Epidemiologik nazorat. A gepatitda epidemiologik nazorat ogohlantiruvchi
tabiatga ega bo’lib, maqsadi-aholining ushbu infeksiya bilan kasallanishini
kamaytirishdan iboratdir hamda quyidagilarni o’z ichiga oladi:
1. Retrospektiv epidemiologik tahlil - xavfli omillarni (xavfli vaqt, hudud va
guruhlarni) aniqlash maqsadida o’tkaziladi. Retrospektiv tahlil natijalari asosida
muammoviy-mavzuiy rejalashtirish va istiqbolni bilish (prognozlash) amalga
oshiriladi.
2. Operativ epidemiologik tahlil quyidagilardan iborat:
- rejalashtirilgan tadbirlar bajarilishining nazorati;
- kasallanish holatini kuzatib borish, tahlil etish va prognostik daraja bilan
qiyoslash;
- epidemik jarayon rivojlanishi faollaShuviga sabab bo’luvchi ijtimoiy va
tabiiy hodisalarni hamda epidemiologik ahamiyatli ob’ektlar holatini dinamik
baholash.
Sanitar-gigiyenik fon, vodoprovod va kanalizatsiya tarmoqlaridagi holat, suv
sifati, aholini sifatli oziq-ovqat bilan ta’minlash uzluksiz kuzatib boriladi. Operativ
nazorat va baholashda epidemiologlar, tegishli gigiyenist mutaxassislar ishtirok
etishadi.