Vabo bilan kasallangan bemorlar (vibrion tashuvchilar) regidratatsion va
etiotrop davolash kursi yakunlanganidan so’ng sog’ayib, bakteriologik
tekshiruvlarda manfiy natijalar olingandan keyingina shifoxonadan chiqariladi.
1. Shifoxonadan chiqarishdan oldingi bakteriologik tekshirish, antibiotiklar
bilan davolash tugallangandan so’ng 24-36 soat o’tgach amalga oshiriladi.
Bakteriologik tekshirish tartibi: - oziq-ovqat sanoati xodimlari va unga tenglashtirilganlar uchun najas 3
marta, safroning V va S porsiyalari esa bir marta tekshiriladi.
2. Vabo kasalligini (vibrion tashuvchilikni) boshidan o’tkazgan bemor
kasallik tarixidan ko’chirmani shifoxonaning bosh vrachi bemor yashash joyidagi
hududiy davolash muassasasi (shifoxona, poliklinika) mudiriga yuboradi.
3. Kasallik tarixidan ko’chirmada quyidagilar ko’rsatiladi:
- asosiy va qo’shimcha kasalliklarning klinik (degidratatsiya darajasini
ko’rsatish bilan) va bakteriologik tekshirish diagnozi;
- olib borilgan davolash ko’rsatkichlari, bemorni shifoxonadan chiqarishdan
oldin bajarilgan barcha tekshirishlar natijalari;
- bemorning shifoxonadan chiqarish vaqtidagi klinik xarakteristikasi va
dispanser nazorati zarurligi to’g’risida ko’rsatma.