O’zbekisтon respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi


Farmatsevtik eritmalarni afzalliklari



Yüklə 390,77 Kb.
səhifə8/13
tarix05.05.2020
ölçüsü390,77 Kb.
#31081
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
ДВТНА маъруза матни lotin


Farmatsevtik eritmalarni afzalliklari:

  • qattiq dori shakllariga nisbatan tez so‘rilishi va terapevtik samaradorlikni tez yuzaga kelishi;

  • alohida texnologik jarayonlarni qo‘llanilishi (eritish, peptizatsiya, suspenziyalash yoki emulsiyalash) dori moddalar dispers zarrachalarini dispers muhit tarkibida xoxlagan agregat holatida bo‘lishi hisobiga (erituvchi muhitda erigan holatda yoki muhitda teng taqsimlangan holatda) dori moddasini davolash samaradorligini ortishi;

  • dori vositasining tarkibini va qo‘llash usulining turli-tumanligi;

  • ayniqsa bolalar va qariyalar amaliyoti qo‘llashning qulayligi;

  • ba’zi bir hujayra va to‘qimalarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri zarar yetkazuvchi moddalarni (bromidlar, yodidlar) eritma ko‘rinishida bu hossalarini yo‘qotish mumkinligi;

  • dori moddalarini eritma ko‘rinishida nohush hid va mazasini maskirovka qilish mumkinligi;

Shu bilan birga farmatsevtik eritmalar quyidagi kamchiliklardan ham holi emas:

  • eritmalar saqlash davomida nisbatan turg‘un bo‘lmagan dori turlari bo‘lib, ba’zi bir moddalar eritma ko‘rinishida turli reaksiyalarga moyil hisoblanadi (gidroliz va oksidlanish jarayonlari tez yuzaga keladigan moddalar);

  • mikroorganizmlarni yashashi va ko‘payishi uchun qulay sharoitni yaratilganligi;

  • tashish va saqlash uchun noqulay bo‘lib, alohida qadoqlash turi va usullarini, shuningdek saqlash sharoitlarini talab etadi;

  • dozalar aniq emas, bu turdagi dori turlarida dozalash tomchilash yoki qoshiqlash orqali amalga oshiriladi.

Eritmalar nazariyasi. Qattiq moddalarning eritmalari

Moddalarning suvda eruvchanligi bilan D.I.Mendeleev davriy jadvalida elementlarning joylanishi orasida ma’lum bog‘lanish borligi muqarrar. 1794 yilda rus olimi T.E.Lovits eritmalarning o‘ta to‘yinish hodisasini kashf etdi. To‘yingan issiq eritma filtrdan o‘tkazilib, qattiq jism zarrachalaridan tamomila ozod qilingandan keyin ehtiyotlik bilan sovutilsa, eritmadan qattiq jism ajralib chiqmasligi mumkin. Bunday eritmada bo‘lgan eruvchi modda konsentratsiyasi to‘yingan eritmadagiga qaraganda ortiq bo‘ladi. Shunday eritma o‘ta to‘yingan eritma deyiladi. O‘ta to‘yingan eritma barqaror tizim emas, biroq tinch holatda uzoq saqlanishi mumkin. Agar bunday eritmaga eruvchi moddaning kichik kristallari tashlansa (yoki eritma silkitilsa), darhol kristallanish sodir bo‘ladi. Masalan, Na2SO4* 10H2O tuzlari o‘ta to‘yingan eritmalar hosil qiladi.



Suyuq moddalarning eritmalari.

Ikki suyuqlik bir-biri bilan aralashtirilganda quyidagi uch holat kuzatiladi:



  1. Suyuqliklar o‘zaro istalgan nisbatda aralashadi, masalan suv bilan spirt, benzol bilan dixloretan, benzol bilan toluol.

  2. Suyuqliklar o‘zaro ma’lum chegaralardagina aralashadi, masalan, suv bilan fenol, suv bilan anilin.

  3. Suyuqliklar o‘zaro aralashmaydi masalan, suv bilan simob.

Bir-biridan mutloqo erimaydigan suyuqliklar bo‘lmaydi, bir suyuqlik ikkinchi suyuqlikda ozgina bo‘lsa ham eriydi. Bir-birida ma’lum chegaragacha eriydigan suyuqliklarga qator misollar keltirish mumkin. Masalan, amilspirti bilan suv aralashtirilsa, aralashma tingandan so‘ng, idishda ustma-ust ikkinchi qavat hosil bo‘ladi. Ustki qavat suvning amil spirtidagi to‘yingan eritmasi, pastki qavat amil spirtining suvdagi to‘yingan eritmasidir.

O‘zaro ma’lum chegaragacha eriydigan suyuqliklarning eruvchanligi haroratning o‘zgarishi bilan o‘zgaradi va ba’zan yuqoriroq haroratda ikki suyuqlik o‘zaro eriy boshlaydi. Bunga anilin bilan suvni misol qilib olish mumkin. Agar ozgina anilinga suv qo‘shilsa, anilin suvda erib ketadi. Anilin miqdori oshirilsa aralashma tingandan so‘ng, ustma-ust ikki qavat hosil bo‘ladi.



Uchta suyuqlikning bir biridagi eruvchanligi.

Uchta suyuqlik bir-biri bilan aralashtirilganda ular o‘zaro xilma-xil erishi mumkin. Bunda gomogen tizimdan tortib uch qavatli tizim ham hosil bo‘ladi. Bunday suyuqliklar aralashganda quyidagi 5 xil holatni kuzatiladi. Birichi holatda agar ABS suyuqliklarning bittasi qolgan ikkitasida cheksiz erisa har uchchala suyuqlik ham o‘zaro bir-birida eriydi deb qaraladi. Ular aralashtirilganda gomogen eritma hosil bo‘ladi. Tarkibni quyidagicha ifodalash mumkin;

A suyuqlik BC da

B suyuqlik AC da

C suyuqlik AB da

Ikkinchi holatda agar ABC suyuqliklar o‘zaro bir-birlarida erimasa, ular aralashtirilganda uch qavatli tizim hosil bo‘ladi. Shuni ham aytish kerakki, har uchchala suyuqlik ham bir-biridan mutloqo erimasdan qolmaydi. Chegaralar sirtida qisman bo‘lsa ham erish kuzatiladi.

Uchinchi holatda ABC suyuqliklarning bir jufti bir-birida erimaydi yoki ma’lum chegaragacha eriydi, lekin qolgan ikki jufti bir-birida yaxshi eriydi. Masalan AB yoki AC va BC.

To‘rtinchi holatda ABC suyuqliklarning bir jufti bir-birida yaxshi eriydi, qolgan ikki jufti esa bir-birida ma’lum chegaragacha eriydi.

Beshinchi holatda ABC suyuqliklardan har biri qolgan ikkitasida ma’lum chegaragacha erishi mumkin.

Farmatsevtik eritmalarni tayyorlashda ishlatiladigan yordamchi moddalar (erituvchilar).

Me’yoriy hujjatlarga binoan, farmatsevtik eritmalarni tayyorlashda erituvchi sifatida asosan tozalangan suv, o‘simlik moylari va etiloleat ishlatiladi. Yomon eriydigan moddalarning eruvchanligini yaxshilash va turg‘unligini oshirish maqsadida yordamchi erituvchilar sifatida spirt, glitserin, propilenglikol, PEO-4000, benzilbenzoat, benzil spirti va boshqalar ishlatiladi.

Erituvchilarga quyidagi umumiy talablar qo‘yiladi:


  • tiniq, toza, barqaror;

  • kimyoviy va farmakologik jihatdan indifferent;

  • apirogen, zaharsiz;

  • arzon, mahalliy bo‘lishi kerak.

Bulardan tashqari quyidagi o‘ziga xos talablar ham qo‘yiladi:

  • yuqori erituvchanlik xossasiga;

  • noxush hid va ta’mga ega bo‘lmasligi;

  • uchuvchan va yong‘indan havfli;

  • mikroorganizmlar yashashi va ko‘payishi uchun sharoit yaratmasligi kerak.

In’eksiya uchun ishlatiladigan dorilarda erituvchining ta’sir etuvchi modda miqdoridan bir necha marta ortiqligi, uning zaharlilik ko‘rsatkichi dori moddaning zaharliligidan bir necha marta kam bo‘lishini taqozo etadi. Shuningdek farmatsevtik amaliyotda ishlatiladigan erituvchilar quyidagi asosiy hususiyatlarga ega bo‘lishi lozim:

Fizik xususiyatlari. Erituvchining qo‘zg‘aluvchanligi katta amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, u harorat ta’sirida o‘zgarmasligi kerak. Muzlash harorati -50C dan yuqori bo‘lmasligi lozim.

Tiniqligi. Erituvchi qanchalik tiniq bo‘lsa, undan tayyorlangan eritma ham shunchalik tiniq bo‘ladi. Eritmaning tiniqligi esa dori vositasining sifatini belgilashda katta amaliy ahamiyatga ega.

Qaynash harorati. Erituvchining qaynash harorati +1000C dan yuqori bo‘lgani ma’qul. Bu ulardan tayyorlangan eritmalarni sterillashda ancha qo‘l keladi.

Osmotik bosimi. Dori moddasini to‘qima membranasidan tez va oson, shuningdek to‘laqonli o‘tishi uchun erituvchi yetarli darajada osmotik bosim hosil qila oladigan darajada bo‘lishi kerak.

Qovushqoqligi. Erituvchining qovushqoqligi dori moddasining erishi, eritmani suzish, ampula yoki flakonlarga quyish jarayonlarini sekinlashtiradi. Biroq organizmda dori moddasining so‘rilishini sekinlashtirganligi sababli ularni ta’sirini uzaytiradi.

Eruvchanligi. Bu hususiyati bo‘yicha erituvchilar gidrofil va gidrofobga bo‘linadi. Ko‘p hollarda erituvchilarning aralashmasidan foydalaniladi. Gidrofil erituvchilarga butilenglikol, glitserin, glikofurol, glitseroformal, dimetilatsetamid, solketal, metilatsetamid, propilenglikol, polietilenglikol, izopropil spirti, sulfolanlar; gidrofoblarga esa benzilbenzoat, izopropilmiristat, o‘simlik moylari, benzil spirti, etiloleat va boshqa erituvchilar kiradi.

Erituvchilar tasnifi.

Erituvchi molekulalari bilan ionlarni o‘zaro bog‘liqligi vodorod bog‘larining hosil bo‘lishida muhim ahamiyat kasb etadi. Bu jihatdan erituvchilar quyidagi 5 guruhga bo‘linadi.



  1. Uch o‘lchamli vodorod bog‘larini hosil qiluvchi suyuq erituvchilar (chumoli kislotasi, glikol va boshq.).

  2. Ikki o‘lchamli vodorod bog‘larini hosil qiluvchi suyuq erituvchilar. Ular qoidaga ko‘ra bitta OH guruhini saqlaydi (fenollar, bir atomli spirtlar, chumoli kislotasidan tashqari bir asosli quyi karbon kislotalari va boshq.).

  3. Tarkibida elektromanfiy azot, kislorod, oltingugurt, ftor atomlarini saqlaydigan vodorod bog‘larini hosil bo‘lishida ishtirok etadigan erituvchilar (efirlar, tioefirlar, aminlar, ketonlar, aldegidlar va boshq.).

  4. Molekulasida vodorod atomini saqlaydigan, vodorod bog‘larini hosil qilishi mumkin bo‘lgan, biroq protonlar akseptori bo‘lgan atom saqlamagan erituvchilar (xloroform, dixloretan va boshq.).

  5. Oddiy holatlarda o‘z molekulasida donor sifatida ham, proton akseptori sifatida ham vodorod bog‘larini hosil qilmaydigan erituvchilar (uglevodlar, uglerod IV xlorid va boshq.).

Kimyoviy tuzilishiga ko‘ra erituvchilarni tasniflanishi.

  1. Noorganik erituvchilar (tozalangan suv).

  2. Organik erituvchilar (uglevodorodlar va ularni galogenlar bilan hosil qilgan hosilalari, spirtlar, oddiy va murakkab efirlar, ketonlar, nitrobirikmalar va boshq.).

Tabiati bo‘yicha tasniflanishi.

  1. Suvli erituvchilar (tozalangan suv).

  2. Suvsiz erituvchilar.

  3. Kombinirlangan erituvchilar.

Tozalangan suv – tabiiy, eritmalar tayyorlashda 68% holatlarda erituvchi sifatida ishlatiladi.

Spirtlar

Bir atomli va ko‘p atomli bo‘lib, suv bilan yaxshi aralashadi, suvda yomon eriydigan moddalarning eruvchanligini oshiradi. Lekin bularni ishlatishda oksidlovchilar ishtirokida zaharli aldegid, kislota va efirlar hosil bo‘lishini hisobga olish kerak.



Etil spirti. Etil spirti digitoksin, digoksin, selanid, strofantin, konvallotoksin, erizimin kabi suvda erimaydigan moddalarni eritish maqsadida 2-50% gacha eritmaga qo‘shiladi, so‘ng suv bilan kerakli hajmgacha suyultiriladi.

Propilenglikol. Bu ikki atomli spirt bo‘lib, tiniq, rangsiz suyuqlik, xona haroratida barqaror, lekin 1400C dan yuqori haroratda propion aldegidi, sut, uzum va sirka kislotalarigacha oksidlanishi mumkin. Shuning uchun uni 1400C da 3 soatdan ortiq sterillash mumkin emas. Propilenglikol nisbatan kam zaharli bo‘lib organizmdan tez chiqib ketadi. U yordamchi erituvchi va turg‘unlashtiruvchi sifatida suv va etil spirti eritmalariga 40-70% qo‘shilishi mumkin. Masalan, propilenglikol boshqa spirtlar bilan birgalikda antibiotiklar, sulfanilamidlar, barbituratlar, alkaloid asoslarini, A va D vitaminlarning erishini ta’minlaydi va turg‘un eritma hosil qiladi. Masalan, eritromitsinning suvli eritmasiga va lantozidga 40% propilenglikol qo‘shiladi. Xinidin gidroxlorid eritmasi esa 100% propilenglikolda tayyorlanadi. 50% gacha propilenglikol saqlagan eritmalar venaga, undan ortiq saqlaganlari esa mushakka yuborilishi mumkin.

Glitserin. Bu uch atomli spirt bo‘lib, u gigroskopik xossaga ega, havodan 40% gacha suvni shimib olishi mumkin. Tibbiyotda ishlatiladigan glitserin 13% suv saqlaydi. 1500C da bir soat sterillanadi. Glitserin suvli va spirtli eritmalarga qo‘shimcha erituvchi sifatida 30% gacha qo‘shiladi. Horijiy davlatlarda u levomitsetin, gidrokortizon, glyukoza, fenobarbital va morfinlarni in’eksion eritmalarining tarkibiga kiradi. Bizda selanid, mezaton, viprokainlarni erishini yaxshilash maqsadida qo‘shiladi. Glitserin dorilarni organizmda tez so‘rilishga yordam beradi.

Polietilenoksid. PEO-200, 300, 400, 600 lar rangsiz, moysimon qovushqoq suyuqliklar bo‘lib, spirt va suvda yaxshi eriydi, fiziologik indifferent, gidrolizga uchramaydi. In’eksion eritmalar tayyorlashda asosan barqaror hisoblangan PEO-400 ishlatiladi. PEO-400 suvda yomon eriydigan va gidrolizlanishga moyilligi bo‘lgan sulfanilamidlar, barbituratlar, antibiotiklar, natriy askorbinatlarni eruvchanligini yaxshilash va turg‘unligini oshirish maqsadida asosiy erituvchiga nisbatan 70% gacha qo‘shiladi. Masalan, digoksin, levomitsetin, penitsillin, serkolizin kabi dori moddalarining eritmalarini tayyorlashda ishlatiladi. Lekin PEO-400 ayrim dori moddalar bilan kompleks birikma hosil qiladi natijada ular sterillash vaqtida biologik faolligini to‘la yo‘qotishi mumkin. Ularga tarkibida fenol guruhini saqlagan birikmalar kiradi. PEO-400 tarkibida past molekulali fraksiyalarni saqlamasligi kerak, chunki ular oksidlanib zaharli birikmalar hosil qiladi.

Murakkab efirlar

Efirlarni qovushqoqligi moylarga nisbatan kam bo‘lganligi va dorilarni eritish hossasi yuqori bo‘lganligidan in’eksion eritmalar tayyorlashda ko‘p ishlatiladi. Lekin ularning kislotali va ishqoriy muhitda gidrolizlanib tegishli kislota va spirtlarga parchalanishini hisobga olish kerak. Harorat qo‘tarilishi bilan bu jarayon yanada tezlashadi. Dori moddalarning moyda erishini yaxshilash maqsadida ko‘pincha benzil-benzoat va izopropil miristatlar ishlatiladi.



Benzil-benzoat. Rangsiz, moysimon suyuqlik, suvda erimaydi, spirt va moy bilan yaxshi aralashadi, kam zaharli, lekin o‘zi farmakologik ta’sirga ega. U yurak va nafas olish organlariga depression ta’sir ko‘rsatadi. Progesteron, gidrooksiprogesteron, dimerkapton moyli eritmalarini tayyorlashda 20-46% gacha qo‘shiladi.

Izopropilmiristat. Kimyoviy turg‘un modda bo‘lib, kam zaharli, suvda erimaydi, moy bilan yaxshi aralashadi. To‘qimalarni qitiqlamaydi. Fenol, kokain, rezorsin hamda estrogen preparatlarning moyli eritmalarini tayyorlashda ishlatiladi.

Sulfoksid va sulfonlar. Bu guruhga kiruvchi erituvchilardan dimetilsulfoksid va sulfolanlarni aytib o‘tish mumkin.

Dimetilsulfoksid. 200C haroratda 70% gacha suv tortish qobiliyatiga ega bo‘lib, kam zaharli hisoblanadi. Itlarga vena orqali yuborilganda qisqa vaqt qon bosimning pasayishi, quyonlarda yurak qon tomirining notekis urishi kuzatilgan.

Sulfolan. Issiqqa chidamli, kam zaharli va ko‘p moddalarni eritish hususiyatiga ega bo‘lganligi uchun in’eksiya eritmalarini tayyorlashda ko‘p ishlatiladi.

O‘simlik moylari

Moylar glitserinni har xil yuqori molekulali yog‘ kislotalari bilan hosil qilgan murakkab efirlaridir. In’eksiya uchun ishlatiladigan moylar yangi yig‘ilgan meva mag‘izlaridan sovuq usulda siqib olinadi. Ular tiniq, oson qo‘zg‘aluvchan, saqlanish vaqtida cho‘kma hosil qilmaydigan, stearin fraksiyasidan va suv yuqidan tozalangan bo‘lishi, kislota soni 2,5 dan ortiq bo‘lmasligi kerak. Bizda in’eksion eritmalar tayyorlash uchun bodom, o‘rik va zaytun moylaridan foydalanishga ruxsat etilgan.

Xalqaro farmakopeya talabiga binoan in’eksiya uchun ishlatiladigan moylarni kislota soni 0,4-0,2; yod soni 79-128; sovunlanish soni 185-200 bo‘lishi kerak. Ular tarkibida mineral yog‘lar saqlamasligi, xona haroratida qotib qolmasligi, tarkibi esa barqaror bo‘lishi kerak. Horijiy mamlakatlarda oksidlanish jarayonini sekinlashtiradigan sezamin va sezamolin fermentlari saqlagan kunjut moyi nisbatan ko‘p ishlatiladi. Ko‘pchilik dori moddalarini moylarda yomon erishi, moyli eritma in’eksiyasini og‘riq berishi, moylarni oson oksidlanishi ularni keng miqyosda ishlatishga imkon bermaydi. Dori moddalarning moyda eruvchanligini yaxshilash maqsadida benzil-benzoat, polietilenglikol, benzil spirti, izopropil miristat kabi yordamchi erituvchilardan foydalaniladi. Sanoatda shaftoli, o‘rik, bodom, zaytun va soya moylari yordamida dezoksikortikosteron atsetat, dietilstilbestrol propionat, krizanol, kamfora, sinestrol, progesteron, testosteron, retinol atsetat, tokoferol atsetat, follikulin, xlorofillipt, estradion benzoat kabi dori vositalari ishlab chiqariladi.

Etiloleat. Bu etil spirtini olein kislotasi bilan hosil qilgan murakkab efiri bo‘lib, och sariq rangli, moysimon, neytral muhitli suyuqlik, havoda oksidlanmaydi, termik sterilizatsiyaga yaxshi chidaydi, suv bilan aralashmaydi, spirt va moylar bilan yaxshi aralashadi. Moylarga nisbatan qovushqoqligi kam, to‘qimalarga oson so‘riladi va dori moddalarining ta’sirini uzaytiradi (testosteron propionat). Etiloleat tegishli farmakopeyalar tarkibiga erituvchi sifatida kiritilgan bo‘lib, u dezoksikortikosteron atsetat, progesteron, testosteron propionat, kamfora kabi eritmalarni tayyorlashda ishlatiladi.

Asosiy erituvchilarga qo‘shib ishlatiladigan yordamchi erituvchilar hozirgi vaqtda keng ko‘lamda ishlatilmoqda. Ular yomon eriydigan moddalarni eruvchanligini yaxshilaydi, eritmani gidrolitik parchalanishdan saqlaydi, dori moddasining turg‘unligini oshiradi, ular spirtlar, efirlar va amidlarga bo‘linadi.



Farmatsevtik eritmalarni sanoat miqyoida ishlab chiqarish

Dispers tizimlar – eritmalar, kolloid eritmalar va dag‘al dispers tizimlarga bo‘linadi. Dag‘al dispers tizimlarda dispers faza zarrachalarining o‘lchami 100 nm yoki 100 mkm dan katta bo‘ladi. Dispers faza va dispers muhitning agregat holatiga qarab, dag‘al dispers tizimlar (xuddi kolloid eritmalarga o‘xshab) bir necha xil bo‘ladi.

Suspenziya va emulsiyalar kolloid eritmalardan quyidagi xossalari bilan farq qiladi:


  1. Suspenziya bilan emulsiya optikaviy jihatdan bir jinsli emas, ular yorug‘lik nurini tarqatib yuboradi. Ular hamma vaqt loyqa va polidipers holda bo‘ladi. Ular sedimentatsion jihatdan barqaror emas.

  2. Suspenziya bilan emulsiya 2 va 3 qavatga bo‘linishi va ularning tarkibiy qismlari o‘zaro bir-biridan ajralishi mumkin. Dispers tizimlarning bu xossalaridan foydalanib, sanoatda bir modda boshqa moddadan ajratib olinadi.

Emulsiyalar va supenziyalarni tayyorlashda ishlatiladigan yordamchi moddalar (emulgatorlar va stabilizatorlar)

Efir moyi deb o‘simliklardan suv bug‘i yordamida haydab olinadigan, o‘ziga xos xid va mazaga ega bo‘lgan, uchuvchan organik moddalar aralashmasiga aytiladi.

Efir moylari rangsiz, ba’zan turli rangda (yashil, och sariq, to‘q-ko‘k, qizil, qo‘ng‘ir) bo‘lib, zichligi suvdan engil, ba’zan og‘ir bo‘lishi mumkin (0,8-1,182). Efir moylari neytral yoki kuchsiz kislotali muhitga ega. Ular sovutilganda kristall qismi (stearopten) ajralib chiqadi, qolgan qismi suyuq qismi hisoblanadi (eleopten). Qaynash harorati 160-2400C.

Efir moylari tarkibida 500 ga yaqin komponentlarni saqlagan holda 200 ga yaqin organik moddalar aralashmasidan iborat bo‘lib (bu umumiy massaning 80% ni tashkil qiladi), ular o‘z tarkibida to‘yingan va to‘yinmagan birikmalar, alifatik, siklik va aromatik uglevodorodlar, terpenlar, spirtlar, yog‘ kislotalari, fenollar, murakkab efirlar, aldegidlar, ketonlar, laktonlar, tarkibida azot va oltingugurt saqlagan boshqa organik moddalarni saqlaydi. Masalan, yalpiz moyi 100 ga yaqin komonentlardan (mentol, menton, mentilatseton va sineol), lavanda moyi esa 160 ga yaqin komponentlardan (linalol spirtining murakkab efirlari, sirka, moy, valerian va kapron kabi organik kislotalar) tashkil topgan. Tarkibida kislorod bo‘lgan birikmalar efir moylariga xushbo‘y hid beradi, seskviterpenlar esa efir moylarini yuqori haroratda qaynaydigan fraksiyalarni tashkil qiladi.

Efir moyining miqdori o‘simliklardan 0,001-20% gacha bo‘lishi mumkin. Bu moyning miqdori va tarkibiy qismi o‘simlikning o‘sish joyiga, rivojlanish davriga, yoshiga va naviga qarab o‘zgarib turadi. Masalan, fialka gullari 0,004% gacha, atirgul gullari 0,07-0,1% gacha, tmin urug‘i 3-7% gacha, chinnigul butoni 20-22% gacha efir moylari saqlaydi.

Emulsiyalarni sanoat miqyosida ishlab chiqarish

Inson qonidagi va limfasidagi yog‘lar emulsiyalangan holatda bo‘ladi. Yog‘larni hazm qilish jarayonida ichakda o‘t kislotasi tuzlari ta’sirida ularni emulsiyalash sodir bo‘ladi. Natijada emulsiyalangan yog‘larni ichak devorlari orqali so‘rilishi va ularni fermentativ gidrolizi osonlashadi. Tabiiy emulsiyalarga sut, tuxum sarig‘i, kauchuk saqlovchi o‘simliklarning sut sharbatlari va boshqalar kiradi. Ayrim dori moddalari emulsiya holida ishlatiladi, masalan sintomitsin, vazelin moyi, aloy va boshqalar. Emulsiyalar tashqi ko‘rishini bilan bir jinsli dori shakli bo‘lib, ular suvda erimaydigan lekin o‘ta dispergirlangan suyuqliklardan iborat mikrogen tizimlardir. Ular dag‘al dispers tizim hisoblanadi, shuningdek, ba’zan yuqori dispers tizimli emulsiyalar ham tayyorlash mumkin.

Emulsiyalardagi suv yoki moy tomchilarining o‘lchami 0,1 dan 50 mikrongacha bo‘lishi mumkin. Bunda 1 mikron 1000 nm ga to‘g‘ri keladi. Agar emulsiyada dispers fazaning hajmi emulsiya hajmining 1/1000-1/10000 qismini yoki dispers fazaning miqdori 0,1% ni tashkil qilsa, bu emulsiya suyultirilgan emulsiya deyiladi. Suyultirilgan emulsiya tarkibida dispers faza tomchilarining diametri 10-7 m (taxminan ultramikro-geterogen sistemalardagi zarrachalar diametriga yaqin) bo‘ladi. Bunday emulsiyalar nihoyatda barqaror. Ularni tayyorlashda maxsus emulgatorlardan foydalanish talab qilinmaydi.

Dispers fazaning miqdori 74% gacha bo‘lsa konsentrlangan (bunday emulsiyadagi zarrachalarni oddiy mikroskop ostida ko‘rish mumkin), 74% dan ortiq bo‘lsa o‘ta konsentrlangan (bunday emulsiyadagi tomchilar o‘z shaklini o‘zgartirib, ko‘p burchaklik–poliedr shakliga o‘tishi mumkin, bu emulsiya mikroskop ostida kuzatilsa uning ichidagi suyuqlik tomchilari xuddi asalarini inini eslatadi, ular o‘z xossalari bilan gellarga yaqin turadi ) emulsiya deyiladi. Ikkita toza suyuqlikni bir-biri bilan aralashtirib, suyultirilgan emulsiyalarnigina hosil qilish mumkin.



Ikkita toza suyuqlikdan hosil qilingan emulsiyada dispers fazaning eng ko‘p miqdori (hajm jihatidan ) 2% dan ortiq bo‘lmaydi. Ikkita toza suyuqlikdan hosil qilingan emulsiya bir oz vaqt turgandan so‘ng, dispers faza tomchilari bir-biri bilan birlashib, ikki qavatga ajraladi. Emulsiya tomchilarining bir-biri bilan birlashish hodisasi koalessensiya deb ataladi.


Emulsiya hosil qilish uchun birinchidan, emulsiya tarkibiga kiruvchi suyuqliklarni yetarli darajada dispers holatiga yetkazish, ikkinchidan hosil qilingan dispers sistemaning barqaror bo‘lishini ta’minlash kerak.

Suyuqliklarni yetarli darajada disperslash uchun ularni chayqatish, maxsus aralashtirgichlar bilan aralashtirish, mayda teshikchalardan o‘tkazish, ultratovush ta’sirida aralashtirish kabi usullardan foydalaniladi.

Bu tariqa hosil qilingan dispers tizim termodinamik jihatdan barqaror emas, chunki uning erkin sirt energiyasi juda katta. Bunday tizim barqaror holatga o‘tishga intiladi. Tizim bunga 2 yo‘l bilan, erkin sirt energiyasini kamaytirish bilan erishishi mumkin:


  1. Zarrachalar sirtini kamaytirish.

  2. Sirt taranglikni kamaytirish.

O‘z holicha qoldirilgan tizimda zarrachalar birlashib, yiriklashadi va yuqorida bayon qilingan koalessensiya hodisasi sodir bo‘ladi.

Konsentrlangan (suyuqliklarning hajmiy konsentratsiyalari 50% ga yaqin) barqaror emulsiyalar hosil qilish uchun tizimga suyuqliklarning sirt tarangligini kamaytiradigan , suyuqliklar sirtida mustahkam parda hosil qilib, dispers faza tomchilarining bir-biri bilan yopishib ketishiga yo‘l qo‘ymaydigan uchinchi modda emulgator qo‘shish kerak bo‘ladi.

Akademik P.A.Rebinder emulgatorning vazifasi faqat fazalar aro sirt taranglikni kamaytirish emas, balki asosan emulsiya tomchilari sirtida mexanikaviy jihatdan mustahkam, koalessensiyaga qarshilik ko‘rsata oladigan himoya pardalar hosil qilishdan iborat deb ta’kidlab o‘tdi. Emulgator bu erda stabilizatorlik vazifasini bajaradi. Emulgatorlarni ularning disperslik darajasiga qarab, 3 guruhga bo‘lish mumkin:

Bularning ichida kolloid dispers emulgatorlar ayniqsa katta amaliy ahamiyatga ega, chunki ular juda yaxshi himoya pardalari hosil qila oladi.

Emulgator sifatida ishlatiladigan sirt faol moddaning tarkibida (uning diperslik darajasidan qat’iy nazar) gidrofil va gidrofob qismlar bo‘lishi kerak. Kuchli gidrofil xususiyatga ega bo‘lgan emulgatorlar M/S tipidagi emulsiyalar olish uchun hizmat qiladi. Gidrofob xossalari kuchli bo‘lgan emulgatorlar esa S/M tipidagi emulsiyalar hosil qilishda ishlatiladi.

Masalan, agar 10 ml suvga 10 ml benzol qo‘shib chayqatilsa, 2 xil emulsiya hosil bo‘ladi. Birinchisi, benzol tomchilari benzolga tarqaladi. Tizimga gidrofil tabiatli emulgator qo‘shilsa, emulgator molekulasining polyarmas (uglevodorod) qismi moy tomchilariga, polyar qismi esa (SOON, ON, NN2 guruhlar) suv tomchilariga o’tadi, lekin gidrofil emulgatorni suv ko‘proq ho‘llaydi. Natijada emulgator hajmining ko‘p qismi suvga, oz qismi esa benzolga o’tadi. Bunda benzol tomchisini benzol qurshab oladi. Uning fazalar aro tarangligi kamayadi va emulgatorning gidratlangan mustahkam himoya pardasi hosil bo‘lib, bu parda moy tomchilarini koalessensiyadan saqlaydi. Suv tomchisini gidrofil emulgator batamom qurshab ola olmaydi. Batamom qurshab olinmagan suv tomchilari bir-biri bilan uchrashganida o‘zaro birlashib ketadi. Benzol tomchilari esa bir biri bilan barlashmaydi. Demak, gidrofil emulgatordan foydalanib, faqat M/S tipidagi barqaror emulsiya olish mumkin. Gidrofob emulgator ishlatilsa, bu emulgator suv tomchilarini yaxshi qurshab oladi (chunki benzol uni yaxshi xo‘llaydi) natijada S/M tipidagi barqaror emulsiya hosil bo‘ladi. Emulsiyalarning barqarorligi tomchi sirtidagi emulgator qavatining solvatlanishiga ham bog‘liq.

Emulsiyalar tayyorlash uchun XI DF quyidagi o‘simlik moylaridan foydalanishga ruxsat etgan: shaftoli, kanakunjut, kungaboqar, zaytun, vazelin, efir moyi shuningdek, baliq moyi, balzamlar va boshqa suv bilan aralashmaydigan suyuqliklar. Agar MTH da emulsiya tarkibiga kiritiladigan moy ko‘rsatilmagan bo‘lsa shaftoli, zaytun yoki kungaboqar moyi ishlatiladi. Agar MTH da boshqa ko‘rsatma bo‘lmasa 100 g emulsiya tayyorlash uchun 10 moy olinadi. Emulsiyalar tayyorlashda ishlatiladigan emulgatorlarning turi va miqdori moy va ishlatiladigan emulgatorning tabiati va xossalariga, shuningdek emulsiyaning konsentratsiyasiga qarab tanlanadi.

Emulgator sifatida tibbiyot amaliyotida ishlatishga ruxsat etilgan anion (sovun) va noionogen tabiatli sir faol moddalar (tvin - 80), bir qator gidrofil tabiatli moddalar (jelatoza, pektin), yarimsintetik (metilsellyuloza, natriy karboksimetilsellyuloza) va sintetik (emulgator T-2) moddalar, shuningdek boshqa sirt faol moddalar hamda polimerlar ishlatiladi.

Ayrim holatlarda emulsiyalar tarkibiga lozim bo‘lsa, tibbiyot amaliyotida ishlatishga ruhsat etilgan ba’zi bir konservantlar (nipagin, nipazol, sorbin kislotasi va boshqalar) qo‘shiladi.

Emulsiyalar emulgatorni emulgirlanuvchi suyuqlik va suv bilan dispergirlash orqali tayyorlanadi. Zarur bo‘lsa emulsiyalar suzib olinadi.

Emulsiyalar tarkibiga dori moddalari ularning fizik kimyoviy xossalarini hisobga olgan holda kiritiladi. Ya’ni yog‘da eriydigan moddalar avval moyda, suvda eriydigan moddalar esa suvda eritiladi. Yog‘da ham suvda ham erimaydigan moddalar tayyor emulsiyaga suspendirlanadi.

Parenteral yo‘l bilan ishlatiladigan emulsiyalar “In’eksion eritmalar” ga qo‘yilgan talablarga javob berishi kerak.

Emulsiyalar ularni turg‘unligini saqlash davomida ta’minlaydigan idishga qadoqlanib, salqin joyda, muzlatilmagan holatda saqlanadi va ishlatishdan oldin chayqatiladi.

Emulsiyalar dispers fazaning konsentratsiyasiga qarab suyultirilgan va konsentrlangan emulsiyalarga bo‘linadi. Suyultirilgan emulsiyalarda dispers faza konsentratsiyasi 0,01 dan 0,1% gacha bo‘ladi.



Yüklə 390,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin