O’zbekisтon respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi


Asosni belgilangan suyuqlanish haroratidan chetlanishlar bo‘lganda qo‘shiladigan moddalar va ularning miqdori



Yüklə 390,77 Kb.
səhifə7/13
tarix05.05.2020
ölçüsü390,77 Kb.
#31081
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
ДВТНА маъруза матни lotin


Asosni belgilangan suyuqlanish haroratidan chetlanishlar bo‘lganda qo‘shiladigan moddalar va ularning miqdori

t/r

Chetlanishlar xili

Qo‘shiladigan modda

Asosning suyuqlanish haroratini chetlanishiga bog‘liq bo‘lgan qo‘shiladigan modda miqdori, miqdori, %

0,5oC

1 oC

1,5 oC

2 oC

2,5 oC

3 oC

1.

Asosning suyuqlanish harorati yuqori bo‘lganda

Gidromoy

2,5

5

7,5

10

12,5

15

2.

Asosning suyuqlanish harorati yuqori bo‘lganda

Parafin

0,5

1

1,5

2

2,5

3

Gidrofil asoslar. Ular quyidagi talablarga javob berishi kerak:

  • shilliq qavat sekretsiya bezlarida tez va to‘liq erishi;

  • shilliq qavatni qitiqlamasligi;

  • gidrofob xossaga ega bo‘lgan dori moddalari bilan yaxshi aralashishi;

  • kimyoviy va farmakologik nuqtai-nazaridan indifferent bo‘lishi lozim.

Gidrofil asoslarning aksariyatini etilenoksid va suvning polimer kondensatlari - polietilenglikollar tashkil etadi. Bugungi kunda polietilenglikollarning molekulyar massasiga qarab quyidagi turlari mavjud: PEG-400, 1500, 2000, 4000 va 6000. Chet ellarda polietilenglikol asosida sintez qilingan quyidagi asoslar shamchalar texnologiyasida keng ko‘lamda ishlatib kelinmoqda: “Karbovaks” (SSHA), “Skurol” (Fransiya), “Postonal”, “Suppofarm” (Germaniya).

Jelatin glitserinli va sovun glitserinli asoslar. Bu asoslar garchand DF tarkibiga kiritilgan bo‘lsada, ular shamchalarni korxona sharoitida ishlab chiqarishda kamdan-kam holatlarda ishlatiladi.

Shamcha asoslari yetarli tuzilish-mexanik xossalariga ega bo‘lishi uchun ularning tarkibiga alyuminiy stearat, magniy stearat va boshqa yog‘ kislotalarining tuzlari, shuningdek tvinlar, T-2, 1-raqamli emulgatorlar, bentonit, glyukoza, kraxmal va aerosil qo‘shiladi.

Bu turdagi asoslarni tayyorlash uchun 1 qism jelatin, 5 qism glitserin va 2 qism suvdan foydalaniladi.

Sovun glitserinli asoslar – bu turdagi asoslar ko‘proq ichni yumshatish, bo‘shashtirish yoki surish uchun ishlatiladi. Uni tayyorlash uchun suv hammomida qizdirilgan holda 60 g glitserinda 2,6 g natriy gidrokarbonat kristallari eritiladi. So‘ng oz-ozdan 5 g stearin kislotasi qo‘shib aralashtiriladi. Karbonat angidrid gazini ajralib chiqishi hisobiga massadagi ko‘pik yo‘qoladi. Natriy gidrokarbonat va stearin kislotasi asosida olingan sovun glitserinli asos Avstriya va Polsha farmakopeyalariga kiritilgan bo‘lib, boshqa davlatlar farmakopeyalarida ham (AQSH, Vengriya va Gollandiya) tibbiyot sovuni va glitserin ishtirokidagi shu turdagi asoslar amaliyotga tatbiq qilingan.

Polietilenoksidlar – ularning konsistensiyasi polimerizatsiya darajasiga bog‘liq.

Korxona sharoitida shamchalar kerakli tuzilish va o‘lchamga ega bo‘lgan qoliplarga quyish va presslash usullari orqali tayyorlanadi (ko‘proq quyish usulida). Buning uchun quyish usulida shamcha tayyorlash uchun zarur bo‘lgan bino, asbob-uskuna va personallar sanitariya gigienik qoidalarga rioya qilingan holda tozalanadi va qayta ishlanadi. Asos 60-700C haroratda 40 daqiqa davomida reaktorda yaxshilab aralashtirilib, latun to‘r yoki beltingdan iborat druk filtr orqali filtrlanadi. So‘ng suyuqlanish harorati va to‘liq deformatsiya vaqti aniqlanib, siqilgan havo yordamida reaktorga o‘tkaziladi.

Suvda eriydigan dori moddalaridan shamcha tayyorlashda dori moddasi suvli eritma ko‘rinishida, yog‘da eriydigan dori moddalaridan shamchalar tayyorlashda dori moddalarining yog‘dagi eritmalari, suvda ham yog‘da ham erimaydigan dori moddalaridan shamchalar tayyorlashda esa dori moddalari suspenziya ko‘rinishida asos tarkibiga kiritiladi. Bu suvli, yog‘li eritmalar yoki suspenziyalar shartli ravishda konsentratlar deb ataladi.

Suvda eriydigan moddalardan shamchalar tayyorlashda 450C haroratgacha qizdirilgan suvda dori moddasi eritilsa, yog‘da eriydigan moddalardan shamchalar tayyorlashda esa suyuq holatgacha suyultirilgan yog‘larda dori moddalari eritiladi. Hosil bo‘lgan konsentratlar byaz filtri orqali filtrlanadi va asos bilan aralashtiriladi.

Suvda ham, yog‘da ham erimaydigan dori moddalaridan shamchalar tayyorlashda oldindan maydalangan dori moddasi reaktorda 1:1 nisbatdagi, 40-500C haroratgacha qizdirilgan asos bilan yaxshilab aralashtiriladi va kolloid tegirmonda tuyuladi. Termolyabil moddalardan shamcha tayyorlashda esa uch juvali mazaterkadan foydalaniladi. Shuningdek, sifatli suspenziya olish uchun rotorli-pulsatsion apparat yoki tishli-rotatsion nasosdan foydalaniladi. Bu jarayon 2-4 soat davom etishi mumkin.

Shakl berilgan shamchalar tashqi ko‘rinishi bo‘yicha organoleptik tahlildan o‘tkazilib, boshqa ko‘rsatkichlari ham aniqlanadi va 10-150C haroratda 2-3 soat davomida qo‘shimcha ravishda havo yordamida moylovchi va sovituvchi komponentlardan tozalanadi.

Tayyor shamchalar yarim avtomat yordamida qadoqlash va o‘rash uchun o‘tkaziladi.

Shamchalar 5 donadan qadoqlanadi va 2 qadoq ya’ni 10 tadan qilib qutilarga joylashtiriladi. Qutining ichiga qo‘llashga doir ko‘rsatma solinadi, etiketkasida esa seriya nomeri va yaroqlilik muddati ko‘rsatiladi. Tayyor mahsulot quruq va salqin joyda, yorug‘likdan himoya qilingan holda, 200C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlanadi.



O‘rin olish koeffitsienti (Ej) bir qism shamcha asosiga to‘g‘ri keladigan dori moddasining gramm miqdori bo‘lib, u 0,95 ga teng. Teskari o‘rin olish koeffitsienti esa (1/Ej), bir qism dori moddasiga to‘g‘ri keladigan shamcha asosining gramm miqdori bo‘lib, bu ko‘rsatkich tajriba yo‘li orqali topiladi. Dori moddalarining o‘rin olish va teskari o‘rin olish koeffitsientlari quyidagi jadvalda keltirilgan.

Asosni tayyorlash. Tarkib bo‘yicha komponentlar tortib olinib, zanglamaydigan po‘latdan tayyorlangan sig‘imi 1000 l bo‘lgan par ko‘ylakli, langarli aralashtirgichda parafin yaxshilab yumshatiladi. Alohida rekatorda gidromoy suyultirilib, parafin nasos orqali so‘rib olinadi va suyultirilgan gidromoy bilan 60-70oC haroratda bir xil massa hosil bo‘lgancha aralashtiriladi. So‘ng kakao moyi solinib 70oC haroratda 40 daqiqa davomida aralashtirish davom ettiriladi. Natijada shamcha asosining suyuqlanish harorati boshlang‘ich haroratga nisbatan 2-3oC haroratga ko‘tariladi. Asosni suyuqlanish harorati va to‘liq deformatsiya vaqtini aniqlash uchun shamcha asosidan namuna olinadi va tekshirib ko‘riladi. Agar shamcha asosining suyuqlanish harorati va to‘liq deformatsiya vaqti me’yorida bo‘lmasa uni parafin yoki gidromoy qo‘shish bilan me’yoriga keltirish mumkin.

Shamcha asosining tarkibiga kiritilishi mumkin bo‘lgan dori moddalar uning suyuqlanish harorati yoki boshqa mexanik xossalariga ta’sir qilishi mumkin. Bir qator yog‘larda eriydigan dori moddalari (xloralgidrat, fenol, kamfora va boshq.) shamcha asosining suyuqlanish haroratini kamaytiradi. Shuningdek, dori moddalarining suvli yoki spirtli eritmalari ham shamcha asosining suyuqlanish haroratini kamaytiradi. Shuning uchun ham dori moddalari va shamcha asoslarini nisbatlarini to‘g‘ri tanlash lozim.

Tayyor asosning suyuqlanish harorati bir qator holatlarda 40-41oC haroratgacha ko‘tarilsada, uning tarkibiga dori moddasining kirtilishi bilan 3-4oC haroratgacha kamaygan.

Tayyorlangan shamcha asosi druk filtr orqali o‘tkazilib, siqilgan havo yordamida reaktorga o‘tkaziladi va shamcha massasi tayyorlanadi. Druk filtrda filtrlovchi material sifatida latunli g‘alvirdan (1 sm2 20x20) yoki belting matosidan foydalaniladi.



Shamcha asosining tarkibiga dori moddasini kiritish. Dori moddasi yoki uning suvda yoki spirtda yoki yog‘dagi eritmalari moyli asos tarkibiga eritma-konsentrat sifatida kiritiladi. Shamcha tarkibiga kirgan barcha ekstraktlar yoki kukunlar ko‘rinishidagi ingredientlar maxsus sig‘imdan o‘tkaziladi. Aksariyat holatlarda erituvchi sifatida tozalangan suvdan foydalaniladi. U tozalangan suvni qabul qilgich orqali to‘plagichda yig‘iladi. Eritma-konsentrat bo‘z materialli filtr joylashtirilgan sig‘imdan asos solingan reaktorga o‘tkaziladi. Ingredientlarni eritish uchun har xil usullardan foydalanish mumkin. Masalan rux sulfat tozalangan suvda 45-48oC haroratda 1:0,5 nisbatda eritiladi. Belladonna quyuq ekstrakti ham tengma-teng nisbatdagi tozalangan suvda eritiladi. Buning uchun belladonna quyuq ekstrakti 55-60oC haroratda suv hamomida qizdirilib, suyultiriladi va maxsus sig‘imga solinadi. Tozalangan suv o‘lchab olinib, 45-48oC haroratgacha isitiladi va belladonna quyuq ekstrakti solingan maxsus sig‘imga solinadi. Quyuq ekstrakt to‘liq erigandan so‘ng eritma filtrlanadi va moyli asos bilan aralashtirish uchun uzatiladi. Opiy ekstraktining eritmasi ham xuddi shu tartibda tayyorlanadi. Suv qalampirining ekstratini eritmasi esa oldin suv qalampirining ekstrakti 55-60oC gacha qizdirilib so‘ng teng miqdordagi 40% etil spirti bilan aralashtirish orqali tayyorlanadi. Tayyor eritma tarkibi kiritilishi lozim bo‘lgan fenol 44oC haroratgacha qizdirilgan moyli asos bilan 1:2 nisbatda aralashtiriladi. Yod kristallari 10% spirti eritma ko‘rinishida asos tarkibiga kiritiladi.

Suvda va spirtda erimaydigan dori moddalari moyli asos tarkibiga sunspenziya-konsentrat ko‘rinishida kiritiladi. Bunday konsentratlar uch juvali mazoterkalarda tayyorlanadi. Buning uchun dori moddasi zarur bo‘lsa sharli tegirmonda maydalanadi va elanadi. Mayda kukunlar masalan faollashtirilgan ko‘mir, vismut subnitrat va boshq. uchun maydalash jarayonini hojati yo‘q. Agar lozim bo‘lsa faqat elanadi xolos. Tayyorlangan kukunlar qozonga solinib, 40-50oC haroratgaa qizdirilgan, reaktordan maxsus druk-filtr orqali o‘tgan moyli asos bilan aralashtiriladi. Olingan aralashma-konsentrat (1:2 yoki 1:3) sovutiladi va uch juvali mazoterka yordamida juvalar orasidagi masofa 5-10 mkm bo‘lgan holatida o‘tkaziladi. Agar kerak bo‘lsa jarayon bir necha marta takrorlanadi. Kerakli qalinlikdagi aralashma-konsentrat olingandan so‘ng massa qabul qilgichga undan esa asos uchun reaktorga o‘tkaziladi.



Shamchalar ishlab chiqarishni rivojlantirish

Shamchalarni quyidagi bir necha yo‘nalishlar bo‘yicha rivojlantirish mumkin:



  1. Liofilizatsiyalangan shamchalar. Bunday shamchalar katta tashqi yuzaga va yuqori g‘ovaklikka ega bo‘lganligi sababli to‘g‘ri ichak shilliq qavatidagi juda kam miqdordagi sekretsiya hisobiga ham oson parchalanadi va eriydi. Natijada shamcha tarkibidagi asosiy ta’sir etuvchi modda shuncha tez va ko‘p miqdorda qonga so‘riladi. Qolaversa, bunday shamchalar tayyorlashda dori va yordamchi moddalardan tayyorlangan suvli suspenziyalar va emulsiyalar qoliplarga quyilgandan so‘ng, chuqur muzlatish uchun qoldiriladi (liofilizatsiya).

  2. G‘ovak shamchalar. Shamchalar bilan to‘g‘i ichak shilliq qavatining muloqotini yaxshilash va buning natijasida shamcha tarkibidagi dori moddasini shamcha tarkibidan ajralib chiqishini osonlashtirish uchun g‘ovak shamchalar taklif qilindi, bunda 600 mm.s.u. teng bosim ostida suyultirilgan shamcha massasi qoliplarga quyiladi.

  3. Kovak yoki ichi bo‘sh shamchalar. Shamcha tarkibidagi asosiy ta’sir etuvchi moddani shamcha tarkibidan tezroq va to‘liqroq ajralib chiqishi uchun kovak yoki ichi bo‘sh shamchalarga dori moddasining eritmasi, suspenziyasi yoki emulsiyasini quyish orqali kovak yoki ichi bo‘sh shamchalarni olish mumkin.

  4. Ko‘p qavatli shamchalar. Bir qancha davlatlarda ikki yoki ko‘p qavatli shamchalar texnologiyasi bo‘yicha patentlar olingan bo‘lib, bu shamchalarning qobiqlari past suyuqlanish haroratiga ega bo‘lgan, o‘z tarkibida mahalliy ta’sir etish xossasiga ega bo‘lgan dori moddasini saqlagan (anestezin, belladonna ekstrakti) asoslardan tayyorlanadi. O‘zagiga esa organizmga rezorbtiv ta’sir ko‘rsatadigan dori moddasi kiritiladi. O‘zak sifatida yuqori suyuqlanish haroratiga ega bo‘lgan asoslardan foydalaniladi.

  5. Plyonka bilan qoplangan shamchalar. Dori moddasini rektal yo‘l bilan organizmga kiritishda uni kerakli organ va to‘qimalarga etkazib berilishini ta’minlash va nazorat qilish uchun, shamchalarni yupqa plenka bilan qoplash mumkin bo‘ladi. Natijada faol komponent diffuziyasi birmuncha sekinlashsada, kerakli organ va to‘qimaga to‘laroq etib boradi. Shamchalarni kapsulaga o‘rash orqali ham xuddi shunday natijalarga erishish mumkin.

  6. Bo‘yalgan shamchalar. Har xil farmakologik guruhlarga mansub bo‘lgan dori moddalarini alohida-alohida ranglarga bo‘yash orqali ularni oksidlanishiga, shuningdek tarkibdagi komponentlarning strukturasini buzilishiga (destruksiya) sabab bo‘ladigan yorug‘lik nurlarining ma’lum bir spektrlaridan saqlash imkoniyati paydo bo‘ladi.

Rektal surtmalar, kapsulalar, aerozollar, tamponlar va rektiolalarni ishlab chiqarish.

Rektal surtmalar. Bu dori shakllari gidrofob va gidrofil asosli rektal surtmalarga bo‘linadi, ular keyingi paytlarda tibbiyot amaliyotida keng ko‘lamda ishlatilmoqda. Gidrofil asos sifatida birinchi turkum gidrofil asoslar PEG va metilsellyuloza hosilalari ishlatilmoqda. Bu dori shakllari dozalarga bo‘lingan bo‘lib, shprits-tyubiklarda, mahsus aplikatorlarda chiqarilmoqda.

Rektal jelatina kapsulalari. Bu dori shakllari istiqboli bor bo‘lgan dori shakllaridan biri hisoblanadi. Birinchi marta 1937 yilda “Sherer” firmasi surgi vositasi sifatida qo‘llaniladigan shamchalarni kapsula bilan qoplashni taklif etganlar. 1980 yilga kelib esa bu dori shakllari Britaniya farmakopeyasining tarkibiga alohida farmakopeya maqolasi sifatida “Rektal kapsulalar” nomi bilan kiritildi. Unga ko‘ra rektal dori shakllari torpedo shaklida bo‘lishi lozim.

Bugungi kunga kelib, rektal kapsulalarni terapevtik ta’siriga ko‘ra quyidagi turlari ishlab chiqarilmoqda: yallig‘lanishga qarshi, yaralarga qarshi, silga qarshi, garmonal va boshqalar. Olib borilgan ilmiy izlanish natijalari jelatin kapsulasi asosida yaratilgan rektal kapsulalar boshqa turdagi rektal dori turlariga qaraganda nisbatan texnologik, biofarmatsevtik va iqtisodiy nuqtai-nazaridan maqsadga muvofiq ekanligini ko‘rsatgan.

Rektal kapsulalar “cho‘zilgan” tomchi shaklida bo‘lib, 0,6 ml dan 1,8 ml gacha bo‘lishi mumkin. Ular tashqi tomonidan suv bilan muloqotda oson sirpanadigan yupqa jelatin qavati bilan qoplangan bo‘ladi. Bu rektal kapsulalarini qabul qilishga va bir xil dozalarga bo‘lishga imkon yaratadi.

Rektal kapsulalar boshqa turdagi rektal dori shakllariga qaraganda yuqori haroratga chidamliligi (45-500C), to‘g‘ri ichak shilliq qavatini qitiqlamasligi va tarkibidagi asosiy ta’sir etuvchi moddani tez va oson ajratib chiqarishi bilan, qolaversa jelatin qobig‘i bilan qoplanganligi uning dori moddasini tashqi omillar ta’siridan saqlashi bilan boshqa rektal dori shakllariga nisbatan ustunlikka ega ekanligini ko‘rsatdi. Rektal kapsulalarda hatto linimentlarni, surtmalarni, suspenziya va eritmalarni ham kapsulalash mumkin.

Rektal kapsulalar tarkibidagi asosiy ta’sir etuvchi moddaning ajralib chiqishi, boshqa rektal dori turlariga qarganda tezroq. Bunda to‘g‘ri ichak devoridagi kuchsiz ishqoriy muhit (pH 7,3-7,6) ta’sirida jelatin qavati bo‘kib, ichak shilliq qavatining kuchsiz qisqarishi natijasida qobiqnnig yorilishi va dori moddasining tashqariga chiqishi kuzatiladi.

Rektal jelatin kapsulalari ham shamchalarga qo‘yilgan barcha talablarga javob berishi lozim, ular tibbiyotda asosan proktologik kasalliklarni davolashda qo‘llaniladi. Olimlarning izlanishlari shuni ko‘rsatdiki, rektal kapsula tarkibidagi terapevtik samaradorlik boshqa turdagi rektal dori shakllariga nisbatan ikki baravariga yuqori ekan. Shuningdek, bu dori shakllarini ishlab chiqarish, qimmatbaho biologik faol moddalar va ingredientlarni tejab qolish xisobiga, ko‘pgina dori preparatlarini tan narxini kamayishiga olib kelmoqda.

Rektal jelatin kapsulalarini ishlab chiqarish to‘laligicha avtomatlashtirilgan, qolaversa chet ellardan import hisobiga olib kelinadigan, shamcha asosi sifatida ishlatiladigan kakao moyini jelatin massasiga almashtirilishi yuqori iqtisodiy samaradorlikka ega ekanligini ko‘rsatmoqda. Bu dori shakllarini ishlab chiqarish, jarayoni presslash asosida ishlaydigan, yuqori ishlab chiqarish unumdorligiga ega bo‘lgan avtomatik liniyalarda olib boriladi.

Rektiolalar. Ma’lumki, suvli eritmalarni to‘g‘ri ichak tarkibiga xuqna (klizma) qilish tarzida kiritilishi, dori moddasini to‘g‘ri ichak orqali juda tez va oson so‘rilishiga olib keladi. Uni birgina kamchiligi eritmaning bir qismi faqat tashqi maqsad uchun sarflanadi. Bunday holatlarda dori moddasinng eritmasini elastik ballon va uning uchiga o‘rnatilgan naychadan iborat rektal pipetkalar – rektiolalar yordamida kiritish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Elastik ballonning hajmi 1,5-5 ml bo‘lib, u buklanmaydigan konteynerdan iborat. Naycha esa unga mahkamlangan bo‘lib, asosan polietilendan tashkil topgan bo‘ladi. Rektiolalar nafaqat suvli eritmalar, balki oleogellar, linimentlar va surtmalar bilan ham to‘ldirilishi va qo‘llanilishi mumkin. Ularning bunday qo‘llanish usullari proktologik dori shakllarining assortimentini ko‘payishiga sabab bo‘lmoqda.

Rektal tamponlar. Bu dori shakllari dori moddasi shimdirilgan paxta o‘ralgan o‘qdan iborat bo‘lib, paxta yupqa qavat alginat bilan qoplangan. Ishlatishdan avval tampon bir necha vaqtga suvga botirib qo‘yiladi, sababi yupqa qavat alginat suvga bo‘kadi natijada, dori moddasining diffuziyalanishiga xalaqit bermaydi. Tampon to‘g‘ri ichakka, 2 soat mobaynida qo‘yiladi. Asosan bavosilni (gemmoroy) davolash uchun ishlatiladi.

Aerozol qadog‘idagi ko‘pik hosil qiluvchi preparatlar. Bu dori shakllari xozirgi kunga kelib juda rivojlanib ketdi. Ko‘piklar proktologiya amaliyotida qo‘llaniladigan boshqa dori shakllariga qaraganda qulayroq va oddiyroq. Surtmalar va kremlar ichak shilliq qavatlariga yuzaki kirib borishi bilan yetarli terapevtik samaradorlikni bermaydi. Shamchalar esa anal kanalchalarini yetarli darajada davolash imkoniyatiga ega emas. Shuning uchun qisqa muddatli, lekin yuqori terapevtik samaradorlikka ega bo‘lgan ko‘pik shaklidagi dori shakllariga asos solindi.

Ko‘piklar aerozol qadog‘idan chiqish vaqtida, tarkibidagi ko‘pik hosil qiluvchilar (sirt faol moddalar) va eritilgan yoki emulgirlangan propellent (yuqori bosim ostida siqilgan gazlar) lar hisobiga hosil bo‘ladi. Aerozol ballonining purkagich klapan tizimi orqali chiqqan propellent bug‘lanadi va havo pufakchalariga aylanib uning hajmini ortishi hisobiga ko‘pik – emulsion yoki boshqa tizimdagi propellent bug‘larining turg‘un dispersiyasi hosil bo‘ladi.

Ko‘piklar katta hajmda, kichik og‘irlik birligiga ega bo‘lishiga qaramay, ular kam miqdordagi emulsiyalarni ham, katta hajmdagi yuzalarga ishlov berish va ularni to‘ldirish imkoniyatiga ega. Ko‘piklar zararlangan maydonlarga oson va bezarar etib boradi va issiqlik va gaz almashinuvini ta’minlashi xisobiga yarani tashqi kasalliklar bilan o‘rtasida to‘siq paydo qiladi.

SFM yaxshi adgezziya xossasining xisobiga nekrozga uchragan to‘qimalar bilan ifloslangan yuzalarni tozalaydi, ko‘piklarni kengayishi hisobiga yaradan paydo bo‘lgan chuqurlar va bo‘shliqlar yuzasi qoplanadi. Ko‘pik uchun to‘g‘ri tanlangan yordamchi moddalar, uning uzoq vaqt turg‘un bo‘lib qolishini, natijada dori moddasining uzoq vaqt ta’sir etishini ta’minlaydi. Dori moddasini ko‘pik tarkibiga kiritilishida u katta hajmni egallaydi, shuning uchun ham dori moddasinnig bir qismi eritmaning plenka qavatini orasida qolib ketadi.

Ko‘pikning tarkibiga turli xil dispers tizimlarni kiritish mumkin. Masalan, eritmalar, emulsiyalar va suspenziyalar. Bular ularning birgalikdagi dori preparatlarini ishlab chiqarishga asos bo‘lib xizmat qilmoqda.

Aerozol qadog‘idagi ko‘pik preparatlari proktologiya amaliyotida antiseptik va anestetik vosita sifatida keng qo‘llaniladi. Shuningdek, nosteroid tuzilishga ega bo‘lgan yallig‘lanishga qarshi prepartlar va kortikosteroidlardan ko‘pik holida aerozol qadog‘idagi dori vositalarini ishlab chiqarish ham yo‘lga qo‘yilgan.

Shamchalar texnologiyasini takomillishtirishda issiqlik jarayonlarisiz shamchalar tayyorlash muhim o‘rin tutadi. Shu jumladan, korxona sharoitida presslash usulida shamchalar tayyorlash alohida e’tiborga molikdir.

Buning uchun ekssentrik tipda ishlaydigan tabletka mashinalaridan foydalaniladi. Mashinaning puanson va qoliplari sovutiladi, shamcha massasi ham 3-50C haroratgacha sovutgich kamerasida sovutilib, maydalaniladi va elanadi. Granulyat tarkibiga laktoza, saxaroza, aerosil va kraxmal texnologik jarayonni korrektirovkalash uchun kiritiladi. Tayyor massa tabletka mashinalari yordamida presslanadi.

Bu usul bo‘yicha shamchalar tayyorlash termolabil va gormonal preparatlardan, biogen stimulyatorlardan, shuningdek yurak glikozidlaridan shamchalar tayyorlashda qo‘l keladi, shuningdek plastik xususiyatga ega bo‘lgan asoslar yordamida shamchalar tayyorlashda ham. Bu usulning samaradorligi soatiga 40000-100000 dona shamcha tayyorlashga teng.



6- ma’ruza. Gidrodinamik jarayonlar va ularning tavsifi. Gidrostatika va gidrodinamika. Erish jarayonining nazariy asoslari. Erish jarayoniga ta’sir qiluvchi omillar (maydalik, harorat, gidrodinamika). Geterogen sistemali eritmalarda dori moddasining tarqalishi (emulsiya, suspenziya). Eritmalarni yot moddalardan tozalash. Filtrlashning nazariy asoslari. Filtr materiallarining tasnifi va tavsifi.

Reja:


  1. Gidrodinamik jarayonlar va ularning tavsifi.

  2. Gidrostatika va gidrodinamika. Erish jarayonining nazariy asoslari.

  3. Erish jarayoniga ta’sir qiluvchi omillar (maydalik, harorat, gidrodinamika). Eruvchanlik. Erituvchilar va ularga qo‘yilgan talablar.

  4. Geterogen sistemali eritmalarda dori moddasining tarqalishi (emulsiya, suspenziya).

  5. Eritmalarni yot moddalardan tozalash.

  6. Filtrlashning nazariy asoslari.

  7. Filtr materiallarining tasnifi va tavsifi.

  8. In’eksiya uchun ishlatiladigan eritmalarni suzish.

Eritmalar ko‘rinishdagi dori vositalari insoniyat sivilizatsiyasi bilan bir vaqtda paydo bo‘ldi va rivojlana boshladi. Qadimiy farmatsevtik amaliyotda dastlab dori moddalarining suvli eritmalaridan keyinchalik esa spirtli va moyli eritmalardan foydalanildi. Qadimgi vrachlar va farmatsevtlar o‘z yozuvlarida quyidagi so‘zlarni qoldirgan: “Contra non agunt nisi Fluida” (“Tela ne deystvuyut drug na druga, esli oni ne v jidkom vide”). Suyuq dori shakllarining rivojlanish tarixida parenteral yo‘l bilan yuboriladigan eritmalar alohida o‘rin tutadi. Dastlab dori moddalarining eritmalari parenteral yo‘l bilan opiyni vinodagi eritmasini 1656 yilda ingliz jarrohi, professor Kristofer Ren kuchukka yuborgan.

Suyuq dori shakllarini ishlab chiqarish ko‘lami bugungi kunga kelib, ham mahalliy, ham horijiy farmatsevtik preparatlar ishlab chiqaruvchilar tomonidan keng ko‘lamda ishlab chiqarilmoqda. Bunga sabab dori moddalarini suyuq dori shakllari ko‘rinishida tez va kuchli terapevtik samaradorlikni va yuqori biosamaradorlikni namoyon qilishidir. Ayniqsa bu turdagi dori shakllarini pediatriya (bolalar) va geriatriya (qariyalar) amaliyotida qo‘llashni qulayligi, shuningdek favqulotda holatlarda ya’ni insonni hushsiz holatida ham qo‘llash imkoniyatlarini mavjudligidir.

Suyuq dori shakllarini ishlab chiqarishda asosiy masala dori moddalarini suvda va yog‘da eruvchanligini oshirish, shuningdek ularni gomogen va geterogen tizimlarda turg‘unligini ta’minlashdir. Qolaversa bu turdagi dori shakllarini ishlab chiqarishda zamonaviy avtomatlashtirilgan asbob-uskunalar va qurilmalardan foydalanish, dori va yordamchi moddalar dozasi eritma tarkibida saqlab qolish, suyuq dori shakllarini sifatini nazorat qilish usullarini kuchaytirish, ularni qadoqlashda ishlatiladigan qadoqlovchi materiallar turi va usulini to‘g‘ri tanlash kerak bo‘ladi.

Suyuq dori shakllari dori moddalarini suv, spirt, yog‘ yoki boshqa erituvchilarda aralashtirish yoki eritish yo‘li orqali olingan dori vositalari bo‘lib, ularni ayrimlarini dorivor o‘simlik xom ashyolari tarkibidan dori moddasini ajratuvchilar yordamida ajratib olish ham mumkin. Ularga quyidagilar kiradi: farmatsevtik eritmalar, damlamalar va qaynatmalar (bu turdagi dori vositalari faqat dorixona sharoitida tayyorlanadi), xushbo‘y suvlar va qiyomlar, nastoykalar va ekstraktlar, emulsiyalar va suspenziyalar va boshqalar.

Eritmalar (Solutio – bosh kelishik, birlik sonda, Solutionis- qaratqich kelishik, birlik sonda) – erituvchida qattiq, suyuq yoki gazli moddanning to‘liq eritilgan holidagi suyuq dori shakllaridir. Erituvchi sifatida suv, spirt, efir, turli hil moylar ishlatilishi mumkin. Eritmalar turli hil rangda bo‘lishi mumkin, lekin albatta tiniq bo‘lib, ularda osig‘liq holdagi zarrachalar va cho‘kma bo‘lmasligi kerak. Odatda sirtga va ichish uchun eritmalar sterillanmaydi, in’eksiya uchun ishlatiladigan eritmalar esa albatta sterillanadi.

Ikki yoki bir necha moddadan iborat bir jinsli (gomogen) tizimlar eritmalar deb ataladi. Eritma bir jinsliligi bilan oddiy aralashmalardan farq qiladi. Ayni bir jinsliligi bilan kimyoviy birikmalarga o‘xshaydi. Ba’zi moddalar (suvda va boshqa erituvchidarda) eriganda issiqlik chiqish uchun ham erish bilan kimyoviy birikish orasida o‘xshashlik borligini ko‘rsatadi. Masalan, sulfat kislota suvda eriganda issiqlik chiqish eritmalarning kimyoviy birikmalardan farqi shundaki, birikma doimiy tarkibga ega bo‘lgani holda eritmani tashkil qilgan moddalarning miqdori orasidagi nisbat keng chegarada o‘zgarishi mumkin.

Eritma tarkibini o‘zgaruvchanligiga ko‘ra mexanikaviy aralashmaga o‘xshaydi, lekin bir jinsligi jihatdan ulardan farq qiladi. Shunday qilib, eritma mexanikaviy aralashma bilan kimyoviy birikma o‘rtasidagi oraliq holatni egallaydi. Eritmaga o‘tgan modda o‘z individualligini yo‘qotib, eritmaning komponenti bo‘lib qoladi. Eruvchi modda erituvchi ichida mayda zarrachalar, molekulalar va ionlar holida tarqalgan bo‘ladi.

Eritmalarda ham xuddi gazlardagiga o‘xshash, diffuziya jarayoni sodir bo‘ladi. Eritish vaqtida diffuziya katta ahamiyatga ega. Masalan, qattiq jism suvga tushirilganda jismning sirtidan molekulalar ajralib chiqadi va diffuziya tufayli erituvchiga barovar tarqaladi. Erish vaqtida erish jarayoniga qarshi kristallanish jarayoni sodir bo‘ladi. Demak, bu erda qarama-qarshi ikki jarayon kechadi. Dastlab erish jarayoni tez boradi, eritmada eruvchi modda molekulalarning soni ko‘paygandan keyin kristalga o‘tish jarayoni ham tezlashadi. Ma’lum vaqt o‘tgandan keyin ikki jarayonning tezligi bir-biriga teng bo‘lib qoladi, ya’ni bir sekundda nechta zarracha eritmaga o‘tsa, xuddi o‘shancha zarracha qaytadan kristallga aylanadi. Bu vaqtda erigan modda bilan erimay qolgan modda orasida muvozanat qaror topadi, eritma to‘yinadi.

Shunday qilib, erimay qolgan modda bilan cheksiz uzoq vaqt birga mavjud bo‘la oladigan ya’ni muvozanatdagi eritma to‘yingan eritma deb ataladi. Eritma to‘yingandan keyin, uning konsentratsiyasi ortmaydi. To‘yingan eritmaning konsentratsiyasi moddaning eruvchanligini ifodalaydi. Qaysi modda qaysi erituvchida erishini oldindan aytadigan ilmiy nazariya hozirgacha yo‘q. Faqat bitta empirik qoidaga tayanib turib, bu to‘g‘rida fikr yuritish mumkin. Bu qoidaga muvofiq, har bir modda o‘ziga o‘xshash moddada eriy oladi. Masalan, benzol suvda erimaydi, lekin toluolda eriydi. Shuningdek ko‘pchilik organik moddalar va yog‘lar suvda erimaydi. Balki organik erituvchilarda yaxshi eriydi. Boshqacha aytganda, erituvchi polyarmas molekulalardan iborat bo‘lsa, bu erituvchida polyarmas moddalar yaxshi eriydi, polyar moddalar yomonroq eriydi, ionlardan tuzilgan moddalar esa butunlay erimaydi. Polyar molekulali suyuqliklarda polyar moddalar yaxshi eriydi. Suvda qaysi modda yaxshi va qaysi modda yomon eriydi degan savolga quyidagicha javob berish mumkin: kichik radiusli va katta zaryadli ionlardan tashkil topgan kristall moddalar suvda kam eriydi, katta radiusli va kichik zaryadli ionlardan iborat kristall moddalar esa yaxshi eriydi.



Yüklə 390,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin