Emulgatorlar.
Emulsiyalar tayyorlashda ishlatiladigan emulgatorlarning samaradorligi dispers faza yuzasini ularning eng kam miqdoriga qarab belgilanadi.
Gidrofil-lipofil balans (GLB). Har bitta emulgatorning samaradorligi maxsus GLB ko‘rsatkichi bilan ifodalanadi.
GLB - ikkita bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan guruhga ega bo‘lgan gidrofil va gidrofob molekulalarining o‘zaro nisbatidir. Bugungi kunga kelib moddalar molekulalarning tuzilishi yoki fizik kimyoviy xossalariga qarab ularning GLB qiymatlarini ifodalovchi aniq bir nazariya mavjud emas. Shuning uchun 1949 yilda Griffin (Griffin W.C.) tomonidan taklif qilgan yarimemperik tizim suvni alohida sirt faol moddalar molekulasidan tashkil topgan guruhlar bilan o‘zaro to‘g‘ri kelish darajasidan foydalaniladi.
Ionogen emulgatorlar (elimlar – arab elimi-Gummi arabicum, o‘rik elimi-Gummi armeniaca, tragakant-Gummi Tragacanthae,o‘simlik shilimshiqlari – salep tuganagi-Mucilago Salep, pektin-Pectinum).
Ionogen emulgatorlar anionli yoki kationli sirt faol moddalardir. Ularning birinchisi suvda dissosatsiyalanib manfiy zaryadli, ikkinchisi esa musbat zaryadli ionlar hosil qiladi. Bu guruhlarning tipik vakili sovun (anionli SFM) va ammoniyli asos (kationli SFM). Bu har ikkala guruh emulgatorlari linimentlar va surtmalar tayyorlashda keng ko‘lamda ishlatiladi.
Oddiy emulsiyalar tayyorlashda esa amaliyotda asosan yelimlar, shuningdek pektinli va shilimshiqli moddalar ham ishlatiladi. Bu emulgatorlar tabiati bilan faol anionli emulgatorlar hisoblanadi. Sababi ular tarkibida yarim arabin tuzlari (elim) va boshqa yarim uron kislotalarini saqlaydi.
Noionogen emulgatorlar (kraxmal, sellyuloza va uning hosilalari –metilsellyuloza va karboksimetilsellyuloza, tvinlar va spanlar, T-2 emulgatori).
Amfoter emulgatorlar (jelatoza, kazein, kazein natriy va quruq sut).
Emulsiyalarning qovushqoqligi.
Emulsiyaning qovushqoqligi uni tashkil qilgan dispers faza qovushqoqligi η1 ga, dispersion muhit qovushqoqligi η0 ga, dispers fazaning hajmiy konsentratsiyasi φ ga va emulgatorning xossalariga bog‘liq. Dispers faza qattiq moddadan iborat dispers sistemalar qovushqoqligini ifodalovchi Eynshteyn tenglamasi:
ηs= η0(1+2,5 φ)
Faqat dispers fazaning qovushqoqligi dispersion muhit qovushqoqligidan katta bo‘lgan emulsiyalar uchun qo‘llanila oladi. G. Teylor 1932 yilda emulsiyalar qovushqoqligini tekshirib, Eynshteyn tenglamasiga o‘xshash tenglamani taklif qildi:
Bu tenglama Eynshteyn tenglamasidan faqat
ko‘paytiruvchisi borligi bilan farq qiladi. Teylor bu tenglamani chiqarishda zarrachalar orasida o‘zaro ta’sir yo‘q deb faraz qilgan. D.Sibri emulsiyalarning qovushqoqligini xisoblab topish uchun quyidagi tenglamani taklif qildi:
Bunda K-“hajmiy faktor” deyiladigan doimiy kattalik, uning qiymati ko‘pchilik emulsiyalar uchun 1,3 ga yaqin. Umuman K ning qiymati emulsiya tipiga, dispers faza va emulgator moddalarning xossalariga bog‘liq.
Emulsiya tarkibidagi dispers faza konsentratsiyasi oshirilganida emulsiyaning qovushqoqligi ortibgina qolmay, balki u qattiq mutaxkam holatni kasb etadi. Shu sababli yuqori konsentratsiyaga ega bo‘lgan emulsiyani hatto sindirish va kesish mumkin. Emulsiyalarning qattiq va mustahkam holatini (boshqacha aytganda siljish kuchlanishining chegara qiymatini) olishiga sabab ikkita:
Emulsiya konsentratsiyasi ortganida dispers faza tomchilarini birlashtiruvchi strukturalar hosil bo‘ladi.
Tarkibida emulgator bor fazalar aro qavatlar elastik xossalarga ega.
Yuqori konsentratsiyali emulsiyalarning tashqi ko‘rinishi quyuq jelatina eritmalarini eslatadi.
Emulsiyalarning molekulyar kinetik xossalari.
Dispers tizimlarning boshqa ko‘rinishlaridagi kabi yuqori disperslikka ega bo‘lgan emulsiyalarning suyultirilgan eritmalarida ham broun harakati kuzatiladi. Dispers faza va dispersion muhit moddalarining zichliklari orasida farq bo‘lishiga qarab, emulsiyaning yirik tomchilari suyuqlik sirtiga qalqib chiqadi yoki idish tubiga cho‘kadi. Emulsiya sferik tomchilarining cho‘kish tezligi φ uchun V.Ribchinskiy va I.Gadamard quyidagi tenglamani taklif qilganlar:
bunda r - tomchi radiusi,
d1 - dispers faza moddasining zichligi,
d0 –dispersion muhit moddasining zichligi,
η1-dispers faza moddasining qovushqoqligi,
η0- dispersion muhit moddasining qovushqoqligi.
Bu tenglama hamma vaqt tajribada tasdiqlanavermaydi. Buning sababi, fazalar orasida o‘ziga xos mexanik xossalarga ega bo‘lgan uchinchi qavat hosil bo‘lishi mumkin.
Emulsiyalarni olish usullari.
Boshqa dispers tizimlar singari, emulsiyalar ham dispergatsiya va kondensatsiya usullari bilan olinadi. Dispergatsiya usuli qo‘llanilganda qanday tipdagi emulsiya hosil bo‘lishi fazalarning aralashtirish tartibiga, ularning tabiatiga, emulgatorni qo‘shish usuliga va emulsiyani tayyorlash texnikasiga bog‘liq. M/S emulsiyasida fazalari bir-biriga quyidagi tartibda qo‘shilganda hosil bo‘ladi: avval emulgator suvda yoki “moyda” eritiladi, so‘ngra emulgator qo‘shilgan oz-ozdan “moy”qo‘shib boriladi. S/M emulsiyasini hosil qilish uchun emulgator qo‘shilgan “moy” ustiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri suv solinadi. Albatta bu usuldan faqat dispers faza konsentratsiyasi kichik bo‘lgan emulsiyalar olishda foydalaniladi. Aks holda emulsiya fazalarining almashinish hodisasi ro‘y berishi mumkin.
Sovun yordamida emulsiya olish uchun zaruriy yog‘ kislotasini moyda eritib, bu eritma ishqorning suvdagi eritmasi bilan aralashtiriladi. Bunda sovun hosil bo‘lish reaksiyasi fazalar sirtida sodir bo‘ladi. O‘zaro qo‘shiladigan moddalarning miqdorlari orasidagi nisbatga qarab bu usul yordamida M/S yoki S/M tipidagi emulsiyalar tayyorlash mumkin. Emulsiya tayyorlash uchun ikkita suyuqlik maxsus konstruksiyali asboblarda aralashtiriladi. Eng oddiy konstruksiyadagi asbobda bir suyuqlikka ma’lum bir tezlikda ikkinchi suyuqlik oqimi yuboriladi. Bu ishni unumli bajarishda suyuqlik oqimining tezligi kritik tezlikdan past bo‘lsa, hech qanday emulsiya hosil bo‘lmaydi. Sanoatda va laboratoriyada fazalarni bir-biriga qo‘shish turli ko‘rinishdagi aralashtirgichi bor apparatlarda bajariladi. Lekin bu usul yordamida yuqori konsentratsiyali emulsiyalar hosil qilib bo‘lmaydi. Bu maqsad uchun kolloid tegirmonlardan foydalaniladi.
Suspenziyalarni sanoat miqyosida ishlab chiqarish
Suspenziyalar quyuq dori shakli bo‘lib, ular o‘z tarkibidagi dispers muhitda dispers faza sifatida bir tekis taqsimlangan bir yoki bir nechta maydalangan, kukunsimon dori moddalarini saqlaydi. Parenteral yo‘l bilan ishlatiladigan suspenziyalar faqat muskul orasiga yuboriladi. Ular “In’eksion eritmalar” ga qo‘yilgan barcha talablarga javob berishi kerak, agar xususiy farmakopeya maqolasida boshqa ko‘rsatmalar bo‘lmasa.
Suspenziyalar tayyor yoki yarim mahsulot (suspenziya tayyorlashga mo‘ljallangan kukun yoki granula) ko‘rinishida ham bo‘lishi mumkin, qaysiki ishlatishdan oldin xususiy farmakopeya maqolasida ko‘rsatilgan suv yoki boshqa erituvchida eritish mumkin bo‘lgan.
Suspenziyalar tayyorlashda yordamchi modda sifatida dispers muhit qovushqoqligini oshiruvchi sirt faol moddalar, bufer tabiatli moddalar, har xil korrigentlar, konservantlar, antioksidantlar, bo‘yovchi moddalar va boshqa tibbiyot amaliyotida ishlatishga ruhsat berilgan moddalardan foydalaniladi. Bu yordamchi moddalar ro‘yhati suspenziya uchun tuzilgan xususiy farmakopeya maqolasida o‘z aksini topgan bo‘lishi kerak. Zaharli moddalardan suspenziyalar tayyorlash mumkin emas.
1 g (ml) suspenziya tarkibidagi asosiy ta’sir etuvchi modda miqdorining chetlanishi ±10% dan ortmasligi kerak.
Suspenziyalar ishlatishdan oldin 1-2 daqiqa davomida chayqatiladi. Bunda qattiq faza zarrachalarining suyuq dispers muhitda bir tekis taqsimlanishini nazorat qilish lozim. Suspenziyalarning sedimentatsion turg‘unligi yoki qattiq faza zarrachalarining o‘lchamlari xususiy farmakopeya maqolasida keltirilgan bo‘lishi kerak.
Yarim mahsulot sifatida chiqarilgan kukun yoki granulalardan suspenziyalar tayyordashda suv yoki boshqa erituvchi bilan chayqatilgandan so‘ng qancha vaqt saqlanishi ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim. Suspenziyalarning barchasida “Ishlatishdan oldin chayqatilsin” degan yozuv bo‘lishi shart. Suspenziyalar ularni turg‘unligini saqlanish davomida to‘liq ta’minlay oladigan idishlarga qadoqlanadi va salqin joyda saqlanadi.
Suspenziyalarning afzalliklari:
umuman hech qanday erituvchida erimaydigan dori moddalardan ham ularning maydalik darajasini oshirish bilan, suyuq dispers muhitda bir xilda tekis taqsimlanishini ta’minlab, kukun va tabletkalarga nisbatan yuqori terapevtik samaradorlikni namoyon qiladigan dori shaklini olish mumkin.
suspenziya ko‘rinishidagi dori moddalari oddiy eritmalarga nisbatan qaysidir ma’noda ta’siri uzaytirilgan dori shakli hisoblanadi, masalan rux insulin suspenziyasi bu jihatdan alohida e’tiborga loyiq, sababi oddiy insulin eritmasi 6 soat ta’sir qilsa, rux insulin suspenziyasi esa 24-36 soatgacha ta’sir qilishi mumkin.
Suspenziyalarni tindirish natijasida og‘ir modda idish tubiga cho‘kadi. Dispersion muhit ichida dispers fazaning cho‘kish jarayoni sedimentatsiya deyiladi. Bu xodisani barcha suspenziyalarda kuzatish mumkin. Biroq barcha suspenziyalarning sedimentatsiya tezligi har xil bo‘ladi. Suspenziyalarning cho‘kish tezligi dispersion muhitning zichligiga, qovushqoqligiga va dispers faza zarrachalarining zichligiga hamda ularning radiusiga bog‘liq. Agar t vaqt ichida zarrachaning bosgan yo‘li H bo‘lsa, sedimentatsiya tezligi
Sedimentatsiya tezligi bilan muhitning qovushqoqligi va zichligi o‘rtasidagi bog‘lanish quyidagi tenglama bilan ifodalanadi:
bunda r - zarrachalar radiusi
η - dispersion muhitning qovushqoqligi,
v - cho‘kish tezligi,
D - zarrachaning solishtirma og‘irligi,
d - dispersion muhitning solishtirma og‘irligi,
g - og‘irlik kuchi tezlanishi.
Sedimentatsiya tezligining dispersion muhit qovushqoqligiga teskari proporsional ekanligi tenglamadan ko‘rinib turibdi. Bir xil dispersion muhitda bo‘lgan turli modda suspenziyalarining sedimentatsiya tezligi o‘sha dispers fazaning radiusi kvadratiga, dispers faza va dispersion muhit moddalarining zichliklari ayrimasiga to‘g‘ri proporsionaldir. Avval yirik zarrachalar, undan keyin esa mayda zarrachalar cho‘kadi. Albatta D>d bo‘lgan hollardagina cho‘kish kuzatiladi. Agar D
Sedimentatsiya tezligini aniqlash uchun N.A.Figurovskiyning sedimentator deb ataladigan asbobidan foydalaniladi. Buning uchun suspenziya ichiga joylashgan pallachaga t vaqt ichida cho‘kkan modda og‘irligi g aniqlanadi. Absissalar o‘qiga t ni, ordinatalar o‘qiga esa g ni qo‘yib sedimentatsiya diagrammasi hosil qilinadi. Sedimentatsiya diagrammasining chiziqlari turli suspenziyalar uchun turlicha bo‘ladi. Bu chiziqlardan foydalanib, suspenziyadagi zarrachalarning o‘rtacha radiuslarini aniqlash mumkin. Shuningdek, agar suspenziya polidispers bo‘lsa, sedimentatsiya diagrammasidan foydalanib, suspenziyaning qancha foizi qanday disperslikka ega ekanligi hamda suspenziya fraksiyalarining nisbiy miqdorlarini aniqlay olamiz.
Filtrlash. Filtrlash orqali sterillash.
Haroratga chidamsiz bo‘lgan modda eritmalari filtrlash orqali sterillanadi. Buning uchun mikroorganizmlar va ularning sporalarini o‘zida tutib qoluvchi keramik, shisha, membranali va tolali filtrlardan foydalaniladi.
Keramik filtrlar. Bu filtrlarga “bakteriologik shamcha” nomini olgan filtrlar misol bo‘lib, ular Vyuxner voronkasiga o‘xshab bosim ostida ishlaydi. U bir tomoni ochiq forforli silindrdan iborat bo‘lib, ishlash mexanizmiga qarab: Shamberlan va Berkefeld keramik filtrlariga bo‘linadi. Agar eritma filtrning g‘ovakli devori orqali stvol qismiga o‘tsa Shamberlan filtri, uning aksi, ya’ni filtrning asosidagi eritma devor orqali devor bilan stvol o‘rtasidagi bo‘shliqqa o‘tsa Berkefeld filtri deyiladi.
Bugungi kunda ishlab chiqarish amaliyotida F1 (4,5 mkm), F2 (2,5-4,5 mkm), F3 (1,9-2,5 mkm), F5 (1,3-1,9 mkm), F7 (0,9-1,3 mkm) va F11 (0,9 mkm) tipli keramik filtrlardan foydalanilmoqda. F1 va F2 keramik filtrlari eritmalarni birlamchi filtrlashda ishlatiladi. Natijada tiniq lekin nosteril eritma hosil bo‘ladi. F3 filtrlari mikroskop orqali ko‘riladigan mikroblar va bakteriyalarning sporalarini ushlab qola oladi. Bir turdagi filtrdan faqat bir nomdagi eritmani o‘tkazish mumkin bo‘ladi.
Shisha filtrlar. Bular shisha qurumidan tashkil topgan plastinkali filtrlar bo‘lib, ularning har xil o‘lchamdagi g‘ovakli turlari mavjud. Ular faqat filtrlash uchun ishlatiladi. Faqat mikrog‘ovaklarining o‘lchami 0,7-1,5 mkm bo‘lgan 5-sonli filtr filtrlab sterillashda qo‘llaniladi. Shisha filtrlar sodda, qulay va arzon bo‘lib ular asosan bosim ostida ishlaydi. Eritmalarni filtrlashda avval qog‘oz filtr orqali o‘tkazib olingani ma’qul. Sababi eritma tarkibidagi har xil mexanik aralashmalar shisha filtrni erta ishdan chiqarishi mumkin. Shuningdek, filtrning mikrog‘ovakliklari mikroorganizmlar va boshqa iflosliklar tufayli tiqilib qolishini inobatga olgan holda uni vaqti-vaqti bilan xromli aralashma bilan tozalab turish tavsiya etiladi.
Membranali filtrlar – filtrlab sterillash maqsadida ishlatiladi, ularni filtrlash asosi membrana hisoblanib, mikrog‘ovaklarining qalinligi 100 mkm, o‘lchami 0,2-0,3 mkm efirli sellyulozadan iborat. Bu filtrlar suv, kislota va ishqorga nisbatan turg‘un, lekin spirt va efirga nisbatan sezuvchan bo‘lib, ular ishdan tashqari holatda saqlanishi davomida dag‘allishib qoladi. Shuning uchun ularni tozalangan suvda konservantlar qo‘lshilgan holda saqlash tavsiya etiladi. Ular g‘alvirli ishlash mexanizmiga ega bo‘lib, g‘ovaklarining katta kichikligiga qarab turlicha bo‘ladi, ular ish jarayonida faqat bir o‘lchamdagi zarrachalarni tutib qolish hossasiga ega.
Chuqur qa’rili filtrlar. Ular murakkab ishlash mexanizmiga ega bo‘lib (g‘alvirli, adsorbsion va inersion), ko‘p holatlarda har xil o‘lchamdagi zarrachalarni tutib qolish hossasiga ega.
Membranali filtrlarning pasportida “ko‘pik hosil bo‘lish nuqtasi” (gazning minimal bosimida) degan kattalik keltiriladi. Bu kattalik bevosita filtrdagi maksimal diametrli g‘ovaklarning soniga bog‘liq.
Tolali materiallardan tayyorlangan filtrlar. Ular bakterial filtrlar bo‘lib, Zeyts va Salnikov filtrlari ularning tipik vakillaridir. Ular bosim ostida ishlaydi, ishlatishdan oldin bu filtrlar sterillanishi shart.
Suzish — murakkab gidromexanik jarayon bo‘lib, uning unumdorligi suzish jarayoniga, sharoitlariga va ishlatiladigan material teshiklarining zichligiga bog‘lik, bo‘ladi. Har qanday suzish qurilmasining asosiy qismini g‘ovak to‘siqlar tashkil qiladi. Suzish ishlatiladigan g‘ovak to‘siqlar uch guruhga bo‘linadi:
1-guruh. Siqiladigan g‘ovak to‘siqlar — bunga paxta, sun’iy yoki tabiiy tolalardan to‘qilgan matolar kiradi: perxlorvinil, doka, bo‘z, belting, shoyi, surp, kapron neylon, perlon va hokazolar.
2-guruhga. Siqilmaydigan g‘ovak to‘siqlar — metall, keramika, shisha va shunga o‘xshash g‘ovak to‘siqlar kiradi. Bunday suzgichlar shamsimon, plastinka, likopcha tarzida chiqariladi va yuqori haroratda tayyorlanadi.
3-guruhga donador to‘siqlar — faollashtirilgan ko’mir, qum, qizilgurlar kiradi.
Korxona sharoitida katta miqdordagi suyuqliklarni dastlabki suzish maqsadida har xil tuzilishga ega bo‘lgan suzgichlar ishlatiladi. Jumladan, nutch, druk suzgichlar, suzgich-press, markazdan qochish kuchiga asoslangan suzgichlar, ayrim hollarda tindirgichlar, qop suzgichlaridan foydalanish mumkin. In’eksiya uchun ishlatiladigan eritmalarni suzish uchun g‘ovak to‘siqlar teshigi 1—5 mkm dan katta bo‘lgan zarrachalarni olish qobiliyatiga ega bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |