Ko‘pik bug‘latgich - bu qurilma ajratma saqlanadigan idish, ajratgich (separator), issiqlik almashtirgichlar (teploobmenniki), suzgich va havo yuboriladigan qismlardan iborat. Ajratma naycha orqali issiqlik almashtirgichning yuqori qismiga havo tarqatgich to‘r ustiga yuboriladi. Pastki qismidan tozalangan havo bosim bilan berilib, u suyuqlikni ko‘pirtiradi. Ko‘pik issiqlik almashtirgich (radiator) yuzasiga yopishib, yupqa parda hosil qiladi. Natijada bug‘lanish jarayoni kechadi. Qisman bug‘latilgan ajratma yig‘gich (to‘plagich) idishga tushadi va jarayon takrorlanadi. Bug‘ bilan birga mayda ajratma zarrachalari yuqoriga o‘tib ketishi mumkin. Ular separator yordamida tutib qolinib, ajratma saqlovchi idishga qaytariladi. Ajratma 40-80°C haroratda bug‘latiladi. Bu qurilmani yaratgan P. N. Makarenko va boshqalar Harkov shahridagi «Zdorove» ishlab chiqarish birlashmasida zubturum suvli ajratmasini bug‘latish uchun ishlatishgan, keyinchalik bu usul Toshkentdagi «Uzximfarm» birlashmasida ham joriy qilindi. Bunda ajratma vakuumsiz 100°C dan past haroratda bug‘lanadi.
9- ma’ruza. Xonalar va xodimlar tozalik darajasini ta’minlash. Pirogenlik. Sterillash jarayonining ahamiyati. Dori vositalarini turg‘unlashtirish mohiyati. Dorilarning turg‘unligiga ta’sir etadigan omillar. Turg‘unlashtiruvchilar.
Reja:
Xonalar va xodimlar tozalik darajasini ta’minlash.
Pirogenlik.
Sterillash jarayonining ahamiyati.
Sterillash jarayoniga ta’sir etuvchi omillar.
Dori vositalarini turg‘unlashtirish mohiyati.
Fizik, kimyoviy va mikrobiologik turg‘unlashtirish.
Dorilarning turg‘unligiga ta’sir etadigan omillar.
Turg‘unlashtiruvchilar.
Sterillash.
Sterilizatsiya – ob’ektdagi har turli mikroorganizmlarni yo‘q qilish.
Fizikaviy usulda sterillash.
Termik sterilizatsiya.
1. Bug‘li sterilizatsiya - bu to‘yingan suv bug‘i yordamida 0,11 MPa (1,1 kg s/sm2) bosim ostida va 120oC haroratda, 0,20 MPa (2 kg s/sm2) bosim ostida esa 1320C haroratda sterillash bo‘lib, bu jarayon maxsus suv bug‘ili sterilizatorlarda amalga oshiriladi. Yuqori darajadagi samaradorlikka erishish uchun sterilizator kamerasidan havo imkon darajasida chiqarib yuborilishi, shuningdek obe’kt suv bug‘i bilan maksimal darajada muloqotda bo‘lishi uchun sharoit yaratilishi kerak. 1200C haroratda sterilizatsiya qilish ko‘proq in’eksion eritmalarni sterillash uchun tavsiya qilinadi. Sterilizatsiya vaqti preparatning fizik-kimyoviy hossalariga, eritmaning hajmiga va ishlatilayotgan asbob-uskunaga qarab belgilanadi. Agar eritmaning hajmi 100 ml gacha bo‘lsa 30 daqiqa, 101-500 ml gacha bo‘lsa 45 daqiqa, 501-1000 ml bo‘lsa 60 daqiqa davomida olib boriladi.
Eritmaning hajmiga qarab sterilizatsiya vaqtining belgilanishi
t/r
|
Eritmaning hajmi, ml
|
Sterilizatsiya jarayonining eng kam vaqti, daqiqa
|
1.
|
100 gacha
|
8
|
2.
|
100-500
|
12
|
3.
|
500-1000
|
15
|
In’etsiya uchun mo‘ljallangan dori moddalari oldindan sterilizatsiya qilingan va germetik yopilgan flakon va ampulalarda sterillanadi. Yog‘li yoki moyli eritmalar germetik yopilgan idishlarda, 1200C haroratda, 2 soat mobaynida sterillanadi. Shisha, farfor, metall idishlarga qadoqlangan in’eksion erimalar, shuningdek, bog‘lov va yordamchi materiallar (paxta, bint, filtr va pergament qog‘ozi, maxsus kiyim bosh va boshqalar), rezina va rezina mahsulotlari shu usul bo‘yicha 120oC haroratda 45 daqiqa davomida sterillanadi, 1320C haroratda esa 20 daqiqa davomida sterillanadi. Rezina mahsulotlarini sterillash 1200C haroratda 45 daqiqa davomida olib boriladi. Sterillash jarayoni sterillizatsion qutilarda yoki 2 qavatli mato, pergament qog‘ozlarga o‘ralgan holda olib boriladi. Ba’zi holatlarda sterillizatsiya jarayoni 1200C haroratdan past haroratlarda olib boriladi. MTH larda sterillash jarayoni uchun zaruriy shart-sharoit aniq keltirilgan bo‘ladi.
2. Havo yordamida sterillash. Bu quruq, issiq havoda (160, 180 yoki 2000C haroratda) sterillash bo‘lib uning samaradorligi harorat, vaqt, sterilizatsiya qilinuvchi ob’ektning issiqlik o‘tkazish darajasi va sterilizatsion kamerada issiq havoning erkin aylanishini ta’minlanishiga bog‘liq. Bu usulning ishlash me’yorlari quyidagicha taqsimlanadi:
a) Shisha, metall va forforli jismlar 180oC haroratda 20 daqiqa davomida, 200oC haroratda esa 10 daqiqa davomida sterillanadi.
b) Asosan issiqlikka chidamli bo‘lgan (natriy xlorid, rux oksidi, talk, oq gil va boshqalar) kukunsimon moddalarni sterillizatsiya qilishda qo‘llaniladi.
t/r
|
Sterilizatsiya qilinadigan namunaning massasi, g
|
Harorat, 0C
|
Minimal sterilizatsiyalash vaqti, daqiqa.
|
1.
|
25 gacha
|
180
|
30
|
200
|
10
|
2.
|
25 dan 100 gacha
|
180
|
40
|
200
|
20
|
3.
|
100 dan 200 gacha
|
180
|
60
|
200
|
30
|
c) Mineral va o‘simlik moylari, yog‘lar, lanolin, vazelin va mumlar ham shu usul bo‘yicha sterillanadi.
t/r
|
Sterilizatsiya qilinadigan namunaning massasi, g
|
Harorat, 0C
|
Minimal sterilizatsiyalash vaqti, daqiqa.
|
1.
|
100 gacha
|
180
|
30
|
200
|
15
|
2.
|
100 dan 500 gacha
|
180
|
40
|
200
|
20
|
Shuningdek, moylar va yog‘lar avtoklavlarda 119-121oC haroratda 2 soat davomida sterillanishi mumkin.
Shisha, metall, silikonli rezina va farforli materillar, shuningdek filtrli sterilizator filtri bilan va filtratni qabul qilgich 1800C haroratda 60 daqiqa davomida yoki 1600C haroratda 2,5 soat davomida sterilizatsiya qilinadi.
Ob’ektni butunligini saqlagan holda sterilizatsiya haroratini va sterilizatsiya vaqtini oshirish mumkin, faqat bu MTH larda o‘z aksini topgan bo‘lishi lozim. Sterilizatsiya usulining samaradorligi va nazorat ko‘rsatkichlari nazorat o‘lchagich asboblarida, kimyoviy va biologik testlar orqali belgilanadi. Sterilizatsiya samaradorligini kimyoviy test orqali belgilashda ma’lum bir sterilizatsiya ko‘rsatkichlarida o‘zining rangini yoki fizik holatini o‘zgartiradigan moddalardan foydalaniladi. Biologik test bakteriologik nazorat deyilib, sterillangan ob’ektdan olingan namuna mikroorganizmlarning o’sishi va ko‘payishi uchun qulay bo‘lgan sharoitga ekiladi. Sterilizatsiya samaradorligi mikroorganizmlarning bor yoki yo‘qligiga, shuningdek ularning turi va miqdoriga qarab belgilanadi.
Biotestlarni tayyorlash uchun quyidagi mikroorganizm testlardan foydalaniladi: B. Subtillis, B stearothermophilus va boshqa spora hosil qiluvchi mikroorganizmlarning toza namunalari.
3. Avtoklav yordamida sterillash. Bu usulning ish unumdorligi kam bo‘lganligi uchun faqat dorixona sharoitida ishlatiladi.
Avtoklav yordamida sterillashda haroratni to‘yingan bug‘ bosimiga to‘g‘rilash
t/r
|
Bosim
|
Suvning qaynash harorati, 0C
|
Bosim
|
Suvning qaynash harorati, 0C
|
Manometr ko‘rsatkichi bo‘yicha
|
Absolyut bosim
|
Manometr ko‘rsatkichi bo‘yicha
|
Absolyut bosim
|
|
0
|
1
|
99,1
|
2,5
|
3,5
|
138,2
|
|
0,2
|
1,2
|
104,2
|
3,0
|
4,0
|
142,9
|
|
0,4
|
1,4
|
108,7
|
3,5
|
4,5
|
147,2
|
|
0,6
|
1,6
|
112,7
|
4,0
|
5,0
|
151,1
|
|
0,8
|
1,8
|
116,3
|
4,5
|
5,5
|
154,7
|
|
1,0
|
2,0
|
119,6
|
5,0
|
6,0
|
158,1
|
|
1,5
|
2,5
|
126,8
|
5,5
|
6,5
|
161,2
|
|
2,0
|
3,0
|
132,9
|
6,0
|
7,0
|
164,2
|
Avtoklavda quyidagilar sterillanadi:
a) Shisha, metall va forfor jismlar (sklyankalar, kolbalar, silindr, voronka, havonchalar dastasi bilan) 119-1210C haroratda 20-40 daqiqa davomida sterillanadi.
b) Bog‘lov materiallari (paxta, linin, doka), filtr qog‘ozi, rezina probkalar va rezina mahsulotlari, pergament, sellyuloza va shoyi materillar 119-121oC haroratda 20-30 daqiqa davomida sterillanadi.
c) In’eksiya uchun mo‘ljallangan va suvda turg‘un bo‘lgan moddalarning eritmalari, 119-1210C haroratda eritmalarning hajmiga qarab: agar eritmaning hajmi 100 ml gacha bo‘lsa 8 daqiqa, 101 dan 500 ml gacha bo‘lsa 8-12 daqiqa, 501 ml dan 1000 ml gacha bo‘lsa 12-15 daqiqa davomida sterillanadi. Agar sterillash 1100C haroratda olib borilsa, sterilizatsiya vaqti hajmi 100 ml gacha bo‘lgan eritmalarda 30 daqiqa, 101 ml dan 500 ml gacha bo‘lsa 45 daqiqa, 501 dan 1000 ml gacha bo‘lsa 60 daqiqa davom etadi.
4. Kasrli sterillash (tindalizatsiya). Kasrli sterillash past turg‘unlikka ega bo‘lgan dori moddalarning eritmalari 60-650C haroratda 1 soat davomida 5 marta yoki 70-800C haroratda 3 marta har 24 soatda olib olib boriladi. Bu jarayon ko‘p vaqt talab qilganligi uchun ishlab chiqarish amaliyotida deyarli ishlatilmaydi.
5. Yuqori chastotali tok yordamida sterillash. Bu generatorlar yordamida hosil qilingan, katta chastotali almashinish kuchiga ega bo‘lgan tok kuchida sterillash bo‘lib, bu tok elektromagnit maydonini hosil qilishi natijasida, modda molekulalarining muvozanati buziladi. Bu buzilish hisobiga qisqa muddatli (1-2 daqiqa) modda zarrachalarining qizishi kuzatiladi va u sterillanadi. Bu usuldan ishlab chiqarishda foydalanish maqsadida, keyinga paytlarda usulning asosiy mexanizmini o‘zida saqlab qolgan asbob uskunalarni taklif qilish borasida amaliy izlanishlar olib borilmoqda. Shu bilan birga bu usuldan oziq-ovqat sanoatida konservalarni sterillashda keng ko‘lamda foydalanilmoqda.
Ultrabinafsha nurlar yordamida sterillash.
Ultrabinafsha nurlar yuqori baktereotsid ta’sirga ega bo‘lib, quyosh nulari tarkibidagi ultrabinafsha nurlarning to‘lqin uzunligi 380 nm (1 nm 10 angestermga teng) ni tashkil qiladi. Mikroorganizmlar faolligiga 253,7-257,5 nm to‘lqin uzunligidagi ultrabinafsha nurlari baktereotsid ta’sir ko‘rsatadi. Ularning asosiy manbai simob-kvarsli yoki argon-simobli lampalar bo‘lib (127-230 V), 70% atrofidagi lampalar o‘zidan 253,7 nm to‘lqin uzunligiga ega bo‘lgan ultrabinafsha spektriga ega. Simob-kvarsli lampalar yuqori samaradorlikka ega bo‘lib, PRK-2 va PRK-4 aynan shu turdagi lampaga misol bo‘ladi. Ularning kamchiligi elektr energiyasini ko‘p sarflashida. Argon-simobli lampalar qisman bo‘lsada nurlanish chaqiradi. BUV-30 aynan argon-simobli lampa hisoblanadi. U yuqori samaradorlikka ega, shu bilan birga elektr energiyasini ham kam sarflaydi. Bu lampa shishasining tarkibi quyidagicha: Si2O-77,94%, B2O3-14,99%, Al2O3-2,89%, Fe2O3-0,01%, CaO-0,08%, MgO-0,09%, Na2O-4%.
Ultrabinafsha nurlarining intensivligi baktlarda (Bakt - b) o‘lchanadi. BUV-30 ning intensivligi 2,95 b ga teng.
Bugungi kunda NBO (nastenniy bakteritsidniy obluchatel), PBO (potolochniy bakteritsidniy obluchatel – 30 m3) va MBO (myachniy bakteritsidniy obluchatel) keng ishlatilmoqda.
Radiatsion sterilizatsiya.
Bugungi kunda radiatsion sterilizatsiya AQSH, Angliya va boshqa xorijiy davlatlarda ishlatilmoqda. Bu usul yordamida sterilizatsiya qilinganda harorat 3% gacha ko‘tariladi. Shunday ekan bu usuldan termolyabil moddalarni sterillashda foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bu usulda sterillashda energiya manbai bo‘lib, yadroli reaktorlarning chiqindilari yoki sun’iy usulda olingan radioaktiv izotoplar ayniqsa So60 hizmat qiladi. Asosan 2,5.106 rad (1 g moddaga nisbatan 1 rad =100 erg ga teng) miqdoridagi sterilizatsiya mo‘tadil hisoblanadi.
Uglevodlar, aromatik birikmalar, oqsillar, aminoqandlar, aminokislotalar, antibiotiklar, vitamin va boshqalar ustida radiatsion sterillash usuli sinab ko‘rilgan. Shuningdek, tibbiyotda xirurgik anjomlarni sterillashda ham ushbu usuldan foydalaniladi.
Kimyoviy usulda sterillash.
Bu usulda sterillash mikroorganizmlar mikroflorasini kimyoviy moddalar bilan yemirishi hisobiga amalga oshiriladi. Bunday moddalarning bir guruhi mikroblarga qarshi baktereotsid ta’sir ko‘rsatadi. Bunday ta’sir mexanizmiga ega bo‘lgan kimyoviy moddalar antiseptik moddalar yoki antiseptiklar deyiladi. Ikkinchi gurux kimyoviy moddalari mikroblarni o‘ldirmaydi, lekin ularning rivojlanishi va ko‘payishini to‘xtatadi. Bunday moddalar konservantlar deyilib, bugungi kunda antiseptik va konservant moddalarning bir necha xillari tibbiyot va farmatsevtika amaliyotida keng ko‘lamda qo‘llanilib kelinmoqda. Albatta bu moddalar avvalo inson organizmi uchun bezarar bo‘lishi lozim. Lekin ko‘pchilik antiseptik moddalar organizm uchun zaharli hisoblanadi. Masalan simob (II) xlorid eng yaxshi antiseptik vosita bo‘lsada, undan bu maqsadda foydalanishning imkoniyati yo‘q. Shunday ekan ko‘pgina antiseptik moddalar eritmalarni sterillash uchun konservant sifatida ishlatiladi. ko‘pgina bakteriyalarning sporalari antiseptik moddalarga kam sezuvchan bo‘lib, ularning faoliyatini faqat konservantlar bilan to‘xtatib turish, qolaversa ochilgan ampula yoki flakonlarning ma’lum muddat oralig‘ida turg‘anligini ta’minlab turish imkoniyati bo‘ladi.
Farmatsevtik ishlab chiqarishda quyidagi konservantlar asosiy o‘rnni egallaydi:
Nipagin – paraoksibenzoy kislotasining metil efiri bo‘lib, oq kristall kukun, suvda (0,25% 20oC) kam eriydi, spirtda eriydi. U qimmatbaxo konservant bo‘lib, zararsiz, uning 0,05% miqdori ham yetarli natijani beradi. Undan 0,25% gacha foydalanish mumkin. Uning baktereotsid ta’siri fenolga nisbatan 2,6 martaga ortiq.
Nipazol – paraoksibenzoy kislotasining propil efiri bo‘lib, uning suvdagi eruvchanligi 0,03% ni tashkil qiladi. Uning baktereotsid ta’siri fenolga nisbatan 15 martaga ortiq. Nipazolni suvda qiyin erishini inobatga olib, uning nipagin bilan aralashmasidan (7 qism nipagin, 3 qism nipazol) foydalanish tavsiya etiladi. Bu aralashma konservant sifatida samarali va ishonchli hisoblanadi. Shuningdek, bu aralashmadan bir qator issiqlikka sezuvchan va oson parchalanuvchi moddalardan in’eksion eritmalar tayyorlashda erituvchi sifatida foydalaniladi.
Xlorbutanolgidrat (xloreton) – rangsiz, kamfora hidli kristall bo‘lib, uning 1 g miqdori 200 g suvda eriydi, spirtda esa oson eriydi. Konservant sifatida 0,5% gacha ishlatiladi.
Trikrezol – metilfenol (har uchchala izomerlarining aralashmasi), fenolga nisbatan yuqori baktereotsid ta’sirga ega, shu bilan birga kam zaharli. Konservant sifatida 0,3% gacha foydalanish mumkin.
Fenol – konservant sifatida 0,5% gacha ishlatiladi.
Feniletil spirti – asosan chet ellarda foydalaniladi. Undan ko‘z tomchilari uchun konservant sifatida 0,5% gacha bo‘lgan miqdorda foydalanishni birinchi bo‘lib V.A.Martinova taklif qilgan.
Sefirol tipidagi preparatlar – to‘rtlamchi ammoniy asoslari tuzlarining yuqori molekulali birikmalari bo‘lib, sefiran ularning tipik vakilidir. U laurindimetilbenzilammoniy (xloridbenzalkoniy) ko‘rinishida bo‘ladi. U patogen mikroorganizmlar uchun ham baktereostatik ham batereotsid ta’sir ko‘rsatadi. Ginekologiya (0,5-1%) va jarrohlikda (0,1-0,5%) asbob uskunalarni dezinfeksiya qilish uchun, shuningdek qo‘l yuvishda (1%) ishlatiladi. Konservant sifatida esa uning 1:10 000 nisbatdagi eritmasidan foydalaniladi.
Shuningdek, konservant sifatida simobning yuqori sirt faollikka ega bo‘lgan organik brikmalaridan ham foydalaniladi. Ulardan eng ko‘p ishlatiladigani o‘zida natriy etilmerkuriosalitsilat saqlovchi mertiolat bo‘lib, u 0,01% miqdorida ishlatiladi.
Spirt va glitserin suvli ajratmalar, xloroform ekstraktlar ishlab chiqarishda konservant sifatida qo‘llanaladi. Salitsil kislotasining 0,1% eritmasi ham konservant sifatida ishlatilishi mumkin. Ba’zi bir in’eksion eritmalarning o‘zlari bakteriostatik ta’sirga ega (geksametilentetramin). Ularga faqat konservant qo‘shish lozim bo‘ladi xolos.
Gazlar yordamida sterillash.
Bu usulda sterillash uchun oson uchuvchan, vakuum yoki kuchsiz qizdirish orqali muhitda tez yo‘qotish mumkin bo‘lgan moddalardan foydalaniladi. Haroratga chidamsiz bo‘lgan moddalar aynan shu usul bo‘yicha sterillanadi.
Gazlar yordamida sterillashda betta propiolakton, etilen oksidi yoki uning turli hil flegmatizatorlari: metilbromid, uglerod (II) oksidi, xladon (freon) va boshqalar bilan hosil qilgan aralashmalaridan foydalaniladi. Ularning antimikrob ta’siri, suvli eritmalarida hosil bo‘lgan gidrolizatlarning bevosita mikroorganizmlarga antimikrob ta’sir qilishiga asoslangan. Sterilizatsiya jarayoni gazli sterilizatorlarda yoki mikroanaerostatlarda (portativ apparatlarda) olib boriladi. Ular quyidagi rejim bo‘yicha ishlaydi:
etilen oksidi – sterillash dozasi 1200 mg/dm3, sterillash harorati 180C kam bo‘lmasligi, nisbiy namlik 80%, sterillash vaqti 16 soat bo‘lishi lozim (portativ apparatlar);
etilen oksidini metil bromid bilan 1 : 2,5 og‘irlik nisbatidagi aralashmasi. Buning uchun 2 xil sharoit mavjud: a) sterillash dozasi 2000 mg/dm3, sterillash harorati 550C, nisbiy namlik 80%, sterillash vaqti 5 soat. b) sterillash dozasi 2000 mg/dm3, sterillash harorati 180C kam bo‘lmasligi, nisbiy namlik 80%, sterillash vaqti 16 soat bo‘lishi lozim (portativ apparatlar).
Ob’ektning butunligini saqlab qolgan holda gaz yordamida sterillash jarayonining harorati va vaqti, shuningdek dozasi va nisbiy namlik o‘zgartirilishi mumkin. Bu o‘zgartirish MTH da o‘z aksini topgan bo‘lishi lozim. Sterilizatsiya qilinishi lozim bo‘lgan ob’ekt qalinligi 0,06 dan 0,2 mm gacha bo‘lgan polietilen plyonkalari, pergament va boshqa materiallardan tayyorlangan paketlarga qadoqlanadi. Bu usul bilan asosan rezina, shisha, metall va polimerdan tayyorlangan materiallarni sterillash maqsadga muvofiq.
Etilen oksidi va metil bromidning zaharliligi uchun, bu gazlar yordamida sterilizatsiya qilishda, MTH da keltirilgan me’yor darajasida ventilyasion qurilma gazlardan holi qilinadi.
Gazsizlantirish shart-sharoiti MTH da keltirilgan, sterilizatsiya qilinishi lozim bo‘lgan ob’ektning o‘lchami, qo‘llanilishi, ob’ekt materiali va qadoqlash usuliga qarab belgilanadi.
Gaz yordamida sterillash ko‘rsatkichlari va samaradorligi nazorat-o‘lchagich asboblari, kimyoviy va biologik testlar orqali nazorat qilib boriladi.
Etilen oksidi va karbonat angidridi aralashmasidan sterilizatsiya maqsadida foydalanish, birinchi bor Britaniya farmakopeyasiga 1963 yilda, AQSH farmakopeyasida esa 1965 yilda kiritildi. Ularda keltirilishcha suyuq etilen oksidi 10,7oC haroratda qizdiriladi va po‘lat ballonlarda saqlanadi. U oson alangalanuvchi va teri uchun zararli. 0,5 mg/l etilen oksidi inson organizmi uchun zararsiz bo‘lib, uning zararlilik darajasini kamaytirish uchun karbonat angidridi bilan 9:1 nisbatdagi aralashmasi ishlatiladi. Xorijiy davlatlarda etilen oksididan termolabil moddalar, asbob-uskuna va apparatlar, plastmassa va bog‘lov materiallarini sterillash maqsadida ishlatiladi.
Betta propilakton suyuqlik bo‘lib, 153oC haroratda qaynaydi. Suvda eriydi va betta oksipropion kislotasini hosil qiladi. Betta propiolaktonni sterillovchi eritma sifatida ishlatiladigan konsentratsiyasi 0,2%, harorat 37oS, vaqt 2 soat.
Dostları ilə paylaş: |