O’zbekisтon respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi



Yüklə 390,77 Kb.
səhifə2/13
tarix05.05.2020
ölçüsü390,77 Kb.
#31081
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
ДВТНА маъруза матни lotin


Eritmalar nazariyasi. Moddalarning suvda eruvchanligi bilan D.I.Mendeleev davriy jadvalida elementlarning joylanishi orasida ma’lum bog’lanish borligi muqarrar. 1794 yilda rus olimi Т.Ye.Lovits eritmalarning o’ta to’yinish hodisasini kashf etdi. Тo’yingan issiq eritma filtrdan o’tkazilib, qattiq jism zarrachalaridan tamomila ozod qilingandan keyin ehtiyotlik bilan sovutilsa, eritmadan qattiq jism ajralib chiqmasligi mumkin. Bunday eritmada bo’lgan eruvchi modda konsentratsiyasi to’yingan eritmadagiga qaraganda ortiq bo’ladi. Shunday eritma o’ta to’yingan eritma deyiladi. O’ta to’yingan eritma barqaror tizim emas, biroq tinch holatda uzoq saqlanishi mumkin. Agar bunday eritmaga eruvchi moddaning kichik kristallari tashlansa (yoki eritma silkitilsa), darhol kristallanish sodir bo’ladi. Masalan, Na2SO4 ·10H2O tuzlari o’ta to’yingan eritmalar hosil qiladi.

Suyuq moddalarning eritmalari. Ikki suyuklik bir-biri bilan aralashtirilganda quyidagi uch holat kuzatiladi:

  1. Suyukliklar o’zaro istalgan nisbatda aralashadi, masalan suv bilan spirt, benzol bilan dixloretan, benzol bilan taluol.

  2. Suyuqliklar o’zaro ma’lum chegaralardagina aralashadi, masalan, suv bilan fenol, suv bilan anilin.

  3. Suyuqliklar o’zaro aralashmaydi masalan, suv bilan simob.

Bir-biridan mutloqo erimaydigan suyuqliklar bo’lmaydi, bir suyuqlik ikkinchi suyuqlikda ozgina bo’lsa ham eriydi. Bir-birida ma’lum chegaragacha eriydigan suyuqliklarga qator misollar keltirish mumkin. Masalan, amilspirti bilan suv aralashtirilsa, aralashma tingandan so’ng, idishda ustma-ust ikkichi qavat hosil bo’ladi. Ustki qavat suvning amil spirtidagi to’yingan eritmasi, pastki qavat amil spirtining suvdagi to’yingan eritmasidir.

O’zaro ma’lum chegaragacha eriydigan suyuqliklarning eruvchanligi haroratning o’zgarishi bilan o’zgaradi va ba’zan yuqoriroq haroratda ikki suyuqlik o’zaro eriy boshlaydi. Bunga anilin bilan suvni misol qilib olish mumkin. Agar ozgina anilinga suv qo’shilsa, anilin suvda erib ketadi. Anilin miqdori oshirilsa aralashma tingandan so’ng, ustma-ust ikki qavat hosil bo’ladi.



Uchta suyuqlikning bir biridagi eruvchanligi. Uchta suyuqlik bir-biri bilan aralashtirilganda ular o’zaro xilma-xil erishi mumkin. Bunda gomogen tizimdan tortib uch qavatli tizim ham hosil bo’ladi.

Bunday suyuqliklar aralashganda quyidagi 5 xil holatni kuzatiladi.

Birichi holatda agar ABS suyuqliklarning bittasi qolgan ikkitasida cheksiz erisa har uchchala suyuqlik ham o’zaro bir-birida eriydi deb qaraladi. Ular aralashtirilganda gomogen eritma hosil bo’ladi. Тarkibni quyidagicha ifodalash mumkin;

A suyuqlik VS da

V suyuqlik AS da

S suyuqlik AV da

Ikkinchi holatda agar AVS suyuqliklar o’zaro bir-birlarida erimasa, ular aralashtirilganda uch qavatli tizim hosil bo’ladi. Shuni ham aytib kerakki, har uchchala suyuqlik ham bir-biridan mutloqo erimasdan qolmaydi. Chegaralar sirtida qisman bo’lsa ham erish kuzatiladi.

Uchinchi holatda AVS suyuqliklarning bir jufti bir-birida erimaydi yoki ma’lum chegaragacha eriydi, lekin qolgan ikki jufti bir-birida yaxshi eriydi. Masalan AV yoki AS va VS.

Тo’rtinchi holatda AVS suyuqliklarning bir jufti bir-birida yaxshi eriydi, qolgan ikki jufti esa bir-birida ma’lum chegaragacha eriydi.

Beshinchi holatda AVS suyuqliklardan har biri qolgan ikkitasida ma’lum chegaragacha erishi mumkin.

Farmatsevtik korxonalarda emulsiyani xosil qilish uchun birinchidan, emulsiya tarkibiga kiruvchi suyuqliklarni yetarli darajada dispers xolatiga yetkazish, ikkinchidan xosil qilingan dispers sistemaning barqaror bo’lishini ta’minlash kerak. Emulsiyani yetarli darajada disperslash uchun ularni chayqatish, maxsus aralashtirgichlar bilan aralashtirish, mayda teshikchalardan o’tkazish, ultratovush ta’sirida aralashtirish kabi usullardan foydalaniladi.

Maydalash – bu qattiq jism bo’laklarini kerakli o’lchamlarga keltirish, parchalash va yuzasini yoki hajmini oshirishdir. Maydalash jarayoni qattiq jismning mayda zarrachalar (atom va molekulalar) o’zaro tortishish kuchlarini yengadigan tashqi kuchlar ta’sirida o’tadi.

Kimyo-farmatsevtika sanoatida maydalanish jarayoni keng qo’llaniladi, ayniqsa fitokimyoviy sexlarda ko’pqo’llaniladi. Maydalash natijasida materiallar yuzasi ortadi, natijada eruvchanlik, kimyoviy reaksiyalar va bioaktiv moddalarning materiallardan ajralib chiqishi sezilarli darajada tezlashadi.

Mexanik jarayonlar kimyo-farmatsevtika ishlab chiqarish korxonalarida fitokimyoviy sexda qattiq dori shakllarini olishda muhim o’rin egallaydi.

Maydalash qattiq jismlarni mexanik ta’sir natijasida zarrachalarga bo’linishiga aytiladi. Maydalash natijasida xom ashyoning yuzasi ortib, bu esa maydalangan modda tarkibidagi dori moddasining tez erishiga, boshqa moddalar bilan oson kimyoviy reaksiyaga kirishishiga va maydalangan xom ashyodan biologik faol moddani tez ajralib chiqishiga olib keladi.

Хom ashyoni maydalash o’simliklardan ajratma olishda ekstraksiya va massa almashinish jarayonlarini tezlashtirishga va iloji boricha biologik faol moddalarni saqlanib qolishiga sabab bo’ladi.

Maydalangan xom ashyoni kerakli kattalikdagi qismini ajratib olish uchun albatta elash jarayonidan o’tkazish zarur. Buning uchun maydalangan material teshigining diametri turli xil kattalikda bo’lgan elaklar to’plamidan o’tkaziladi va kerakli qimi (fraksiya) ajratib olinadi.

Elash - bu ham mexanik jarayon bo’lib, sochiluvchan materialni shakli va zarrachalarni o’lchamiga qarab alohida fraksiyalarga ajratish tasniflash yoki navlarga bo’lish deyiladi.

Navlarga bo’lish ikki xil maqsadda amalga oshiriladi:


  1. Aniq o’lcham va zichlikka ega bo’lgan fraksiyalarni olish uchun;

  2. Maydalangan materialni yot moddalardan (metall qo’shimcha, chang, qum, tosh va boshqalar) tozalash.

Maydalangan materialni navlarga bo’lish 3 ga bo’linadi:

  1. Тebranma harakatli (silkitish) elash - mexanik ravishda elaklarda olib boriladi.

  2. Gidravlik ajratish – suvda bir xil cho’kish tezligiga ega bo’lgan zarrachalarni aralashmasini sinflarga ajratish.

  3. Ҳavo yordamida separatsiya - havoda bir xil tinish tezligiga ega bo’lgan zarrachalar aralashmasini fraksiyalarga ajratish.

Navlarga ajratish asosan kimyo farmatsevtika korxonalarida oldindan maydalanadigan moddani qanday kattalikda olinishini oldindan bilish va uni qaytadan maydalamaslik uchun amalga oshiriladi. Korxonalarda elash jarayoni uchun turli xil materialdan yasalgan elaklardan foydalaniladi. Elaklarni fraksiyalarga ajratadigan qismi matodan yoki metalldan yasalgan bo’lib, ular to’qilgan yoki teshilgan holda bo’ladi.

Тo’qilgan elaklar po’lat, mis, latun to’rlardan, shuningdek, ipak va kaprondan to’qilgan bo’lib, ular kvadrat yoki to’g’ri to’trburchak shaklidagi eni 10 dan 0,15 mmgacha bo’lgan teshikchalardan iborat. Ҳar bir matodan to’qilgan elaklar teshigining diametriga qarab, raqamlangan bo’ladi.

Elash samaradorligiga elanayotgan materialni elak yuzasidagi qalinlik qavati, elak teshigining diametri va zarrachalar o’lchami, materialning aralashish tezligi va namlik miqdori ta’sir etadi.

Тebranma harakatli (silkituvchi) elash turli mexanizmdagi elaklar yordamida amalga oshiriladi. Ular bir tekisda elovchi, og’uvchan, aylanma harakatli, inersion, giratsion tebranma harakatli elaklar bo’lishi mumkin.

Gidromexanik jarayonlarga aralashtirish, cho’ktirish, filtrlash, sentrifugalash, membranali ajratish kiradi. Shuningdek, suyuqliklarni aralashtirish natijasida gazlar va suyuqliklarni boshqa muhitga o’tishi, yoki alohida fazaga ajratish gidromexanik jarayonlar qonuni ostida amalga oshadi. Aralashma tarkibidagi muhitlarni turg’un vaqtidagi muvozanatini o’rganuvchi qonunlar majmui gidrostatika deb nomlanadi. Suyuq dorilar tarkibida suyuq muhit va gazlarlarni harakatini gidrodinamika tashkil etadi.

Gidromexanik jarayonlarni turli kuchlar yordamida amalga oshirish mumkin: bu - og’irlik, bosim, markazdan qochma kuch va inersiyadir.

Gidravlika jarayonida suyuqliklarni asosiy xarakteristikasini uning zichligi, nisbiy og’irligi, nisbiy hajmi, qovushqoqligi, bosim va sirt tarangligi belgilaydi.

Zichlik. Suyuqlikning massasini hajmiga nisbati zichlik bilan belgilanadi va u quyidagi formula bilan belgilanadi:



bu yerda,

V- suyuqlikni hajmi, m3.

Qovushqoqlik.- bu suyuqlikni oquvchanlikka qarshilik ko’rsatuvchi xossasiga aytiladi. Qovushqoqlikni asosan suyuqlikni harakatlanish davrida kuzatish mumkin va u tinch turganda kuzatib bo’lmaydi. Suyuqlik muhitdagi qavatlar orqali turli tezlik bilan harakatlanadi. Ushbu tezlik qavatlardagi turli xil kuchlarning ta’siri bilan yuzaga keladi. Uni quyidagi formula bilan ifodalash mumkin:

F- bu qavatlar yuzasining ta’sirlashish nuqtasi,





Bu tenglamada, qavatlar harakatlanish tezligining qavatlar orasidagi masofaga teskari proporsional ekanligini bildiradi. Manfiy ishorasi Т kuchining nisbatan katta tezlikda haraktlanishi hisobiga, suyuqlik qavatlariga tormozlovchi (to’xtatib qo’yish) ta’sirga ega ekanligini anglatadi. Bu tenglama ko’pincha qovushqoqlikning dinamik koeffitsiyenti yoki qovushqoqlik deyiladi. U Pa·s birligi bilan belgilanadi.



Bosim. Suyuqlik o’zi joylashgan idishning tubi, devorlariga, shuningdek suyuqlikka botgan barcha turdagi jismning yuzasiga bosim o’tkazadi. Тa’sir qiluvchi kuchning R sirt yuzasiga munosabati bosim deb ataladi va u quyidagicha aniqlanadi:




Sirt taranglik. Farmatsevtik texnologiyaning qator jarayonlarida o’zaro ta’sirlashuvchi muhitlar orasida yangi yuza hosil qilish zarur. Yangi yuza hosil qilish uchun ma’lum energiya sarflash talab etiladi. Bu sirt tarangalik deb ataladi va u ϭ belgi bilan N/m bilan o’lchanadi.

Gidrostatika. Gidrostatikada asosan absolyut va nisbiy sokinlikda bo’lgan suyuqliklar orasidagi muvozanat o’rganiladi. Nisbiy sokinlik deganda, harakatlanayotgan suyuqlikdagi alohida zarrachalarning bir-biriga nisbatan ko’chib o’tmaslik holati tushuniladi. Тinch turgan idishdagi suyuqlikning holati absolyut sokin deb qabul qilinadi. Idish ichidagi suyuqlikning tubiga gidrostatik bosim bir xil ta’sir ko’rsatadi, ammo jism idish tubiga botgan sari ushbu bosim idishning devorlariga ko’proq ta’sir o’tkazadi. Gidrostatik bosimning idishning tubiga ta’siri idish shakliga yoki og’ish burchagiga bog’liq bo’lmaydi va u quyidagi tenglama yordamida aniqlanadi:



Bu yerda, ;




Yüklə 390,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin