O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə176/244
tarix02.01.2022
ölçüsü1,67 Mb.
#45642
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   244
1-Эпид-амал.машг. (1)

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • HBsAg
Axborot uchun ma’lumot 
 
B  gepatiti  -  antroponoz,  tabiiy  va  sun’iy  parenteral  yo’llar  bilan  yuqadigan, 
keng tarqalgan virusli kasallikdir. 
Etiologiyasi.  B  gepatit  virusi  (VGV)  gepadnoviruslar  oilasiga  mansub 
tarkibida DNK, DNK-polimeraza fermenti, 4 ta o’ziga xos antigeni mavjud. Sferik 
shaklda,  diametri  42  nm.  Virus  tashqi  muhit  ta’sirotlariga  odatdan  tashqari 
chidamlidir.  Infeksion  jarayon  davomida  mazkur  antigenlarga  nisbatan  tegishli 
antitelolar  paydo  bo’ladi.  Organizmda  B  gepatit  infeksiyasining  turli  serologik 
markerlari  paydo  bo’lishi  va  yo’qolishi  dinamikasi  infeksion  jarayon  kechishini, 
uning  bosqichlarini  aks  ettiruvchi  indikator  bo’lib  xizmat  qiladi  hamda  tipik 
(asoratsiz)  o’tkir  bosqichda  va  surunkali  shaklda  turlicha  serologik  manzara 
kuzatiladi. 


 
165 
Virus qobig’ini glikoprotein - virusning sirtqi antigeni –HBsAg tashkil etadi. 
Infeksion  jarayon  o’tkir  bosqichida  infeksiya  yuqqanidan  1-2  hafta  o’tgach 
HBsAg  paydo  bo’ladi  va  qon  tarkibida  bir  necha  haftadan  bir  necha  oygacha 
sirkulyatsiya  qilib  turadi.  Uning  mavjudligi  bemorning  yuqumliligidan  guvohlik 
beradi,  lekin  infeksiya  o’tkir  shaklini  surunkali  shakldan  farqlash  imkonini 
bermaydi.  Odatda  organizmning  HBsAg    dan  xalos  bo’lishi  unga  qarshi  antitelo-
anti  HBs  sintezi  bilan  kechadi.  Anti-  HBs  paydo  bo’lishi  sog’ayish  alomati  va 
organizmda B gepatit virusiga qarshi immunitet shakllanayotganligining belgisidir. 
Odatda anti-HBs B gepatitga qarshi emlash natijasida ham paydo bo’ladi, lekin bu 
holda B gepatit infeksiyasining boshqa markerlari mavjud emas.  

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin