Poliomielit, koksaki va YeSNO viruslari qo’zg’atgan kassalliklarning virusologik va
serologik diognostikasi.
Enteroviruslar. Picornaviridae oilasi, Enterovirus avlodi. Bularga hozirgi kunda quyidagi
viruslar kiradi: poliomielit virusi (1-3 tipi); Koksaki viruslar gruppasi –Koksaki A viruslari (24
serovar), Koksaki V viruslari (6 serovar); YeSNO viruslari (34 serovar) va 5 ta klassifikasiya
qilinmagan odam (68-72) enteroviruslari.
Enteroviruslarning asosiy xususiyatlari: o’lchami 22- 30 nm; genomi- bir ipli (+)
fragmentlanmagan RNK; superkapsidi yo’q; simetriya tipi-kubsimon 60 kapsomeri bor; tarkibida
yog’lar yo’q; efirga, o’t sapro, kislata va ishqorlarga va (3-10 rN diapazonda) tashqiy muhitga
chidamli; maxsus hujayra kulturasida o’sadi.
Metodik ko’rsatmalar
Tekshirish uchun material: najas, tamoq chayindisi, likvor. Enteroviruslar kasallikning
daslabki kunlarida (3-kun) qo’zg’atuvchi halqum burindagi ajralmalarda uchraydi va 10 kunidan
boshlab najas orqali ajraladi.
Virusologik tekshiruv. Patologik material hujayra kulturasiga yuqtirishdan oldin, ularning
tarkibidagi boshqa mikroorganizimlarni yo’qotish uchun antibiotiklar bilan (pensillin,
streptomisinning Xenks eritmasidagi aralashmasi 1000 TB ml) 4º S da bir sutka davomida
saqlanadi. So’ngra kontrol sifatida ularni sterilligi tekshiriladi. Agar najas suspenziyasida
bakteriyalar bo’lmasa, u hujayra kulturasiga yuqtiriladi. Agar bakteriyalar materialda saqlanib
qolingan bo’lsa u yana antibiotiklar bilan qayta ishlanib kiyin yuqtiriladi. Patologik material bir
vaqtni o’zida 2-3 ta probirkadagi birlamchi hujayra kulturasiga (odam embrionining yoki maymun
buyragi hujayrasi) va undiriluvchi hujayra (HeLA qatori, odam amnioni va boshqa) kulturalariga
yuqtiriladi, chunki enteroviruslarning bir turi birlamchi, boshqalari undiriruvchi hujayralarda
yaxshi ko’payyadi. Material yuqtirilgan hujayra kulturalari
DNK saqlovchi viruslar tabiatda keng tarqalgan bo’lib, bularga 7 ta oila (Herpesviridae,
Poxviridae, Adenoviridae, Papavaviridae, Parvoviridae, Hepadnaviridae, Circinoviridae)
kiritilgan.
DNK saqlovchi viruslarning asosiy xususiyatlaridan biri ular ho’jayin hujayralarini
genomiga integrasiya bo’lib olishi mumkin va sekin rivojlanuvchi (persistiruyuщix) infeksiyalarni
keltirib chiqaradi.
Poksviruslardan tashqari hamma vakillarining replikasiyasi hujayraning yadrosida kechadi.
186
Gerpesviruslar oilasiga kenja (Alphaherpesviruses, Betahherpesviruses va Gammaherpesviruses)
oilalar kiradi . Gerpesviruslarning asosi kasallik keltirib chiqaruvchi tiplari jadvalda keltirilgan.
Gerpesviruslar murakkab tuzilishga ega bo’lib ikki ipli ancha katta DNK molekulasidan
iborat bo’lib 18% qisqa va 82% uzun komponentlar tutadi. Boshqa kiyingan viruslardan farqlanib
gerpesviruslarning superkapsidi hujayra yadrosi fragmentlaridan tarkib topgandir, chunki yangi
hosil bo’layotgan virus bo’lakchalari yadro membranasidan ajralib chiqadi. Superkapsid va kapsid
oralig’ida ipsimon qobig’ bo’lib virus kapsidini superkapsitdan ajratib turadi. Kapsidi 162
kapsomerdan tashkil topgan bo’lib shakli ikosaedr ko’rinishida (rasm 91). O’lchami 150-200 nm.
Gerpesviruslar tashqiy muhit omillariga va organik erituvchilarga o’ta chidamsiz.
Gerpesviruslar tovuq embrioni xorionallantois qobig’ida yaxshi ko’payib nekrotik
yallig’lanish o’chog’ini hosil qiladi. Bundan tashqari odam embrioni o’pka, buyrak to’qimalaridan
tayyorlangan hujayra kulturalarida ham yaxshi ko’payadi. Virusning XPT natijasida hujayra
ichida kiritmalar va ko’p yadroli simplast hujayralari hosil bo’ladi.
Alfagerpesviruslar yuqori sitopatik aktivlikga ega bo’lib, ko’plab ho’jayin organizimlar
uchun patogen hisoblanadi. Odam uchun patogen turlari Simplexvirus (gerpes viruslarni 1 va 2
tipi va V gerpes virus) va Varicellovirus (gerpes viruslarni 3 tipi) avlodiga kiritilgan.
Betagerpesviruslar kuchsizroq sitopatik xususiyatga ega bo’lib, kamroq ho’jayin
organizmlarga patogen hisoblanadi. Odam uchun patogen tiplari Cytomegalovirus (gerpes
viruslarni 5 tipi) va Roseolovirus (gerpes viruslarni 6A, 6V, 7, 8 tiplari) avlodiga kiritilgan.
Gammagerpesviruslar ham kamroq ho’jayin organizmlarga patogen hisoblanadi, ularning
boshqa gerpesviruslardan farqi limfoid hujayralarda ko’payyadi. Odam uchun patogen tiplari
Lymphocryptovirus
(gerpes viruslarni 5 tipi) avlodiga kiritilgan. Epstayn-Bar virus ham deb yuritiladi.
Poksviruslar oilasiga (pox- chechak ing. so’z) bo’g’imoyoqli, parandalar va
sutemizuvchilar uchun patogen viruslar kiritilgan. Poksviruslar shakli g’ishtsimon bo’lib o’lchami
250-390 nm teng bo’lib, bakteriyalar strukturasini eslatadi.Virion mag’iz qismidan, uni o’rab
turgan 5 nm qalinligdagi yupqa membra va bir tekisda joylashgan silindrik strukturadan iborat.
Tashqiy tamondan esa (oqsil tana) oval strukturali o’rab turovchi qobiqdan iborat Poksviruslarni
reproduksiyasi faqat sitoplazmada kechadi.Odam uchun 4 avlod vakillari patogen hisoblanadi,
bularga kiradi:
Orhtopoxvirus avlodi- odam chin chechagi va sigir chechagi (ospavaksina) viruslari.
Parapoxvirus avlodi – “sutsog’uchilar tuguncha” virusi (virus “uzelkov doyarok”), katta
shohdor hayvonlarning psevdochechak virusi.
Molluscipoxvirus avlodi – mollyuskalar kontagioz virusi.
Yatapoxvirus avlodi – Tana va Yaba chechak virusi (maymun chechagi virusi).
Chin chechak kasalligi o’ta hafli yuqumli kasalliklar guruhiga kiradi.
Chin chechak virusi tovuq embrionida yaxshi ko’payib 48-72 soatdan so’ng xorion-allantoist
qobig’ida mayda oqimtir va sog’lom qobig’dan yaqol ajralib turuvchi jarohatlar hosil qiladi.
Bundan tashqari virus birlamchi odam, maymun, qo’y va boshqa hayvonlar undiriluvi hujayra
kulturalarida yaxshi ko’payadi. Virusning XPT natijasida hujayra yumoloqlashadi va kattalashadi,
kiynchalik kultura shisha yuzasidan ajraladi.
Vaksina qo’llanilguncha ba’zi yillarda chin chechak kasalligi bir yilda 1,5 mln kishilarning
o’limiga sabab bo’lgan. 1974 yilda Xindistonda 31262 kasallik registrasiya qilingan. Oxirgi
marotiba kasallik 1977 yilda Samalida topilgan va bir necha yildan kiyin 1980 yillarda Butun
dunyo sog’liqni saqlash tashkiloti (VOZ) yer yuzida chin chechak kasalligi tugatilganligini e’lon
qildi. Hozirgi kungacha chin chechak kasalligi registrasi qilingani yo’q.
Papovaviruslar oilasiga turli ko’rinishdagi popiloma (suyal) va poliom kasalliklarini
sutemizuvchilar va odamlarda keltirib chiqaruvchi viruslar Papillomavirus va Polymavirus
avlodlariga kiritilgan. Bu oila vakillarini strukturasidagi xarakterli xususiyat, ularning kapsidini
yalong’och bo’lishi (superkapsidi yo’q) xisoblanadi. Viruslar o’lchami 45 nm bo’lib ikosaedral
simmetriyaga ega bo’lib, tarkibida bir ipli halhasimon DNK va oqsil gistonlar tutadi.
Papovaviruslarning yana bir xarakterli xususiyati ularda globulyar nuklosomalardan tarkib
topgan mini (kichik) xromosomalarni uchrashidir. Bular hujayra xromosomasini eslatadi. Bu oila
vakilari odam, dengiz cho’chqachasi va tovuq eritrositlarini agglyutinasiyaga uchratish
187
xususiyatiga ega xisoblanadi. Odamlarda kasallikning produktiv, abortiv va integrativ formalari
uchraydi. Papovaviruslar ho’jayin hujayralari DNK ni transkripsiyaga uchratishi va onkogen
xususiyatni ham namoish qilishi mumkin. Papovaviruslarni diognostikasida birdan – bir yo’l
virusni jarohatda popilomada (suyalda) topishga asoslangan. Bunda virus kerotinlashgan hujayra
qatlamida to’liq virion ko’rinishida uchraydi. Hozirgacha virusni o’stirib olish yo’lga
qo’yilmagan. Serologik usullar ham diognostikasida qo’llanilmaydi. Ohirgi yillarda o’tkir qirrali
kandilomaning diognostikasida DNK gibridizasiya usuli qo’llanilmoqda.
Adenoviruslar oilasi (AD-adenoid - de. Bu oilaga ikkita avlod viruslari (birinchi avlodga
sutemizuvchilarda kasallik keltirib chiqaruvchi Vastadenovirus -80 turlari mavjud va ikkinchi
avlodga parandalarda kasallik keltirib chiqaruvchi Aviadenovirus 14 turi mavjud) kiritilgan.
Adenoviruslar ham yalong’och kapsidli viruslar turkimiga kiradi (rasm -88). Virionni
o’rtacha o’lchami 60-90 nm bo’lib, kapsidi 252 kapsomer tutadi ko’p qirrali ikosaedral
simmetriyaga ega, tarkibida 240 gekson va 12 ta vertikal pentondan va unga birikkan nozik
ipchalardan tarkib topgan. Genomi ikki ipli chiziqli DNK dan iborat bo’lib, oqsillar bilan birikib
virusni zichlashgan mag’izini tashkil qiladi. Virus geksonlari viruslarning tipmaxsuslik antigen
rolini bajaradi, bundan tashqari virusdan ajralganda toksik efektni keltirib chiqaradi. Penton
virusni kam va umumiy oila uchun reaktiv eruvchan AG xisoblanadi. Tozalangan iplari virusni
asosiy tipga hos maxsus antigeni bo’lib, unga qarshi tipga hos antitelalar hosil bo’ladi. Penton va
ipchalar viruslarni gemagglyutinasiya xususiyatini keltirib chiqaradi. Virusning antigen xususiyati
ularning klassifikasiyasiga asos bo’lgan. Hamma adenoviruslar bir tipdagi komplement bog’lovchi
antigen tutadi va ularni KBR orqali aniqlash imkonini beradi. Turlarni aniqlashda (oldin serovarlar
diyilgan) NR qo’llaniladi.
Metodik ko’rsatma
Gerpesviruslarni laboratoriya diognostikasi. Ko’pchilik hollarda kasallikni xarakterli
ko’rinishi diognostikani yengillashtiradi. Lekin, kasallikni yashirin, sust o’tovchi formalarida
ayniqsa genital gerpeslarda diognoz qo’yish qiyinlashuvi mumkin.
Virusoskapik usul. Kasallikning ko’pchilik formalarida eng oddiy va yengil virusoskapik
usul xisoblanadi. Uchuqdan va jarohatlangan joydan bosma, qirma surtma olinib bo’yab
ko’rilganda gigant ko’p yadroli kritmali hujayralarni (Sanka-probasi) topilishi gerpesviruslar
borligidan darak beradi. Gerpetik ensefalitga shubxa qilinganda miya bioptatlaridan monoklonal
antitela yordamida bilvosita immunoflyuoressensiya usulida virusni topish mumkin.
Virusologik usul. Ko’proq xomilador ayollarda genital gerpes borligiga shubha qilinganda
va birlamchi virus yuqqanda qo’llaniladi. Har ikkala virus (OGV1 va OGV2) ham hujayra
kulturalarida yaxshi ko’payyadi, asosan ko’proq xorionallantois hujayralari qo’laniladi. Xarakterli
XPT hujayra yadrosida kiritmalar (maxsus antigeni) va ko’p yadroli gigant hujayralar hosil
bo’ladi.
Biologik usul. Laboratoriya sharoitida vezikulalardan olingan suyuqliklar quyon, dengiz
cho’chqachasi, kalamush ko’z pardasiga yuqtirilsa ko’zning mugiz pardasini shikaslaydi va
keratit, miyasiga yuqtirilsa ensefalit keltirib chiqaradi. Lekin, virusni organizimdan topilishi
kasallini aniqlash kriteriyasi xisoblanmaydi, chunki sog’lom odamlarning 80-90% viruslar
uchraydi. Tabiiy sharoitda va laboratoriya hayvonlari suv chechak viruslari bilan og’rimaydi.
Serologik diognoz qo’yishda KBR va neytralizasiya reaksiyalari qo’llaniladi.
Immunoferment usulida OITV antitelasini kasal qon zardobi tarkibida aniqlash.
Usulni qo’yishda mahsus avtomatik mikropipetka dozatorlardan foydalaniladi. IFA
immunosorbent polisterol 96 chuqurchali planshetkalarda yoki striplarda qo’yiladi. Test sistema
tarkibidagi ingredentlar uslubiy qo’llanmaga asosan suyultiriladi.
Ish tartibi.
1. Immunsorbent chuqurchalarga OITV 1-kon’yugatidan ishchi dozasida 0,25 mkl
tomiziladi. So’ngra planshetka chuqurchasiga 0,75 mkl nazorat na’munasidan ( K+, K- )
qo’shiladi. Nazorat na’munalarini ishlatish qo’llanilayotgan striplarni soniga bog’liq bo’lganligi
uchun quyidagi sxemani qo’llash mumkin:
1 stripda -1 chuqurcha K+, 2 chuqurcha K-;
2 stripda - 2 chuqurcha K+, 2 chuqurcha K-;
3 va undan ortiq -2 chuqurcha K+. 3 chuqurcha K-.
188
Masalan, Agar IFA 2 ta stripda qo’yilayotgan bo’lsa, stripni A-1 va A-2 chuqurchalariga
mikrodozator yordamida 0,75 mkl K+, va 2 ta chuqurchaga V-1 va V-2 ga esa 0,75 mkl K-
nazorat na’munalaridan tomiziladi.
Qolgan chuqurchalarga 0,75 mkl tekshirilayotgan qon zardob na’munasidan tomiziladi.
Chuqurchadagi ingridentlar yaxshilab aralashtiriladi (planshetkani qirrasini sekin – sekin urish
bilan). Planshet qopqog’i berkitilib 37º S 60 minut saqlanadi.
2. Planshetdagi ingridenlar vosher (planshetni yuvish moslamasi) yordamida olinib
dezinfeksiyalovchi suyuqlik bor idishga to’kiladi, planshet 4 marotiba yuvuvchi ishchi rastvor
bilan yuviladi. Har bir yuvishda 40 sekund rostvor ushlab turiladi va dezinfeksiyalovchi suyuqlik
bor idishga to’kiladi.
3. Hamma strip chuqurchalariga 100 mkl ko’yugat-2 ni ishchi dozasida mikropipetka
yordamida tomiziladi. Planshet qopqog’i berkitilib 37º S 30 min saqlanadi.
4. Planshetdagi ingridenlar vosher (planshetni yuvish moslamasi) yordamida olinib
dezinfeksiyalovchi suyuqlik bor idishga to’kiladi, planshet 4 marotiba yuvuvchi ishchi rastvorda
yuviladi (2 p. o’xshash).
5. Hamma strip chuqurchalariga 100 mkl SS ( substrat aralashmasi, bufer rastvori)
tomiziladi. Planshet qopqog’i berkitilib qorong’i joyda 20 - 24º S 25-30 min saqlanadi.
6. Planshetdagi reaksiyani to’xtatish uchun hamma chuqurchalarga 100 mkl dan stop –
reagent qo’shiladi va 1- 2 min kiyin natija aniqlanadi.
Reaksiya natijasini aniqlash. Reaksiya natijalari to’lqin uzunligi 450 nm bo’lgan
spektrofotometda va 620-680 nm referens-yorug’lik filtrda aniqlash mumkin. Reaksiyani ro’y
berganligi aytish mumkin, qachonki K+ chuqurchadagi aniqlangan optik zichlik (OZ) 1,0 dan kam
bo’lmasa va K- na’munali chuqurchadagi OZ o’rtacha ko’rsatkichi 0, 15 oshmasa. Masalan
tekshirilayotgan na’munani natijasi bitta 450 nm to’lqin uzinligida aniqlansa, bu holda reaksiya
musbat deb xisoblash mumkin qachonki K+ chuqurchadagi aniqlangan optik zichlik (OZ) 1,0 dan
kam bo’lmasa va K- na’munali chuqurchadagi OZ o’rtacha ko’rsatkichi 0, 2 oshmasa (K-
na’munani OZ ning o’rtacha ko’rsatkichi 0,2 teng).
OP krit.=OPK-(o’r.)+0,2
Vizual boholashda substrat aralashma bilan inkubasiyalanish vaqtida
chuqurchadagi eritmaning bo’yalishi kuzatiladi. Bo’yalishning intensivlik darajasi bog’langan
belgili antitelalar miqdorigaga to’g’ri proporsional.
Shuni aytib o’tish zarurki immunoferment va immunobloting usullari o’zining o’ta
sezgirligi va mahsuligi bilan ajralib turadi va ularning natijasi 4-6 soatda aniqlanishi mumkin
(Immunobloting reaksiyasining qo’yish prinsiplari 17 mashg’ulotda keltirilgan). Shu bilan bir
qatorda virus AT larini aniqlash OITS infeksiyali chaqaloqlarda umuman ijobiy natija bermaydi,
chunki kasal onadan yo’ldosh orqali o’tgan IgG chaqaloq qon zardobida 1 yilgacha saqlanishi
mumkin. Shuning uchun chaqaloqlarning OITS virusi bilan zaralanganini faqat alternativ
usullarda aniqlanadi, ya’niy virusni ajratib olish in vitro yoki virus genomi materialini PZR
yordamida aniqlashga asoslangan. Bu usullarda 1 haftalik OITS virusi bilan zaralangan
chaqaloqlarda 35-55% natija musbat bo’lsa, 3 -6 oyliklarda 90-100% bo’ladi.
OITS kasalligida yuqorida keltirilgan asosiy usullardan tashqari immun tizimga ham baho
beriladi. OITS kasalligida periferik qondagi T-xelper hujayralarni nisbiy va absolyut miqdorlari
normadan ishonarli kamayib ketadi va limfositlarning funksional xususiyatlarida ham chuqur
o’zgarishlar kuzatiladi.
OITS kasalligida qo’llanadigan davolash preparatlari. Hozirgi kungacha OITV ga qarshi
etiotrop davolash va profelaktik vaksinalar ishlab chiqilmagan. Hozirgi kunda qo’llanilayotgan
preparatlar bemorning umrini cho’zishga qaratilgan bularga kiradi:
a) Zidovulin, azidotimidin, zalsitabin, didanozin, stavudin- OQTF funksiyasini
suslashtiradi.
KEYSLAR BANKI
1-Keys.
Mikrobiologiya laboratoriyasining tuzilishi va uning jixozlanishi. Laboratoriyada ishlash qoidasi.
Surtma tayyorlash texnikasi. Oddiy bo’yash usullari.
189
Keysni bajarish bo‘yicha topshiriqlar:
1.Bakteriologik laboratoriyaga olib kelingan biologik ashyodan surtma tayyorlab, Gram
usulida bo‘yash kerak. Buning uchun vrach-bakteriolokka qaysi laboratoriya jihozlari va
qanday bo‘yoqlar kerak bo‘ladi?
2.Bemordan olingan biologik ashyodan bakteriologik surtma tayyorlandi. Uni Ojeshko usulida
bo‘yash uchun qaysi bo‘yoklardan foydalaniladi?
2-Keys.
Mikroorganizmlar morfologiyasi, strukturasi, bakteriyalarning kimyoviy
tarkibi.Murakkab bo’yash usullari va axamiyati.
Keysni bajarish bo‘yicha topshiriqlar:
1.Yiringdan tayyorlangan surtmada kokklar aniqlandi. Ularning qaysi avlodga mansubligini
aniqlash uchun qo‘shimcha nimalarni bilish zarur?
2.Bakteriologik laboratoriyaga epidemik meningit deb shubhalanilgan bemordan orqa miya
suyuqligi olib kelindi. Surtmada qaysi mikroorganizmlar aniqlanishi mumkin. Gram bo‘yicha
ular qanday bo‘yaladilar?
3.Najasdan tayyorlangan surtmada grammanfiy tayoqchalar aniqlandi.
Ularning
harakatchanligini aniqlash uchun qaysi usullardan foydalaniladi?
3-Keys. Mikroorganizmlar fiziologiyasi: ozik muxitlari, ularning klassifikasiyasi.nafas olishi,
o’sishi va ko’payishi. Aerob va anaerob bakteriyalarni sof kulturasi.
Sterilizasiya, dezinfeksiya, aseptika va antiseptika.Antibiotiklar, ularning klassifikasiyasi.
Mikroorganizmlarning antibiotiklarga sezgirligini aniklash usullari.
Keysni bajarish bo‘yicha topshiriqlar:
1.Mikroorganizmlarning sof kulturasini ajratib olishda sun’iy oziq muhitlaridan foydalaniladi,
lekin ular ma’lum talablarga javob berishi shart. Bular qanday talablar va buni nima uchun bilish
kerak?
2.Bemordan olingan biologik ashyodan ichak tayoqchasi ajratib olindi. Sof kultura olish va
ichak mikroflorasining boshqa vakillaridan uni farqlash uchun qaysi oziq muhit ishlatiladi.
Farqlash qanday amalga oshiriladi?
3.Anaerob infeksiya bor deb shubhalanilgan bemordan ashyo sifatida jarohat ekssudati olindi.
Qo‘zg‘atuvchi sof kulturasini ajratib olish uchun anaerob sharoit yaratish usullarini aytib
bering.
4.Jarroh o‘zining ishi jarayonida steril bog‘lov materillarini ishlatadi. “Steril” terminining
ma’nosi nima? Bog‘lov materiallari qanday sterillanadi?
5.Talabalar oshxonasida talabalarga pasterizatsiyalangan sut sotishdi. “Pasterizatsiyalangan”
deganda nimani tushunasiz va u qanday o‘tkaziladi?
6. Bakteriolog-shifokor tif-paratiflar kasalligiga shubha qilingan bemordan olingan qonni
elektiv Rapoport oziq muhitiga ekdi. “Elektiv oziq muhit”, deganda nima tushuniladi va nima
uchun qon Rapoport muhitiga ekildi?
4-Keys. Umumiy virusologiya: tuzilishi, klassifikasiyasi, reproduksiyasi. Bakterofaglar
Keysni bajarish bo‘yicha topshiriqlar:
1.Laboratoriyada vabo vibrionining sof kulturasi ajratib olindi. Xuddi shunday shtammlar kanal
suvida ham borligini qaysi usul yordamida isbotlash mumkin?
2.Burun-halqum surtmasidan gripp virusi ajratib olinishi kerak. Bu qanday amalga oshiriladi?
3.Poliomielitga shubhalanilgan bemor shifoxonaga yotkizildi. Undan qanday biologik ashyo olinadi?
Nima uchun?
4.Laboratoriyaga poliomielitga shubhalanilgan bemordan biologik ashyo olib kelindi. Virus ajratib
olish uchun qaysi biologik ob’ektlar kerak?
5.Laboratoriyada sitopatogen ta’sirga ega bo‘lgan virus kulturasi ajratib olindi. Ajratib olingan virus
qaysi usulda identifikatsiya qilinadi?
6.Qon topshirish bo‘limida qon zardobida NvsAg borligi nazorat qilinadi. Nima uchun va bu qaysi
usullar yordamida amalga oshiriladi?
8.Toshkent shahridagi Virusologiya intstitutiga virusli gepatitga shubhalanilgan bemor qon zardobi
190
olib kelindi. Kasallikka tashhis qo‘yish va uni farqlash uchun qaysi usullar qo‘llaniladi?
5-Keys. Dorivor o’simliklar xom ashyosining mikroflorasi. O’simliklarda kasallik qo’zg’atuvchi
mikroorganizmlar. Tayyor dorilarning mikroflorasi va aniqlash usullari.
Keysni bajarish bo‘yicha topshiriqlar:
1.Davolanish uchun olingan moychechakni damlamasi olinib, ichish uchun tavsiya
qilinganda,bemorda ichak faoliyati buzilishi kuzatilgan,sababini aytib bering?
2.Tayyorlangan ekstrakt bemorga berilganda MNS da o‘zgarishlar va alaxlash yuzaga kelgan.
Ekstraktni tarkibida qanday mikroorganizmlar bor?
6-Keys. Infeksiya xaqida tushuncha. Virulent va patogen mikroorganizmlar.Infeksion kasalliklarni
klassifikasiyasi va laboratoriya diagnostika usullari
Keysni bajarish bo‘yicha topshiriqlar:
1.YUqumli kasalliklar shifoxonasiga dizenteriya deb shubhalanilgan bemordan tekshiriluvchi
biologik ashyo olib laboratoriyaga jo‘natildi. Bakteriologik laboratoriyada vrach bakteriolog
dizenteriya tashhisini tasdiqlash uchun nimalarga e’tibor berishi kerak?
2.Bemorlardan olingan biologik ashyo oziq muhitlarga ekib, tekshirilganda dizenteriya
qo‘zg‘atuvchilariga xos koloniyalar o‘sdi. Vrach bakteriolog ajratib olingan koloniyalarni qanday
identifikatsiya qiladi?
3.Qorin tifi bilan og‘rib o‘tgan shaxslarni bakteriya tashuvchanlikka tekshirish natijasida
qo‘zg‘atuvchi topilmadi. Tekshirilgan shaxslar bakteriya tashuvchi emasligini tasdiqlasak bo‘ladimi?
YAkuniy xulosa berish uchun qanday biologik ashyo qo‘shimcha tekshirilishi lozim?
4.Statsionarga ikki opa-singil mushaklarning kuchsizlanishi, narsalarning ko‘zga ikki bo‘lib
ko‘rinishi, ovoz bo‘g‘ilishi, yutishning qiyinlashuvi, nafas olishning buzilishi belgilari bilan tushdi.
Ushbu simptomlar boshlanishidan bir necha soat oldin ular uyda tayyorlangan konservalangan
zamburug‘ iste’mol qilishgan. SHifokor dastlabki tashhis qo‘yib, bemordan biologik ashyo olib,
laboratoriyaga jo‘natdi. Laboratoriyada tashhis qo‘yish uchun qaysi mikrobiologik usul, qanday olib
boriladi?
7-Keys. Immunitet, immunitet turlar. Organizmning immun xolatiga baxo berish usullari
Keysni bajarish bo‘yicha topshiriqlar:
1.SHifokor bemorda birlamchi immunologik tekshirish o‘tkazmoqda. Buning uchun u
qaysi immunologik testlardan foydalanishi kerak?
2.SHifokor bemorda qorin tifi borligiga shubhalanmoqda. Bunda serologik tashhis qaysi
usullar bilan va kasallikning qaysi haftasida qo‘yiladi? Nima uchun?
3.Bilvosita gemaglyutinatsiya reaksiyasi qo‘yilganda quyidagi natijalar olindi: 1:2 dan
1:256 gacha bo‘lgan suyultirilmalarda planshet chuqurchalari tubida eritrotsitlar
“soyabon” holida, 1:512 va 1:1024 suyultirmalarida esa “tugmacha” holida cho‘kmaga
tushdi. Ishlatilgan zardobning antitelolar titri qanday?
4.Komplementni bog‘lash reaksiyasi qo‘yilganda bir probirkada eritrotsitlarning to‘liq
gemolizi kuzatilsa, ikkinchisida gemoliz bo‘lmadi. SHu probirkalardan qaysi biri nazorat
uchun, qaysisiga antigen aralashtirilgan?
Dostları ilə paylaş: |