Talaba bilishi kerak:
-
O’smalar xaqida umumiy tushunchani;
-
Tuxumdon o’smalarini etiologiyasi va patogenezi;
-
Tuxumdon o’smalarini xavfli guruhlarini;
-
Tuxumdon o’smalarini tasnifini;
-
Tuxumdonning xavfli va xavfsiz o’smalarini klinik kechishini;
-
Tuxumdon o’smalarini asoratini;
-
Tuxumdonning xavfli va xavfsiz o’smalariga tashhis qo’yishni;
-
Tuxumdonning xavfli va xavfsiz o’smalarini davolashni;
-
Tuxumdon o’smalari asoratlarida tezkor yordam ko’rsatishni.
Talaba qila olishi kerak:
-
Asbob yordamida tekshirish, tekshirish natijalarini to’g’ri baholay bilishi(bemor shikoyati, anamnez yig’ish, paypaslash, tashqi jinsiy a’zolarini ko’rish, qin,to’g’ri ichak orqali ko’rish, vaginoskopiya, O’ZI taxlili):
-
Ayollar ichki jinsiy a’zolarini qin orqali tekshirishni;
-
Shifoxanaga etkizish uchun ko’rsatmalarni aniqlash;
-
Davo muolajalarni to’g’ri bo’yurishi.
-
Mashg’ulot mazmuni:
O’smalar – o’zining tuzilishi va modda almashinuvi jihatidan to’qimalarning
joyli atipik kattalashishi hisoblanadi. O’smalarni umum organizm kasalligining
joyli ko’rinishi - o’sma kasalligi deb qarash kerak
O’smalar organizm to’qimalarining tipik kattalashishi bo’lib, ular u yoki bu
darajada o’zi paydo bo’lgan to’qimaga o’xshaydi, biroq shu bilan birga o’ziga mos
meyordagi to’qimalardan keskin farq qiladi. Bu o’sma va uning ba’zi
hujayralarining tuzilishiga, uning kimyoviy tarkibiga ayniqsa modda almashinuviga
bog’liqdir.
O’smalarning paydo bo’lishi meyordagi to’qima maxsulotining o’smali
ko’rtakka aylanishidan boshlanadi, keyinchalik rivojlanish esa o’sma
maxsulotlarining ko’payishi yo’li bilan amalga oshadi. O’smalar xavfli va xavfsiz turga bo’linadi. Xavfsiz o’smalar o’ziga yaqin joylashgan to’qimalarni siqib va surib kattalashadi, xavfli o’smalar esa qushni to’qimalarga qarab o’sadi va ularni zararlaydi. Agar xavfli o’sma epitelial to’qimadan paydo bo’lsa, uni rak (lotinchacancer, grekcha - carcinoma), biriktiruvchi to’qimadan paydo bo’lsa sarcoma deyiladi.Xavfli o’sma to’satdan paydo bo’lmaydi.Bunda oldin ozmi-ko’pmi, ya’ni rak oldi xolati davri o’tadi.Ma’lumki xavfli o’smaga ko’pincha maxalliy patologik jarayon ham qo’shiladi.Lyokin xar qanday rak oldi xolat ham rakka aylanib ketavermaydi. Bu xolat fakat nazariy jixatdan emas, balki xavfli o’smani davolashda va prafilaktika qilish chora tadbirlarini amalga oshirishda ham kata amaliy ahamiyatga egadir.
-
Mashq tarkibi:
|