, tuxumdon to’qimalarining (hujayra) diffuz, so’ngra uchoqli giperplaziyasi vaproliferatsiyasi kuzatiladi. Bu esa o’z navbatida o’sma xosil bo’lishiga olib keladi.Shuningdek, o’sma xosil bo’lishida tuxumdon to’qimalarining gormonlarining

meyordagi qonsentratsiyasiga sezuvchanligining o’zgarishi ham sabab bo’ladi. Tuxumdon o’smalarini kelib chiqish sabablari xanuzgacha to’liq o’rganilmagan, shuning uchun bu soxada izlanishlar olib borilmoqda


Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin