Maydalash usullari: a – ezish; b – yorish; v – sindirish; g – qirqish;
d – arralash; ye – ishqalanish; j –yanchish; z – urish.
Maydalash jarayoni maydalash ko’rsatkichi i bilan tavsiflanadi, ya’ni material bo’lagining o’lchamini maydalangunga qadaro’lchamini (D) maydalangandan keyingi o’lchamiga (d) nisbati bilan tavsiflanadi:
Material bo’laklari maydalangunga qadar va keyin simmetrik shaklga ega bo’lmaydi, ularning o’lchami qattiq sochiluvchan materialni elashda qo’llanilgan elak o’lchami bilan aniqlanadi.
Materialningo’lchami oralig’inianiqlashda elaklar to’plamidan elab bir necha fraksiyagabo’linadi. Ҳar bir fraksiyadan o’rtacha o’lchamini o’lchab o’lchamlarning maksimal dmaxva minimal dminbo’laklari aniqlanadi:
Amaliy jihatdan kukun o’lchami uni o’tkazilgan elak teshiklari o’lchami bilan aniqlanadi.Minimal bo’laklar o’lchami esa elaklarda qolgan kukun o’lchami bilan aniqlanadi. Aralashmadagi bo’laklarning o’rtacha o’lchami quyidagi tenglama orqali hisoblanadi:
bu yerda, d - har bir fraksiya bo’laklarining o’rtacha o’lchami
a - har bir fraksiya mikdori, %
Yuqoridagi usulda aniqlangan maydalashgacha bo’lganbo’laklar o’lchami va maydalashdan keyingi o’lchami maydalash ko’rsatgichini aniqlashdagi formulada qo’llaniladi.
Maydalashdan oldingi va keyingi bo’laklar o’lchamiga qarab maydalash ikki turda ajratiladi: ezish vakukunga aylantirish.
Yirik,o’rta va mayda bo’laklarga bo’lish quruq usulda amalga oshiriladi,o’ta mayda va kolloid maydalash - quruq va nam usulda olib boriladi. Nam usulda changlanish jarayoni kamayadi va o’lchami buyicha bir xildagi zarrachalar hosilbo’ladi, shu bilan birga materialni idishdan olish osonlashadi.
Maydalash ezish, zarb, ishqalash, kizdirish va changlatish, kesish sindirish bilan amalga oshiriladi. Kukunlarni maydalik darajalarini oshirish uchun, jarayon bo’lib-bo’lib bir necha usullardan ketma–ket foydalanib amalga oshiriladi.
O’simlik xom-ashyolarini (ildizlar, poyalar, gullar va h.k.)maydalashda kesuvchi asbob–uskunalardan foydalaniladi.
Yirik va o’rtacha maydalashlarda ezish va o’ta maydalashlarda ishqalash usullaridan foydalaniladi.
2-jadval
Хom-ashyo yoki materiallarning fizik-kimyoviy xususiyatlaridan kelib chikib maydalash usullarini tanlanishi
t/r
|
Хom-ashyo yoki material fizik-kimyoviy xususiyatlari
|
Maydalash usullari
|
1.
|
Qattiq va sinuvchan
|
Ezish va zarb
|
2.
|
Qattiq va yopishkok
|
Ezish va yanchish
|
3.
|
Sinuvchan,o’rtacha qattiq
|
Zarb,kizdirish va ishqalash
|
4.
|
Yopishkok,o’rtacha qattiq
|
Ishqalash yoki ishqalash va zarb,yanchish
|
Maydalash asosan ikki xil – ochiq yoki yopiq sikllarda amalga oshiriladi.
Agarda maydalash jarayoni birinchi siklda amalga oshirilsa,xom-ashyo maydalagichdan faqat bir marta o’tadi. Ikkinchi, ya’ni yopiqsiklda olib borilsa xom-ashyo maydalagichdan bir necha marotaba o’tadi, ya’ni xom ashyoning maydalanmay qolgan qismi qaytadan maydalanadi.
Yopik siklda xomashyo maydalanganda agregatning samaradorligi ortadi va ko’prok bir xil o’lchamdagi xom-ashyo olinadi.
Ayrim hollarda, metarial xususiyatlariga qarab, ultratovush, gidravlik zarba to’lqini, yuqori va past haroratlarni keskin almashtirish, elektrogidravlik zarba, bosimni keskin o’zgartirish, yuqori haroratda qizdirish usullarini ham qo’llagan holda maydalash jarayonlarini amalga oshirish mumkin.
Maydalashda qo’llaniladigan asbob–uskunalar urib yoki ezib maydalovchilar vakesib yoki qirqib maydalovchilargabo’linadi. Urib yoki ezib maydalovchi asboblar ko’prok xom ashyolarni mayda va o’ta mayda darajalargacha maydalaydi, kesib yoki qirqib maydalovchilar yirik, o’rta va mayda darajalargacha maydalash uchun qo’llaniladi. Shuni ham alohida aytib utish lozimki, bu tasnif shartlidir.
Maydalashda ishlatiladigan asbob-uskunalar yoki qurilmalar. Maydalashda ishlatiladigan asbob-uskunalar yoki qurilmalar 2 xil bo’ladi: maydalgichlar va tegirmonlar. Maydalagichlar yirik va o’rta maydalash uchun, tegirmonlar esa o’rta, mayda, o’ta mayda va kolloid maydalash uchun.
Kesish mashinalari plastinali, diskli, rotorli, oqimli va boshqa ko’rinishlarda bo’ladi. Barcha maydalash va kesish qurilmalariga quyidagi talablar qo’yiladi:
maydalangan bo’laklarning bil xilda bo’lishi;
maydalangan xom ashyoni qurilmaning ishchi qismidan oson chiqarish mumkinligi;
changni minimal darajada hosil bo’lishi;
uzluksiz ishlashi va avtomatik tarzda to’kilishi;
maydalik darajasini boshqarish mumkinligi;
tez yemiriladigan ishchi qismlarini almashtirishning osonligi;
energiya sarfining imkon darajasida kichik bo’lishi.
Farmatsevtika sanoatida xom ashyo yoki materiallarni maydalashda ishlatiladigan qurilmalarni quyidagilarga bo’lish mumkin:
Тaxminan maydalovchi qurilmalar.
Oxirigacha maydalovchi qurilmalar
Ko’pgina davlatlarda maydalovchi qurilmalar maydalash darajasiga qarabguruhlarga bo’linadi. Bunday hollarda farmatsevtika sanoatida qo’llaniluvchi qurilmalarni shartli ravishda quyidagilarga bo’lish mumkin:
1. Kesuvchi va arralovchi maydalagichlar (ildiz qirqgichlar, ildizkesuvchilar, disk-arrali qurilmalar).
2.Kizdiruvchi va sindiruvchi ta’sirli maydalagichlar (shnekli).
3.Ezib maydalaydigan maydalagichlar (jo’vali).
4.Ishqalovchi tegirmonlar (diskli vaeksselsior).
5. Zarb bilan ishlaydigan tegirmonlar (bolg’ali,dezintegratorlar vadismembratorlar).
6.Zarbli vaishkalagichlitegirmonlar (sharli va tebranma).
7.Kolloidli tegirmonlar (tebranma).
Elaklash. Maydalangan xom ashyo elaklardan o’tkazilib, tasniflanadi. XI Davlat farmakopeyasida keltirilgan jadvaldan shu maqsadda foydalaniladi. Korxona sharoitida ishlatiladigan elaklar mexanik ravishda ishlaydigan bo’lib, tebranma (soniyasiga 200 marta) va giratsion xarakatli bo’lishi mumkin, Elaydigan mexrnizmlar. Farmatsevtika korxonalarida asosan ikki xil elaydigan mexanizmlar ishlatiladi. 1. Tekis (yassi) elakli mashinalar. 2. Do’mbira (baraban) elakli mashinalar. Yassi elakli mashinalarga tebranma (groxota, tryasunki) va zirillovchi elaklar kiradi.
Elashdagi turboelektrik xodisalar. Turboelektrik xodisa deb, ishqalanish natijasida elektr zaryadlari xosil bo’lishiga aytiladi. Bunday xodisalar ba'zan dori moddalarni elashda xam yuz berib, bunda xosil bo’lgan zaryad qarama-qarshi qutbli bo’lishi mumkin. Masalan, oltingugurt va qo’rqoshin oksidini aloxida-aloxida zarrachalar ishqalanish xisobiga manfiy, birgalikda esa xar xil ( oltingugurt manfiy, qo’rqoshin oksidi musbat) zaryadlar xosil bo’ladi. Ba'zi elektr faol moddalar zaryadi yo’qolgandan yoki chiqib ketgandan (utechka) so’ng qattiq (prochnga) bo’laklar xosil kiladi. Bunday moddalarga qo’rqoshin oksidi, bugdoy kraxmali, qand va boshqalar kiradi. Triboelektrik xodisalar elash jarayonini qiyinlashtirgani uchun uni xosil bo’lishini oldini olish kerak. Buni eng qulay usuli elak materialini o’zgartirish yoki tolqonlarni xar xil usullarda elashdir.
Tebranma elakli mashinalar. Bunda qildirakchalar (rolik) ga 2-40 qiyalikda joylashtirilgan elak tirsakli o’q yordamida ikki yo’naltirgich orasida ilgarilama teskari xarakat qiladi. Uni tebranish soni 50 dan 200 martagacha bo’lib, amplitudasi 200 mm gacha bo’ladi. Ancha mukammallashtirilgan mashinada elak qutisi (korobka) bilan oshiq-moshiqli (sharnir) ilmoq (podves) qa yoki qiyshiq shotili tirgovich (opora) ga o’rnatilgan bo’lib, ilgarilanma-teskari xarakat qiladi. 2-3 elak ustma-ust joylashtirilgan tebratmalar ancha qulay xisoblanadi. Masalan, maydalangan xom ashyoni nastoyka yoki ekstrakt tayyorlashdan oldin ikkita ketma-ket joylashgan elakdan o’tkazish maqsadga muvofiqdir. Xom ashyo xampadan teshigi kichik bo’lgan elakka tushib elanadi, bunda diametri 0,5 mm dan kichik bo’lgan zarrachalar o’tadi. Chang va mayda zarrachalardan tozalangan xom ashyo ikkinchi elakda elanganda 3 mm dan kichik bo’lgan xamma zarrachalar o’tadi, elakda qolganlari esa qaytadan maydalashga yuboriladi.
Zirillovchi elaklar. Zirillovchi (vibratsion) elaklar elektro magnitli, gritsion (o’qi markaz chetida bo’lgan) va inertsion elaklarga bo’linadi. Zirillovchi elaklarni mayda tolqonlarni elashda ishlatish maqsadga muvofikdir, chunki zirillovchi xarakat elak teshiklariga tolqon tiqilib qolishini oldini oladi. Elektromagnitli zirillovchi elakda ilgarilanma teskari qaytariladigan xarakat elakka maxkarnlanib qo’yilgan yakorni navbatma-navbat magnitlanishi va magnitsizlanishi xisobiga amalga opadi (rasm). Asbob elektr tarmogiga ulanganda elektromagnit yakorni va unga maxkarnlab qo’yiigan elakni tortadi, bu vaqtda o’ng tomondagi ulagich uziladi va yakor magnitsizlanadi, elakni orqaga xarakati kuchli purijinalar erdamida amalga oshiriladi. Bu jarayon soniyasiga 200 marta, 3 mm amplituda bilan uzluksiz davom etaveradi.
Giratsion elaklar. Xar xil o’lchovdagi bitta, ikkita va uchta elakdan tashkil topgan bo’ladi. Ular elakli qutidan (1), prujinali tirgovich (2) va tayanch rarnadan tashkil topgan (3).( rasm-). Xarakatlantiruvchi mexanizm xarakatni tasmadan oladigan ekstsentrikli o’qdan tashkil topgan. X o’q ikkita muvozanatni ushlab turadigan toshla- ri bo’lgan maxovikka mustaxkamlangan bo’ladi. Ekstsentrikli o’q aylanganda elanadigan tolqon qarama-qarshi oqimda aylanma xarakatga kelib, uni yaxshi saralanishiga olib keladi.
Do’mbirali elaydigan dastgoxlarlar yuzasi elakli aylanadigan do’mbiradan tashkil topgan bo’lib, 3-8° qiyalikda joylashtirilgandir. Elanadigan material do’mbira ichiga solinadi va aylanganda elak teshiklaridan o’tadi, katta bo’laklar va tashlandiq moddalar do’mbirani oxiriga yiqiladi va chiqarib tashlanadi. Odatda do’mbira qilofli bo’ladi. Do’mbirani bitta yoki 2-3 elakli yuzasi bo’lishi mumkin. Do’mbira tishli yoki fraktsion uzatgichlar yordamida xarakatga keltiriladi. Agar friktsion uzatgich bo’lsa do’mbira aylanadigan qildirakcha ( rolik) larga o’rnatilgan bo’ladi. Do’mbirali elaydigan dastgoxlar daqiqasiga 10 dan 25 martagacha aylanadi.
3-ma’ruza. Yordamchi moddalarning turi. Yordamchi moddalarga qo‘yilgan talablar va ularni dori shakllarini ishlab chiqarishdagi ahamiyati. Granulatsiyalash jarayonining ahamiyati va texnologik bosqichlari. Donadorlash jarayoniga ta’sir etuvchi omillar. Presslash jarayonining nazariy asoslari.
Reja:
Yordamchi modda tanlashni ilmiy asosi.
Yordamchi moddalarga qo’yiladigan asosiy talablar.
Yordamchi moddalar tasnifi
Tabletka ishlab chiqarishni nazariy asoslari.
Kolloid nazariya.
Kapillyarlik nazariya.
Qotishma hosil qilish
Zarrachalarni o’zaro ichiga kirib borish nazariyasi.
Hozirgi vaqtda 150 dan ortiq yordamchi moddalar bo’lib, shulardan faqat 70 tasi davlat ro’yxatiga kiritilgan. Rivojlangan xorijiy mamlakatlarda, jumladan AQSh 186 ta firma 1040 ta nomli yordamchi moddalar ishlab chiqaradi. G’arbiy Yevropada va Shimoliy Amerikada 475 ta firma 2500 nomli yordamchi modda ishlab chiqaradi.
Tibbiyot sanoatida aksariyat yordamchi moddalar shu maqsad uchun ishlab chiqarilmaydi. Shuning uchun ularni kimyo, oziq-ovqat, tog’ jinslari sanoatiga ishlab chiqarilgandan keyin foydalaniladi. Ular DST ga javob beradi, lekin tarmoq standartiga javob bermaydi. Tibbiyot sanoatida ishlatiladigan yordamchi moddalarning umumiy miqdori juda kam foizni tashkil etadi. Masalan, tibbiyot sanoatining qand, kraxmal, jelatinaga bo’ladigan ehtiyojni mamlakat bo’yicha ishlatiladigan miqdorining 0,03-0,6% tashkil qiladi. Shuning uchun ham bularni tibbiyot sanoati ishlab chiqarmasdan boshqa tarmoqlardan ishlab chiqarganni ishlatish maqsadga muvofiqdir. Lekin bu yordamchi moddalarning oziq-ovqat sanoatida foydalanilmaydiganlari bilan almashtirishni yoki ularni kam miqdorda ishlatish yo’llarni izlash lozim.
XI DF yordamchi moddalarning miqdori keltirilmagan, ularning miqdori alohida moddalarda ko’rsatilgan bo’ladi. Yordamchi moddalar dori moddalarning fizik-kimyoviy xususiyatiga, miqdoriga va tayyorlanish usulaga qarab ishlatiladi.
Yordamchi moddalarni tasniflash.
Dori shakli o’z tarkibida bir yoki bir nechta dori moddalari va yordamchi moddalarni saqlaydi.
Yordamchi moddalarga qo’yilgan umumiy talablar:
tibbiyot amaliyotida qo’llashga ruxsat etilgan bo’lishi;
dori moddasini farmakologik ta’sirini uning farmakokinetikasini ta’minlagan holda saqlab qola olishi va yuzaga chiqishiga to’sqinlik qilmasligi;
dori moddasining fizik-kimyoviy, texnologik, farmakologik xossalariga va biosamaradorligiga ta’sir ko’rsatmasligi;
kerakli miqdorda ishlatilgan yordamchi moddalar biologik jihatdan bezarar bo’lishi, organizmning bioto’qimalariga zarar yetkazmasligi, shuningdek allergik va toksik ta’sirlarni yuzaga chiqarmasligi;
ishlab chiqarishda foydalaniladigan asbob-uskunalar va apparat yoki qurilmalarga yoxud ularning ayrim ishchi qismlariga salbiy ta’sir ko’rsatmasligi;
dori moddalariga dori shakllari talab qiladigan hossalarni bera olishi (tuzilish-mexanik, fizik-kimyoviy, imkoni bo’lsa biosamardorlik va boshq.);
dori moddasining rangi, hidi va mazasiga salbiy ta’sir ko’rsatmasligi;
dori vositalarini saqlash davomida dori moddalari bilan kimyoviy, fizik-kimyoviy jihatdan mos kelishi, qadoqlovchi materiallar, asbob-uskunalar va qurimalarning ishchi qismlariga zarar yetkazmasligi;
turg’un va saqlanish muddati uzoq bo’lishi;
mahalliy, iqtisodiy jihatdan arzon bo’lishi va oson topilishi bo’lishi kerak.
Shu bilan birga yordamchi moddalarga quyidagi xususiy talablar ham qo’yiladi
erituvchilar rangsiz, tiniq, yuqori erituvchanlik xossaga ega bo’lishi;
ajratuvchilar dorivor o’simlik xom ashyolari tarkibidan biologik faol moddalarni ajratmaga maksimal darajada ajartib chiqarishi, kerakli darajada qo’zg’aluvchan bo’lishi;
bog’lovchi moddalar zarrachalarni o’zaro bir-birlari bilan yuqori darajada bog’lash xususiyatiga ega bo’lishi;
antifriksion moddalar massaga yuqori sochiluvchanlik yoki oquvchanlik xossasini bera olishi;
surtma asosi turiga yetarli qovushqoqlik, plastiklik va psevdoplastiklik kabi reologik xossalarni bera olishi;
shamcha dori turi asosi birinchi navbatda xona haroratida qattiq tana haroratida eriydigan bo’lishi;
Aks holda dori moddalarining samaradorligiga putur yetishi, shuningdek dori vositalarini zaharli ta’sir ko’rsatishiga ham sababchi bo’lishi mumkin.
Yordamchi moddalar dori turining maqsadiga mos kelishi zarur. Surtma dorilar uchun asoslar surtilish xususiyatiga ega bo’lib, surtilgan a’zodan sirg’alib tushib ketmasligi kerak. Shamchalar uchun asoslarning erish xarorati 37 °S va xona xaroratida qattiq bo’lishi lozim. Erituvchilar dori preparatini faqat eritishi, u bilan kimyoviy reaksiyaga kirishmasligi kerak.
Yordamchi moddalar dori preparati bilan mutanosib bo’lishi shart. Dori preparatlarida nomutanosiblik uch turga bo’linadi.
1. Fizik nomutanosiblik, bunda dori turida o’zgarish - namlanib qolish, erimaslik, aralashmaslik singari holatlarda namoyon bo’ladi.
2. Kimyoviy nomutanosiblik - dori preparat bilan yordamchi modda o’rtasida yoki dori preparat bilan boshqa dori preparati o’rtasida kimyoviy reaksiya ketishi mumkin.
3. Farmakologik nomutanosiblik- bunda bir dori turida bir necha ta’siri, bir biriga zid bo’lgan dori preparatlari berilganda namoyon bo’ladi. Yordamchi moddalar tanlab olinganda albatta nomutanosiblik masalasi ko’rilishi kerak. Agar yordamchi modda dori preparati bilan nomutanosib bo’lsa, unda yo dorisifatsiz tayyorlanadi, yo mo’ljallangan dori turi hosil bo’lmasligi yoki eng xavflisi zararli moddalar hosil bo’lsa, nohush holatlarga olib kelishi mumkin. Yordamchi modda biologik nuktai nazardan zararsiz bo’lishi kerak.
Ular dori preparatiga xam, inson organizmiga xam zararsiz bo’lishi kerak. Shuning uchun hozirgi kunda, xar bir yangi yordamchi modda yoki ishlatilayotgan yordamchi modda yangi dori preparati bilan birgalikda kuyidagi bandlar bo’yicha tekshirilgandan so’ng ko’llanishga ruxsat beriladi:
1.Mutagenlik - yordamchi moddaning ta’siri;
2. Тeratogenlik - onkologik kasalliklarga sabab bo’lmasligi;
3. Zaxarlilik - zaxarli bo’lmasligi;
4. Allergiya chaqirmasligi kilmasligi;
Yordamchi moddalar iktisodiy nuktai nazardan arzon, yetarli bo’lishi kerak.
Ko’pincha yordamchi modda sifatida oziq-ovqat sanoati chiqindilari yog’ ishlab chiqarish, un ishlab chiqarish, teri-ko’nchilik, paxtani qayta ishlash sanoati chiqindilari qayta ishlab so’ng ishlatiladi. Bular arzonga tushadi. Neftni qayta ishlaganda ham ko’pgina chiqindilar chiqadi, bularni qayta ishlash natijasida farmatsevtika sanoati uchun zarur bo’lgan yordamchi moddalar olish mumkin (vazelin, vazelin moyi va x. k). Yuqorida sanab o’tgan chiqindi mahsulotlar yetarli miqdorda bor va chiqindi bo’lgani uchun juda arzonga tushadi. Ҳozirgi kunda oziq-ovqatmahsulotlari o’rniga ularning vazifasini bajaradigan boshqa mahsulotlardan foydalanish keng yo’lga ko’yilgan. Masalan: o’simlik moylari, mol, qo’y go’shti va boshka oziq-ovqatda ishlatilmaydigan yog’-moy sanoati chiqindilari, sintetik moddalardan keng foydalanilmokda.
Yordamchi moddalar dori turining turg’unligini ta’minlashi kerak.
Masalan: suspenziyalar va emulsiyalar ishlab chiqarishda, albatta, yordamchi modda sifatida emulgatorlar qo’shilishi kerak, agar qo’shilmasa dori turi turg’un bo’lmay qoladi. Ko’z tomchilari, ineksion dori shakllarini ishlab chiqarishda albatta konservant yoki stabilizator qo’shib tayyorlanishi zarur, aks holda dori turi sifatsiz va noturg’un bo’ladi.
Yordamchi moddalarning - dorining biologik faolligiga ta’siri.
Biofarmatsevtik tadqiqotlar asosida yordamchi moddalar turlari va ularning xossalari dorining biologik faolligiga ta’siri borligi isbotlangan. Yaqin kunlarga kadar, yordamchi moddalar, doriga shakl beruvchi indenferent modda hisoblanar edi. Yordamchi moddalarga dorilarga shakl berishda, iste’mol uchun qulay bo’lganog’irlikka keltirishda, saqlashda, tashishda qulaylik yaratish uchun ko’llaniladigan moddalar deb qaralar edi. So’nggi yillardagi kashfiyotlar, yordamchi moddalarning preparatni biologik ta’siridagi ahamiyati katta ekanligini ko’rsatdi. Biofarmatsiya nuqtai nazaridan yordamchi moddalar indifferent emas, degan xulosaga kelindi. Ular u yoki bu holatda, dori preparatining faolligiga ta’sir etadi. Yordamchi moddalar dori preparatining ta’sirini kuchaytirishi yoki biror sabab bilan ta’sir xarakterini xam uzaytirishi mumkin (kompleks birikmalar hosil kilish, molekulalararo reaksiya ketishi va h/k).
Yordamchi moddalarni ishlatishdan maqsad: texnologik parametrlardan tashqari, dori moddaning so’rilishiga yordam berish va dori moddaning ta’siriga sharoit yaratib berishdan iborat.
Biofarmatsevtik nazariyaga kadar bo’lgan karashlarda, masalan sut qandi indeferent hisoblanar edi. Keyingi tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, sut qandi ayrim moddalarning so’rilishini kuchaytiradi (tarkibida testosteron bo’lgan implantatsion tabletkalarda) va aksincha dori preparati so’rilishini susaytirishi mumkin(izoniazid). Agar natriy salitsilatdan dori shakli tayyorlanganda yordamchi modda sifatida metilsellyuloza yoki qand ishlatilsa, uning organizmga so’rilishi qiyinlashadi va bu moddaning miqdori qancha ko’p bo’lsa, so’rilishi shuncha kiyinlashadi. Agar metilsellyuloza o’rniga pektin ishlatilsa, uning (natriy salitsilat) so’rilishi keskin ko’payadi.
Shuning uchun yordamchi moddalar umuman emas, har bir alohida holatda ko’llanilishi kerak. Asossiz ravishda yordamchi moddalarni qo’shish, birini ikkinchisi bilan almashtirish — ta’sir kuchining pasayishiga, ayrim hollarda dori preparatning umuman ta’siri yo’qolishiga olib kelishi mumkin.
Yordamchi moddalarning dori preparati ta’siriga daxldorligi ayniqsa, surtma va shamcha dori shakllari kuzatiladi.
Dostları ilə paylaş: |